MUHIM24.uz
1.89K subscribers
8.75K photos
2.04K videos
12 files
7.83K links
muhim24.uz yurtimiz va jahonning eng muhim yangiliklar rasmiy sayti

Faqat tasdiqlangan va ishonchli axborotlar

Tahririyat ОAV guvohnomasi: № 2201

Veb-sayt: http://muhim24.uz/

Aloqa http://t.me/muhim24uz_aloqaBOT
Download Telegram
🇺🇿🇷🇺O'zbekiston va Rossiya ishbilarmonlari hamkorlikni kengaytirish niyatida

O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulligi tomonidan Rossiyaning “Imeksis” MChJ konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn yig‘ilishda shular haqida so‘z bordi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.

Muloqotda O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasi, Sankt-Peterburg Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston bojxona brokerlari assotsiatsiyasi hamda “Germes” professional gildiyasi hamda bir qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar ikki mamlakat agrosanoat doiralari hamkorligi, kompaniyalar salohiyati va ishlab chiqarish imkoniyatlari, O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarni Rossiya bozoriga yetkazib berish masalalarini muhokama qildi.

Bosh konsullik vakillari savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini hamda ikki davlat biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
#kunkishisi
Bugun 26-fevral - Rajab Tayyip Erdog‘an tug‘ilgan kun

Rajab Tayyip Erdo'g'on (turkcha: Recep Tayyip Erdoğan) 26-fevral 1954-yilda tug‘ilgan.
🔹 Istanbul meri (1999-2003).
🔹 Turkiya Bosh vaziri (2003-2014 va 2018-yildan), Adolat va Taraqqiyot Partiyasi rahbari (2003-2014 va 2017-yildan).
🔹 Turkiya Prezidenti (2014-yildan).

Shu munosabat bilan bugun 🇷🇺Putin va 🇺🇿Mirziyoyev ham Erdog'anni yubileyi bilan tabrikladi.

Rossiya prezidenti Turkiya rahbariga ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va turk xalqi farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Erdo‘g‘an bugun 70 yoshga to‘ldi. Bugun kun davomida Vladimir Putin, Qosim-Jomart Tokayev, Aleksandr Lukashenko, Ilhom Aliyev va boshqa davlat rahbarlari ham allaqachon uni yubiley bilan tabriklashdi.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
⚡️"Dok-1 Maks" ishi bo'yicha yakuniy sud natijalari e'lon qilina boshlandi

O‘zbekistonda eng kamida 69 nafar, biroq rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 68 nafar bolaning o‘limi, 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan sirop ishi bo‘yicha boshlangan sud bugun, 26-fevral kuni yakuniga yetmoqda.

“Daryo” muxbirining xabar berishicha, ayni vaqtda Toshkent shahar sudlarining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan sirop voqeasida ayblanayotgan 23 nafar sudlanuvchiga hukmda:

Hindiston fuqarosi, «Quramax Medisal» MCHJ direktori Singh Ragvendra Pratar 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U jazoni o‘tab bo‘lgach, Hindistonga deportatsiya qilinadi.

Shuningdek, Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari bo‘lgan Amirxon Azimov va Nodirbek Musayevga 16 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
Muzaffar Rajabboyev Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
#Muhim_iqtibos:
Saida MIRZIYOYEVA:


"Jinoyat kodeksining 144-moddasida "O'z fikrini bildirgan va tanqidiy chiqish qilgan odamni ta'qib qilish taqiqlangani" haqida gapirilgan, ammo bu qonun ko'pchilikning esiga ham kelmaydi"
.

✔️ @muhim24Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanqidga e'tibordan so'ng!

Paxtachi tumanidagi "Oqtepa" mahallasi ahli gaz ta'minot korxonasi xodimlaridan uch oydan beri gaz ballonlarini olib kelmayotganliginidan norozi bo'lishgandi. Voqea MUHIM24 tomonidan e'tiborga olinib, tanqidiy post qo'yilgandi.

❗️“Paxtachigazta’minoti” esa MUHIM24'dagi postga shu kunning o'zida munosabat bildirdi. "Oqtepa" mahallasi ahlining bizga yo'llagan videolarida esa shu kunning o'zida muammo ham ijobiy hal etilganmish.

E-e, rahmat. Bo'larkanku!👏👏👏

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
#TAYINLOV
Shaxzod Eshonqulov viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.


Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu tayinlovga qadar Sh.Eshonqulov Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
#Muhim_voqea
27-fevral — Bavariya futbol klubi tashkil topgan kun (1900-yil).

