This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тонг отди ўзгача, кулмоқда фалак, ✨
Тилакни сўранглар, кўтариб билак. ✨
Осмондан дараклаб тушади малак. ✨
Mусулмон ахлига ЖУМА МУБОРАК!
•••┈┈••✾🌹✾••┈┈•••
Дўстларингизга улашинг!
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE1aIxIIr6n-Ghmlnw
Тилакни сўранглар, кўтариб билак. ✨
Осмондан дараклаб тушади малак. ✨
Mусулмон ахлига ЖУМА МУБОРАК!
•••┈┈••✾🌹✾••┈┈•••
Дўстларингизга улашинг!
👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE1aIxIIr6n-Ghmlnw
#O'tinch
Фарғонамнинг паривашлари,
Эй, жонимнинг қариндошлари,
Бўйнингизга марварид бўлсин,
Маржон-маржон кўзим ёшлари!..
Муҳаббатдан айтишиб ўлан,
Қувалашиб ўчдик сиз билан.
Кетдим кейин булутдай кўчиб,
Қайтай энди қайси юз билан?..
Ёдимда соф туйғуларингиз,
Жаранглаган кулгуларингиз.
Ҳаётимда бўлмасангиз ҳам,
Ҳаёлимда юрдиларингиз.
Сиз мен учун ўша-ўша шўх,
Ўша-ўша эрка бўлдингиз.
Қўрғонимга келмасангиз ҳам,
Армонимга бека бўлдингиз.
Ўйин дедик бу ёруғ олам,
Ўйин қилдик муҳаббатни ҳам.
Қизлар, ўлан айтиб гоҳида,
Эслаб қўйинг Муҳаммадни ҳам.
Фарғонамнинг паривашлари,
Эй, жонимнинг қариндошлари,
Бўйнингизга марварид бўлсин,
Маржон-маржон кўзим ёшлари!..
Муҳаббатдан айтишиб ўлан,
Қувалашиб ўчдик сиз билан.
Кетдим кейин булутдай кўчиб,
Қайтай энди қайси юз билан?..
Ёдимда соф туйғуларингиз,
Жаранглаган кулгуларингиз.
Ҳаётимда бўлмасангиз ҳам,
Ҳаёлимда юрдиларингиз.
Сиз мен учун ўша-ўша шўх,
Ўша-ўша эрка бўлдингиз.
Қўрғонимга келмасангиз ҳам,
Армонимга бека бўлдингиз.
Ўйин дедик бу ёруғ олам,
Ўйин қилдик муҳаббатни ҳам.
Қизлар, ўлан айтиб гоҳида,
Эслаб қўйинг Муҳаммадни ҳам.
TOSHKENT
Oftob tug‘iladi sening qarog‘ingda
Toshkent, oqshoming-da fusunkor.
Har bir ko‘chang,
Har bir yaprog‘ingda
Qodiriyning o‘ychan ruhi bor.
Mehmondo‘st deb kimlar ta'rif qilmagan,
Hamma maqtovlarning o‘zing adog‘isan.
Toshkent, sen minnatni bilmagan ustoz,
Oybek nigohisan,
Oybek quchog‘isan.
Anhor bo‘ylarida qumrilar o‘ynar,
Shoir G‘afur G‘ulom bilgan qumrilar.
Ikki ming yil avval Sag‘bonni izlab,
Hindistonni tashlab kelgan qumrilar...
Toshkent,
Ona shahar,
Behad, bepoyon-
O‘zbekistondagi eng baland terak.
Aniq ta'rifingni qilmoqqa bayon
Ulkan yurak kerak,
Ulkan-an yurak kerak!
Sening ko‘zlaringga termulib yurib
Qo‘shiqlar so‘rayman-men ham bir o‘g‘ling.
Toshkent,
Ey, minnatni bilmagan ustoz,
Bir umr tushmasin yelkamdan qo‘ling...

#Senga sevgim beraymi?
– Сенга севгим берайми?
– Бер қани.
– У тупроққа беланган.
– Беравер.
– Мен фол кўрсам дегандим.
– Кўр, қани.
– Савол сўрасам дегандим.
– Сўрайвер.
– Эшик қоқсам не дерсан?
– Кир, дейман.
– Мен билан юр, десам-чи?
– Юр, дейман.
– Йўлда кулфат кутса-чи?
– Бораман.
– Агар мен алдасам-чи?
–Кечираман.
– Қўшиқ айтгил, десам-чи?
– Айтаман.
