Muhammad Yusuf sara she'rlar
1.78K subscribers
72 photos
29 videos
12 files
176 links
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
Download Telegram
Qadri bilinadi endi menga goh,
Oddiy maktabimning o'sha behasham,
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq,
Kimdir o'qitgan-ku Alisherni ham!
Shunday buyuk zotga harf o'rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Ayagan hayotning sanchiqlaridan,
Yiqilsa ko'targan to'siqlaridan,
Otadek ezilgan, g'ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o'ylab yotgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Yo'qdan Beruniyni binolar qilgan,
Husaynni Ibn Sinolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan,
Abdulloning tilin burrolar qilgan,
Ilon o'ynatgandek so'z o'ynatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!
#NECHUN...

Nechun qulluq qilmay Andijonga men -
Shu yurtda tug'uldim, shu yurtda o'sdim,
Do'stim bo'lsa agar, bitta u do'stim -
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..

Shu aziz tuproqdir, shu qadim qo'rg'on,
Dunyoga Boburdek shohlarni bergan,
Mohlaroyimlarning sochlarin o'rgan...
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Yodimga o't tushsin, etmasam yodlar -
Dukchi eshonlari qilgay faryodlar.
Uni tavof etgan Mashrabday zotlar,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Saylab yurt ajratmoq fe'limga yiroq,
Buxor minorlari ko'nglim etar tog',
Menga Samarqand ham azizdir, biroq,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Garchi menga zulmat uningsiz olam,
Men bormanmi-yo'qmi unga nima g'am,
Mayli, yaxshi kunda eslamasa ham,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Tuprog'in jannatdek qilguvchi g'amza
Men o'sha yam-yashil vodiydan maysa,.
Ming jonim sadaqa bitta jilmaysa-
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Meni oqibatsiz bilma, ey g'anim,
Orsiz ortimda to'y qilma, ey g'anim.
Aybim - yo'qlaganda borolmaganim,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

O'lmasam yorug' yuz, yuzlarga kirib,
Emaklab borarman majolim qurib.
O'lsam ham xar kun bir go'rimdan turib -
NECHUN QULLUQ QILMAY ANDIJONGA MEN!..

✍🏻Muhammad Yusuf

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
@muhammad_yusuf_shoir
#QORA_QUYOSH DOSTONIDAN

* * *
"Singlim Rohatxon! Uyğunnikiga borib, narsalarimni ol. Madamin Davronning uyida paltom bor. Ibrohim Nazirnikida etigim ham. Shularni olib kelib menga kirgizib yubor. Ketadiganga õxshayman..."
Toshkent qamoqxonasi.
1937-yil. Usmon Nosir.


Vatan gar dilda jo bõlsa,
Ne istar u bajo bõlsa.
Kim bilsin, kim bilsin agar,
Mening jonim fido bõlsa-
Tirik yurgaymidi hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Baxil bõyin egmish qachon?
Oqilga kun tegmish qachon?
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Yomonga ham jazo bõlsa-
Tirik yurgaymidi, hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Ğanim har kimda bor, ğanim,
Ğanimga yõq gapim manim.
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Dõst-u yorda vafo bõlsa-
Tirik yurgaymidi, hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Joningdanaylanay, yurtim,
Shoiring kõp ekan, kõrdim.
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Ulardan bir sado bõlsa-
Tirik yurgaymidi hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Muhammad Yusuf

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
🦋Ushbu kanalda Muhammad Yusufning sara 🦋she'rlari berib boriladi. Admin bilan muloqot 🦋orqali shoirning o‘zingizga yoqqan she'rini 🦋topish imkoniga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga 🦋bo‘ling!!!
Admin: https://t.me/oraximova
T.me/muhammad_yusuf_shoir
#Diqqat
Bizda yangi loyiha
Bugundan kanalga ustoz Muhammad Yusufning "Qora quyosh" dostonidan parchalar qoyib bormoqchimiz. Siz bunga nima deysiz.
Anonymous Poll
91%
👍
9%
👎
#QORA_QUYOSH

(doston)

"Jondan aziz singlim Qumri!

