Har qanday loyihaning umumiy tuzulishida individuallik va mahorat ko'rsatish uchun doim joy bor. Bugungi zamonaviy muhandislarga o'rta asr muhandisligida ishlatilgan texnikalar qanchalik qadimiy ko'rinsa, yuz yillardan keyin bizning muhandislik usullarimiz ham shunday ko'rinadi. Usta mahoratimiz esa doimo hurmatga sazovor bo'lib qolaveradi.
@mukhammadjon_tech
@mukhammadjon_tech
Mukofotning birinchi vazifasi istaklaringizni qondirishdir
Yegulik omon qolishingiz uchun zarur quvvatni beradi, lavozim ko'tarilishi daromad va obro'ingizni oshiradi, baquvvat va chiroyli tanaga ega bo'lish sog'ligingizni mustahkamlaydi va o'zga jins vakillari ko'ziga yaxshiroq ko'rsatadi. Ammo birinchi navbatda mukofot ovqatlanish, bu esa yuqori martaba yoki maqtovga bo'lgan talabni qondiradi. Vaqtinchalik bo'lsa ham mamnunlik hissini paydo qiladi va istakdan forig' qiladi.
#Atom_Habits
Pc: Biz ko'p xollarda faqat och qolganligimizdagina yoki och qolishni boshlaganligimizdagina maksimal ravishda harakat qila boshlaymiz.

Samaradorlik
Qiladigan ishim soatlab o'rganishlar va bo'linishlarsiz diqqatni taqozo etadi. Qo'shimcha monitordan foydalanish esa o'rganish davomida vaqtdan yutish va ish davomidagi samaradorlikni o'shishiga yordam beradi. Birgina laptop yordamida bajarilgan 8 soatlik ishni qo'shimcha monitordan foydalanish orqali bu ko'rsatgichni 4 soatgacha tushurish mumkun.
Pc: why windows?

Instrumentlarni ishlash mohiyatini tushunmagan inson boshqalardan ko'chirishdan boshqasiga yaramaydi. Siz u instrumentlarni ishlash mohiyatini, mexanizmini tushinsangizgina yangi narsa yarata olasiz.
@mukhammadjon_tech
@mukhammadjon_tech
Maqsadlarga emas, balki tizimlar va jarayonlarga e'tibor qarating
Biror bir maqsad yoki muvaffaqiyatga erishishdagi natijadan ko'ra shu yo'ldagi jarayon muhim. O'qishga kirish uchun 1 yoki 2 yillab mashaqqatli tayyorgarlik ko'rish jarayoni o'qishga qabul qilindi degan xursandchilikdan muhim. Negaki xursandchilik bir necha kungacha davom etishi mumkun, jarayon esa uzluksiz davom etadi.
Tezlik zavqini mashinani yuqori tezlikda boshqarish jarayonida his qilasiz, manzilga yetganda emas.

وَابْتَغِ فِيمَا آتَاكَ اللَّـهُ الدَّارَ الْآخِرَةَۖ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَاۖ وَأَحْسِن كَمَا أَحْسَنَ اللَّـهُ إِلَيْكَۖ وَلَا تَبْغِ الْفَسَادَ فِي الْأَرْضِۖ إِنَّ اللَّـهَ لَا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ
«Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratingni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzg'unchilikni izlama. Albatta, Alloh buzg'unchilarni suymas», dedilar.
(Qosos surasi 77-oyat)

O'rtacha qiymat
Matematik tomondan yo'ndashadigan bo'lsak, o'rtacha qiymat bu bir nechta va undan ortiq sonlar yig'indisini yig'indida qatnashayotgan sonlar soniga nisbati tushuniladi. Yig'indidagi sonlar qiymati qanchalik yuqori bo'lsa, o'rtacha qiymat ham shunchalik yuqori bo'ladi.
Hayotda ham xuddi shunday biz atrofimizni qanchalik qiymatli insonlar bilan kengaytirsak bizning ham qiymatimiz shunchalik yuqori bo'ladi. Ha, ha hech qanday manfaatlarsiz albatta.

