MUHIM24.uz
1.89K subscribers
8.75K photos
2.04K videos
12 files
7.83K links
muhim24.uz yurtimiz va jahonning eng muhim yangiliklar rasmiy sayti

Faqat tasdiqlangan va ishonchli axborotlar

Tahririyat ОAV guvohnomasi: № 2201

Veb-sayt: http://muhim24.uz/

Aloqa http://t.me/muhim24uz_aloqaBOT
Download Telegram
❗️Tergov organining xatosi sababli sudlarda oqlovlar koʻpaymoqda

Oliy sud raisi oʻrinbosari Ikrom Muslimovning aytishicha, sudlar tomonidan oqlov hukmlari chiqarilgan ishlarning 58 foizi prokuratura organlari, 34 foizi ichki ishlar, 13 foizi DXX tomonidan tergov qilingan jinoyat ishlariga toʻgʻri kelmoqda.

✔️ @muhim24Uz
❗️Buxoro viloyatidagi “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etilib, tarmoq ishga tushirildi.

Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

19-fevralda kuchli shamol natijasida Buxoro viloyatidagi 110 kV kuchlanishli “L-Gazli-1”, “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgandi.

Gaz quyish shoxobchalaridagi to'xtashlar ham ayni shu masala bilan bogʻliq edi. Elektrdagi katta uzilish Buxoro neftni qayta ishlash zavodi faoliyatida ham to'xtalishga olib kelgandi.

O'ylaymizki endi ertadan barcha "METAN zapravka"larda cheklovli bo'lsa ham faoliyat qayta tiklanadi.

❗️ Eslatib o'tamiz, "METAN zapravka"lardagi vaqtinchalik ishlamaslik yo'l haqqining oshishiga sabab bo'lgandi.

Holat esa yo'lovchilar e'tirozlariga olib kelgan.

Bunga esa munosabat beradigan "vallomat"ning o'zi topilmadi.

Afsuski, bunday qimmat yo'l haqqi bugun ham davom etmoqda.

✔️@muhim24Uz
⚡️ Boʻka tumanida yoʻl qurilishidan 373,5 mln soʻm talon-toroj qilindi
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻka tuman boʻlimi tomonidan “Toshkent viloyati mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUKning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C.S.” MCHJ rahbari B.A. va boshqalar buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 3 ta MFY hududidagi koʻchalarini joriy taʼmirlashda shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida MCHJga oʻtkazib berilgan 373,5 mln soʻmni qurilish ishlarini boshlamasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

✔️ @muhim24Uz
MUHIM24.uz
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqda odamlarini qor bosib qolgani aytilmoqda 😨 Olmaliq (OKMK)dagi 3-misni boyitish fabrikasi  qurilishida quruvchilarni tom bosib qolibdi, deyishyapti. Voqea bugun boʻlgan. Aytishlaricha, bu qurilishda asosan hindistonliklar…
⚡️ Olmaliqda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi

Kecha, 20-fevral kuni ko‘p qor yog‘ishi va qattiq shamol tufayli Toshkent viloyatidagi Olmaliq tumani hududidagi “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi natijasida texnogen vaziyat vujudga kelgan.

Buning natijasida uch nafar hindistonlik ishchilar voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jaroxatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan.

Hozir esa holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnat muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

✔️ @muhim24Uz
Audio
#Muhim24FM
#XORIJ_dayjesti

🔹 “O‘g‘limni so‘nggi bor ko‘rishga ruxsat bering” — Navalniyning onasi Putinga murojaat qildi 👉 https://muhim24.uz/3006/

🔹 🇮🇱⚔️🇸🇩Isroil-Falastin urushining 138-kuni. Jang va gumanitar inqiroz 👉 https://muhim24.uz/3002/

🔹 Qozog‘iston Google va Amazon bilan superkompyuter yaratmoqchi 👉 https://muhim24.uz/3010/

🌐 Bizning www.muhim24.uz saytimiz orqalli eng muhim xabarlarni birinchilardaan bo'lib o'qib boring!

🎧 FM Muhim24FM — bizni yoʻl-yoʻlakay ham tinglang!