Maktubingga javob yozaman. Shuning uchun yozamanki, kechasi soat to'rtda eslab xat yozganing uchun yozaman, yana shuning uchunki, yosh qalbingni baxtsiz mahbus uchun ezib, shirin uyqungni bema'ni sarguzashtlarim bilan buzganim uchun yozaman. Ko'nglingni parishon qilib, uyqusiz tong ottirganing uchun yozaman...
Xat yozmaganimga sabab umidsizlik emas, aksinch umidim porloq va yuksak. Ochig'ini aytsam, achchiq turmushning alamli azobidan kuylovchi maktubim sadosi bilan sen kabi mehribonlarimning ko'nglini yig'latishdan saqlanish maqsadida xat yozishdan kechdim...
Yurakni tosh qilib bo'lsa-da unutishlaringizni so'rayman. Razil hayotga ko'nikib qolganimda shirin turmushni eslatmasangiz edi. Men uchun to'kkan ko'z yoshlaringizni eslar ekanman, qalbim siqiladi, baxtsizligim gavdalanib ko'z oldim qorong'ulashadi-da, tug'ulganimga qasam ichib bor dunyodan kechgim keladi...
Qumri, raxming kelsa yana qayta so'raymanki, meni esdan chiqar, ortiq meni qiynab yuragimni ezma...
Ehtimol, tez kunda ko'rishamiz. 51-yilga ham ko'p qolmadi.
O'zini menga yaqin tutgan qarindosh va yor-u do'stlarga oldingi xatimda oxirgi salomimni qo'ndirgan edim. Yana qaytarishga o'rin yo'q. Opangga aytginki, meni iltimosimni unutmasin!
Chor-nochor xayrlashib qoluvchi:
Akmal"
Boengol. 22.XII.46.

MUALLIFDAN: Bu xatni men tasodifan topib oldim. Shu holida, imlolarini tuzatmay, sizga havola etdim.
Ehtimol, bu maktub Qumri ismli mushtipar ayolga akasida yolg'iz yodgordir. Agar shunday bo'lsa, men uni egasiga qaytarayotganimdan hursandman.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
#QORA_QUYOSH

- Umr nima, ey odam?
- Umr yo'ldir bir quloch.
- Armon nima, ey odam?
- Armon ham bir ehtiyoj.

- Omad nima, ey odam?
- Ayvondagi qaldirg'och.
- Orzu nima, ey odam?
- Bo'ldi, mening qornim och...

- Yolg'on nima, ey odam?
- Yolg'on — o't o'smas dala.
- Haq nimadir, ey odam?
- Haqiqat — yetim bola...

- Sevgi nima, ey odam?
- Sevgiga yo'q hafsala.
- Baxt nimadir, ey odam?
- Baxt — bir kosa atala...
Tolkosada atala...

- Tolkosa nima, ey odam?
- Tolkosa hayot, jo'ra.
- Atala nima, ey odam?
- Stalin bobongdan so'ra!..

http://T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
#QORA_QUYOSHdan

Saqovni qamashdi,
Saqov dushmanni,
Siyosiy savodsiz,
Anqov dushmanni...

Qamashdi,
Bir kunda,
Paysalga solmay.
Aybi aniq edi,
Aybi ma'lum edi,
U dohiy otini
To'g'ri aytolmay,
Hammaning oldida,
"Ishtalin" dedi!

Soqchiga mo'ltirar
Saqov,
Qaltirar,
O'ldirishar endi,
Uni o'ldirar.

Qoldi uy,
Qoldi — g'urbatxonasi,
G'urbatxonasida —
Qari onasi.
Yana bir zot ketdi
Shunday qilib —
Saqovning boshiga
Yetdi o'z tili...

