Muhammad Yusuf sara she'rlar
1.66K subscribers
72 photos
29 videos
12 files
176 links
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
Download Telegram
Forwarded from Elektron rasmlar
Qaysi o‘zrinlarda salom berib bo‘lmaydi, bilasizmi? Bilishni istaysizmi?
Anonymous Poll
41%
Bilaman 😊
51%
Bilishni istayman😃
8%
Menga qiziq emas😏
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Salom berib bo‘lmaydigan o‘rinlar!!!

Dinimizda ham, mentalitetimizda ham o‘zimizdan kattani ko‘rganda salom bermaslik odobsizlik hisoblanadi.

Lekin...

Marhamat, videoni tomosha qiling va salom berib bo‘lmaydigan holatlar haqida bilib oling.

Yaqinlaringizga ulashish yodingizdan chiqmasin.

https://t.me/metrika_fotolove
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kanalimiz a'zosidan

Muhammad Yusuf she'ri

Aziz Erdonov ijrosida
TALABALAR MADHIYASI

Alp o'g'lonlar o'lkasi bu ko'hna Turon
Qalqonlari, qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang!

Taxtdan tushganda ham otdan tushmay yurgan,
Ajdodingiz uy qurmagan-Davlat qurgan.
Yurti uchun yelkasida tog'lar surgan,
Rustamlari, Farhodlari, ilm istang.

Ko'z ochganda kezib yetti bahri ummon,
Yetti tilda so'ylashgan biz tili biyron.
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton-
Boburlari, Behzodlari, ilm istang.

Haq yo'lida siz ilmning ummatlari,
Xalq yo'lida hidoyati, himmatlari.
Madad bo'lsin Yassaviyning hikmatlari,
Bobo Mashrab bayotlari, ilm istang.

Ilm istang, izingizdan ibrat yog'sin,
Ixlosingiz, shaxdingizdan shiddat yog'sin.
Ortingizdan mag'rur-mag'rur millat yog'sin-
Mulki Turon najotlari, ilm istang!..

Alp o'g'lonlar o'lkasidir O'zbekiston,
Erkli elning qanotlari, ilm istang.
Yarim jahon bunyld etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari, ilm istang.

http://T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_shoir
QIZG'ALDOQ

Qizg'aldog'im, qirdan bo'lak koshonang yo'q,
Kokil yoysang, yerdan bo'lak toshoynang yo'q,
O'ksib-O'ksib-o'ksib turganingda o'zim borib,
Peshonangdan o'pay desam, peshonang yo'q...

Sollanasan kelinchakday boshing egib,
Jayron o'tgan so'qmoqlarga yoshing to'kib,
Qizil yuzing qon dilimga turar tegib,
Meningdek sen g'aribning ham parvonang yo'q...

Qadring bilgan, darding bilgan, ayt, kiming bor?..

Kelib-ketar bahor senga bevafo yor,
Go'zalsanki, senga bari gullar ag'yor,
"Oh" ursang, bir ohing tinglar ostonang yo'q...

Oldingga men borolmasam, o't gunohim,
Bir yo'qlab qo'y, men dunyodan o'tgan chog'im,
Qabrim uzra hilpirab tur, qizg'aldog'im,
Muhammaddan bo'lak do'sti devonang yo'q.

http://T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_shoir
IZHORI DIL

Ko‘hna tolbeshikdan
Boshlangan olam.
Senga iddaolar
Qilmay sevaman.
Bir kuni singlim, deb,
Bir kuni onam-
Vatan,
Kimligingni
Bilmay sevaman!..

To‘zg‘iydi to‘ningdan
Tortgan to‘ralar.
Kecha tuzingni yeb
Sotgan to‘ralar.
Endi pushaymonda,
Tuynuk mo‘ralar-
Men sening
Yoningdan
Jilmay sevaman.

Menga yering suyuk,
Osmoning suyuk.
Boqsam, teng
To‘rttala
Tomoning suyuk.
Tovonimga kirgan
Tikoning suyuk-
Kaftdan
Zirapchang ham
Yulmay sevaman.

Cho‘ksang,
Tur, singlim deb,
Soching silayman.
So‘ksang,
Opam deyman,
Umring tilayman.
Sendan ranjimayman,
Gina qilmayman-
Xoh xo‘mray,
Xoh jilmay,
Birday sevaman.

Vatan-
Yuragimning
Olampanohi,
Bu dunyo
Bukri bir
Jiydaning shohi!..
Ko‘zim yoshi bilan
Sug‘orib gohi
Ko‘ksimda o‘stirgan
Gulday sevaman.

Bu yorug‘ jahonda
Yo‘g‘-u borimsan,
Tilimning ostida
Novvot-zarimsan.
Sen mening yagona
Payg‘ambarimsan,
Men Bilol,
Men Habash-
Qulday sevaman!..


📃🖍1998

http://T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_shoir
Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor...

Yurtim, ado boʻlmas armonlaring bor,
Toshlarni yigʻlatgan dostonlaring bor,
Oʻtmishingni oʻylab ogʻriydi jonim,
Koʻksing toʻla shahid oʻgʻlonlaring bor.

Bagʻrim oʻrtar bir oʻy bahor ayyomlar,
Oy borgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi-maydonlaring bor…

Yurtim, koʻnglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yigʻlatgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Choʻlponlaring bor.

Qoʻling qadogʻiga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, ogʻir olma soʻzimni,
Qayinbarglar yopib qaro koʻzini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir boʻlganlar -
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor…

Qurboning boʻlayin, ey onajonim,
Sening faryodlaring, mening figʻonim,
Oʻtmishingni oʻylab oʻrtanar jonim,
Aytsam ado boʻlmas dostonlaring bor.

http://T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_shoir
O‘tganga ber, xudoyim,
Ketganga ber, xudoyim.
Ozodlikni qadriga
Yetganga ber, xudoyim.

Hurlik qanday tansiq so‘z,
Qullik qalbga sanchiq so‘z.
Hurriyatni boshida
Tutganga ber, xudoyim.

Avaylab har yaprog‘in,
Ko‘zga sursin tuprog‘in.
Erkni bersang - erk deb qon
Yutganga ber, xudoyim.

Xoh ziyoli, xoh kosib,
Bo‘lsin unga munosib.
Vatan bersang, orziqib
Kutganga ber, xudoyim!..

Rizqni bilgan zotga ber,
Shukur qilgan zotga ber.
Yurtni har kun ziyorat
Etganga ber, xudoyim.

http://T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_shoir
5 б синф укувчиси Жалолдинов Мухаммадамин
5 б синф Шавкатбекова Мухлиса
5 б синф Козимжонова Муниса
Audio
📝Mehir qolur muhabbat qolur
Muhammad Yusuf
🎤Tasnima Muqumjonova
Audio
📝Andijonim...
Muhammad Yusuf
🎤Robiya Usmanova
Audio
📝Vatanni seving...
Muhammad Yusuf
🎤Xusniddinov Muhammadiy
Kanalimizning yosh a'zolaridan❤️❤️❤️, mehnatlariga munosib baho berasiz degan umiddaman😊