Lux Dev | Tech Blog
11 subscribers
8 photos
3 videos
5 links
.NET C# Backend Developer.

Algoritm qat'iy bo'lishi mumkin lekin mukammal bo'la olmaydi.

Shaxsiy blog: https://t.me/nurmuhammad_muzaffarovic
Download Telegram
Channel created
Hola Amigos!!!👋 Kamina sizlarga Microsoftning kross-platformasi bo'lmish ".NET" dan bilimlar berishga qaror qildi🤓. O'ylaymanki kaminaning bu say harakatlarini be'etibor qoldirmay😒 qo'llab qo'ltiqlab turasilar degan umiddaman.

Bu kanalda sizlar:
— Yangiliklar 🆕 ("dasturlashga aloqador)
—Tips va Triklar 💡(maslahat va tafsiya ekan manam endi bilvoldim)
—Ommabop Texnologiyalar 📱
— Samarali ishlash usullari⚙️
va hokazo hokazo lardan habardor bo'lib borasizlar.

Tez orada Video darslar va qo'llanmalarni ham ko'rishingiz mumkin bo'ladi👨‍💻💥


Ensezi qotirmasdan 🤨"Подписаться" ni bosib qo'ying afsuslanmaysiz ishonavering.😉
⚡2
Welcome to ".NET" jigarlarim.

Hozir sizlarga .NET haqida tushuncha berib o'tmoqchiman.🤓 Sizlar bu narsa qanchalik mazza ekanligini bilsalaring boshqa dasturlash tillariga qiziqish o'ladi va .NET ga muhabbatilar uyg'onadi.❤️‍🔥
⚡2👍1
Ho'p gapni po'st kallasini aytadigan bo'lsak ".NET" nima? 🧐
.NET bu open - source, kross - platforma bo'lib siz bu bilan IoT📡, Mobile📱, Desktop💻, Web🌐, Game🎮 kabi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mutlaqo bepul platforma.

Hoooosh sizlarga yot bo'lgan terminlarga oydinlik kiritsam:
— 🔓 Open - source bu dastur kodi ochiq, ya'ni dastur kodini ko'rish o'zingizga moslab o'zgartirish mumkin degani.
— 🔁 Kross - platform bu bir nechta operatsion tizimlarda (masalan, Windows, Linux, Mac, Android, iOS) ishlay oladigan dastur yoki texnologiya. Bitta kod yoziladi, turli platformalarda ham ishlaydi.
— 📡 IoT(Internet of Things) bu internetga ulangan qurilmalar tarmog‘i, ya’ni sensorlar, kameralar, aqlli soatlar, termostatlar kabi qurilmalar bir-biri bilan ma'lumot almashadi va avtomatik ishlaydi.

.NET ham o'z o'rnida bir nechda yo'nalishlarga bo'lingan hozir har bittasi haqida gapirib beraman.

Demak boshladik:
Web 🌐 — Windows, Linux, MacOS va Docker uchun web servis va web dasturlar yaratishingiz mumkin.

Mobile📱— Siz bir tilda yozgan kodingiz iOS, Android va Windows da ham ishlaydi.

Desktop 💻 — Windows va MacOS uchun chiroyli jozibador UI app lar yarata olasiz.

Microservices 🔗 — Docker konteynerlarida ishlaydigan va alohida ishga tushadigan microservice lar yozish imkoniyatingiz bo'ladi.

Game Development 🎮 — Kompyuter, telefon va konsollar uchun 2D va 3D o‘yinlar yarata olasiz.

Machine Learning 🤖 — Ilovalaringizga ko‘rish, nutqni tushunish, tahlil va bashorat qilish kabi sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘shish imkoniyati bor.

Cloud ☁️ — Tayyor "Cloud" xizmatlaridan foydalanish yoki o‘zingiznikini yaratish imkoniyati bor.

Internet of Thinks 🔌 — Raspberry Pi (kichik sxema) va boshqa bitta plata (single-board) kompyuterlar uchun IoT ilovalar yoza olasiz.

🎯 Bu ma'lumotlardan shuni hulosa qilishimiz mumkinki:
.NET — zamonaviy dasturchilar uchun universal platforma!

Agar siz birgina texnologiya bilan web sayt, mobil ilova, desktop app, o‘yin, AI yoki hatto IoT loyihalarini yaratmoqchi bo‘lsangiz — .NET siz kutgan echim!

✅ Open-source — Kod ochiq, istaganingizcha o‘zgartiring!
✅ Cross-platform — Windows, Mac, Linux... hammasida ishlaydi!
✅ IoT'dan AI’gacha — .NET har qayerda o‘z o‘rniga ega!

🧩 Yo‘nalishlar:
🌐 Web — har qanday platformada web xizmatlar yarating
📱 Mobile — bitta kod, Android & iOS’da ishlaydi
💻 Desktop — chiroyli va qulay UI app’lar
🔗 Microservices — Docker bilan mustaqil servislar
🎮 Game Dev — 2D/3D o‘yinlar har joyda
🤖 Machine Learning — aqlli ilovalar yaratish
☁️ Cloud — serverlar bilan real integratsiya
🔌 IoT — Raspberry Pi orqali haqiqiy dunyo bilan aloqa

.NET — bu faqat texnologiya emas, bu butun ekotizim.

