Ma’ruf Tongotarov School
4.75K subscribers
3.27K photos
211 videos
727 files
1.18K links
MTS – Ma’ruf Tongotarov School

🟢 Kimyo
🟢 Biologiya
🟡 Majburiy fanlar (Ona tili, Matematika, O‘zbekiston tarixi)

Administrator bilan bog‘lanish:
☎️ +998977300073
📩 @mts_edu_admin

YouTube: https://youtube.com/channel/UC3rb5qAzIOwuunwxOjwv3Ug
Download Telegram
Propan bromlanganda bromning massa ulushi 76,6% bo‘lgan monobromli- va dibromlihosilalar olindi. Ikkita vodorodi bromga almashgan uglerodlar soni, bitta vodorodi bromga almashgan uglerodlar sonidan 1,5 marta ko‘p. 1,3-dibromning hosil bo‘lish unumi 2% bo‘lsa, 1,2-dibromning hosil bo‘lish unumini (%) aniqlang.
A) 6,1 B) 11,2 C) 16,3 D) 21,4

Manzilimiz: @mts_edu
❗️Milliy sertifikat imtihonlari har 2 oyda bir marta tashkil qilinadi.

Kanalga ulanish: @mts_edu
Forwarded from Ma’ruf Tongotarov School (Ma'ruf TONGOTAROV)
📢 11-guruh darslari start oldi!

🤗 «MTS» abituriyentlar uchun Kimyo fanidan yangi guruhga (noldan boshlab) qabul boshlanganini e'lon qiladi.

😍 Darslar Ma'ruf Tongotarov tomonidan olib boriladi.

📆
Darslarimiz dushanba, chorshanba va juma kunlari 13³⁰ dan 15³⁰ gacha bo'ladi.

😉 Bu aynan siz uchun, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

🧑🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish uchun:
☎️ +998977300073
📩 @mts_edu_admin

P.S.: Ota-onasi yo'q yoshlarga bepul ta'lim beramiz. Og'rinmay tashrif buyuring!
8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

🎉 «
MTS» jamoasi barcha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan tabriklaydi!

🇺🇿 Tinchligimiz va farovonligimiz abadiy boʻlsin!
Forwarded from MTS
"U" ertayu-kech telegramda o'tirib IELTS'dan 9.0 olishni orzu qilardi...

"U" siz emasmi?
Alloh sahih qudsiy hadisda aytadi: "Agar Mendan so'rasa, beraman. Agar duo qilsa, ijobat etaman. Mendan panoh tilasa, panohimga olaman!". Mo'minning qalbiga g'am-g'ussa yarashmaydi.

Juma muborak!
1,2-dibrometan va digalogenalkandan iborat aralashma ekvivalent miqdordagi magniy bilan qizdirilganda, zichligi 2 g/l (n.sh.) bo‘lgan gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Olingan qattiq qoldiq mo‘l miqdordagi kaliy gidroksid eritmasida erishidan hosil bo‘lgan cho‘kma ajratib olinib, doimiy massaga kelguncha qizdirildi. Bunda qattiq qoldiq massasi 3,265 marta kamayib, 20 g bo‘ldi. Digalogenalkanning brutto formulasini aniqlang.
A) C3H6Cl2 B) C4H8Cl2
C) C3H6I2 D) C4H8I2

Manzilimiz: @mts_edu
3-imtihon (@mts_edu).pdf
183.2 KB
📁 3-guruhning 3-imtihoni

— Atom tarkibi.
— Molekula tarkibi.
— Yadro reaksiyalari.

🔠 Javoblari bilan

Kanalga ulanish: @mts_edu
Mashhur rus yozuvchisi bu masalani ikkinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻylab topgan. Lekin hozir uni yuqori sinf oʻquvchilarining oʻttiz foizi, oliy oʻquv yurti talabalarining yigirma foizigina toʻgʻri yecha olar ekan. Hatto har kuni pulni pulga urib koʻpaytiradigan, hisob-kitob bilan tinimsiz shugʻullanadigan savdogarlaru buxgalterlar ham koʻpincha xato qilishadi. Mana oʻsha masala:
“Savdogar qalpoq sotyapti, 10 soʻmdan. Bir xaridor keldi, kiyib koʻrib, sotib olmoqchi boʻldi. Lekin uning 25 soʻmligi bor ekan, xolos. Sotuvchi oʻsha 25 soʻmni bir bolakayga berib, maydalab kelish uchun qoʻshninikiga joʻnatdi. Bola pulni 10+10+5 soʻmlik qilib maydalab keldi. Savdogar qalpoqni va 15 soʻm qaytimni haligi kishiga berdi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, pulni maydalab bergan qoʻshni keldi va 25 soʻmlik qalbaki ekanini aytdi. Ilojsiz qolgan sotuvchi unga pulini qaytarib berdi.
Savdogar jami boʻlib qanchaga tushgan?”