– Дўстингдан кеч десам-чи?
– Кечаман.
– Одамни от, десам-чи?
– Отаман.
– Ўзинг ўлгин, десам-чи?
– Ўламан.
– Бўғилиб қолсам нетарсан?
– Қўллайман.
– Жонинг оғрир бўлса-чи?
– Чидайман.
– Йўлингдан ғов чиқса-чи?
– Бузгайман...
– Севги берайми, сенга?
– Севги.
– Асло бермайман!
– Нега?!
– Чунки, мен қулларни севмайман.
– Сенга севгим берайми?
– Бер қани.
– У тупроққа беланган.
– Беравер.
– Мен фол кўрсам дегандим.
– Кўр, қани.
– Савол сўрасам дегандим.
– Сўрайвер.
– Эшик қоқсам не дерсан?
– Кир, дейман.
– Мен билан юр, десам-чи?
– Юр, дейман.
– Йўлда кулфат кутса-чи?
– Бораман.
– Агар мен алдасам-чи?
–Кечираман.
– Қўшиқ айтгил, десам-чи?
– Айтаман.
– Дўстингдан кеч десам-чи?
– Кечаман.
– Одамни от, десам-чи?
– Отаман.
– Ўзинг ўлгин, десам-чи?
– Ўламан.
– Бўғилиб қолсам нетарсан?
– Қўллайман.
– Жонинг оғрир бўлса-чи?
– Чидайман.
– Йўлингдан ғов чиқса-чи?
– Бузгайман...
– Севги берайми, сенга?
– Севги.
– Асло бермайман!
– Нега?!
– Чунки, мен қулларни севмайман.
#Qaramaydi qayrilib
Qaramaydi qayrilib bir bor–
Men turibman ostonada zor.
Oyni uzib bersang ham menga,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
O'tinchlarim behuda, zorim,
Ilinjlarim- hammasi bekor.
Rashkim kelar, keladi orim,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
Toshoynaga termulib lekin,
O'zi o'sma tortib qoshiga,
Dugonasi yonida, tag'in
Tushib ketar buloq boshiga.
Jimman, biroq uzolmam ko'zim,
Kimlargadir qilaman havas,
Kelishmagan yigitman o'zim,
Sochlarim ham jingalak emas...
Qaramaydi qayrilib bir bor–
Men turibman ostonada zor.
Oyni uzib bersang ham menga,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
O'tinchlarim behuda, zorim,
Ilinjlarim- hammasi bekor.
Rashkim kelar, keladi orim,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
Toshoynaga termulib lekin,
O'zi o'sma tortib qoshiga,
Dugonasi yonida, tag'in
Tushib ketar buloq boshiga.
Jimman, biroq uzolmam ko'zim,
Kimlargadir qilaman havas,
Kelishmagan yigitman o'zim,
Sochlarim ham jingalak emas...
#Tushunmaysan
Ma'yus kunim ko'zim tushsa,
Kuyar оsmon, tushunmaysan.
Meni samo tushungaydir,
Sen, ey inson, tushunmaysan.
Kuyib ko'ksim o'rtar bo'lsam,
Оqar bo'lsam, ketar bo'lsam,
Meni daryo tushungaydir,
Sen, ey ummon, tushunmaysan.
Men ham shaydo, men ham maftun,
Men ham hech kimi yo'q Majnun,
Meni Laylo tushungaydir,
Sen, ey jonon, tushunmaysan.
Mening yo'lim uzun armon,
O'zim dovon, o'zim karvon,
Meni sahro tushungaydir,
Sen, ey sarbon, tushunmaysan.
Mening borim erur ko'nglim,
Mening yorim erur ko'nglim,
Ma'yus tanho tushungaydir,
Sen, ey xandon, tushunmaysan…
Ma'yus kunim ko'zim tushsa,
Kuyar osmon, tushunmaysan.
Meni Alloh tushungaydir,
Sen, ey xoqon, tushunmaysan.
Ko'nglim gul, ko'zlarim guldir,
Yuzim gul, qo'llarim guldir.
Meni sabo tushungaydir,
Sen, ey to'zon, tushunmaysan…
G'uborimdir bo'yi rayhon,
Minorimdir tilim biyron.
Meni dunyo tushungaydir
Sen, ey nodon, tushunmaysan.
Ma'yus kunim ko'zim tushsa,
Kuyar оsmon, tushunmaysan.
Meni samo tushungaydir,
Sen, ey inson, tushunmaysan.