👏1
Chalg’ish qidirib keladi
Meni qidirib keladigan kontentdan qochib yurardim. Youtube algoritmi, instagram lentasi va storislar, reels va shortlar. Oldimdan chiqib qolganini emas, qidirib topganimni ko’rardim.
Telegramni yangiladim va kontaktimdagilar storislari telegramda paydo bo’lib qoldi.
Ish bitirish uchun telegramga kirasiz — tepada storislar yig’ilib turibdi. Qiziqib bosasiz.
Instagramdagi storislar muammo emasdi. Hech kim instagramga ish bitirish uchun kirmaydi. Telegramdagi bu o’zgarish esa haqiqiy chalg’ituvchi bo’ldi.
Yaqinlarning holatini bilib turishning yomon joyi yo’q. Shunchaki o’z hayotingizni qurayotganingizda — boshqalar hayotini tomosha qilish faqat halaqit beradi.
Endi chalg’ishlar yanadi ko’payadi.
Fokus qilib ish qiladiganlar. Fokus qilib ilm olayotganlar, oldinga o’tib ketasiz. Telegram storislariga ham turib bera olsangiz bo’lgani.
Yana bir gap - telegramga storis qo’shilgani bizga muhim qoidani eslatdi:
Chalg’ish sizni qidirib keladi, haqiqiy ilmni esa qidirib borish kerak.
© Aziz Rahimov

🔥1
So'ngi paytlarda social medialar o'rtasida ko'p o'zgarishlar va raqobatlar paydo bo'lmoqda. Ularga nisbatan bir qancha shaxsiy fikrlarimni bo'lishmoqchiman.
Instagram
Yaqinda e'lon qilingan yangiliklardan instagram o'z foydalanuvchilariga bir qancha imkoniyatlar va o'zgarishlarni taklif qilib kelmoqda. Ulardan biri instagram premium belgisi ya'ni "galochka" ni olish ancha osonlashtirilgani bo'ldi. Galochka sizga sizning accountingiz haqiqiyligi va virtual obro' ga ega bo'lish imkoniyatini taklif etadi. Shu kungacha bunday imkoniyatga ega bo'lish biroz qiyinroq edi. Endilikda bo'lsa faqatgina sizning shaxsingizni tasdiqlovchi ixtiyoriy hujjat va $8 - $20 oralig'idagi so'mma evaziga ega bo'lishingiz mumkin.
Bu yaxshi albatta, lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor! Ma'lumki instagram orqali o'z biznesingizni rivojlantirishingiz, reklama sotib olishingiz va sotishingiz, shaxsiy brendingizni tanitishingiz va katta auditoriyani jalb qilishingiz mumkin. Instagram mana shundan millionlab dollar daromad ko'radi. Siz Instagramga shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etganizda, uning algoritmlarini juda katta aniqlikda ishlashiga hissa qo'shgan bo'lasiz. Bundan esa instagram juda katta foyda ko'radi, siz esa katta zarar. Moddiy zarar emas albatta. Bu zarar diqqat e'tiboringiz, vaqt resursining yetishmasligini sizda shakllantiradi, bu zararlar oxir oqibat moddiy zararga ham olib keladi.
Test tariqasida biror bir marketplace yoki biror saytdan biror mahsulotni shunchaki qiziqish tariqasida qidirib ko'ring. Keyin bir necha soat yoki kundan so'ng qidirgan mahsulotingizni yoki saytingizni instagramingizni lentasida ko'rishingiz mumkun. Keling buni tushunishga harakat qilib ko'ramiz. Siz reklama sotib olayotganizda mahsulotingizni yoki contentingizni qaysi auditoriyaga, qaysi yoshlar oralig'idagi, qaysi tuman, shahar va davlatlar uchun qancha vaqt ko'rsatilishi kerak bo'lgan savollarga javob berasiz. Keyin siz bergan ko'rsatmalar asosida instagram algoritmlari foydalanuvchilar ya'ni bizning instagram lentamizda ko'rsatishni boshlaydi.
Bundan qanday saqlanish mumkin? Bu deyarli imkonsiz. Faqatgina social media accountlaringizni o'chirib tashlab erishishingiz mumkin. Yoki o'zingizni social medialardan kamroq foydalanishga majburlashingiz kerak
Xulosa. Kim to'g'ri va katta data (ma'lumot) ga ega bo'lsa ustunlik o'shanda.
Ps: Bu postdan keyin social medialarimni block qilib qo'yishsa ajab emas :)

