Muhammad Yusuf sara she'rlar
1.75K subscribers
72 photos
29 videos
12 files
176 links
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
Download Telegram
Запись_вызовов_Назира_АсСалом_200424_101455.m4a
29.6 MB
❗️OʻZBEKISTON XALQ SHOIRI MUHAMMAD YUSUFNING TURMUSH OʻRTOGʻI NAZIRA AS-SALOM BILAN SUHBAT.
NAZIRA AS-SALOM SUHBAT DAVOMIDA SHOIR HAQIDAGI XOTIRALARI BILAN OʻRTOQLASHDI.
👇👇👇
t.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
ВИДО АЙТИМИ

Устозим Муҳаммад Юсуф хотирасига

Дарёлардек оқиб ўтган оғам қани,
Худойимга ёқиб кетган оғам қани,
Эски уйдай чўкиб қолди елкаларим,
Бошларимни эгиб кетди бу ғам мани.

Қабрингиздан чиқинг, бир бор кўрай оға,
Не бўлди деб ўзингиздан сўрай, оға,
Сиз йўқсизку, наво тинган, бу дунёда,
Қандоқ қилиб шоирман деб юрай оға?

Ялпизларга айланмоққа шошдингизми?
Биздан кўра ер олдими тафтингизни?
Қишлоғингиз ялпизларин кўрпа қилиб,
Тупроғига юзларингиз босдингиз?

Кўзингизда кўрганларим мунг эканми?
Шундоқ оғам тупроқларга тенг эканми?
Худойимнинг кенг дунёси тор келди-я?
Қайиқчадек қабри шунча кенг эканми?

Руҳингиз бор бул чаманнинг гулларида,
Яшагайсиз қизғалдоқнинг дилларида.
Қадамимда кўзларингиз қараб турар,
Қандоқ юрай Андижоннинг йўлларида?

Юрагимни ярим қилди бу ғам ахир,
Ғамга дўниб қолди бунда ҳар дам ахир,
Хаслар тирик, гиёҳчалар, тошлар тирик,
Нега ўлар маним шоир оғам ахир?

Ўлди дерлар! Кўзимда нам: Розимасман!
Кўксимда ўт, бағримда ғам: Розимасман!
Худойимга айтдим: ахир бу не ҳукм,
Сизни кўмган тупроқданам розимасман!

Сиз тинч ётинг, бирга-бирга гул кечармиз,
Кавсар гулин гулобидан ичишармиз,
Майса бўлиб, ёмғир бўлиб оға-сингил,
Қиёматда ҳали шеърлар ўқишармиз.

Эски уйдай чўкиб қолди елкаларим,
Бошларимни эгиб кетди бу ғам мани.

2001 йил

✍🏼Guljamol_Asqarova

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
​​ONAJON

Topmoq – yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab, 
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..

Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attang, ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim 
Bitta qizingcha
Uyalmay shoirman 
Deyishimga boq.

Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.

Bilsang, yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang, qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi, 
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.

Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham 
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.

She’rim bitdi,
Xayr,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz 
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.

Muhammad Yusuf
#диққат

Тошкент вилояти Чирчиқ давлат педагогика институти сиртқи таълим 1-босқич талабалари диққатига!

Бугунги кунда дунёнинг барча давлатларида коронавирус пандемиясига қарши кураш олиб борилаётгани барчамизга маълум!

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёев ташаббуси билан коронавируснинг тарқамаслигининг олдини олиш мақсадида кўп ижобий ишлар амалга оширилмоқда.

Хусусан, Мактабгача таълим муассасалари, умумтаълим мактаблари, ўрта-маҳсус ҳамда олий таълим тизимининг барча соҳаларида таълим бериш жараёнларининг масофавий тизими ташкил этилди.

Ҳозирги кунда Тошкент вилояти Чирчиқ давлат педагогика институтида ҳам ўқиш жараёнларини масофадан олиб бориш имконияти яратилди. Фурсатдан фойдаланиб талабалар эътиборига шу маълум қилмоқчимиз, сиртқи бўлимнинг 1-босқич талабалари учун масофадан ўқиш жараёни жадвал бўйича 2020 йил 13 апрелдан бошланади.