O'rmonda otishdi,
Qor edi qalin.
Yiqildi.
Xayqirib,
Yashashin Ishta-lin!

Saqovni otishdi,
Anqovligi uchun.
To'g'rirog'i —
Tug'ma
Saqovligi uchun.

Qirq yil bo'ldi bunga.
Ellik yil bo'ldi-yov.
Mana endi,
Saqovning onasi —
Haqiqiy saqov!..

Saqov duduq edi
Munday olganda.
Tillashsa bo'lardi
O'lmay qolganda.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
#QORA_QUYOSHdan

"Sibirdagi sargardonlik yillarim bir hamyurtim bilan uchrashib qoldim. Yig'lab ko'rishdik. Hol-ahvol so'rashdik. Men uni ham o'zimga o'xshab beayb badarg'a bo'lganlardan biri ekanligini sezib tursam ham so'radim:
— Sizni nega qamadilar, birodar?
— Sulaymon Azimovning "dumi"san, deb!
— Kimning-kimning?
— Aytdim-ku, Azimovning...
Anchadan keyin biroz o'zimga kelib, sekin yoniga borib yelkasidan quchdim:
— Uni tanisizmi?
— Yo'q, ko'rmaganman...
— Unda keling, tanishvolaylik, – dedim. – Menman o'sha siz aytgan odam!.."
Markazqo'mning sobiq kotibi Sulaymon Azimovning xotiralaridan.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_Shoir
#QORA_QUYOSHdan

O'ttiz yettinchi yil kashfi sizga mana —
Erkaklarga alohida qamoqxona,
Ayollarga alohida qamoqxona,
Bolalarga alohida qamoqxona...
O'ttiz yettinchi yil kashfi bular bari –
Ko'rinmas-u daxshat solib sharpalari,
Kelsa – yaqin kelmay, ketsa – ketmay nari,
Izg'ib yurar LEVRINTIY*ning laychalari.

Bu o'lkada endi norg'ul yigitlar yo'q,
Boyqushlar bor, kalxatlar bor –
Burgutlar yo'q,
Ne-ne Suloymonlar, Abdulhamidlar yo'q,
Qaytarmikin? Qaytmog'iga umidlar yo'q...

Bedarak yo'qoldi qancha odam, esiz,
So'roqlarda o'ldi qancha odam, esiz,
Qiynoqlarda o'ldi qancha odam, esiz,
Sirtmoqlarda qoldi qancha odam, esiz...

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
Forwarded from She'rlar olami
#Usmon_Nosir
Bugun Usmon Nosir tavallud topgan kun.

Ilhomning vaqti yo'q selday keladi,
Jalloddek rahm etmay dilni tiladi...
Ayondir: bir kuni aylaydi xarob...
Mayliga. Mehrimni go'yoki sharob -
Shimirdim. Yashayman, tilsin dilimni.
Bemehnat sevmayman tirik tilimni.

Usmon Nosir 1935
@sherlarolamii
#QORA_QUYOSH DOSTONIDAN

* * *
"Singlim Rohatxon! Uyğunnikiga borib, narsalarimni ol. Madamin Davronning uyida paltom bor. Ibrohim Nazirnikida etigim ham. Shularni olib kelib menga kirgizib yubor. Ketadiganga õxshayman..."
Toshkent qamoqxonasi.
1937-yil. Usmon Nosir.


