Mujdalar | 🌙
326 subscribers
2.55K photos
29 videos
10 files
763 links
"Hikmat — moʻminning yoʻqotganidir".

Aʼzolikdan avval sahifani koʻzdan kechirib chiqing! Maʼqul boʻlsa, keyin ulaning.

(Hurmat ila yurituvchi)

https://t.me/faqirun

@Mujda_aloqaBot 📮

©️Foydalanilganda manba va mualliflik qolsin.
Download Telegram
Rasululloh ﷺ aytdilar:
“Alloh Odam bolasini sakkiz xislat bilan yaratdi. Ulardan toʻrttasi jannat ahli uchundir:
1. Muloyim, ochiq chehralik.
2. Rostgoʻylik.
3. Qoʻrquvchi qalb.
4. Saxiylik.

Toʻrtta xislat doʻzax ahli uchundir:
1. Qovoq soluvchi yuz.
2. Bemaʼni, behayo gaplar soʻzlovchi til.
3. Qotgan qalb.
4. Baxillik va ziqnalik”.

📚Usmon ibn Hasan Xubariy,
"Durratun nosihiyn"
kitobidan

🌙 t.me/mujdalar
اسلام عليكم ورحمه الله وبركاته

Ibn Masʼud roziyallohu anhu aytadi:
«Uylarning eng yomoni — unda Allohning Kitobidan biron narsa bo‘lmaganidir».

Imom Hokim rivoyati

🌙@mujdalar
"Ey Robbim, menga nima yaxshilik (rizq) tushirsang, oʻshanga muhtojdirman..."

(Qasas, 24-oyatdan)

🌙@mujdalar
Oisha roziyallohu anho bunday dedilar:

"Allohning Rasuli sollallohu alayhi va sallam tillarini ko‘rish mumkin bo‘lgan darajada kulayotganlarini sira ko‘rmadim. Chunki U zot faqatgina kulimsirar edilar..."

📚"Sahih duolar", Imom Abu Dovud rivoyati

🌙@mujdalar
#duo
اللهم إني أسألك الهدى والتقى، والعفاف والغنى.

Allohim, men sendan hidoyat, taqvo, iffat va (koʻngil) boyligini tilayman.

Rasululloh ﷺ

(Ibn Moja, 3832)

🌙@mujdalar
Muhabbatning chegarasi yo'q.
O'lchasa bo'ladigan muhabbat qashshoq muhabbatdir.

💐mujdalar
Bu suratda ikki xil hikoya bor:
Biri pastdan tepaga qarab, ikkinchisi esa tepadan pastga qarab oʻqiladi.


Ikrom Sharif
_________________________
Faqat Biz tomondan boʻlgan marhamat sababli va (maʼlum) bir vaqtgacha (hayotdan) bahramand boʻlishlari uchun (muhlat berilur).

(Yosin, 44).
_________________________
(Alloh) dedi: "Bas, sen muhlat berilganlardansan..."

(Hijr, 37)

🌙mujdalar
#hadislar

Zayd ibn Xolid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qildilar: “Xo‘rozni haqoratlamang. Chunki, u sizni namozga uyg‘otadi” (Abu Dovud, 5101).

Abu Hurayra roziyallohu anhu dedi:
“Rasuli Akram alayhissalotu va sallam bunday marhamat qildilar: “Xo‘roz qichqirganini eshitganingizda, buyuk Allohdan Uning fazlini, barokat va ehsonini so‘rang. Chunki u o‘sha paytda farishtani ko‘rgan bo‘ladi.
Eshak ovozini eshitganingizda esa Allohdan panoh tilang. Chunki u o‘sha paytda shaytonni ko‘rgan bo‘ladi” (Abu Dovud, 5102).

📚"Sunani Abu Dovud" to'plamidan

🌙mujdalar
Kishining yuradigan yoʻlida yolgʻiz qolishi sadoqatining dalilidir.

Ibn Qoyyum rohimahulloh

🌙mujdalar
Millatning shunday adiblari bor edi...

“Men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa, “ih” deydigan yigit emasman… Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsadi bo‘lmog‘on sodda, go‘l, vijdonlik yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma'naviy o‘lim bilan o‘ldirildim. Endi, jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir”.