📲 "Muhim24" sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram  🌀 Threads 🎧 FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Twitter | Sayt | Instagram | CHAT
#Muhim_iqtibos:
Navoiy viloyati hokimi Normat TURSUNOV:


“Hamma narsada insof bo'lishi kerak!”


✔️ @muhim24Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida “Kelajak o’yinlari” birinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida o’zbek tilida nutq so’zladi.

Davlat rahbari O’zbekiston 2026 yilda “Kelajak o’yinlari” musobaqasiga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi.

✔️ @muhim24Uz
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egalladi

Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 22-fevralda dunyoning yirik shaharlari orasida 3-o‘rinni egalladi.

IQAir portaliga ko‘ra, soat 10:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 108 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingda 1-o‘rinni Hindistonning Dehli shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 130,5 mkg/m3. Pokistonning Lahor shahri 2-pog‘onada — 112,5 mkg/m3. Reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Karachi (Pokiston), Dakka (Bangladesh), Bag‘dod (Iroq), Doha (Qatar), Yangon (Myanma), Mumbay (Hindiston), Milan (Italiya) egallagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.

Kecha, 21-fevral kuni Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqqandi.

✔️
@muhim24Uz
#XORIJ
🇺🇦2024 yilda Ukrainaga insonparvarlik yordamining atigi 10% moliyalashtirilad
i – BMT vakili

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ukrainadagi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan gumanitar murojaati 2024 yil uchun atigi 10% moliyalashtiriladi, dedi chorshanba kuni mamlakatning doimiy koordinatori.

👉👉 https://muhim24.uz/3014/

📲 "Muhim24" sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram  🌀 Threads 🎧 FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Twitter | Sayt | Instagram | CHAT
⚡️🔥⛽️Metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bugundan bosqichma-bosqich olib tashlanadi

Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, gaz bosimining kamayganini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida mamlakatdagi barcha metan zapravkalar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar bugundan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avvaldan belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.

👉👉 https://muhim24.uz/3017/

📲 "Muhim24" sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram  🌀 Threads 🎧 FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Twitter | Sayt | Instagram | CHAT
#XORIJ
⚡️AQSH hutiylarning kemalarga qarshi qanotli raketalarini oldindan zarba berishda nishonga oldi


AQSh harbiylari hutiylarning kemalarga qarshi qanotli raketalarini oldindan zarba berishda nishonga oldi. Harbiylar raketalar Qizil dengizga uchishga tayyorlanayotgani uchun nishonlar «muvofiq tahdid» bo’lganini aytdi.

👉👉 https://muhim24.uz/3020/

📲 "Muhim24" sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram  🌀 Threads 🎧 FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Twitter | Sayt | Instagram | CHAT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_TANLOV

“Shirintoy tabassumi”

“Shirintoy” sahifasiga bolajonlar suratini qabul qilishni boshlaymiz! Farzandlaringiz suratini “Paxtachi” gazetasida chiqishini istasangiz, kuponni to’ldirib, sifatli suratlarni http://t.me/muhim24uz_aloqaBOT telegram BOT'ga yo’llang!

📲 "Muhim24" sahifalarini kuzatib boring👇
Telegram  🌀 Threads 🎧 FM | AloqaBOT | YouTube | Facebook | Twitter | Sayt | Instagram | CHAT
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBga tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori oshirilgani toʼgʼrisida feyk xabarlar tarqalmoqda.

Bank Аxborot xizmati shuni maʼlum qiladiki, “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBda mahalliy (UzCard, Humo) kartalaridan naqd pul berish summadan 1 foizni, xalqaro toʼlov kartalaridan (shu jumladan, kobeydjing bank kartalari) naqd pul berish summadan 1,5 foizni tashkil etadi.

Ushbu tariflar “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBning 2023 yil 26 avgustdagi Boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan boʼlib, bugungi kunda komissiya miqdorini oshirish boʼyicha hech qanday qaror qabul qilinmagan. (Amaldagi tariflar bilan shu havolada tanishish mumkin)

Аksincha, hozirgi paytda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida chiqarilgan xalqaro kartalardan bankning oʼz protsessing markaziga ulangan bankomatlar orqali naqd pul yechish summadan 0,4 foizni tashkil qilmoqda.

Bank Axborot xizmati

✔️ @muhim24Uz