Kuyib ko'ksim o'rtar bo'lsam,
Оqar bo'lsam, ketar bo'lsam,
Meni daryo tushungaydir,
Sen, ey ummon, tushunmaysan.
Men ham shaydo, men ham maftun,
Men ham hech kimi yo'q Majnun,
Meni Laylo tushungaydir,
Sen, ey jonon, tushunmaysan.
Mening yo'lim uzun armon,
O'zim dovon, o'zim karvon,
Meni sahro tushungaydir,
Sen, ey sarbon, tushunmaysan.
Mening borim erur ko'nglim,
Mening yorim erur ko'nglim,
Ma'yus tanho tushungaydir,
Sen, ey xandon, tushunmaysan…
Ma'yus kunim ko'zim tushsa,
Kuyar osmon, tushunmaysan.
Meni Alloh tushungaydir,
Sen, ey xoqon, tushunmaysan.
Ko'nglim gul, ko'zlarim guldir,
Yuzim gul, qo'llarim guldir.
Meni sabo tushungaydir,
Sen, ey to'zon, tushunmaysan…
G'uborimdir bo'yi rayhon,
Minorimdir tilim biyron.
Meni dunyo tushungaydir
Sen, ey nodon, tushunmaysan.
Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi. Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi.
M. Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi. Bevaqt o‘lim shoirni oramizdan olib ketdi.
Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshq.
Muhammad Yusuf «Men o‘z bilganimdan qolmadim» she’rida she’r va shoirlikni shunday anglaydi.
Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on ham kerak,
Jindak xushomad ham, quloq solmadim.
Oqni oppoq ko‘rdim, qorani - qora
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
Hozirgi davr o‘zbek milliy' adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi qishlog’ida oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980—1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, hozir esa «O’zbekiston ovozi» ro‘znomasida faoliyat ko‘rsatmoqda.
U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan. Uning dastlabki she’rlari birinchi bor «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng «Tanish teraklar” (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo” (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari” (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor” (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) kabi jozibali she’riy to‘plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti berildi.
U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi. Shoirnig «Mehr qolur» she’rini eslang-a:
O’tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.
Ona diyor va istiqlol kuychisi
… Muhammad Yusuf noyob iste’dot egasi, odamlarni mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi…
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.

Muhammad Yusuf (Hotira) [Faryod.Com]
Malika Egamberdiyeva
🎤🎧 Malika Egamberdiyeva ijrosida. Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan.
QORA QUYOSH
(Doston)
"Jondan aziz singlim Qumri!
Maktubingga javob yozaman. Shuning uchun javob yozamanki, kechasi soat to‘rtda eslab xat yozganing uchun yozaman, yana shuning uchunki, yosh qalbingni baxtsiz mahbus uchun ezib, shirin uyqungni bema'ni sarguzashtim bilan buzganim uchun yozaman...
Xat yozganimga sabab umidsizlik emas, aksincha umidim porloq va yuksak. Ochig‘ini aytsam, achchiq turmushning alamli azobidan kuylovchi maktubim sadosi bilan sen kabi mehribonlarim ko‘nglini yig‘latishdan saqlanish maqsadida xat yozishdan kechdim...
Yurakni tosh qilib bo‘lsa-da unutishlarizni so‘rayman. Razil hayotga ko‘nikib qolganimda shirin turmushni eslatmasangiz ed. Men uchun to‘kkan ko‘z yoshlaringizni eslar ekanman, qalbim siqiladi, baxtsizligim gavdalanib ko‘z oldim qorong‘ulashadi-da, tug‘ulganimga qasam ichib, bor dunyodan kechgim keladi...
Qumri, rahming kelsa yana qayta so‘raymanki, meni esdan chiqar, ortiq meni qiynab yuragimni ezma...
Ehtimol, tez kunda ko‘risharmiz. 51-yilga ham ko‘p qolmadi.
O‘zini menga yaqin tutgan qarindosh va yor-do‘stlarga oldingi xatimda oxirgi salomimni qo‘ndirgan edim. Yana qaytarishga o‘rin yo‘q. Opangga aytginki, meni iltimosimni unutmasin!
Chor-nochor xayrlashib qoluvchi:
Akmal"
Boengol. 22.XII.46.
MUALLIFDAN:Bu xatni men tasodifan topib oldim. Shu holida, imlolarini tuzatmay, sizga havola etdim.
Ehtimol, bu maktub Qumri ismli mushtipar ayolga akasidan yolg‘iz yodgordir. Agar shunday bo‘lsa, men uni egasiga qaytarayotganimdam xursandman.