Институт раҳбарияти, факультет деканлари, кафедра мудирлари, профессор-ўқитувчилари ва бошқа ўқув- ёрдамчи ходимлар кўмагида сиртқи бўлимда таҳсил оладиган талабалар учун институт (dl.cspi.uz) сайтида махсус платформа ташкил қилинган.

Ушбу платформага семестер даврида ўтиладиган фанлар бўйича талабалар учун тошириқлар жойлаштирилмоқда.

Институтда таҳсил олаётган талабаларнинг сайтда яратилган платформадан унумли фойдаланишлари мақсадида ҳар бир талаба учун алоҳида Логин ва Парол берилади.

Институтимиз кафедра мудирлари, профессор-ўқитувчилари ва масъул ходимлар талабаларни қизиқтирган саволларига жавоб беришга тайёр.

Ҳурматли талабалар! Биз ҳар доим Сизлар билан биргамиз. Уйда бўлинг. Билим олинг.

Каналга уланиш:
👇👇👇
@tvchdpi2017
ISLOM KARIMOV XOTIRASIGA BAĜISHLANADI.

Iqbol Mirzo she'ri

Samarqandda Uluĝbek kózyoshiga chômdim men,
Lavhul Mahzunni ôylab,Xaq amriga kóndim men.
Yer usti boyliklarin tortar ekan yer osti
Xizr yoniga nodir xazinamni kómdim men.

Yana tonglar otib kun kulgaymi-kulmagaymi,
Kimni boy berdi dunyo,bilgaymi-bilmagaymi?
Sayyoralar yuz yilda yozarkan bir dasturxon,
Bunday mehmon ming yilda kelgaymi-kelmagaymi?

Yurt boshiga tosh tushsa,Yurtboshiga tegar tosh
Yurt boshidan tosh uchsa,Yurtboshiga tegar tosh.
Mana,toshyuraklar ham eridi sel-sel bòlib,
Mana,kòzi qizarib,yelka silkib egar bosh.

Registon maydonida tush kórganday yurdim men,
Uyĝonay deb yuzimga kòzyoshdan suv urdim men.
Shoxizinda yonida farishtaday oqsoqol,
"Yetim qoldim,otam"lab bózlaganin kòrdim men.

Shirin jonin buĝdoyday yerga sochgan otam-a,
Ma'naviyat durlarin dilga sochgan otam-a.
Sóngi nafasigacha yurtim deb yongan olov,
Umrini xarjlab-xarjlab elga sochgan otam-a.

Yiĝlasang ham munĝayma,ĝanim xandon bòlmasin,
Ózingni yiĝ,bardam bòl,qadding kamon bólmasin.
Tón kiyib,bel boĝlab,kurashga kirgay ózbek,
Òzbekiston,jigarim kòngling yomon bólmasin.

Chaqmoqdek musibatga toĝ-u toshdek bardosh bor,
Yelkangga boshin qóygan qavmi inson qardosh bor.
Otaning ĝoyalari qoyalardek mangulik,
Sheri mardga munosib,arslonpanja izdosh bor.

Yuraklarga quvvatdir,yoniq shon-u shukuhi,
Birlashtirdi xattoki elni qayĝu-anduxi.
Yodi hamisha yodda,ismi tillarda duo,
Xumo qushga aylanib,yoĝdu sochadi ruxi.

Bu hayot abadiydir jilĝa soyiga yetdi,
Jannat barpo etgan zot,jannat joyiga ketdi.
Òzi bizga qaytargan daxolarning yoniga,
Buyuk Sohibqironning qurultoyiga ketdi.



@sherlarolamii
@sheriyat_FM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shaxar 59-umumiy ōrta ta'lim maktabi 6-,,v" sinf ōquvchisi Tursunboyev Boburbekning Õzbekiston Respublikasi 1-PREZIDENTI ISLOM KARIMOV xotiralariga bag'ishlangan ,,Xotira muqaddas - inson aziz" mavzusida tayyorlangan videoroligi

T.me/Sheriyat_FM
#QORA_QUYOSHdan


O'lgan o'ldi-ketdi.
Hech kim qaytmaydi.
Nega?
Nima uchun?
Bu ham muammo.
Tarix saqov kampir,
Dardin aytmaydi,
Aytolmas,
Unutib ham bo'lmas ammo.

