Muallima.uz| Rasmiy kanal
10.7K subscribers
484 photos
177 videos
188 files
1.09K links
🌐 Muallima.uz rasmiy saytining telegram kanali

Barcha pedagoglar uchun ta'limga oid eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar

Yaxshi muallim- sifatli ta'lim!

Murojaat uchun - @Muallimauz_bot
Download Telegram
to view and join the conversation
❗️O‘quvchilar uchun onlayn olimpiada

Joriy yilning 18-20-noyabr kunlari 5-8 sinf o‘quvchilari uchun olympiad.uzedu.uz veb saytida onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.

18 noyabr - biologiya - 7-8 sinf
19 noyabr - matematika - 5-6 sinf
20 noyabr - fizika - 7-8 sinf

O‘quvchilar 16:00dan 20:00ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

📊Olimpiada natijalari va QR kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish (https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn) shart!

Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar o‘zlarining ta’lim muassasalari tomonidan tizimda tasdiqlanishlari kerak.

Tizimdan oldin ro‘yxatdan o‘tgan lekin hozirda login parolini eslay olmayotganlar o‘z ta’lim muassasalaridan bilib olishlari mumkin.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
2022- YILDA ISH HAQI, PЕNSIYA MIQDORI OSHIRILADI

2022 yilda davlat qarzlarini so‘ndirish xarajatlari 10 trln so‘mdan ortiq, shu jumladan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlari uchun xarajatlar 4 trln so‘mdan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Pensiya jamg‘armasiga transfertlar uchun 14 trln so‘m, ta’lim kreditini moliyalashtirishga 1 trln so‘m, Davlat tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi xarajatlari uchun 600 mlrd so‘m ajratiladi.

👉 Manba Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Baxtiyor Saidov Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 2021-yilning 17-noyabr kuni Xalq ta’limi vaziri lavozimiga Baxtiyor Odilovich Saidov tayinlandi.

Baxtiyor Odilovich Saidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Baxtiyor Saidov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning bir qator davlatlardagi elchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shu kunga qadar Xalq ta’limi vaziri lavozimini egallagan Sherzod Xotamovich Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Forwarded from 🔔Xorazm MALAKA OSHIRISH (Abbos Jumaboyev)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#ulug_sana_muborak

📆18.11.2021-yil

Bugun 18-noyabr — Butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni o'zida namoyon etgan muqaddas bayrog‘imiz qabul qilingan kun!

🏢#Xorazm viloyati malaka oshirish hududiy markazi ma‘muriyati barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

Zero, Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘, chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

🖥 Hamkasblaringizga ulashing:👇👇👇

|Telegram kanal | Youtube sahifa | Web sayt |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Milliy bayrog‘imiz 30 yoshda!
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun!
Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Maktablarda biznesga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi Batafsil :👉 https://bit.ly/3wXaAgi Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Forwarded from Shavkat Xo‘jaqulov
⚡️⚡️⚡️ Dolzarb savollarga javoblar

Savol: 2022-yil mart oyida attestatsiyadan oʻtish navbatim keladi arizalarni qachongacha topshirishim kerak?

Savol: Assalomu alaykum attestatsiyadan oʻtish uchun ariza qayerga topshirish kerak?

Savol: Kelasi yil attestatsiyada roʻyxatdan oʻtish qanday boʻladi?

❗️Javob: Nizomning 19-bandi Attestatsiyadan oʻtish uchun pedagog kadrlar har yili 1-yanvardan 1-martga qadar va 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita

🏢Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki,

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki,

📩📱Taʼlim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti(www.tdi.uz)da roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.

P.S. 2022-yil yanvardan boshlab pedagoglar attestatsiyasi bir yilda ikki marta oʻtkaziladi.

Jumladan:

📥Yanvar-fevral oylarida arizalar qabul qilinadi;

🖥Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;

📧Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

📥Avgust-sentyabr oylarida arizalar qabul qilinadi;

🖥Oktyabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;

📧 Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

Pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid savollarga Taʼlim inspeksiyasining telegram kanali (@uztdi) orqali javob berib boriladi.

Taʼlim inspeksiyasi matbuot kotibi kanaliga ulanish 👇
@sh_xujaqulov
2023-yildan boshlab bitiruvchilarning shahodatnomadagi o‘rtacha bahosi testda olgan baliga qo‘shiladi

06.11.2020 yildagi Prezident farmonida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab maktab, litsey va kasb-hunar ta’limi muassalari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplomga ilova)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini kiritish va bu ko‘rsatkichni OTMga kirish imtihonlarida inobatga olish belgilangandi.

Hukumatning bugungi qarori bilan ushbu tartibning Nizomi tasdiqlandi.

