ANDIJON FVB
778 subscribers
11.7K photos
741 videos
161 files
2.63K links
Andijon viloyat Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi
Download Telegram
⚡️Favqulodda vaziyat yoki yong‘in sodir bo‘lganda 101 yoki 1050 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling:

🔹xabarda voqea sodir bo‘lgan aniq manzil
🔹familiya va ism
🔹nima sodir bo‘lganligini aytish kerak.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
ҚОРА ДАРЁ ҚИРҒОҚЛАРИГА ЭЪТИБОР ҚАРАТИЛДИ

Баҳор ойларида сув ҳавзалари, дарё ва сойларда юзага келиши мумкин бўлган сув тошқинлари ва турли табиий офатлардан ҳимояланиш сергакликни талаб этади.

Бугун туман ҳокими Ш.Бабаев мавзуга алоқадор идоралар масъуллари билан туманимиздан оқиб ўтувчи Қорадарё қирғоқларини, сув тошқини рўй бериши мумкин бўлган жойларни кўздан кечирди.

Сув тошқинларини олдини олиш,тошқин  юзага келганда эса табиий офатни бартараф этиш борасида  амалга ошириладиган тадбирлар борасида масъулларга тушунча ва топшириқлар берди.

Сой ўзанидан шағал олиш ишларини белгиланган жойларда амалга ошириш мақсадга мувофиқ экани ва унга риоя этиш зарурлиги борасида масъулларга топшириқлар берди.

👉kanalimizni kuzatib boring👇👇
👉👉👉https://t.me/muhofaza
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Kadirov Nurali Usmanaliyevich Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar podpolkovnik Kadirov Nurali Usmanaliyevich Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Nurali Usmanaliyevichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Andijon viloyati FVB boshlig‘i hamda viloyat toshqinga qarshi komissiyasi ishchi guruhi hamkorligida Paxtaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo va Maylisoy daryosi bo‘yida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan kamchilklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berilib,  qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday tadbirlar aholi va hududlarni sel, suv toshqini hodisalaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

kanalimizni kuzatib boring👇👇
👉👉👉https://t.me/muhofaza
Andijon viloyati FVB boshlig‘i hamda viloyat toshqinga qarshi komissiyasi ishchi guruhi hamkorligida Izboskan tumanidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy daryosi bo‘yida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan kamchilklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berilib,  qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday tadbirlar aholi va hududlarni sel, suv toshqini hodisalaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

kanalimizni kuzatib boring👇👇
👉👉👉https://t.me/muhofaza