Mana,
Qodiriyni qilishar so'roq:
"O'tgan kunlar" degan she'r siznikimi?
— Xa.
Ammo u she'r emas...
— Jim bo'ling, ahir.
She'rmi yo boshqami, avtori siz-da.
Tamom.
Boshqa gapga qolmaydi hojat.
Tergovchi – oayg'ambar,
Tergovchi – xudo.
Temir zotdan kelgan buyruq – ijozat,
O'zbek yana bitta o'g'lidan judo.

Aybi shuki...
Aybi...
Kim bilsin buni,
Balki, juda noyob iste'dodidir.
Otishdimikin yo osishdi uni?
Balki, hukm ijrochisi jodidir.

Jodi deganlarin bilishmas yoshlar,
Bilmagani ma'qul bundan keyin ham.
Jodi orasiga tushganda boshlar
Odam...

Ko'zimga yosh to'lar mana shu yerda.
Qo'ynimga tosh to'lar mana shu yerda.
Ko'zimga tor bo'lib qoladi olam,
Oh, oltin bobom-a, voh tilla bobom...
O'tgan kuning qursin, Abdulla bobom!

Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Frontdan xat...

Salom.
Yozayapman senga bu xatni,
Yetib bordimi-a?
Yaxshi, xursandman.
Yig'lama... tanamda hali jonim bor,
Halok bo'lmoq uchun axir fursatmas.
Urush ketayapti juda shavqatsiz,
Qonlar qoplayapti yurgan yo'limni.
Ko'zim qonga to'lgan.
Qo'llarim ham qon,
Qarshi olayapman har kun o'imni.
Bilsayding bu yerda mitti temirlar,
Minglab odamlarni o'ldirayapti.
Tanamda o'zga bir inson qimirlar,
U qo'llarim qonga to'ldirayapti.
Bugun yana urush, avtomat ushlab,
Chiqaman odamlar o'ldirmoq uchun.
Qancha ko'p o'ldirsam, shuncha ko'p yaxshi,
Ko'plab o'lik jonlar belgilar "kuchim".

Eslaysanmi mening kechagi kunim,
Kecha bundaymasdim, qotil emasdim.
Hatto, kichkina bir hasharotni ham,
Qo'limdan jonini olish kelmasdi.
O'ylasam men otgan odamlarni ham,
Balki, uylarida yaqini kutar.
Meni bilmasa ham, tanimasa ham,
Balki, butun umr la'natlab o'tar.
Kecha ko'z o'ngimda bo'ldi katta jang,
Hamma joyda olov, osmon to'la dud.
Huddi, qizg'aldoqday minglab odamlar,
Qonlari qopladi ulkan bir xudud.
Bahaybat bu tanklar eng vaxshiy qotil.
Qirib tashlayverar yo'ldan chiqqanin.
Mashinami, uymi yoki tirik jon,
Farqi yo'q, tank uchun u faqat g'anim.

Bu yer qarg'ish tekkan eng katta maskan.
Bu yerda kezadi notinch arvohlar.
Balki, ular ruhi topmagan taskin,
Shu sabab, tunlari chekishar ohlar.
Sen qo'rqma, sen tomon borolmas g'anim,
Bunga yo'l qo'ymayman jonimni tikib.
Axir, sening qalbing- mening vatanim,
Uni asragayman qonimni to'kib.


2

Men juda sog'indim seni va uyni,
Qaytgim kelar vatan tuprog'in bosib.
Afsus, shu urush deb qoldirdik to'yni,
Kut meni devorga suratim osib.
Men hali qaytaman g'alaba bilan,
Ko'simda o'q emas nishon bo'ladi.
Sen faqat Allohdan yaxshilik tila,
Bu yomon g'oyalar bir kun o'ladi.
Faqat, hozir tanam sal sovuq qotdi,
Yurak ham muzladi, o'zgardim biroz.
Qalbni nishon qilib dushman o'q otdi,
Mayli, meni aybla, qilgin e'tiroz.
Boshimga tushganda ko'p qora kunlar,
Eng yaqin do'stimga aylandi qurol.
Jonga tegib ketdi bu Kapitanlar,
Buyurar- "G'animni borib jonin ol".
Bilsang, men o'zimni o'xshatdim kimga,
Jallodman qo'lida bolta ushlagan.
Buyursalar qarshi chiqmay xukmga,
Jon olib kimningdir ko'nglin hushlagan.