Kech qolmayapsiz... , Siz vaqtidasiz...
Kimdir 22 yoshida universitetni bitiradi, lekin shu bitirishi uchun ham 4 yil kutdi.
Kimdir 25 yoshida boshliq bo'ldi va 50 yoshida vafot etdi.
Va kimdir 50 yoshida muvaffaqiyatga erishib 90 yil yashadi.
Kimdir uylanib/turmush qurib farzandli bo'lib ham ketti, kimdir hali ham juftini topmadi.
Obama 55 yoshida iste'foga chiqdi va Trump Obama o'rniga 70 yoshida erishdi.
Hammaning o'zi uchun belgilangan vaqti bor. Atrofingizdagilar sizdan o'zib ketayotgandek yana kimdir sizdan qolib ketayotgandek tuyulishi mumkin. Lekin hamma o'z chizig'i boylab marra sari intilmoqda. Hayot musobaqa emaski men o'zib ketishim, kimnidir ortda qoldirishim kerak deb yashasangiz. Hasad qilmang, havas qiling. Ular o'zlarining vaqt zonalarida, siz o'ziznikida. Hayot shunchaki harakat qilishga mos vaqtni tanlay bilishda.

Muammo
Atrofimizni o'rab olgan kundalik hayotdagi deyarli barcha muammolar allaqachon qaysidur yerni uyog'ida o'z yechimini topgan. Biz u muammolarga endi duch kelmoqdamiz. Shunchaki Google, YouTube va *GPT lardan tóg'ri sórashni bilsak kifoya.
Lekin ba'zi muammolarga bu yechim bóla olmaydi. Ularga tajriba kerak.

Deyarli 2 haftadan beri full time tarzda uydan ishlashga harakat qilyapman. Ortiqcha energiya sarflashlar, yólga ketadigan vaqtlar va shovqinli office dan xoli tarzda. Lekin buni o'ziga yarasha + va - tomonlari bor.
Officedan (Onsite) shaklda ishlasangiz qisqa vaqtga bólsa ham work mode yóqilib, life mode o'chiriladi. Agar masofaviy (Remote) shaklda ishlasangiz ham work, ham life mode yóqilgan tarzda ishlashingizga tóg'ri keladi. Lekin vaqtingizni va butun kun tartibingizni ózingiz belgilagan xolda ishlaysiz. Officeda esa belgilangan vaqt intervali bóyicha ishlashga tóg'ri keladi.
Agar siz dasturchi sifatida bir xillikdan tez zerikadigan va komfort zonaga tushib qolishni istamasangiz, siz Hybrid rejimini tanlashingiz mumkin. O'zimga ham mana shunday rejimda ishlash yóqadi :) Ya'ni ham onsite ham remote shaklda.
Lekin yuqorida aytib ótgan ishlash rejimlari hamma soha vakllariga ham to'g'ri kelmaydi.

Ehtiyoj
"Eng shirin taom — bu qorin ochgan paytdagi taom", deyishadi. Bu ayni haqiqat. Qorningiz qanchalik och bo'lsa, ovqat ham shunchalik mazali tuyuladi. Qorningiz to'q vaqtida esa eng shirin taom ham siz uchun bemaza.
Demak, ehtiyoj hissi bizni vaziyatga real baho berishdan to'sib qo'yadi. Shuning uchun biror narsaga muhtoj vaqtingizda tanlov qilmang. "Svejiy kalla" bilan ozgina o'ylab ko'ring. Hech bo'lmasa, biror soat.)