Maktab bitiruvchilarining 6-11-sinflardagi, kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining 6-9-sinf va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini fanlar soniga bo‘lish orqali o‘rtacha ko‘rsatkich chiqariladi.

O‘rtacha ko‘rsatkich 3, 4 yoki 5 baho chiqadi. Va mana shu baho test(ijodiy imtihon)da abituriyent to‘plagan ballga qo‘shiladi. Masalan, abituriyent 130 ball olsa, maktabda o‘rtacha 4 bahoga o‘qigan bo‘lsa, jami 134 ball bo‘ladi. 5 ga o‘qigan bo‘lsa, 135 ball bo‘ladi.

Bu tartib 2023-yilgi kirish imtihonlaridan boshlanadi. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
❗️Diqqat 8-dekabr kuni tanlov❗️ Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan o'tkaziladigan "Huquq bilimdonlari "tanlovida ishtirok eting .Tanlov Xorazm viloyati XTXQTMOHM "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi hamkorligida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok eta oladigan pedagoglar: Boshlang'ich ta'lim o'zbek (rus) ,matematika,fizika,tarix,huquqshunoslik,kimyo, biologiya,ona tili va adabiyot, davlat tili (o'zbek tili), texnologiya,informatika,ingliz tili,fransuz tili,nemis tili,rus tili,musiqa ,tasviriy san'at fani o'qituvchilari va maktab, MTT psixologlari, MTT tarbiyachilari ham ishtirok etishlari mumkin.

📌Tanlov : 8-dekabr kuni soat 10:00 da muallima.uz saytida online test boshlanadi . Barcha ishtirokchilarning vaqtini inobatga olgan holda tanlov testi kun davomida oʻtkaziladi.


🎁Tanlov g‘oliblariga quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

1️⃣-O‘RIN "Ma'rifat" gazetasi va mutaxasislikka oid bo'lgan "Boshlang'ich ta'lim", "Til va adabiyot ta'limi "jurnallaridan birining yillik obuna kvitansiyasi ,diplom va esdalik sovg'alar
2️⃣-O‘RIN Cho'ntak proyektori,diplom va esdalik sovg'alar 3️⃣-O‘RIN Kitoblar to'plami,diplom va esdalik sovg'alar Tanlovda 70balldan yuqori to'plagan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
📌 Tanlov shartlari : Barcha ishtirokchilar www.muallima.uz saytidan roʻyhatdan oʻtishlari shart.
(Oldin ro'yhatdan o'tganlar bundan mustasno)

🏃Shoshiling,tanlov boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

♻️Boshqalarga ham ulashing Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Muallima.uz| Rasmiy kanal pinned «❗️Diqqat 8-dekabr kuni tanlov❗️ Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan o'tkaziladigan "Huquq bilimdonlari "tanlovida ishtirok…»
🎉BAYRAM MUBORAK!

🗓 Hurmatli psixologlar 22-noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan sizlarni samimiy tabriklaymiz.

☘️Bugun barcha sohalarda sadoqat bilan xalqimizga xizmat qilayotgan qalb shifokori, dillar malhami bo‘lgan psixologlarga bayram muborak bo‘lsin.

🌸Barchamiz uchun sharafli va mashaqqatli bo‘lgan kasb faoliyatingizda doimo omad yor bo‘lsin. Yurtimiz taraqqiyoti va rivoji uchun hissa qo‘shishdan hech qachon charchamang.

💐Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
8-dekabr kuni "Huquq bilimdonlari" tanlovida ishtirok eting Batafsil : 👉 https://bit.ly/2Zh2T8h Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
Ҳурматли ўқитувчилар, азиз ота-оналар!

Халқ таълими вазири лавозимига киришганимга кўп фурсат ўтмади. Давлатимиз раҳбари томонидан юртимиз келажагини белгилаб берувчи ўта масъулиятли соҳани менга топширилиши, сўзсиз жуда катта жавобгарликни юклади.

Таъкидлаш жоизки, фаолиятимнинг илк куниданоқ тизимда бугунгача амалга оширилган ва қилиниши лозим бўлган ишлар билан озми-кўпми танишдим. Дарҳақиқат, қилинган ишлар кўплиги каби қилинадиган ишлар ҳам ундан кам эмас. Бугун ечими кечикаётган ҳар бир муаммо эртага фалокатга айланишига шак-шубҳа йўқ.