Qaytaman, ko'rasan hali vatanga,
Boshimni tik tutib, ko'kragim kerib.
Hamma qoyil qolar, bu "metin tan"ga,
Qahramon deyishar, medallar berib.
Lekin bu narsalar menga kerakmas,
Qo'lim qonga botgan, axir men qotil.
Ko'plab onalarni zor qaqshatganman,
Farzandin ko'ksiga o'qlarim otib...
Bitta fikrda ko'p o'ylanib qoldim,
Balki, nikoximiz buzganing yaxshi.
Bu yerda men toshga aylanib qoldim,
O'zga bilan baxting tuzganing yaxshi.
Iltimos, sen meni tushungin to'g'ri,
Men faqat o'yladim sening baxtingni.
Bu xatni yozyapman... (yuragim og'rir),
Meni deb o'tkazma bekor vaqtingni.
Axir, bittagina mitti temircha,
Meni sendan judo qilishi mumkin.
Yurgan yo'lim hatar, bilsang har kuni,
Tanamni yov o'qi tilishi mumkin.
Mayli, ne bo'lsa ham erking qo'lingda.
Seni zo'rlamayman kut deb, yo kutma.
Muhumi yiqilma hayot yo'lingda,
Va maktub yozishni sira unutma.

Doimo, o'zingni qilgin ehtiyot,
Meni deb qayg'urma, men amallayman.
Tanamni o'q teshsa bordir tibbiyot,
Hali ko'plab xatlar senga yo'llayman.
2017y.

FAZLIDDIN MUROD
@Sheriyat_FM
@Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

"Odamlar taqdiri oddiy tushlik yoki kechki ovqat paytidayoqhal bo'lardi. Suhbat orasida kimlarningdir nomlari tilga olinardi. Birdan STALIN: " Levrentiy, chora ko'r", deb qolardi. Beriya esa boshqa xonaga o'tib, qaygadir qo'ng'iroq qilardi. U nomlarini aytgan odamlar shu kechasiyoq qamoqqa tushardi..."
Marshal Jukov xotiralaridan.

Ey g'amdan bukchaygan uylari yog'och,
Yarmi qamoqxona,
Yarmi yalang'och
Mamlakat, qizlaring yashir, oltinsoch –
Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!..

Bayramga qo'yilgan baliqdek tuzlab,
Qotib tur joyingda, vujuding muzlab,
Qurbonlar ustiga qurbonlar izlab,
Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda.

Bir-birlarin suyab,
Tik turib uxlab,
Vagon to'la bolang ketmoqda yig'lab,
Paravozlar qayga eltmoqda yig'lab?..
Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda.

Ularni kutadi maydon to'la dor,
Bu dorlar ostida barcha millat bor,
Jallod – ko'zoynakli, ilondek makkor,
Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda.

Kutmoqda ishqorlar qo'yilgan jomlar,
Bu do'zax jomida har qora shomlar,
Erib ketdi ne-ne Akmal Ikromlar...
Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda.

Yuzin bir ko'rmoqqa topolmay iloj,
Kim otaga muhtoj,
Kim yorga muhtoj.
Kim yolg'iz o'g'li-la diydorga muhtoj,
Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda...

Ey g'amdan bukchaygan uylari yog'och,
Yarmi qamoqxona,
Yarmi yalang'och
Mamlakat, qizlaring yashir, oltinsoch –
Levrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!..

MUHAMMAD YUSUF

T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_IJODI
Forwarded from Tundaliklar via @like
— Dilobar, siz meni tushunmadingiz.
Ayol bilan erkak bir birini yaxshi ko'rsa maqsad faqat to'shak bo'lmaydi-ku? Aka-singildek yaxshi ko'rish mumkunmi, ahir?
Men sizning qosh- ko'zingizni emas, faqat inson bolasiga xos bo'lgan odatlaringizni yaxshi ko'rishga xaqqim yo'qmi?
Yorug' olamda besh milliardga yaqin odam yasharkan. Lekin ko'ngil ba'zan beshta yaxshi insonga muhtoj bo'ladi-ku?
Shu besh odamning biri ayol bo'lishi mumkin emasmi?