System Design Interview: Throttling
Tasavvur qiling sizda oilaviy biznes bor. Uyingizda non yopib sotasiz. Sizda har kuni keladigan doimiy klientlar bor. Undan tashqari o’zingizning oilangiz ham har kuni shu nonlarning qaysidir qismini iste’mol qiladi.
Bir kuni qaysidir klientlaringizdan biri kelib sizda bor barcha nonlarni sotib olib ketdi. Natijada undan keyin kelgan klientlar hafa bo’lib qoldi, oilangizning esa o’sha kuni qorni och qolib ketdi. Hammani kayfiyati buzildi.
Yanagi safar shu ish qaytarilmasligi uchun siz bitta klient faqatgina kuniga 2ta non sotib oladigan qilib qo’ydingiz. Undan ko’piga ruhsat yo’q. Natijada hamma hursand. Ha, qaysidir klientingiz sal hafa bo’ldi, chunki 10ta non olishni o’rniga 2ta oldi holos. Lekin umuman olganda biznesingiz yuryapti, klientlar hursand va oilangiz to’q.
Backend olami ham huddi shunga o’xshab ketadi.
Tasavvur qiling siz qandaydir loyiha qilgansiz. Sizda har kuni shu loyihani ishlatadigan doimiy foydalanuvchilar bor. Bu foydalanuvchilarni qoniqtirish uchun siz CPU, RAM, Storage kabi resurslar ishlatasiz va ularrning kuchi/hajmi cheksiz emas. Undan tashqari sizda asosiy sistemadan tashqari ichki va foydalanuvchilarga ko’rinmaydigan kichik sistemalar ham bor. Ularga ham bu resurslar kerak.
Bir kuni qaysidir foydalanuvchingiz to’satdan juda ko’p va katta requestlar yuborishni boshladi va siz barcha resurslarni aynan shu foydalanuvchining o’ziga ishlatishga majbur bo’ldingiz. Natijada boshqa foydalanuvchilar uchun resurslar qolmadi. Resurslar qolmagani uchun o’zingizning ichki sistemalaringiz ham ishlamay qolishni boshladi. Asosiy sistemangiz ham qulab tushdi. Endi loyihangizni hech kim ishlata olmaydi. Hammani kayfiyati buzildi.
Yanagi safar shu ish qaytarilmasligi uchun siz bitta foydalanuvchiga faqatgina sekundiga 50ta request yuborishga ruhsat berdingiz holos. Undan ko’piga ruhsat yo’q. Ha, o’sha ko’p resurs yeydigan foydalanuvchingiz sal hafa bo’ldi, shunki 500ta request o’rniga sekundiga 50ta request yubora olyapti holos. Lekin umuman olganda loyihangiz yiqilib tushmay ishlab turibdi, deyarli barcha foydalanuvchilar hursand va ichki sistemalarngiz ham ishlab turibdi.
Mana shu narsani “Throttling” deydi. To’g’ridan to’g’ri tarjima qilsak “bo’g’ish” degani. Ma’nosi bitta foydalanuvchiga juda ko’p resurs iste’mol qilishga ruhsat bermaslik. Juda muhim va deyarli barcha backend sistemalari ishlatadigan g’oya.
Throttle qiling, yiqilib tushmang.
P.S. bunday o’xshatishlar 100% to’g’ri bo’lmaydi. Lekin asosiy ma’noni tushuntirishga yordam beradi.
© Jahongir Rahmonov