-Umr nima ey odam?
-Umr yo‘ldir bir quloch.
-Armon nima, ey odam?
-Armon ham bir ehtiyoj.
-Omad nima ey odam?
-Ayvondagi qaldirg‘och.
-Orzu nima ey odam?
-Bo‘ldi, mening qornim och...
-Yolg‘on nima ey odam?
-Yolg‘on-o‘t o‘smas dala.
-Haq nimadir, ey odam?
-Haqiqat-yetim bola...
-Sevgi nima ey odam?
-Sevgiga yo‘q hafsala.
-Baxt nimadir, ey odam?
-Baxt-bir kosa atala...
Tolkosada atala...
-Tolkosa nima, ey odam?
-Tolkosa hayot, jo‘ra.
-Atala nima, ey odam?
-Stalin bobongdan so‘ra!..
* * *
Soqovni qamashdi,
Soqov "dushman"ni,
Siyosiy savodsiz,
Anqov dushmanni...
Qamashdi,
Bir kunda,
Paysalga solmay.
Aybi aniq edi,
U dohiy otini
To‘g‘ri aytolmay,
Hammaning oldida
"Ishtalin" dedi!
Soqchiga mo‘ltirar
Soqov,
Qaltirar,
O‘ldirishar endi,
Uni o‘ldirar.
Qoldi uy,
Qoldi-g‘urbatxonasi.
G‘urbatxonasida-
Qari onasi.
Yana bir zot ketdi,
Shunday qilib-
Soqovning boshiga
Yetdi o‘z tili...
O‘rmonda otishdi,
Qor edi qalin.
Yiqildi.
Hayqirib,
Yashash-shin Ishta-lin!
Soqovni otishdi,
Anqovligi uchun.
To‘g‘rirog‘i-
Tug‘ma
Soqovligi uchun.
Qirq yil bo‘ldi bunga.
Ellik yil bo‘ldi-yov.
Mana endi,
Soqovning onasi-
Haqiqiy soqov!..
Soqov duduq edi
Munday olganda.
Tillashsa bo‘lardi
O‘lmay qolganda...
Davomi bor...

МУҚАДДАС АЁЛ
Ошиқларинг пойингга гул отиб ҳам бўлди,
Хилватларда лабингдан бол тотиб ҳам бўлди,
Ва бу ҳакда кимларгадир сотиб ҳам бўлди,
Сен бари бир муқаддассан,
Муқаддас аёл!
“Аввал: “Кел-эй, қучоғимга тўл, балқ”, дедилар,
Унамадинг, аёл ўзи терс “халқ”, дедилар.
Ичолмагач юз ўгириб шўр, талх, дедилар,
Сен бари бир муқаддассан,
Муқаддас Аёл!
Сен дарёсан, ўпганини қирғоқ яширар,
Жуфтим бўл, — деб чопганини ҳар тоқ яширар,
Жаннатим, — деб қувонмасдан қумлоқ яширар,
Сен бари бир муқаддассан,
Муқаддас Аёл!
Асли бу бор эрмакларнинг борар ери Сен,
Росту ёлғон эртакларнинг борар ери Сен,
Асов отдай эркакларнинг борар ери Сен,
Сен бари бир муқаддассан,
Муқаддас Аёл!
Чорлашганда сен келсанг, гоҳ бекор келсанг-да,
Маст даврага бир сарин ел, бир тор келсанг-да,
Хор келсанг-да, номардларга гоҳ хор келсанг-да,
Сен бари бир муқаддассан,
Муқаддас Аёл!
Қимтинасан, астагина кўтарасан бош,
Минг йилликдир кўзингдаги жовдираган ёш,
Гуноҳкорлар мингу битта Сенга тегар тош,
Сен бари бир муқаддассан,
Муқаддас Аёл!
Ҳарир, хушбўй баданингда тошлар изи бор,
Кўкрагингда эгилган не бошлар изи бор,
Қуёш изи, куйдирган қуёшлар изи бор,
Сен бари бир муқаддассан,
Муқаддас Аёл!
© Ҳалима ХУДОЙБЕРДИЕВА

Bayram muborak azizlar!!! Bu damlar g‘animat, qadrlaylik bir birimizni. Go‘zal ayollar, aziz opa-singillar, siz shoirga qalam tutdirgan xilqat, siz Farhodga tog‘ni talqon qildirgan malak, siz bir jilmayib "dunyoni qutqargan" sanam. Bu kun sizga atalgan⚘⚘⚘.