Abdulla Qodiriy, "Suddagi nutqidan"

🌙@mujdalar
#oʻqing

TO‘Y

Qildi bu vaqt bizda javlon to‘y,
Oqchasi yo‘qni etdi hayron to‘y.
Bir-biridan oshurdilar to‘yni,
Topdi ravnaq, hayratila boyon to‘y.

Besh kun to‘yni so‘ngidin
Ketibon mulklar bois, fig‘on to‘y.
Boyon to‘yig‘a yerlilar qarab,
Etdi sarf toki tandagi jon to‘y.

Ey g‘aniylarimiz, ey faqirlarimiz,
Amr etubdurmi bizg‘a Qur’on to‘y?
Mundayin ishlar shar’imizda yo‘q,
Kori ma'jus, kori shayton to‘y.


Ishlamas shunday ahllik kishi,
Yo‘lamas aslo ahli vijdon to‘y.
O‘tsa to‘y birla yoz-u qishimiz,
Aylagay bizni yerg‘a yakson to‘y.

Kelingiz, do‘stlar, din qarindoshlar,
Tashlasun bo‘lsa gar musulmon to‘y.

Abdulla Qodiriy,
"Sadoyi Turkiston”, 1915 yil.


🌙@mujdalar
#hadis
الحياء من الايمان.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam birodarini hayo uchun itob qilayotgan kishini eshitib: “Hayo iymondandir”, dedilar.

📚"Javome'ul kalim",
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

💐@mujdalar
Birovga muhtoj boʻlmay, oʻzingni oʻzing baxtiyor qilmogʻing uchun xayol mavjud.

Ayman Yogʻiy

🌙mujdalar
#hikmat

Adolat bilan sinalasan, boylik bilan sinalasan, lavozim-u maqom bilan sinalasan. Eng muhimi, ishq bilan sinalasan...

🌙mujdalar
Har ishingda Allohga tavakkal qil. Oʻzingni U zotning ixtiyoriga topshir. Shundagina haqqingga xayrli yoʻl ochiladi.

🌙@mujdalar
Hech kim birovning qoʻlidan tutib biror yerga olib borolmaydi. Jannatga esa aslo!

🌙@mujdalar
Qalb qalbni sevsa, koʻzlar ayblarni koʻrmaydi.

Ikrom Sharif

Aybni koʻrgan gʻaybni koʻrolmaydi. Laylini koʻrmagan Mavloni koʻrardimi?..

🌙mujdalar
Tavakkal shuki, o‘zingni qullik va bandalik daryosiga tashlagaysan va ko‘nglingni Allohga tashlagaysan — agar bersa, shukr qilasan, agar olsa, sabr etasan.

Abu Turob Naxshabiy rohimahulloh

🌙
@mujdalar
#xolisona

Allohdan hayo qilmaydigan, kishining haqqidan qoʻrqmaydiganlar birovning mehnatini bemalol oʻzlashtirishadi, xohlagancha buzishadi.

Kishining haqqiga, uning mehnatiga xiyonat qilmang. Qiyomatda solih amallaringizning sizdan forigʻ boʻlishi, avvalo, Allohning, soʻngra sizdan shaʼniga adolatsizlik koʻrgan, norozi boʻlgan kishining ixtiyoridadir.
Alloh ila banda oʻrtasidagi ado etilmagan biror haqni Alloh kechirmogʻi mumkin. Zero, Alloh kechirguvchidir. Lekin bandalar oʻrtasidagi nohaqlik uchun bandani rozi qilmoq kerak boʻladi.
Yana Alloh bilguvchi...

Hech bir inson qoʻli bilan yozilgan asar biror manbasiz vujudga kelmaydi. Foydalandingizmi, manbani bering, joyida qolsin.
Kimsaning haqqiga xiyonat qilmang. Bu musulmon farzandining amali emas. Kimsaning mehnatini qadrlang, buzmang, oʻzlashtirmang, zora, Siz ham qadr topsangiz...

Sanjar Rafiq

🌙@mujdalar
Boshimizga ne kelsa, hamd va shukurni unutmogʻimizdan keladi.

🌙@mujdalar