"Muvaffaqiyatli IT Start - Up" qurish mavzusi meni anchadan beri qiynab keladi. Shu mavzuda bir necha marotaba researching qilib kórdim. Fikrlarimni yanada tiniqlashtirish maqsadida ularni ketma - ketlikda tushuntirishga harakat qilaman. Umid qilamanki siz uchun ham foydali bo'ladi.
1. Tajriba va bilim: Dastlab, sizda bo'lgan tajribangiz va bilimingizni ko'rib chiqish kerak. IT start-up kompaniyasi qurish uchun sizda dasturlash, veb-dizayn, UX/UI, ma'lumotlar ombori va boshqa texnologiyalar haqida bilim bo'lishi kerak.
2. Idea: Sizda yangi, original va bozorning muammolariga yechim beruvchi g'oya bo'lishi kerak. Bu g'oya sizning asosiy mahsulotingiz bo'ladi.
3. Biznes reja: Ta'lim va g'oyadan keyin, biznes rejangizni yozishga kirishingiz kerak. Bu sizning kompaniyangizning maqsadini, strategiyasini, moliyaviy proyeksiyalarni va boshqa muhim ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
4. Jamoa tuzish: Sizning IT start-upingiz uchun muvaffaqiyatli jamoa muhim ahamiyatga ega. Sizda dasturchilar, dizaynerlar, menejerlar va boshqa mutaxassislar bo'lishi kerak.
5. Mablag' to'plash: Sizga start-up kompaniyaning boshlanishini moliyalashtirish uchun mablag' kerak bo'ladi. Bu mablag'ni o'z kapitalingizdan, investitsiyalardan, grantlardan yoki kreditlardan (kreditni maslahat bermagan bólardim) olishingiz mumkin.
6. Mahsulotni ishlab chiqish: Keyin sizning jamoangiz mahsulotingizni ishlab chiqishi kerak. Bu protsess bir necha oydan bir necha yilgacha davom etishi mumkin.
7. Marketing va sotish: Mahsulotni tayyorlagandan keyin, uni bozorga chiqarish va sotish kerak. Bu uchun sizga marketing strategiyasi va sotish kanallari kerak bo'ladi.
8. Mijozlarni qo'llab-quvvatlash: So'nggi, lekin juda muhim qadam - bu sizning mijozlarni qo'llab-quvvatlash strategiyangiz. Mijozlar sizning mahsulotingizga qanday qo'llanayotganini tushunish uchun ular bilan aloqada bo'lishingiz kerak.
P.s: Bu yuqorida aytib o'tganlarim IT start-up kompaniyasini qurishning umumiy qadamlari. Bu qadamlar sizning shaxsiy holatingizga va yónalishingizga qarab o'zgarishi mumkin.

Qanday qilib odam energiyasini to’ldirishi mumkin?
Energiyani oladigan va beradigan ikki hil turdagi narsalar bor.
Energiya paydo bo’lishi uchun energiyani oladigan narsalardan qutilish kerak.
1. O’zini o’zi yo’monlash (samosabotaj)
2. Negativ atrof muxit (sizga ishonmaydigan va qo’llab quvvatlamaydigan do’stlar va hamkasblar)
3. Yomon, nopok, buzilgan muxit. (Chang bosgan uy, yirtiq va kir kiyim, buzuq telefon yoki kompyuter va hokazo)
4. Xayotda ritm yo’qligi. (24 soat ish, 1 maxal ovqat, uyqusiz tunlar, dam olish siz ishlash va boshqalar)
Bularni hammasi energiyani so’ruvchi qo’ra tuynuk.
Energiyani qayerdan olamiz?
1. Sayohat, lokatsiya almashishi
2. Yaxshi uyqu, yaxshi ovqat, sport.
3. Ilm olish, rivojlanish
4. Maqsadlarga erishish