Qani, Siz ham bir urinib koʻring-chi, buyuk yozuvchining ushbu oddiygina jumbogʻini yecha olarmikansiz.
Quyidagi reaksiya tenglamasi bo‘yicha nitrat ionlarining necha foizi qaytariladi?
Zn + HNO3 → Zn(NO3)2 + NH4NO3 + H2O
A) 10 B) 20 C) 30 D) 40

Kanalga ulanish: @mts_edu
Tafakkur vaqti

Kimdir o'qishni 22 yoshida bitirgan, lekin yaxshi ish topish uchun 5 yil kutgan.

Kimdir 25 yoshida bosh direktor bo'ldi va 50 yoshida vafot etdi.

Boshqasi 50 yoshida bosh direktor bo'ldi va 90 yil yashadi.

Kimdir hali turmush qurmagan, maktabdagi sinfdoshi allaqachon bobo bo'lgan.

Obama 55 yoshida nafaqaga chiqdi, Tramp esa 70 yoshida ish boshladi.

Bu dunyodagi har bir kishi o'z vaqt zonasiga qarab ishlaydi. Atrofingizdagi odamlar sizdan oldinda, ba'zilari esa orqangizda bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin har kim o'z vaqtida, o'z poygasida yuguradi. Ularga hasad qilmang. Ular o'z vaqt mintaqasida, siz esa o'zingiznikidasiz. Shunday qilib, ularni tinch qo'ying, o'zingiz haqingizda o'ylang va tafakkur qiling. Siz kechikmadingiz. Siz erta ham kelmadingiz. Siz juda o'z vaqtida, qo'lingizdan kelgan sabablarni qilib o'sha vaqtda yetib keldingiz.

Yuqoridagilarni tushunmagan bo'lsangiz, boshqacha qilib aytaman. Siz o'z toqatingiz darajasida yetib keldingiz...
²³⁴E Pb + xα + 4e reaksiyaning ikkala tomonidagi neytronlar yig‘indisi 284 bo‘lsa, x ni aniqlang.
A) 2 B) 4 C) 6 D) 8
⚡️ Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari

📆 Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2022-yil 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va test sinovlari 10:00 da boshlanadi.

Test sinovida talabgorlarga 45 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2,5 soat vaqt beriladi.

📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 09:00 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Qizlarini o'qitishmaydi. Ayollari bemor bo'lib qolsa, ayol doktor qidirib qolishadi...

© Ali Vardiy

Manzilimiz: @mts_edu
X, Y, Z va T elementlarni aniqlang.

Kanalga ulanish: @mts_edu
🤓 Biz har doim izlanishdamiz. Hayotimiz davomida har kuni nimanidir oʻrganamiz. Bilim va koʻnikmalarimizni amalda qoʻllaganimizda esa oʻzimiz uchun ancha katta foyda olamiz.

Siz-chi? Hozir qayerda oʻqiysiz?

Maktab, kollej, litsey yoki oliy oʻquv yurti?

Manzilimiz: @mts_edu
🕋 Juma sizga, bizga, barchamizga muborak!

🤲 Chin dildan so'ragan barcha ezgu niyatlaringizni Alloh ijobat qilsin!
Forwarded from MTS
1 - dars.pdf
251.6 KB
Dastlabki tushunchalar

🔠 Javoblari bilan

Kanalga ulanish: @mts_uz
Forwarded from Repetitor | Ma’ruf TONGOTAROV (Ma'ruf TONGOTAROV)
Nima uchun Malayziyada do'kondagi ba'zi oyoq kiyimlar selofanga o'rab qo'yiladi?

P.S.: Xohlagan odam selofanni yechib, kiyib ko'rishi mumkin. Bunga hech qanday to'siq yo'q.
❗️Shifokor bo'lishni istovchilar o'qisin

👩‍⚕ Qanchadan qancha insonlarning hayotini saqlab qoluvchi insonlar bu shifokorlardir. Shifokorlik sharafli kasblardan biri hisoblanadi.

🩺 Hozirgi kunda tibbiyot ancha rivojlanayotganligi sababli, o'z ishining ustasi bo'lgan shifokorlarga ham ancha talab oshib bormoqda.

🏢 Shifokor bo'lish uchun eng avvalo oliy ta'limda tahsil olish lozim. Oliy ta'limda tahsil olish uchun esa, albatta MTS'da o'qish lozim.

📕 Hozirda MTS o'quv markazida kimyo va biologiya fanlaridan qabul jarayonlari davom etmoqda. Siz ham shifokor bo'lishni MTS'dan boshlang.

MTS — ilm yo'lida hamisha birga!

📩 @mts_edu_admin

☎️ +998977300073
Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi

📆 2022-yil 18-dekabr kuni fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari respublikaning barcha hududlarida tashkil etilib, o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazildi.

🙍‍♂️ Unda 3 423 nafar talabgor ishtirok etdi va 10 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60-85 foiz — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Kanalga ulanish: @mts_edu