KO‘NGLIMDAGI YOR
Muhabbat bog‘iga kirmadim bir bor,
Suyib bir gulga qo‘l urmadim bir bor.
Endi tunlar yig‘lar menga qo‘shilib
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
Biri birisiga o‘xshamas, yo Rab,
Ko‘zimning yoshlari to‘xtamas, yo Rab.
Kuyarman bir unga, bir munga qarab...
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
Birin erkalayman dudog‘im bilan,
Birisin erkalab nigohim bilan ―
Yasharman savob-u gunohim bilan,
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
Birin hur deyinmi, birin guloyim,
Suymaganim suyganimdan muloyim.
Bu qanday ko‘rgilik ekan, Xudoyim,
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
Daryoman, ikkita qirg‘oqda ko‘zim,
Tovonimda bo‘zim, tomoqda bo‘zim.
Ikki o‘t ichida qiynoqda o‘zim,
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
✍ Muhammad Yusuf
@sheriylahzalar
Muhabbat bog‘iga kirmadim bir bor,
Suyib bir gulga qo‘l urmadim bir bor.
Endi tunlar yig‘lar menga qo‘shilib
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
Biri birisiga o‘xshamas, yo Rab,
Ko‘zimning yoshlari to‘xtamas, yo Rab.
Kuyarman bir unga, bir munga qarab...
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
Birin erkalayman dudog‘im bilan,
Birisin erkalab nigohim bilan ―
Yasharman savob-u gunohim bilan,
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
Birin hur deyinmi, birin guloyim,
Suymaganim suyganimdan muloyim.
Bu qanday ko‘rgilik ekan, Xudoyim,
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
Daryoman, ikkita qirg‘oqda ko‘zim,
Tovonimda bo‘zim, tomoqda bo‘zim.
Ikki o‘t ichida qiynoqda o‘zim,
Ko‘nglimda bir yor-u qo‘ynimda bir yor.
✍ Muhammad Yusuf
@sheriylahzalar
Forwarded from MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI (Muhammadmurodov)
OLISDAGI QADRDON
O'rmonlar lolasisan,
Qayinlarning qirmizi
Urishning bolasisan -
Otamning o'ris qizi...
Biz extimol bir umr
Ko'rishmasmiz olis - nur
Otam bilan ketgan sir -
Otamning o'ris qizi.
Otasizlik yengilmi?
Sen ham yarim ko'ngilmi?
Opamiding, singilmi...
Otamning o'ris qizi.
Jon chiqar chog' muzlab u,
Kimlarnidir izlab u,
"Qiz-i-m dedi yig'lab u...
Otamning o'ris qizi.
So'z otilgan o'q ekan,
Bag'ir yoqar cho'g' ekan.
Surating ham yo'q ekan...
Otamning o'ris qizi.
Onam sirin sotmaydi
Biladi-yu aytmaydi.
Otam endi qaytmaydi,
Otamning oʻris qizi.
Tomiringda bizni qon,
Qayda yursang bo'l omon.
Olisdagi qadrdon -
Otamning o'ris qizi!..
✍ Muhammad Yusuf
@Muhammad_Yusuf_Ijodi
O'rmonlar lolasisan,
Qayinlarning qirmizi
Urishning bolasisan -
Otamning o'ris qizi...
Biz extimol bir umr
Ko'rishmasmiz olis - nur
Otam bilan ketgan sir -
Otamning o'ris qizi.
Otasizlik yengilmi?
Sen ham yarim ko'ngilmi?
Opamiding, singilmi...
Otamning o'ris qizi.
Jon chiqar chog' muzlab u,
Kimlarnidir izlab u,
"Qiz-i-m dedi yig'lab u...
Otamning o'ris qizi.
So'z otilgan o'q ekan,
Bag'ir yoqar cho'g' ekan.
Surating ham yo'q ekan...
Otamning o'ris qizi.
Onam sirin sotmaydi
Biladi-yu aytmaydi.
Otam endi qaytmaydi,
Otamning oʻris qizi.
Tomiringda bizni qon,
Qayda yursang bo'l omon.
Olisdagi qadrdon -
Otamning o'ris qizi!..
✍ Muhammad Yusuf
@Muhammad_Yusuf_Ijodi
O'riklar gulini to'kkanda bahor,
Meni ham gohida eslaysizmi, yor,
Ilinganim bormi sizga iliqlik,
Yo topgan-tutganim edimi ozor?
Men esa sizni hech unutolmadim,
O, yuzi hilolim, sarviqomatim...
Sizni asrar edim sabolardan ham,
Bulut yetaklagan havolardan ham.
Izsiz qay bag'irga ketdingiz singib,
Yigit yillarimga tomgan ey shabnam?..
Omadim yo'q mening, o'zi omadim,
O, yuzi hilolim, sarviqomatim.
Men gulzor aylangan parvona edim,
Bir chechak ishqida parvona edim,
O'zim ayvon, o'zim ostona edim,
Hozircha do'stona, do'stona dedim...
Nega yuragimga quloq solmadim,
O, yuzi hilolim, sarviqomatim.
Endi ko'ngil menga aytmas-u sirin,
Kechalar xo'rsinib yashar yashirin.
Yigit yillarimga tomgan ey shabnam,
Hayot qanday achchiq, xayol esa shirin!..
Bo'ldi. Bundan boshqa yoza olmadim,
O, yuzi hilolim, sarviqomatim...
http://T.me/Muhammad_Yusuf_shoir