❤2
Dominant (boshqaruv) pozitsiniyani egallash uchun sizda 3-5 daqiqa bo‘ladi.
Bu vaqtdan o‘tib ketsa, keyin bu pozitsiyani egallash juda qiyin kechadi.
Bu o‘zi nimaga kerak?
Bosim ostida o‘zingiz istamagan qarorlarni qabul qilmaslik.
Yoqtirmagan narsalaringizga chidab yurmaslik.
Yo‘q deyishga kuch topish uchun.
Birinchi taʼsirot bir marta bo‘ladi, ikkinchi marta qoldirish imkoningiz yo‘q.
Hayotiy misol, taksida ko‘p yuraman, haydovchilarning jinnicha qo‘shiqlarini baland qilib qo‘yishini juda yomon ko‘raman.
Ammo ulovga o‘tirganingizdan so‘ng 20 daqiqa o‘tib qo‘shiqni o‘chirib qo‘yishini so‘rasangiz juda g‘alati bo‘ladi.
Shuning uchun ulovga o‘tirishingiz bilan bu narsani jiddiy aytish kerak! Masala hal.
Boshqa vaziyatlarda ham xuddi shunday, birinchi soniyadayoq o‘zingizni qoidangizni tushuntiring!
Har doim kulib yurgan boshqaruvchi birdaniga jiddiy bo‘lib qolsa buni hech kim jiddiy qabul qilmaydi.
Sizda ham shunday holatlar bo‘lganmi?

👍1
Ish quroling soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur!
JetBrans ning productlarini yangi interfeysda chiqarishni boshlabdi. Sodda, ko'p fuksiyali, asosiysi CPU ga bosim bermaydigan va yangicha user interface ega xolatda. Shaxsan menga Datalore va Pycharm larning yangilangan versiyasi maqul keldi.
Shunday imkoniyatlarni yaratish, siz va men undan qulay tarzda foydalanishligimiz uchun orqa fondagi dasturchilarning mehnati katta albatta. Lekin deyarli barcha imkoniyatlarni premium versiyadagi foydalanuvchilar uchun chiqargan. Faqat birinchi oy bepul foydalanishingiz mumkin, undan keyin sizdan pullik versiyasiga o'tishizni so'raydi. Taxminan oyiga 15$ - 23$ evaziga. Agar siz talaba, maktab o'quvchisi yoki o'qituvchi bo'lsangiz bunday imkoniyatlardan bepul foydalanishligiz mumkin bo'ladi. Agar sizga qiziq bo'lsa keyingi postlarda qanday foydalanishni batafsil tushuntirishga harakat qilaman.

👍2
Agar siz talaba, o'qituvchi, dasturchi yoki boshqa bir soha vakili bo'lsangiz ham JetBrans va ko'plab servicelardan mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin.
Ba'zan imkoniyatimizni yo'qligi ham biz uchun imkoniyat bo'lishi mumkin. Dasturchi ushun muhim bo'lgan resurslardan biri bu yaxshi ishchi qurolga ega bo'lish hisoblanadi. Ular Visual Studio Code, Sublime Text, WebStorm, PyCharm, IntelliJ IDEA va boshqa ko'plab kodlash muhitlari bo'lishi mumkin. Ushbu postimda aytib o'tganimdek, JetBrans Productlaridan bepul foydalanishni va o'zim foydali deb bilgan bir qancha imkoniyatlarni batafsil tushuntirishga harakat qilaman. education.github.com ushbu saytdan ro'yxatdan o'tish orqali siz Student Programga ega bo'lishiz, JetBrans productlari va ko'plab pullik bo'lgan xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. Bu xizmatlarga bepul domendan foydalanish, loyihalaringiz dunyo yuzini ko'rishi uchun turli mintaqadagi serverlardan bepul foydalanishingiz, Microsoft Azure, GitHub, DigitalOcean tomonidan $200 pul miqdoridagi depozitga ega bo'lish va boshqa ko'plab imkoniyatlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bulardan foydalanish uchun shunchaki saytdan ro'yxatdan o'tib, talaba yoki boshqa shaxsingizni tasdiqlovchi xujjatlaringizni taqdim etishingizni o'zi kifoya.