Эътиборли жиҳати, лавозимга киришганимнинг илк кунлари хизмат сафари билан Жиззахга бордим. Жойлардаги мактабларга кирдим, ҳолат билан танишдим. Вилоят Халқ таълими бошқармаси бошлиғи Дилфуза Садриддинованинг айтган бир гапи менга жуда қаттиқ таъсир қилди. Афсуски, бугун айрим ота-оналар орасида фарзандларига:

“Ўқигин болам, ҳеч бўлмаса ўқитувчи бўласан”, деганлари ҳам учраётган экан. Бу гап менга жуда оғир ботди. Бугун бизнинг олдимизда турган биринчи галдаги вазифа мана шундай нотўғри қарашни йўқ қилиш!

Бир инсоннинг мустақил ва етук шахс сифатида камол топишида мактабнинг роли жуда катта. Айнан мактабда инсоннинг “Мен” деган тушунчаси шаклланади. Шунинг ўзи мазкур соҳада фаолият юритаётган ҳар бир инсоннинг олдига улкан масъулият, яъни бир шахс тақдири орқали миллат, давлат ва келажагимизнинг тақдирига жавобгарлик ётганини англатади.

Бунинг учун, аввало, педагогларнинг, ўқитувчилик касбининг мавқеини кўтаришимиз керак. Тўғри, тан олиш керак, ўқитувчиларнинг ҳам барчаси бирдек эмас. Фидойи ўқитувчилар бор, афсуски бу касбга адашиб ёки иложсизликдан кириб қолган ўқитувчилар ҳам бор. Лекин ўқитувчилик ва фидойилик тушунчалари доимо ҳамоҳанг бўлган. Ўқитувчи зиммасидаги масъулиятни ич-ичидан ҳис қилиши керак. Келажагимиз тақдири ўқитувчиларимиз қўлида.

Инсон борки, фарзандим, деб яшайди! Бас, шундай экан, халқ таълими соҳасига ҳеч биримизнинг бефарқ бўлишга ҳаққимиз йўқ! Конимех, Қонликўл, Шеробод, Олот деган чекка ҳудудларимиз бор. У ердаги ота-оналар ҳамда болаларнинг келажакка ишончини уйғотиш ўз қўлимизда. Ота-она: “Ўқиб дунё олиб берармидинг, чиқ томорқада ишла” деб эмас, "Ўқи, билим ол болам, келажакда буюк инсон бўласан!", деб яшаши лозим. Муҳандис бўламан, олим, вазир ёки шифокор бўламан, деган боланинг шаҳди синишига йўл қўймаслигимиз лозим. Олдимизда турган асосий вазифа боланинг ҳам, ота-онанинг ҳам ўқишга бўлган иштиёқини ошириш!

Буюк файласуф Аристотель шундай деган: “Таълимнинг илдизлари аччиқ, лекин меваси ширин”. Бугунги аччиқ меҳнатимиз, албатта, келажакда ўзининг ширин мевасини беради. Бугун биз халқ таълими тизимидаги 7 миллион аҳоли тақдири орқали бутун халқимиз, ватанимиз келажагига таъсир ўтказамиз. Бунинг жавобгарлигини ҳар бир соҳада фаолият юритаётган инсон ҳис қилиши лозим. Ҳар биримиз таълим ривожи учун нима қила оламан, деган ўй билан яшасак, мақсадимизга эришамиз. Бугун жамоанинг олдига айнан мана шу вазифани қўйдим ва бу йўлда улар мен билан камарбаста бўлишларига ишонаман. Давлатимиз раҳбари томонидан яратиб берилган имконият ва юксак ишончни оқлашимиз зарур!

Бугун вазирлик томонидан Халқ таълими тизимини ривожлантириш бўйича келгуси 5 йиллик Миллий дастур ишлаб чиқилмоқда. Шу боис мен ҳар бирингиздан юқорида айтилган йўналишларда, яъни ўқитувчи нуфузи, ўқувчиларнинг таълим олишга бўлган иштиёқини ошириш, умуман халқ таълими тизимини ривожлантириш юзасидан таклиф ва мулоҳазаларингизни изоҳларда ҳамда ушбу ҳаволадаги сўровнома орқали кутиб қоламан.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning yakuniy baholari ularning Oliy ta’lim muassasalariga kirishida hisobga olinadi

Xo'sh, bu bizga nima beradi?

Mazkur jarayon qachondan amal qiladi?

Bu yangilik maktablarda korrupsion omillarni yuzaga keltirmaydimi?

Shu va boshqa savollarga Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning salohiyatini oshirish boshqarmasi boshlig‘i Laziz Xo‘jakulov javob beradi. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
“Kelgusi yillarda eng katta harakatimiz – maktab, maktab, yana bir marta maktab” — Shavkat Mirziyoyev

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston maktablaridagi mavjud eng og‘riqli muammolardan biri ko‘tarildi. Bu maktab yetishmovchiligi masalasi. Afsuski internet maydonida davlatimizning asosiy e’tiborida turgan ushbu masalani “O‘zbekistonning maktab yetishmovchiligi muammosini yechish bo‘yicha rejasi mavjud emas” degan iddao bilan ilgari surilgan.