IZHORI DIL
Ko‘hna tolbeshikdan
Boshlangan olam.
Senga iddaolar
Qilmay sevaman.
Bir kuni singlim, deb,
Bir kuni onam-
Vatan,
Kimligingni
Bilmay sevaman!..
To‘zg‘iydi to‘ningdan
Tortgan to‘ralar.
Kecha tuzingni yeb
Sotgan to‘ralar.
Endi pushaymonda,
Tuynuk mo‘ralar-
Men sening
Yoningdan
Jilmay sevaman.
Menga yering suyuk,
Osmoning suyuk.
Boqsam, teng
To‘rttala
Tomoning suyuk.
Tovonimga kirgan
Tikoning suyuk-
Kaftdan
Zirapchang ham
Yulmay sevaman.
Cho‘ksang,
Tur, singlim deb,
Soching silayman.
So‘ksang,
Opam deyman,
Umring tilayman.
Sendan ranjimayman,
Gina qilmayman-
Xoh xo‘mray,
Xoh jilmay,
Birday sevaman.
Vatan-
Yuragimning
Olampanohi,
Bu dunyo
Bukri bir
Jiydaning shohi!..
Ko‘zim yoshi bilan
Sug‘orib gohi
Ko‘ksimda o‘stirgan
Gulday sevaman.
Bu yorug‘ jahonda
Yo‘g‘-u borimsan,
Tilimning ostida
Novvot-zarimsan.
Sen mening yagona
Payg‘ambarimsan,
Men Bilol,
Men Habash-
Qulday sevaman!..
📃🖍1998
Ko‘hna tolbeshikdan
Boshlangan olam.
Senga iddaolar
Qilmay sevaman.
Bir kuni singlim, deb,
Bir kuni onam-
Vatan,
Kimligingni
Bilmay sevaman!..
To‘zg‘iydi to‘ningdan
Tortgan to‘ralar.
Kecha tuzingni yeb
Sotgan to‘ralar.
Endi pushaymonda,
Tuynuk mo‘ralar-
Men sening
Yoningdan
Jilmay sevaman.
Menga yering suyuk,
Osmoning suyuk.
Boqsam, teng
To‘rttala
Tomoning suyuk.
Tovonimga kirgan
Tikoning suyuk-
Kaftdan
Zirapchang ham
Yulmay sevaman.
Cho‘ksang,
Tur, singlim deb,
Soching silayman.
So‘ksang,
Opam deyman,
Umring tilayman.
Sendan ranjimayman,
Gina qilmayman-
Xoh xo‘mray,
Xoh jilmay,
Birday sevaman.
Vatan-
Yuragimning
Olampanohi,
Bu dunyo
Bukri bir
Jiydaning shohi!..
Ko‘zim yoshi bilan
Sug‘orib gohi
Ko‘ksimda o‘stirgan
Gulday sevaman.
Bu yorug‘ jahonda
Yo‘g‘-u borimsan,
Tilimning ostida
Novvot-zarimsan.
Sen mening yagona
Payg‘ambarimsan,
Men Bilol,
Men Habash-
Qulday sevaman!..
📃🖍1998
SEVMOQ BU...
Sevmoq bu-
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo'lgin sen menga, dilbar.
G'iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho'l tuproq kuydirdi tovonlarimni,
Va mana men uyda ko'nglimni yulqib
Ko'mdim beor do'stdek gumonlarimni.
O'ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho, jiqqa yoshga to'lganda ko'zim,
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o'zimni o'zim...
Sevmoq bu- o'zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko'milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo'l sen menga, dilbar.
Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G'amgin ko'zing, hadik to'la ko'zingni.
Sevmoq bu- kunda bir ko'rmoq baxtidir
Ozg'in qo'llaringni, sepkil yuzingni...
Sevmoq bu-
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo'lgin sen menga, dilbar.
G'iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho'l tuproq kuydirdi tovonlarimni,
Va mana men uyda ko'nglimni yulqib
Ko'mdim beor do'stdek gumonlarimni.
O'ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho, jiqqa yoshga to'lganda ko'zim,
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o'zimni o'zim...
Sevmoq bu- o'zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko'milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo'l sen menga, dilbar.
Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G'amgin ko'zing, hadik to'la ko'zingni.
Sevmoq bu- kunda bir ko'rmoq baxtidir
Ozg'in qo'llaringni, sepkil yuzingni...
Kanalimiz faoliyatiga qanday baho berasiz?!