Vatan gar dilda jo bõlsa,
Ne istar u bajo bõlsa.
Kim bilsin, kim bilsin agar,
Mening jonim fido bõlsa-
Tirik yurgaymidi hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Baxil bõyin egmish qachon?
Oqilga kun tegmish qachon?
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Yomonga ham jazo bõlsa-
Tirik yurgaymidi, hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Ğanim har kimda bor, ğanim,
Ğanimga yõq gapim manim.
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Dõst-u yorda vafo bõlsa-
Tirik yurgaymidi, hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Joningdanaylanay, yurtim,
Shoiring kõp ekan, kõrdim.
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Ulardan bir sado bõlsa-
Tirik yurgaymidi hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

...Uning uchun qamoqxonada eng tansiq narsa qog'oz edi. U hamma joydan faqat qog'oz qidirardi. Bir daqiqa sayrga olib chiqishsa, devorlar tagida sarg'ayib, g'ijim bo'lib yotgan bir parcha qog'oz topib olib, boshi osmonda, yana zax xonaga qaytardi. Tergov paytida ham ilinji shu.
Ovqat paytida ham.
Ana shunday ming mashaqqatlar bilan yiqqan qog'ozlari bir kuni qo'lyozmaga aylandi. Endi uni nima qilib bo'lsa ham tashqariga, odamlarga yetqazish zarur edi. Lekin qanday qilib?
U turma boshlig'iga murojaat qildi. Meni qabul qilishingizni so'rayman, deb qayta-qayta so'rayverdi. Nihoyat boshliq zerikdi. Qahraton qish kunlarining birida boshliq issiq pechka oldida, oyoqlarini chalkashtirib o'tirib, uning arzini tingladi.
— Sizdan o'tinib so'rayman. Shu qo'lyozmani odamlar o'qisin. Mayli, keyinroq, oqlanib ketsam yoki...
— Bu yoqqa ber, – dedi boshliq o'rnidan turmay. Soddadil adib unga qo'lyozmani uzatdi.
Boshliq qo'lyozmani oldiyu gurullab yonib turgan pechkaning ichiga otdi... U yana o'sha zax va qorong'i xonada o'ziga keldi. "Bu ablaxning oldiga meni kim boshlab bordi? Oyoqlarimmi? Men ularni hoziroq kesib tashlayman. Nahot shuncha xo'rliklarni ko'rib ham ko'zim ochilmadi! Nahot, bu boshda zarra aql bo'lmasa? Nahotki, u meni jalloddan yordam so'rab borishga undadi! Hozir... Hozir!.." U dast o'rnidan turib, yugurib borib, zarb bilan boshini devorga urdi. Urdi va yana uraverdi. Joni chiqib ketguncha uraverdi!..
Kim edi bu adib? Qodiriymi?.. Cho'lponmi? Yoki Usmon Nosirmi?!.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
Forwarded from Усмон Носир
Усмон Носир шеърлари.mp3
16.7 MB
Усмон Носирнинг ​санъат арбоби Убайдулло Бурҳонов томонидан ўқилган энг сара ва юракка энг яқин шеърлари.

Мб: 16.7
Дақиқа: 18:13

Манба: Хуршид Даврон кутубхонаси

🎦 https://bit.ly/2odKxTc
#QORA_QUYOSHdan

Qisqagina umr ko'rib, uzoq yashab kelayotgan zotlarga qarang...

Ahmad Yugnakiy

Tushimga kirdi Qodiriy bobom,
Bemador, bemajol, behol, beorom.

Egniga eski bir to'n kiyib olgan,
(Sheneldir balki u, kimdardir qolgan).

O'sha to'n egnida pohol ham borday,
Bobomning yuzlari oqargan qorday.

Yo'q, yuzi somonga o'xshaydi uning,
Charaqlab turuvchi ko'zi to'la mung...

Tushimga kiradi Qodiriy bobom:
Tur deydi, muncha ko'p uxlading, bolam.

Boq, bu dam aylanib jo'xorizoring,
O'rog'ing qayraydi onaizoring.

U o'rib bo'lguncha risq-u zaringni,
O'ynatib tur chiqib, ukalaringni.

Va mening salomim ayt, der ularga –
Bobosin sog'ingan musichalarga...

Tushimga kiradi Abdulla bobom.
Oh oltin bobom-a, voh tilla bobom.

Qaro yer qarida qon yig'lab qolgan,
Akmal Ikrom bobom, Fayzullo bobom!

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
#QORA_QUYOSHdan


O'lgan o'ldi-ketdi.
Hech kim qaytmaydi.
Nega?
Nima uchun?
Bu ham muammo.
Tarix saqov kampir,
Dardin aytmaydi,
Aytolmas,
Unutib ham bo'lmas ammo.

Mana,
Qodiriyni qilishar so'roq:
"O'tgan kunlar" degan she'r siznikimi?
— Xa.
Ammo u she'r emas...
— Jim bo'ling, ahir.
She'rmi yo boshqami, avtori siz-da.
Tamom.
Boshqa gapga qolmaydi hojat.
Tergovchi – payg'ambar,
Tergovchi – xudo.
Temir zotdan kelgan buyruq – ijozat,
O'zbek yana bitta o'g'lidan judo.

Aybi shuki...
Aybi...
Kim bilsin buni,
Balki, juda noyob iste'dodidir.
Otishdimikin yo osishdi uni?
Balki, hukm ijrochisi jodidir.

Jodi deganlarin bilishmas yoshlar,
Bilmagani ma'qul bundan keyin ham.
Jodi orasiga tushganda boshlar
Odam...

Ko'zimga yosh to'lar mana shu yerda.
Qo'ynimga tosh to'lar mana shu yerda.
Ko'zimga tor bo'lib qoladi olam,
Oh, oltin bobom-a, voh tilla bobom...
O'tgan kuning qursin, Abdulla bobom!

Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
#QORA_QUYOSHdan

O'y yomon.
O'y yomon qiynar odamni.
Ilondek yurakni kemirar mal'un.
Urushdan chalajon qaytgan otamning
Qirq yilki, tilidan tushmas STALIN...
OTA, qo'ying, deyman.
Otajon, qo'ying.
Umringiz o'tmoqda kimga ishonib?
Temir kosov bilan ko'zimni o'ying,
Faqat bir iltimos,
Gapirmang o'shani!..
Yer esa aylansin,
Yumushi mo'l Yer.
Oqar yuzlaridan,
Marjon-marjon ter...
O'ylayman zaminda
Eng baxtiyor zot –
Yoki akademik,
Yoki besavod.

Biri o'qiganin tahlilin so'rmas,
Biri o'qishga ham urinib ko'rmas...
O'y yomon, o'y bu – jar,
Bu jar qorong'u.
"Qayt bolam!.."
Otamning so'zlarimikin?
Bu zulmat qa'rida yongan ne yog'du,
Fayzullo bobomning ko'zlarimikin?

"Sen nima bilasan,
Farzandi nodon,
Urushda yurtingni asrab qoldi kim?.."
Ishonch qanday unvon,
Ishonch qanday shon,
Ul buzrukvorimga nima ham derdim.

O'lgan o'ldi-ketdi.
Endi qaytmaydi.
Nega?
Nima uchun?
Bu ham bir jumboq.
Ota xatosini o'g'il aytmaydi,
Aytolmas,
Unutib ham bo'lmas biroq...

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_shoir
Azizlar Bugun xalqaro TALABALAR KUNI...
BARCHA TALABALARNI TABRIKLAYMAN
O‘tganga ber, xudoyim,
Ketganga ber, xudoyim.
Ozodlikni qadriga
Yetganga ber, xudoyim.

Hurlik qanday tansiq so‘z,
Qullik qalbga sanchiq so‘z.
Hurriyatni boshida
Tutganga ber, xudoyim.

Avaylab har yaprog‘in,
Ko‘zga sursin tuprog‘in.
Erkni bersang - erk deb qon
Yutganga ber, xudoyim.

Xoh ziyoli, xoh kosib,
Bo‘lsin unga munosib.
Vatan bersang, orziqib
Kutganga ber, xudoyim!..

Rizqni bilgan zotga ber,
Shukur qilgan zotga ber.
Yurtni har kun ziyorat
Etganga ber, xudoyim.