#BILASIZMI
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 398-son qarori bilan tasdiqlangan "Harbiy xizmatchilarning oliy harbiy ta'lim muassasalarida o'qitishga sarflangan byudjet mablaģlarini undirish tartibi to'ģrisida"gi nizomning 15-bandiga asosan o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘lari quyidagi hollarda undirilmaydi:
➖harbiy xizmatchi kontraktda ko‘rsatilgan muddat tugaganligi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan undan xizmatda foydalanishning imkoni yo‘qligi yoki davlat sirlari bilan ishlash ruxsatnomasidan mahrum qilinganligi sababli harbiy xizmatdan rezervga (iste’foga) bo‘shatilsa (chiqarilsa);
➖harbiy xizmatchining ota-onasidan biri harbiy xizmatchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi bo‘lib, harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat vazifalarini) bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan bo‘lsa;
➖harbiy xizmatchi oliy harbiy ta’lim muassasalarida bakalavriat dasturi bo‘yicha maxsus sirtqi ta’lim shaklida va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olgan bo‘lsa;
➖harbiy xizmatchi halok bo‘lganligi (vafot etganligi) munosabati bilan harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan bo‘lsa.
👉Bundan avvalgi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ- 4447-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o'tash tartibi to'g‘risida"gi nizomning 110-bandiga muvofiq:
➖kontrakt bo'yicha harbiy xizmatchiga o'tagan xizmat muddatidan (kalendar hisobidan)kelib chiqqan holda kontrakt bo'yicha uzluksiz harbiy xizmati uchun birinchi uch yilga pul ta'minotining ikki oylik okladi miqdorida va uzluksiz xizmatining keyingi yillarida har ikki yili uchun xuddi shu miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ- 4447-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o'tash tartibi to'g'risida"gi nizomning 249-bandiga muvofiq kontrakt bo'yicha harbiy xizmatchilarning har yilgi navbatdagi ta'tiliga qo'shimcha tarzda, xizmat yillarining kalendar hisobiga ko'ra:
✔️o'n yillik harbiy xizmatdan so'ng – davomiyligi besh sutkalik;
✔️o'n besh yillik harbiy xizmatdan so'ng – davomiyligi o'n sutkalik;
✔️yigirma yillik va undan ko'p harbiy xizmatdan so'ng – davomiyligi o'n besh sutkalik qo'shimcha ta'tillar beriladi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
➡️ Telegram| Facebook | Youtube |Instagram

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o'tash tartibi to'g‘risida"gi nizomning 246-bandiga asosan tinchlik davrida harbiy xizmatchilarga quyidagi ta’tillar beriladi:
➖navbatdagi;
➖kasalligi tufayli;
➖ kanikulyar;
➖oliy harbiy ta’lim muassasalarini bitirish munosabati bilan;
➖qo‘shimcha;
➖homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bola parvarishlash munosabati bilan;
➖qisqa muddatli (muddatli harbiy xizmatchilar uchun).
✔️Harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham ta’tillar berilishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o'tash tartibi to'g'risida"gi nizomning 252-bandiga asosan uzrli sabablarsiz, biroq ko‘pi bilan o‘n sutka muddat davomida xizmatda bo‘lmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til kelmagan kunlari soniga qisqartiriladi.
✔️Ta’tilni qisqartirish to‘g‘risidagi qarorni ta’til berish huquqiga ega bo‘lgan harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i) buyruq chiqarish orqali e’lon qiladi.

#Bilasizmi
👉Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 14-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan shu yilning 15-dekabridan 2023-yilning 15-yanvar kuniga qadar mamlakatimizda “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida joylarda taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, sportchilar, harbiy xizmatchilar va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda aholining keng qatlamlari orasida madaniy-maʼrifiy, harbiy vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazilishi belgilandi.

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-noyabrdagi PQ-422-son qarori bilan tasdiqlangan "To‘maris" ko‘krak nishoni bilan
➖harbiy xizmatni o'tash nazarda tutilgan vazirlik va idoralarda xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan;
➖mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo'shgan;
➖yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyish etgan;
➖O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi va hududiy yaxlidligini himoya qilishda ko'rsatgan matonati, shuningdek, sport, adabiyot, madaniyat, fan, ta'lim sohalardagi hamda jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan ayol harbiy xizmatchilar, xodimlar, ishchi va xizmatchilar taqdirlanadilar.

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o'tash tartibi to'ģrisida"gi nizomning 273-bandiga asosan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga:
➖ dam olish va bayram kunlaridan tashqari haftada bitta bo‘sh kun beriladi;
➖ Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2023-yil 12-yanvardagi 15-sonli buyrugʻi talablariga muvofiq malakaviy imtihonlarni topshirish uchun xizmat joyidan taʻlim muassasasi yoki ilmiy tashkilot joylashgan joygacha borish va qaytish vaqtini hisobga olmagan holda oʻn besh sutka qo'shimcha ta'til berilishi mumkin.
📌Beriladigan bo‘sh kunlar va qo'shimcha ta’til harbiy qism komandiri (muassasa boshlig‘i)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

👉O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 27-dekabrdagi 775- son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida o'qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o'qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to'ĝrisida"gi nizomning 17-bandiga asosan OHTMga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ariza (bildirgi);
➖chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
➖nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
➖anketa;
o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;
➖ota-onasining OHTMga o‘qishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);
➖3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
➖OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi).
✅Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
1️⃣shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
2️⃣tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
3️⃣ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.