Said Ahmad
Yil bo'shatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni
Farishtalar aylar parvarish.
Chorbog' kezar chol, ma'yus ammo,
Nimanidir qo'msab, axtarib.
Qaylardasiz Saida momo,
Sizsiz bu kun bog'lar ham, g'arib!
Yo'lchalarda yo'lga egilar,
Suvlar tinib qolar sukutda.
Saidani so'rab behilar
Yig'lab yotar yer bilan bitta.
Ketar keyin dardi bir tugun,
Yig'lay desa tushunmas daha.
Kulay desa, o'zidan oldin
Ajinlari otar qahqaha.
Boshiga tosh yog'ilsa agar,
Bildirmaydi bu metin odam.
Yil bo'shatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni
Farishtalar aylar parvarish.
U jilmayar, ko'zda yosh qalqib,
Shivirlaydi lablari besas:
Saidalar farishta, balki
Farishtalar Saida emas!..
Yil bo'shatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni
Farishtalar aylar parvarish.
Chorbog' kezar chol, ma'yus ammo,
Nimanidir qo'msab, axtarib.
Qaylardasiz Saida momo,
Sizsiz bu kun bog'lar ham, g'arib!
Yo'lchalarda yo'lga egilar,
Suvlar tinib qolar sukutda.
Saidani so'rab behilar
Yig'lab yotar yer bilan bitta.
Ketar keyin dardi bir tugun,
Yig'lay desa tushunmas daha.
Kulay desa, o'zidan oldin
Ajinlari otar qahqaha.
Boshiga tosh yog'ilsa agar,
Bildirmaydi bu metin odam.
Yil bo'shatar yilga navbatni,
Charxpalagi aylanadi arsh.
Saidasiz Said Ahmadni
Farishtalar aylar parvarish.
U jilmayar, ko'zda yosh qalqib,
Shivirlaydi lablari besas:
Saidalar farishta, balki
Farishtalar Saida emas!..
OTABEK QO'SHIG'I
Sen Shirin-u men ham Farhod emasman,
Sen achchig'-u men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni,
Sen dilxun-u men ham dilshod emasman...
Boshga neki tushsa ko'kdan atomish,
Biz bir qafas aro giryon bir juft qush.
Bir go'shada sen xomushsan, men xomush-
Sen vayron-u men ham obod emasman.
Biz bir dinda muridlar ikki pirga,
Yo'latmasman seni men bilgan sirga,
Biz na do'stmiz, biz na g'anim bir-birga,
Sen jayron-u men ham sayyod emasman.
Senga qo'ysin suymaganni suyishni,
Shunday yashash aytgil, ko'nglingga xushmi?..
Seni quchib, sog'inaman Kumushni;
Jon omon-u o'zim hayot emasman.
Ey gul, suyib ne topding men yomondan,
Bekman, senga yor tilayman sultondan,
Ko'z uzmasman men Marg'ilon tomondan,
Senga ket ham, senga qol ham demasman...
Sen Shirin-u men ham Farhod emasman,
Sen achchig'-u men ham novvot emasman,
Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni,
Sen vayron-u men ham obod emasman!

IYMON QO'SHIG'I
Umrning har kuni bayrammas, to'ymas,
O'char oqshomi bor oldinda chiroq.
Ko'ylagingga qarab jannatga qo'ymas,
Ajrim bo'lar bir kun savob-u gunoh.
Cho'yan doshqozonga shayton o't qalar,
Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar...
Noming tutgan tuzing totmay ketmasin,
Uyingda har kuni yostiq yetmasin.
To'rtta mayizingni qush ham yeb ketar,
Uying chetlab odam zoti o'tmasin.
Berk saroymas-ochiq ayvon qutqarar,
Mezbonni bir kuni mehmon qutqarar...
Xor qilib o'ynama har kimsa boshin;
Yigit g'aribi-yu qizning yuvoshin.
Ko'shkingni ko'z-ko'zlab, zaringdan so'zlab,
Mustarin ko'zidan oqizma yoshin.
Kimda-ketar husn, kim xush bo'y tarar,
Lolani xokisor rayhon qutqarar.
Botinda boshqa-yu zohir bo'laksan,
Avval boshqa eding, oxir bo'lasan.
Ko'ngil ko'chasida, ko'ngil ko'yida,
Kelgan izga qaytib borar yo'laksan.
Bunda har kim o'zi qul-jon qutqarar,
Na shoh, na hakimi Luqmon qutqarar.