Telegram
Muhammad Yusuf sara she'rlar
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova

Forwarded from Ko'hinur (Zilola Aktamovna)
Forwarded from MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI (Fazliddin Murod)
TILAK
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin, yuzlariga dog' tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo'llariga aso - bir tayoq tushsin.
Har kimning ham yuzga kirib yorug' yuz,
To'ylar ko'rib, yelkasidan tog' tushsin.
Jismiga so'nggi safar oldidan,
O'z bolasin qo'lidan tuproq tushsin...
1985.
✍Muhammad Yusuf
@Muhammad_Yusuf_ijodi

Oq tulpor
Oq tulporim bor edi,
Beklar unga zor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘st-u ham yor edi.
Yolin o‘psam tiz cho‘kib,
Kaftimdan suv ichardi.
Chuh, desam yer changitib,
Osmonlarga uchardi.
Uyimizga bir oqshom,
Qarindoshlar to‘lishdi.
To‘y bahona otimdan
Ayirmoqchi bo‘lishdi.
Otam, yigitsan, o‘g‘lim,
Uylanmasang, or, dedi.
Qiz yarashar quchoqqa,
Otga nima bor, dedi...
Ot oldidan boshlandi
Chimildiqqa yo‘lakcha.
Kechir, yorim, na qilay,
Otga mehrim bo‘lakcha...
Qoldim ikki o‘t aro,
Go‘shangada – dildorim.
Kelin kelgan kechadan
Arazladi tulporim.
Bormi bizdek oshiqlar,
Bahorimda kuz yig‘lar.
Qizni o‘psam, ot yig‘lar,
Otni o‘psam, qiz yig‘lar.
Bir bor o‘psam xotinni,
Uch bor o‘pdim otimni...
Jonni qiynab yashadim,
Kimga aytay dodimni.
Yordan kechdim otim deb,
Elga bo‘ldim ermaklar.
Qaydan bilsin ot qadrin,
Ot minmagan erkaklar!?
http://T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
Oq tulporim bor edi,
Beklar unga zor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘st-u ham yor edi.
Yolin o‘psam tiz cho‘kib,
Kaftimdan suv ichardi.
Chuh, desam yer changitib,
Osmonlarga uchardi.
Uyimizga bir oqshom,
Qarindoshlar to‘lishdi.
To‘y bahona otimdan
Ayirmoqchi bo‘lishdi.
Otam, yigitsan, o‘g‘lim,
Uylanmasang, or, dedi.
Qiz yarashar quchoqqa,
Otga nima bor, dedi...
Ot oldidan boshlandi
Chimildiqqa yo‘lakcha.
Kechir, yorim, na qilay,
Otga mehrim bo‘lakcha...
Qoldim ikki o‘t aro,
Go‘shangada – dildorim.
Kelin kelgan kechadan
Arazladi tulporim.
Bormi bizdek oshiqlar,
Bahorimda kuz yig‘lar.
Qizni o‘psam, ot yig‘lar,
Otni o‘psam, qiz yig‘lar.
Bir bor o‘psam xotinni,
Uch bor o‘pdim otimni...
Jonni qiynab yashadim,
Kimga aytay dodimni.
Yordan kechdim otim deb,
Elga bo‘ldim ermaklar.
Qaydan bilsin ot qadrin,
Ot minmagan erkaklar!?
http://T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
Telegram
Muhammad Yusuf sara she'rlar
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
Matematika darsi
Matematika qo’yni to’la sir bo’ladi,
Birga birni ko’paytirsa – bir bo’ladi.
Derazadan mo’ralaydi olma shoxi,
Ufqda bulut – ertaga yomg’ir bo’ladi...
Matematika, yomg’irlarda chopgum kelur,
Jumbog’ingga men ham javob topgum kelur.
Derazadan mo’ralaydi bodom shoxi,
Boqqa chiqib qo’ng’izlarni o’pgum kelur.
Matematika, men ham o’yga botgum kelur,
O’ylab-o’ylab o’zingga tosh otgum kelur.
Sen samolyot kashf etasan, mening esa
Yalpiz bilan achomlashib yotgim kelur.
Matematika – oy bo’ladi, yil bo’ladi,
Tankni tankka ko’paytirsa – kul bo’ladi...
Dunyo qachon bo’ston bo’lar, gul bo’ladi?
Adabiyot o’ylayverib sil bo’ladi!
Matematika – lov-lov yonib turgan cho’g’san,
Sendan nima yasashlarin bilgan yo’qsan.
Derazadan mo’ralaydi gilos shoxi,
U qo’ndog’ing, o’zing miltiq, o’zing o’qsan...
Matematika, qo’yning to’la sir bo’ladi.
Birga birni ko’paytirsa – bir bo’ladi.
Qovurg’amning tagida bir qumri yig’lar,
Doskadan meni ayirsang – SHE’R bo’ladi!