Ho'sh .NET sizga yoqtimi, boshlashga tayyormisiz😁😉.
⚡3👍1
Hola Amigos!!!👋. Sizlarga .NET ni maqtab hamma imkoniyatlari haqida jo'shqinlanib gapirib berdim. Keling endi bu "Janavar" .NET qanday ishlashi haqida gaplashamiz.
⚡2
.NET — bu dasturlash platformasi bo'lib, u bir nechta dasturlash tillarini qo'llab-qo'ltiqlaydi. .NET qo'llab - qo'ltiqlaydigan tillar C#, F# va Visual Basic dasturlash tillari .

1. C# (C - Sharp):
Bu .NET platforasidagi eng mashxur va keng tarqalgan dasturlash tili. U obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OOP) va .NET ekotizimining asosiy tili hissoblanadi. C# yordamida veb-ilovalar, ish-stoli dasturlari, mobil ilovalar va boshqa turli xil dasturlarni yaratish mumkin.

2. F# (F - Sharp):
Bu funksional dasturlash tili bo'lib uni asosan ilmiy va matematik hissob-kitoblar, ma'lumotlar tahlili va algoritmik vazifalar uchun ishlatishadi. F# ko'proq matematik fikrlashga mos, ammo u ham obyektga yo'naltirilgan dasturlash imkoniyatlariga ega.

3. Visual Basic (VB.NET):
Bu til asosan junior va middle dasturchilar uchun qulay va osson. VB.NET asosan ish stoli va biznes dasturlarini yaratishda ishlatiladi.

.NET platformasida bu tillar bir xil bajarilish muhiti(CLR - common Language Runtime)da ishlaydi ya'ni bir xil platformada, bir hil qayta ishlash mehanizmlaridan foydalanadi. Bu o'z navbatida turli tillarda yozilgan dasturlarni bir biri bilan osson integratsiya qilish imkonini beradi. Masalan, C# va F# dasturlari bir biriga mos kelishi va o'zaro ishlashi mumkin.

Shu bilan birga .NET boshqa tillarni ham qo'llab - quvvatlaydi, lekin yuqoridagi uchta til asosiy va keng qo'llaniladiganlari.
⚡3👍1🔥1
Hola Amigos!!!👋
Sizlar bilan dasturlashda ko‘p eshitadigan so‘zimiz — Compiler haqida gaplashmoqchiman. 📚
Men ko‘p ahamiyat bergan bir holat: Compiler ni bizga odatda, biz yozgan dastur kodini kompyuter tushunadigan tilga o‘girib beradigan dastur deb o‘rgatishadi. 🔄 Lekin bu har doim ham to‘g‘ri emas. Endi sizlarga Compiler aslida nima ekanligini aytib beraman.
⚡2
Compiler — bu biz yozgan dasturiy kodni (masalan: C# yoki C++) nafaqat kompyuter tushunadigan tilga, balki boshqa darajadagi kodga o‘girib beradigan tarjimon. Bu qanday darajalar bo‘lishi mumkin? 🤔

Machine Code (masalan, C++) — bu biz bilgan kompyuter tushunadigan kod hisoblanadi. 💻

Intermediate Language (IL) (masalan, C#) — keyinroq batafsil ma’lumot beraman. 🔍

ByteCode (masalan, Java) — dastur kodining kompilyatsiyalangan, ammo hali mashina kodiga aylanmagan oraliq shakli. 🖥

Bir tildan boshqasiga (masalan, TypeScript dan JavaScript ga) — bu ham compiler yordamida amalga oshiriladi. 🌐

📌 Xulosa: Compiler bu faqat kodni "mashina tushunsin" degan maqsad emas — u kodni qayerga, qanday darajaga aylantirishga qarab turli ishlarni bajaradi. Bu uni juda moslashuvchan va zaruriy vositaga aylantiradi.

Menimcha, Compiler bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqliklarga oydinlik kiritdik.

#Compiler #CSharp #DotNet #MachineCode #Dasturlash #Backend
⚡2
Hola Amigos!!! 👋
Sizlarga o'tgan safar Compiler haqida gapirib bergan edim sezmagan bo'lishingiz mumkin biz .NET qanday ishlashini tartib bilan o'rganib borayapmiz. Keling shuni davom ettiramiz. Bu safar sizlar bilan o'tgan safar va'da qilgan .NET dagi Microsoft Intermediate Language (MSIL) haqida gaplashamiz.

#CSharp #DotNet #MachineCode #Dasturlash #Backend #IL #CIL #MSIL
⚡3
MSIL -(Microsoft Intermediate Language) ni CIL-(Common Intermediate Language) va IL - (Intermediate Language) nomlari bor.

IL nima - bir dasturlash tilidagi kodni compiler yordamida boshqa ko'rinishga o'tkazilgan oraliq shakli va u quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:🔽

Console.WriteLine("Hello, Nurmuhammad!");


va buni C# compilyatori quyidagi ko'rinishga (IL kodiga) aylantirib beradi:🔧

IL_0000: ldstr "Hello, Nurmuhammad!"
IL_0005: call void [System.Console]System.Console::WriteLine(string)
IL_000A: ret


📌Xulosa: CIL bu biz yozgan dastur kodining Compiler tomonidan CLR 🛠 tarkibidagi turli tekshiruvlar 🔍 va kompilyatsiya jarayonlari ⚙️ uchun tayyorlab qo‘yilgan oraliq shakli deb xulosa qilish mumkin.
⚡2👍1
Forwarded from Umar Sadullayev | Blog
Dasturlashdan daromadgacha?

Bu tuzoqmi yoki haqiqat?

Bugun, 14:30'da shu kanalimizda jonli efir qilamiz, kurs egalari ham kirishi va savol va fikr yo'llashi mumkin.

Hammani taklif qilaman. Siz ham taklif qiling.

#suhbat

@JoshDeveloper