Muhammad Yusuf sara she'rlar
1.75K subscribers
72 photos
29 videos
12 files
176 links
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
Download Telegram
Hayrli kun barchaga!!!
O‘zbek haqida ballada!!!

Qiyosi yo‘q uning mehri bir daryo,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim,ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi o‘zbek!

O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa uningchun,
O‘g‘lim otashimdan yaralgan uchqun.
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam deb yashaydi o‘zbek!

Bir qo‘lda belanchak, bir qo‘lda Qur'on,
Bir yelkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon,
Yashasin olam deb yashaydi o‘zbek!

Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari xushro‘y yuzdan oshsa ham.
Zuryodlari bo‘lsa bitta uyga jam,
To‘shak yetmay to‘nin to‘shaydi o‘zbek!

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo‘yin egaydi zinhor.
Beshik to‘la jajji islomlari bor,
Tosh o‘tmas qo‘rg‘onga o‘xshaydi o‘zbek!

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek.
Yomon she'r yozsang ham betingdan o‘pib,
Kam bo‘lma bolam deb yashaydi o‘zbek!!!
O‘zbegimga qasida bitguchi Muhammad Yusuflar ko‘paysin ilohim
Shifoxonada

Shunday bemorlar borki,
To‘shakda mixlanib yotar benajot,
Uyalib ketasan tuzalganingdan.
Shunday shifokorlar borki,
Tug‘ishgan akangday qaraydi senga,
Tuzalib ketasan uyalganingdan...
Xalq bo‘l elim

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruxini shod etay desang-xalq bo‘l, elim!..

Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana,
Dovrug‘i ham dardi sendek kim bor yana.
Xalq bo‘lishga haddi sendek kim bor yana,
Moziyni yod etay desang-xalq bo‘l,elim.

Sen tebratgan beshigingni Sohibqiron,
Sening bolang yulduzlarga qo‘ygan narvon.
Bir mayizni qirqqa bo‘lgan bir tan- u jon-
Kunlaringga qaytay desang-xalq bo‘l,elim.

Daryo bo‘lib jo‘shgin endi zavqi ulug‘,
Bayramingda sevinch ko‘z yoshingga qulluq,
Yurtim degan jasur Yurtboshingga qulluq,
Unga qanot bo‘lay desang-xalq bo‘l, elim.

Bo‘lar elning bolalari bir- birin der,
Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer.
Bir bo‘l endi, qaddi baland qaddingni ker,
Xalq bo‘l, elim, xalq bo‘l, elim, xalq bo‘l, elim!
Suvpari

Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho‘kib yig‘lar ehtimol,
Lekin sodiq bololmaydi meningdek!..

Aldanma yor, aldamchilar makriga ,
Malak bo‘lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag‘riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yo‘ling kesib o‘tsam-o‘zim xijolat,
Uzoqdan bir seni ko‘rsam kifoyat,
Bir nigohing o‘zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo‘lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko‘kdagi harir ko‘ylak, hur pari,
Ko‘k ko‘ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko‘nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Channel name was changed to «Muhammad Yusuf sara she'rlar»
KUMUSH

Marg‘ilonda Kumushni ko‘rdim,
Ko‘ziga yosh to‘lib turibdi.
Sochlarini maydalab o‘rib,
Otabekni izlab yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O‘sma qo‘ygan ekan-quribdi.
Ko‘zdan oqqan achchiq yoshiga,
O‘smasini yuvib turibdi...

Meni bir o‘y qiynaydi yomon,
Yana yurak o‘nadi yomon.
Qo‘yvor zamin, qo‘yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?

Uchib keldim uyimga omon,
Beshyog‘ochda gullabdi o‘rik...
Toshkentga qiz berma, Marg‘ilon-
Qodiriy yo‘q, Zaynablar tirik.
ONA TILIM

Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim,
She'r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim.
Tililm turib o‘z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam "erkam" deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim,
Paravozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma'danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta,
Katta millat-Afandisi yo‘qdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo‘lmasang nima bizga silliq she'rlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar,
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar,
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ulgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
O‘tgan til bayrami barchamizga muborak azizlar!!!
YOLG‘ONCHILAR

Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar,
Mening esa ko‘zlarimdan yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg‘onchilar,
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.

Bag‘ri-dilim kuydiradi yolg‘onlari,
Yonlariga chorlar mohi tobonlari.
Bo‘lsam agar men bitta qurbonlari,
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.

Ko‘xna dunyo, bu qizlaring buncha go‘zal,
Qarab tursam, ko‘klarda oy-kuncha go‘zal.
Qancha go‘zal bo‘lsa, aldar shuncha go‘zal!..
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.

Hozir ko‘zim yumamanu yerga yotib,
Yuragimni sug‘uraman qon yig‘latib.
Yo‘lbarschalar yesin uni qarsillatib-
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman.

Kimni suysam suyganimdan kuygan dilim,
Ko‘z o‘ngimda bo‘laqolsin tilim-tilim.
Harom bo‘lsin muhabbatsiz ko‘rgan kunim,
Yuragimni yo‘lbarslarga yediraman!..