Tohir Malik. "Shaytanat". Anvarning nutqidan.

Fazliddin Murodov
Yaqinlarim, azizlarim, dindoshlarim...
Barchangizga Iyd-Ramazon Hayiti qutlug' bo'lsin.
Barcha yaxshi amallaring Alloh dargohiga doxil bo'lsin.
Oilaviy baxt, ijodiy shijoat, mazmunli umr tilab,
Fazliddin Murod
Yaxshi yomon kunda yelkadosh do'stim,
Hech qachon, hech yerda egma bosh do'stim.
Senga kim otsa tosh tutayin ko'ksim,
Toki men bormanki, to'kma yosh do'stim.

Bugun ajayib kun, bilasan do'stim.
Bugun bi(ii)r men uchun kulasan, do'stim.
Peshonam sho'r deya sira o'ylama
Eng baxtli odam sen bo'lasan do'stim.

Doimo baxtimga omon bo'l, do'stim
Mayliga kimgadir yomon bo'l do'stim.
Barchaga birdayin bo'la olmaysan,
Muhumi imonli inson bo'l, do'stim.

Elning duosini olib yur, do'stim,
Hamisha savobga qolib yur, do'stim.
Avaylab asragin ota onangni,
Ularni boshingda olib yur, do'stim.

Yiqilsam qaddimni suyab qo'y, do'stim,
Ishonchni ishonchga ulab qo'y, do'stim.
Dardim aritmoqni o'zing bilasan,
Chalajon qalbimni silab qoy, do'stim.

Qara men kuzlarda ko'kardim, do'stim(!)
Bir qultum suv uzat, cho'kardim, do'stim(!)
Faqat ko'klam kelsa mendan uzoq tur,
Barcha kuzaklarim to'kardim, do'stim(!)

Afsus men shundayin g'aribman, do'stim,
Bebaxt-u betayin g'aribman, do'stim.
Ko'zguda o'zimdan seskandim,
nahot
Yigirma yoshimda qaribman do'stim...
2020. 22-fevral.
✍🏼Fazliddin_Murod

T.me/Fazliddin_Murod
АЛМАШАМАН

Бисотимни боғда бир ҳилол
Капалакка алмашаман мен.
Ҳаётимни кўкдаги зилол
Камалакка алмашаман мен.

Ёғдуларга чўмилган шаҳар,
Бетонлари биқинни чақар.
Уйим қаср бўлса ҳам агар,
Гувалакка алмашаман мен.

Шоирликни суймайди жиним,
Менга ҳавас қилмагин, иним.
Шуҳратимни тотли бир тилим
Ҳандалакка алмашаман мен.

Қўшиқларим бўлиб овоза,
Юртда машҳур эмишман тоза!..
Барча ёзган шеърим бир коса
Сумалакка алмашаман мен.

М. Юсуф

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«– Ватан нима?
– У шунақа нарсаки, уни айтганингда одам жон беришга тайёр туришинг керак, жонинг чиқиб кетиши керак!»

Нодар Думбадзе

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Sizga "iPhone XI PRO MAX" kerakmi? Mayli, olaqoling. 😊

Ammo, qanday qilib?! Oddiygina. 🍊
Siz "dream LOTO" telegram BOT haqida eshitgansiz. 📣
Ushbu "dream LOTO" bot sahifasida lotoreya o'yinida ishtirok eting, biletni hoziroq harid qilmasangiz bu postni o'qiganingiz befoyda, chunki biletlar soni cheklangan. 🏆
Buni hoziroq boshlashingiz uchun jiddy sabab bor, tiraj yutuqlari bilan tanishib oling! 📱

🏆 1-O'YIN 🏆
🥇 500.000 SO'M PUL YUTUG'I

🏆 2-O'YIN 🏆
🥇 1.000.000 SO'M PUL YUTUG'I

🏆 3-O'YIN 🏆
🥇 2.000.000 SO'M PUL YUTUG'I

🏆 4-O'YIN (JEKPOT) 🏆
🥇 1 - o’rin: iPhone 11 Pro Max
🥈 2 - o'rin: 200$
🥉 3 - o'rin: 100$

Hoziroq ishtirok eting👇🏻👇🏻👇🏻

— Botga kirib /start tugmasini bosing,

— Keyin "Ishtirok etish" tugmasiga bosing,

— Raqamingizni yuborasiz tugma orqali.

— Siz ro'yxatdan butunlay o'tgan hisoblanasiz.

P/s: G'oliblarga pul yutuqlari "UZCARD", "HUMO" kartalariga yoki internet hamyolariga o'tkazib beriladi.
18 yoshga to'lmaganlar lotoreyada qatnashishi tavsiya etilmaydi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Иккиси йўқ бир
Учи йўқ икки
Тўрти йўқ уч
Беши йўқ тўрт
Олтиси йўқ беш
Еттиси йўқ олти
Саккизи йўқ етти
Тўққизи йўқ саккиз
Ўни йўқ тўққиз
Ўн бири йўқ ўн
Ўн иккиси йўқ ўн бир
Ўн учи йўқ ўн икки
Нималигини биласизми?

❗️Машааллоҳ деб юборасиз!

@Fazliddin_Murod
__________________________/
P.s/ To'g'risi juda tasirli hikoyat ekan, yashirmayman ko'zimga yosh keldi😢
#NECHUN...

Nechun qulluq qilmay Andijonga men -
Shu yurtda tug'uldim, shu yurtda o'sdim,
Do'stim bo'lsa agar, bitta u do'stim -
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..

Shu aziz tuproqdir, shu qadim qo'rg'on,
Dunyoga Boburdek shohlarni bergan,
Mohlaroyimlarning sochlarin o'rgan...
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Yodimga o't tushsin, etmasam yodlar -
Dukchi eshonlari qilgay faryodlar.
Uni tavof etgan Mashrabday zotlar,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Saylab yurt ajratmoq fe'limga yiroq,
Buxor minorlari ko'nglim etar tog',
Menga Samarqand ham azizdir, biroq,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Garchi menga zulmat uningsiz olam,
Men bormanmi-yo'qmi unga nima g'am,
Mayli, yaxshi kunda eslamasa ham,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Tuprog'in jannatdek qilguvchi g'amza
Men o'sha yam-yashil vodiydan maysa,.
Ming jonim sadaqa bitta jilmaysa-
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Meni oqibatsiz bilma, ey g'anim,
Orsiz ortimda to'y qilma, ey g'anim.
Aybim - yo'qlaganda borolmaganim,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

O'lmasam yorug' yuz, yuzlarga kirib,
Emaklab borarman majolim qurib.
O'lsam ham xar kun bir go'rimdan turib -
NECHUN QULLUQ QILMAY ANDIJONGA MEN!..

✍🏻Muhammad Yusuf

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
@muhammad_yusuf_shoir
Tugallanmagan she'rlarimdan...
•┈•┈•┈•┈•❁✿🦋✿❁•┈•┈•┈•┈•

Qara qancha vaqt o'tganini,
Qancha yilni boy berding mensiz.
Seni qancha baxtli etishim
Mumkin edi azizam, esiz...

Oy aksiga berkinding ming yil,
Seni koinotdan izladim.
Qish qariga qochding qor bo'lib,
Terskaylarda qoldim. Muzladim.

Bug' bo'lding-u uchding falakka,
Bulutlarni aylading makon.
Ko'kning menga raxmi keldi-yu
Yana qayta ato etdi jon.

Shamol bo'lib quvdim ortingdan,
Yuzing burding va yana qochding.
Yetay deganimda to'satdan,
Chaqmoq bo'lib g'azabing sochding.

Tomchi bo'lib qaytdim tuproqqa
Maysalarning yuzin siladim.
Va bu qilgan "gunoh"laringga,
Jannatlardan jazo tiladim.
2020. 08-may.

✍🏼Fazliddin Murod
•┈•┈•┈•┈•❁✿🦋✿❁•┈•┈•┈•┈•

T.me/Fazliddin_Murod