📌Toʻliq nomi: Bavariya ( Myunxen, Germaniya)
📌Tashkil topgan vaqti: 1900-yil
📌 Rasmiy sayti: www.fcbayern.t-com.de
📌 Stadion: Alyans Arena (75024 tomoshabin)
📌 Forma rangi: Qizil

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
Prezident armiyani zamonaviy qurol va harbiy-texnikalar bilan taʼminlash zarurligini aytdi

Bu masalaga Mudofaa vazirining hisobotini tinglash chogʻida eʼtibor qaratildi.

Davlat rahbari qoʻshinlar faoliyatini raqamlashtirish vazifalariga alohida toʻxtaldi.

Qoʻshinlarni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish va aloqa tizimini takomillashtirish choralari muhokama qilindi.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining ilk tizeri e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Samarqand viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Kinematografiya agentligi hamkorligida “EZGU FILM” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining ilk tizeri e’lon qilindi. Filmda XVII asrda yashab o’tgan Samarqand amiri, buyuk sarkarda, Registon maydoni bunyodkori Bahodir Yalangto’sh hayot faoliyati aks ettiriladi. Film tez kunlarda tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

Film ijodkorlari:

Ssenariy mualliflari: Hasan Toshxo‘jayev, Jahongir Ahmedov
Postanovkachi rejissyor: Jahongir Ahmedov
Postanovkachi operatorlar: Ivan Solomatin, Izzatilla Lutfullayev
Postanovkachi rassom: Bahriddin Shamsuddinov
Supervisor VFX: Lazizxon G‘aniyev
Bastakor: Doniyor Agzamov
Liboslar bo‘yicha rassom: Zuhra G‘aniyeva
Prodyuser: Zafar Yuldashev

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
ISSIQXONA SOTILADI

MANZIL: “MIRKAN” M.F.Y OROM KO’CHASI 62-UY


Uzunligi: 20 metr, eniga 10 metr
To’liq turubadan (32 va25 lik)
Narxi: 12 mln so’m, KELISHILADI

TEL.: (94) 618 15 93

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
O‘zbekistonda 2022-2023-yillarda 7 ta issiqlik stansiyasi, 8 ta quyosh fotoelektr stansiyasi, 1 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Zoir aka maktablarga 300 mln so'm va'da qilmoqda, faqat...

So'nggi paytlarda ko'p trendga chiqayotgan Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini aytmoqda.

Bu haqda uning o'zi Chirchiq shahridagi maktab direktorlari bilan uchrashuvida aytib o'tgan.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
⚡️ Endi siz ham Ekonazoratchi bo'lishingiz mumkin, ammo...

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisining huquq va majburiyatlari tasdiqlandi.

Nomzodlar 2024-yilning 1-iyuniga qadar jamoatchilik ekologiya nazoratchiligiga Ekologiya vazirligi tomonidan mustaqil taʼlim shaklida maxsus tayyorgarlikdan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston fuqaroligiga ega boʻlgan va 18 yoshga toʻlganlar ekologiya nazoratchisi boʻlishi mumkin.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
🔥"METAN" da navbat talashib, katta janjal yuzaga kelgan

Aytishlaricha, Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchalarining birida navbatda turgan haydovchilar o'rtasida janjal chiqqan.

Jabrlanuvchi o'lgan bo'lishi ham mumkin. Ammo hozircha bu vaqeaga rasmiy izoh yo'q.

P.S: O'zi shu mashmashali muammoga aylangan METAN oxiri kimningdir boshiga yetishiga tobora yaqin kelayotgandik. Turnaqator navbatlar, 10 soatlab, sovuqda turish har qanday vaziyatda ham asablarni taranglashtiradi.

Xo'sh, qachon mutasaddilar bu mavzuda ziddiy bosh qotirisharkin-a? 😡


✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
MUHIM24.uz
Photo
❗️Voqea yuzasidan aniq ma'lumot berildi

Janjal kecha, 26-fevral kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Unda bir necha shaxslar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan.

Hozirda hlat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib,  Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu voqeada hech kim vafot etmagan.

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_iqtibos

"Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo'ladi.

Amaldorlar yomon bo'lsa, eng yaxshi qonunlar ham foyda bermaydi".


Otto Fon Bismark

🌐 www.muhim24.uz rasmiy sayti bilan eng muhim xabar va yangiliklarni kuzatib boring!

✔️ Obuna bo'lish TEKIN 👉 @muhim24Uz