Bugungi kunda maktab masalasi nafaqat Xalq ta’limi vazirligi, balki davlatimiz rahbarining diqqat markazidagi eng muhim masalalardan biri ekanligi hech kimga sir emas.

Davlatimiz rahbari saylov oldi dasturida ham ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarni eng muhim ishlar sirasiga kiritar ekan:

“Kelgusi yillarda eng katta harakatimiz – maktab, maktab, yana bir marta maktab. Agar maktabni rivojlantirsak, hamma soha bo‘yicha rivojlanish bo‘ladi. Kelgusi besh yilda qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish uchun, maktablar rekonstruksiya qilinadi va yangidan barpo etiladi”, — deya qayd etgan.

Aytish joizki, 2018-2021 yillar davomida yurtimizda olib borilgan maktablarning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida maktablarida qo‘shimcha yangi 474,5 ming o‘quvchi o‘rinlari yaratildi. Shundan 58,7 ming o‘quvchi o‘rni yangidan barpo etilgan 156 ta maktabda hamda navbatlilik koeffitsenti yuqori bo‘lgan mavjud 1511 ta umumta’lim maktablariga qo‘shimcha o‘quv binolari barpo etilishi natijasida 371,4 ming o‘quvchi o‘rni yaratilishiga erishildi. Yuqorida tilgan olingan qariyb yarim million o‘quvchi o‘rnini yaratishga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 5 trln.so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Bundan tashqari maktablar 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tishi munosabati bilan bo‘shab qolgan 383 ta kasb-hunar kollejlari maktablarga aylantirilishi hisobidan 221 ming qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi. Ushbu yangi o‘quv o‘rinlarining yaratilishi navbatlilik koeffitsenti oshib ketgan maktablardagi holatni me’yor darajasiga olib tushishga va ta’lim olishga munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilgan.

Guvohi bo‘lganingizdek, jarayon faol holatda, shunday bo‘lsada, bu borada qilinadigan ishlar hali ko‘p. Ularni hal qilish uchun esa albatta vaqt va mablag‘ zarur.

Shu o‘rinda bugungi kunda maktablarga yordam yurtimizda umummilliy harakatga aylanib ulgurganligini ham aytib o‘tmoqchimiz. Quvonarli tomoni, bugun maktablarni qurishga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar ham yo‘q emas. Xalq ta’limi vazirligi ularga minnatdorlik bildirgan holda kelgusida ham ushbu harakatda faol bo‘lishlariga chorlab qolamiz. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
❗️Diqqat 8-dekabr kuni tanlov❗️ Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan o'tkaziladigan "Huquq bilimdonlari "tanlovida ishtirok eting .Tanlov Xorazm viloyati XTXQTMOHM "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi hamkorligida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok eta oladigan pedagoglar: Boshlang'ich ta'lim o'zbek (rus) ,matematika,fizika,tarix,huquqshunoslik,kimyo, biologiya,ona tili va adabiyot, davlat tili (o'zbek tili), texnologiya,informatika,ingliz tili,fransuz tili,nemis tili,rus tili,musiqa ,tasviriy san'at fani o'qituvchilari va maktab, MTT psixologlari, MTT tarbiyachilari ham ishtirok etishlari mumkin.

📌Tanlov : 8-dekabr kuni soat 10:00 da muallima.uz saytida online test boshlanadi . Barcha ishtirokchilarning vaqtini inobatga olgan holda tanlov testi kun davomida oʻtkaziladi.


🎁Tanlov g‘oliblariga quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

1️⃣-O‘RIN "Ma'rifat" gazetasi va mutaxasislikka oid bo'lgan "Boshlang'ich ta'lim", "Til va adabiyot ta'limi "jurnallaridan birining yillik obuna kvitansiyasi ,diplom va esdalik sovg'alar
2️⃣-O‘RIN Cho'ntak proyektori,diplom va esdalik sovg'alar 3️⃣-O‘RIN Kitoblar to'plami,diplom va esdalik sovg'alar Tanlovda 70balldan yuqori to'plagan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
📌 Tanlov shartlari : Barcha ishtirokchilar www.muallima.uz saytidan roʻyhatdan oʻtishlari shart.
(Oldin ro'yhatdan o'tganlar bundan mustasno)

🏃Shoshiling,tanlov boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

♻️Boshqalarga ham ulashing Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari 👇 Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram