MUFC | Rasmiy kanal
1.1K subscribers
22.8K photos
1.92K videos
397 links
«Manchester Yunayted» muxlislari kanali 🔴

Sayt: www.mufcuz.info

Guruh: @uzbekreds

Red Cafe: https://www.youtube.com/@redcafeuz

#MUFC
Download Telegram
“INEOS” twitter rasmiy sahifasidagi sharhlar bo’limini yopib qo’ydi.👀

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
2023/24 yilgi mavsum uchun Angliya Premer-Ligasi taqvimi 15-iyun (payshanba) kuni APL rasmiy saytida e'lon qilinadi.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
💰 Kaveh Solhekol, Sky Sports:

🗣Qatar taklifiga yaqin manba shunday deydi:

Shayx Jassim juda xafa. Transfer oynasi 2 haftadan so'ng ochiladi va Shayx bu shartnomani hoziroq yopmoqchi. "Manchester Yunayted" dunyodagi eng katta klub, ammo biz ko'rgan narsamizni ko'ramiz. Bu shunchaki hazil. Biz taklifga javob olishni xohlaymiz. Hozir yoki hech qachon. Agar Gleyzerlar Jim Retkliff va INEOSni tanlasa, ularga omad tilaymiz.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
Kazemiro 2022/23 mavsumda barcha musobaqalarda 7 gol va 6 assistni amalga oshirdi. Angliyadagi ilk mavsumida. “Real” faoliyatidagi bu borada eng zo'r mavsumdan (2020/21 – 7+5) ham ko'proq. Bu faqat raqamlarda.

Klublar miqyosida barcha sovrinni bir necha marta yutgan Kazemiro «Manchester Yunayted» ga o'tib, “yangi chaqiriqlar uchun tayyor ekanini” aytganida, biroz g'alati eshitilgan – yana nimaga erishish mumkin?

Ammo iloji bor ekan. Kazemiro «Manchester Yunayted» dagi faoliyati davomida shu paytgacha ochilmagan, balkim soyada qolgan, balkim e’tiborga olinmagan qirralarini ochdi. Ishi markazda raqibga halaqit berish va to'pni egallaganda Modrich yo Kroosning eng yaqinda turganiga to'pni etkazish, ba'zida standart va uzoq masofalardan zarba berish bo'lgan Kazemiro aslida yanayam serqirra futbolchi ekan. U o'yin tempini boshqarishda, hujumlarni boshlashda, yakuniy pasda, ikkinchi tempda, qisqa qilib aytganda, to'p nazoratida ham muhim figura bo'la olar ekan. “Real”da tabiiyki, bu borada kuchliroq bo'lgan Modrich va Kroos oldida sezilmagan, «Manchester Yunayted» esa, Kazemirosiz umuman boshqa, eski jamoaga aylanib qolaverdi.

“Real”da ham Kazemironing yo'qligi biror o'yin oldidan muammo sifatida ko'p aytilardi, ammo markazdagi boshqa futbolchilar himoyalanishda qiynalib qolishlari mumkinligi nuqtai nazaridan.

Aytishlaricha, Kazemiro «Manchester Yunayted» bilan uch oy davomida muzokaralar olib borgan. Bir necha marotaba videoqo'ng'iroq orqali gaplashishgan. Mavsum boshida “Yunayted” avval “Brayton”ga 1:2, keyin esa, “Brentford”ga 0:4 yutqazgach, klubdagilar Kazemironing aynib qolishidan qo'rqishadi. “Brentford” bilan o'yinni Ispaniyada televizorda tomosha qilgan Kazemiro esa, darhol agentiga telefon qiladi: “Ularga ayt, men buni tuzataman”

«Manchester Yunayted» esa, balkim o'zi bilmagan holda, maydon markaziga yordam berishi mumkin bo'lgan futbolchinigina emas, haqiqiy yetakchini sotib oldi.

✍️Qahramon Aslanov

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
✍️🔴 7 yil oldin Erik Bayli "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolagan edi.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
💰 Kaveh Solhekol, Sky Sports:

Agar "Manchester Yunayted" o'zining avvalgi shon-shuhratiga qaytmoqchi bo'lsa, Gleyzerlardan qolgan klubni moliyalashtirish uchun jamoaning barcha qarzlarini to'laydigan yangi xo’jayinlar kerak. "Yunayted" futbol klubi, bankomat emas.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
🗣"Vest Xem" egasi David Sallivan Deklan Rays so'nggi o'yinini o'tkazganini tasdiqladi:

Menimcha, bu uning so'nggi o'yini bo'lishi kerak. Biz uning ketishiga va'da berdik. U ketishga qaror qildi.
Bu mavsum biz uchun ko'proq ish qilgan odamga talab qo’ya olmaymiz.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
10K 🫡 gacha bo'lgan yo'l

Gleyzerlarga qarshi 1 milliard "Yunayted" muxlislari

Faqat 100% sotuv

Gleyzerlarda hatto 1% bo'lmasligi kerak

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
MUFC | Rasmiy kanal
🗣"Vest Xem" egasi David Sallivan Deklan Rays so'nggi o'yinini o'tkazganini tasdiqladi: Menimcha, bu uning so'nggi o'yini bo'lishi kerak. Biz uning ketishiga va'da berdik. U ketishga qaror qildi. Bu mavsum biz uchun ko'proq ish qilgan odamga talab qo’ya olmaymiz.…
"Vest Xem" sardori Deklan Rays unga boshqa klublardan qiziqish bildirganini tasdiqladi.

Boshqa klublardan ham qiziqish bor, ammo mening “Vest Xem” bilan yana ikki yillik shartnomam bor. Men bor e’tiborimni klubga qaratganman va keling, nima bo'lishini ko'ramiz.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
Gleyzerlarning klubni butunlay tark etishi haqidagi petitsiya trendda!

FAQAT 100% SOTISH!

Bu "Manchester Yunayted" muxlislarining kuchi, ular Gleyzerlarning ketishini xohlashadi.

Gleyzerlarga qarshi 1 milliard "Manchester Yunayted" muxlislari!

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
10 000 ovoz to’plandi endi Buyuk Britaniya hukumatiga yuboriladi va parlamentda muhokamaga qoʻyiladi.

Premer-liga direktorlar kengashi "Manchester Yunayted"ni sotish jarayonini kuzatib bormoqda.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
🆕Uoll Stritdagi mish-mishlarga ko'ra, Qatar ayni paytda peshqadam. Keyingi hafta e'lon qilinishi kerak.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
MUFC | Rasmiy kanal
🆕Uoll Stritdagi mish-mishlarga ko'ra, Qatar ayni paytda peshqadam. Keyingi hafta e'lon qilinishi kerak. Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
#Uoll_Strit_mish_mishlari

"Manchester Yunayted" egalari bo'lgan Gleyzerlar olti oy oldin klubni sotish uchun Raine Group bilan hamkorlikni boshlaydi. Mish-mishlarga ko'ra, Gleyzerlar Los-Anjelesda joylashgan “Canyon Partners” fondidan maslahat olgan. O'tgan oy 10-14-may kunlari Shayx Jassim Nine Two jamg'armasi va Gleyzerlar uchrashuv o’tkazgani haqida xabar bergan manba ko'ra, “Canyon Partners” fondi vakillari Gleyzerlar Shayx Jassim va “Nine Two Foundation”ning yangi taklifini qabul qilishayotgani haqida xabar bergan. Gleyzerlar "Manchester Yunayted"da qolishdan ko'ra boshqa sohalardan ko'proq pul ishlashlari haqida ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Jim Ratkliffning taklifi yuqori ekanligi haqida mish-mishlar mavjud, agar bu taklif qabul qilinsa, A toifasidagi ommaviy aktsiyadorlarning qonuniy noroziligiga olib kelishi va Kayman orollari sudiga tortilishi mumkin. Mish-mishlarga ko'ra, “Raine Group”ning Gleyzerlar uchun klubga xaridor topish bo'yicha shartnomasining muddati tugamoqda va Shayx Jassim va “Nine Two Foundation”ning taklifini ko'rib chiqmoqda. Bizning manbalarimiz Shayx Jassim "Manchester Yunayted"ning yangi egasi bo'lishiga ishonchi komil va bu xabar hafta oxirigacha chiqishi kerak.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
SoccerNews

🎙Nordin Amrabat:

Sofyan "Fiorentina"da yaxshi o’ynamoqda. U Italiyani Premer-ligadagi o’rtamiyona jamoasiga almashtirmoqchi emas.

Akam endi TOP klublarda o'ynash niyatida, menimcha Ispaniya yoki Angliyada.

Yanvarda “Yunayted” qiziqish bildirgan. Ammo Ten Xag hozir birinchi navbatda hujumchi olmoqchi.

Men bilaman, Ten Xag mening akamni qadrlaydi, Sofyan uning qo’l ostida rivojlandi. Va ular yaxshi munosabatlarga ega, shuning uchun nima bo'lishini kim biladi.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
✍️Mike Keegan

"Manchester Yunayted" Meyson Grinvudni yangi mavsumda ijaraga berishni ko'rib chiqmoqda.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
Independent Sport:

"Manchester Yunayted" 6 avgust kuni Dublinda "Atletik Bilbao"ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
MUFC | Rasmiy kanal
✍️Mike Keegan "Manchester Yunayted" Meyson Grinvudni yangi mavsumda ijaraga berishni ko'rib chiqmoqda. Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
Grinvudga Italiya, Ispaniya va Turkiya klublaridan qiziqish bor.

"Yunayted" agar u klub obro'siga putur yetkazganini aniqlasa, uning shartnomasini bekor qilishi yoki tekshiruvni yakunlab, unga o'ylash uchun ko'proq vaqt berish uchun uni ijaraga yuborishi mumkin.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews
📰Sky Sports:

"Manchester Yunayted" va "Tottenxem" David Raya uchun "Brentford" belgilagan 40 million funt sterlingni to'lamoqchi emas. Klublar hali muzokaralarga kirishgani yo'q.

Obuna bo'ling 👉 @mufcuznews