Tushimga kiradi Qodiriy bobom:
Bolam, oqibating yo‘q ekan, bolam...
Bo‘lsa agar mening go‘rimni top, der,
Kelib ochiq qolgan ko‘zimni yop, der.
Hammamizga qabr bir joydan tegdi –
Bari bobolaring yonimda, deydi.
Qabrlar qabrga birlashib ketgan,
Qo‘llar bo‘yinlarga chirmashib ketgan,
Bamisli shoxdan duv to‘kilgan bodom –
Yotar bepoyon maydon to‘la odam...
Rutubatli Shimol o‘rmonlarida
Qayinlar xo‘ngrab quyoshni uyg‘otar.
Qarang, Cho‘lponingiz so‘nggi makonida
Beqasam choponin yopinib yotar.
Yotar alpqomatli bahodirlar qator,
Usmonlar,
Qodirlar,
Shokirlar yotar,
Yotar Abdullolar,
Yotar Ahmadlar,
Xudo rahmat qilgur, xudo rahmatlar...
Ularning sanog‘i yulduzdan ham ko‘p,
Yurtim, dilbandingdir har giyoh, har cho‘p,
Fidolaring bo‘lgan farzandlaringdir,
Nomdor-u nomsizin xoki poyin o‘p!..

Ay yuzingni bir ko'rmadim
Muhriddin Holiqov
Sevgim mening, men bilmadim, mening sevgim,
Ko'zing shahlomidi sening, xumormidi?
Ertakdagi Layli senday dildormidi,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.
Goh gul ho'lib yashnadi dil, goh so'ldi gul,
Goh yig'latib, goho o'zi qon bo'ldi dil.
Tomog'imda chirqiragan jon bo'ldi dil,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.
Seni faqat olislardan allaladim,
Erkalasam xayolimda erkaladim. Sochlaringni tushlarimda siypaladim,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.
Sen qush bo'lib uchding-ketding, tutolmadim,
Ohu bo'lib qochding, quvib yetolmadim.
Bir bor ko'rib bir shirin so'z aytolmadim,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.
Soch oqardi yurakdagi shu bir cho'g' deb,
Armondagi, tilakdagi shu bir cho'g' deb,
Yigit umrim zorlanadi sevgi yo'q deb,
Ay, yuzingni bir ko'rmadim, mening sevgim.
Ana, ajal ostonamda turar bo'ylab,
Farishtalar chorlar meni o'lan so'ylab,
Jannatlarda zerikarman seni o'ylab,
Ay yuzingni bir koʻrmadim, mening sevgim.
✍Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi

AMIR TEMUR
Qirq birinchi yil, saratonning o'n sakkizida Buyuk Jahongirni qabridan qo'zg'atishgan. Xo'sh, oqibati ne bo'ldi...
Jahongirning qabrin ochgan kazzoblar,
Biri olim, yana biri arboblar,
Xondek yashab o'tdilar-u olamdan,
Amir Temur ruhi meni azoblar.
O'shal kun sen qayda eding, bolam, der,
Qulog'ingga yetmadimi nolam, der.
Meni qo'zg'ab nima topdi olam, der?..
Amir Temur ruhi meni azoblar.
Tirik ersam tinmasdi-ku yarog'im,
O'lik jondan na istarlar, qarog'im.
Qo'lim qayda der, qayda bosh chanog'lim,
Amir Temur ruhi meni azoblar.
Bu qandayin ko'rgulik, yo rabbanoh,
Yovuz yotdan yer ostida yo'q panoh,
Bobur qayda der, qayda der Mironshoh,
Amir Temur ruhi meni azoblar.
Dunyo topdim deydi, dunyo yig'madim,
Men el uchun ot ustida uxladim,
Nahot endi o'z go'rimga sig'madim,
Amir Temur ruhi meni azoblar...
Men ne qilay,
Men bir ojiz bandaman.
Ruhlar bilan bir jon-u bir tandaman,
Uzr so'rab har kun Samarqanddaman,

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi. Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi.
M. Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi. Bevaqt o‘lim shoirni oramizdan olib ketdi.
Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshq.
Muhammad Yusuf «Men o‘z bilganimdan qolmadim» she’rida she’r va shoirlikni shunday anglaydi.
Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko‘rdim, qorani - qora
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
Hozirgi davr o‘zbek milliy' adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi qishlog’ida oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980—1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, hozir esa «O’zbekiston ovozi» ro‘znomasida faoliyat ko‘rsatmoqda.
U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan. Uning dastlabki she’rlari birinchi bor «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng «Tanish teraklar” (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo” (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari” (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor” (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) kabi jozibali she’riy to‘plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti berildi.
U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi. Shoirnig «Mehr qolur» she’rini eslang-a:
O’tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.
Ona diyor va istiqlol kuychisi
… Muhammad Yusuf noyob iste’dot egasi, odamlarni mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi…
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.

Болалигимда отам билан цирк кўргани боргандик. Чипта олиш мақсадида навбатга турдик. Олдимизда эр-хотин ва уларнинг олти боласи турарди. Болаларнинг кийимлари эскириб кетган, лекин озода эди. Улар жуда хурсанд ҳолда цирк ҳақида гаплашишарди. Навбатлари келгач, ота ойна ёнига бориб, чипта нархини сўради. Нархни эшитгач, бироз тисарилиб, хотинига пичирлаб нимадир деди. Унинг юзида безовталик аломатлари яққол сезилиб турарди.
Шу пайт отам чўнтагидан 20 долларни олиб, ерга отди ва эгилиб, уни олди-да, пулни ҳалиги кишининг кафтига қўйди ва “пулингиз тушиб кетди”, деди.
Ҳалиги одам кўзларида ёш билан, “раҳмат, жаноб”, деди.
Улар томоша залига кириб кетганидан сўнг отам қўлимдан тортди ва биз ташқарига чиқиб кетдик. Чунки отамнинг ўша одамга берган 20 долларидан бошқа пули йўқ эди.
Ўша кундан буён отам билан фахрланаман. Бутун ҳаётимдаги энг гўзал манзара мана шу бўлганди. Бу ҳолат ўша кўролмай қолганим цирк томошасидан ҳам чиройлироқ эди.
Тарбия назорат билан эмас, ибрат билан бўлишига кўпроқ амин бўлдим.
✍Киноактёр Чарлин Чаплин
@Falsafiy_satrlar

Ketib qoldim...
Ketdim uydan, ko‘nmay qiynov-qistovga,
Dedim: -Ona, aytib qo‘ying anovga.
Momosini ko‘rsataman agar u
Men yo‘g‘imda tegib ketsa birovga...
Nima qilsam she'r ishqida qildim men,
She'rimni deb yig‘ladim men, kuldim men.
Orzularim osmon qadar bo‘lsa ham,
Mendan shoir chiqmas ekan, bildim men.
Bildim, ilhom izlab shom-u sahardan,
She'r azobi yomon ekan zahardan.
Yuragingda bo‘lmasa gar shoirlik,
Naf yo‘q ekan har qanaqa shahardan.
ammo uyga qaytay desam, biz qolib
Gulday qizni quchog‘iga muz solib,
Tishlarini qayrab butun qishloqda-
Qo‘shni turar qo‘shtig‘iga tuz solib...
Momosini ko‘rsataman kelsa deb.
1973
http://T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
Ketdim uydan, ko‘nmay qiynov-qistovga,
Dedim: -Ona, aytib qo‘ying anovga.
Momosini ko‘rsataman agar u
Men yo‘g‘imda tegib ketsa birovga...
Nima qilsam she'r ishqida qildim men,
She'rimni deb yig‘ladim men, kuldim men.
Orzularim osmon qadar bo‘lsa ham,
Mendan shoir chiqmas ekan, bildim men.
Bildim, ilhom izlab shom-u sahardan,
She'r azobi yomon ekan zahardan.
Yuragingda bo‘lmasa gar shoirlik,
Naf yo‘q ekan har qanaqa shahardan.
ammo uyga qaytay desam, biz qolib
Gulday qizni quchog‘iga muz solib,
Tishlarini qayrab butun qishloqda-
Qo‘shni turar qo‘shtig‘iga tuz solib...
Momosini ko‘rsataman kelsa deb.
1973
http://T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
Telegram
Muhammad Yusuf sara she'rlar
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
KINOGA KIRMAYMAN
Bilet topilmaydi "O'tkan kunlar"ga,
Qizlar qaytib kelar ko‘zyosh qilishib.
Xayr, uyqu, deyman-u menda yo‘q orom,
Muqovasiz kitobimga muk tushib.
Nogoh musiqalar tingan yotoqda
Kitob kirmagan xona qolmagan.
Hech kim uni mendek o‘qimagan, lekin
Hech uni mendek o‘qiy olmagan.
Ko‘zimni yumaman, kulgichlari yayrab,
Kumush bolasiga ro‘molcha to‘qir.
Keyin ichkaridan - ming yil naridan
Zaynabning nigohi jonimni cho‘qir.
Shunday oqshom botar, shunday tong otar,
Kitobim o‘qiyman - satri muqaddas.
Menga yoqmas ekrandagi Otabek,
U boshqa. U boshqa, men bilgan emas!..
Bilet topilmaydi "O'tkan kunlar"ga,
Men esa kirmayman bekorga ham hatto.
Mayli, qarsak chalay iste'dod uchun
Lekin san'at - san'at, hayot - hayot-da.

Atirguldan yumaladi kapalak,
Bir silkinib qo‘ymadi ham gul shoxi.
Jon talashib, qum yaladi kapalak,
Ko‘chdi mening ko‘ksimga-da titrog‘i.
Dunyo kezib, topgani shu gul edi,
Yaproqlari belanchagi zangori.
Tongda uning iforiga qul edi,
Shomda ertak bo‘lib qoldi diydori...
Atirguldan yumaladi kapalak,
Ko‘ngilni bir buzdi. Bo‘ldi xayolni.
Uvolingni kim oladi, kapalak,
Qay qo‘l bilan tutay qotil shamolni?
Oqshom bog‘da unga boqib qoldim lol,
Tushimda ham ko‘rmagandim, bu ne hol -
Bir qanoti yotar edi yerda loy,
Bir qanoti ko‘kda edi - yarim oy...
Atirguldan yumaladi kapalak,
Oq upasi Somon yo‘li butoqda.
Sen ham ketsang kim qoladi, kapalak,
Men yolg‘izman, to‘ti to‘la bu bog‘da.
1994. Muhammad Yusuf.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payg‘ambar oshig‘i Hasan
Siz bizga go‘zal dinni, sunnatlaringizni omonat qilib tashlab ketdingiz.. Robbim ana shu dinni qalbimizda sobit qilishlikni nasib etsin...
Assalamu alayka Yo Rasululloh...

O‘qituvchilarimizdan
Muhammad_Yusuf_tavalludinig_64_yilligiga.docx
88.3 KB
Muhammad Yusuf tavalludining 64 yilligiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi (kimgadir kerak bo‘lsa )