Клуб Юристов МП
205 subscribers
90 photos
4 videos
23 files
70 links
Официальная платформа научного кружка «Юрист Международник» при кафедре «Международное право
и публично-правовые дисциплины» факультета МП УМЭД
Download Telegram
2025-yil 4-dekabr kuniYurist-huqushunos” ilmiy klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv klubning ilmiy rahbari — yuridik fanlari doktori, professor Nugmanov Nugman Abdullayevich boshchiligida samarali tarzda o‘tkazildi.

Ishtirokchilar xalqaro va gumanitar huquqning dolzarb masalalari, shuningdek, bolalar huquqlariga oid mavzularni muhokama qildilar. Shuningdek, yig‘ilish davomida yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan mavzuga alohida e’tibor qaratildi.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

4 декабря 2025 года состоялось очередное заседание научного клуба «Юрист-Международник».
Встреча прошла в продуктивной атмосфере под руководством научного руководителя — доктора юридических наук, профессора Нугманова Нугмана Абдуллаевича.

Участники обсудили актуальные вопросы международного, гуманитарного права, а также темы, связанные с правами ребёнка. Кроме того, в рамках заседания было уделено внимание предстоящему Дню принятия Конституции Республики Узбекистан.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

On 4 December 2025, the “International Lawyer” Scientific Club held its regular meeting.
The session took place in a productive atmosphere under the guidance of the club’s academic supervisor — Doctor of Law, Professor Nugman Nugmanov.

The participants discussed current issues of international and humanitarian law, as well as matters related to children's rights. The meeting also included a brief discussion dedicated to the upcoming Constitution Day of the Republic of Uzbekistan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍1
Birinchi bo‘lib Fayzullojonova Dilshoda "Raqamli tarmoqda bolalar huquqlari. Sharenting muammosi" mavzusida ma’ruza bilan chiqdi. U o‘z nutqida ota-onalarning internetda farzandlari haqidagi ma’lumotlarni haddan tashqari oshkor qilishi bilan bog‘liq muammolarni tushuntirib berdi, xususan, kiberbulling, shaxsni o‘g‘irlash (identity theft) va nomaqbul raqamli identifikatsiya shakllanishi kabi xavflarni yoritdi. Shuningdek, u BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining 16-moddasi hamda Yevropa Ittifoqi, AQSh va Fransiyadagi ma’lumotlarni himoya qilish standartlariga alohida e’tibor qaratdi.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

Первой выступила Файзулложонова Дилшода с докладом на тему «Права детей в цифровом пространстве. Проблема Sharenting». В своём выступлении она объяснила проблему чрезмерного раскрытия информации о детях в интернете родителями, рассмотрела риски кибербуллинга, кражи личности и формирования нежелательной цифровой идентичности. Особое внимание было уделено статье 16 Конвенции ООН о правах ребёнка и международным стандартам защиты данных в ЕС, США и Франции.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

The first presentation was delivered by Dilshoda Fayzullojonova, who spoke on “Children’s right in the digital space. The problem of sharenting”. In her speech, she highlighted the issue of parents excessively sharing information about their children online, and discussed the associated risks such as cyberbullying, identity theft, and the creation of an unwanted digital identity. She also emphasized Article 16 of the UN Convention on the Rights of the Child and reviewed data protection standards in the EU, the United States, and France.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Keyingi bo‘lib Rasulova Madina xalqaro jinoiy huquqda yuqori lavozimli mansabdor shaxslarning immunitetlariga bag‘ishlangan taqdimot bilan chiqdi. U shaxsiy (ratione personae) va funksional (ratione materiae) immunitet o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib berdi, shuningdek, Rim Statutining 27-moddasiga ko‘ra, immunitetlar xalqaro jinoyatlar uchun javobgarlikka to‘sqinlik qilmasligini ta’kidladi. Shuningdek, u amaliyotda mansabdor shaxslarning jazosiz qolishiga olib keladigan asosiy omillarni sanab o‘tdi.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

Следом выступила Расулова Мадина с презентацией об иммунитетах высокопоставленных должностных лиц в международном уголовном праве. Она раскрыла различия между личным и функциональным иммунитетом, отметила, что иммунитеты не препятствуют ответственности за международные преступления в соответствии со статьёй 27 Римского статута МУС, и назвала основные причины безнаказанности должностных лиц на практике.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

Next, Madina Rasulova delivered a presentation on the immunities of high-ranking state officials in international criminal law. She explained the distinction between personal (ratione personae) and functional (ratione materiae) immunity, emphasized that immunities do not prevent accountability for international crimes under Article 27 of the Rome Statute of the ICC, and identified the main reasons why state officials often remain unpunished in practice.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Uchinchi bo‘lib Yakubova Jasmina qurolli mojarolar sharoitida bolalarning ahvoliga bag‘ishlangan taqdimot bilan chiqdi. U urush davrida bolalar eng himoyasiz toifalardan biriga aylanishini ta’kidladi va ular duch keladigan og‘ir huquqbuzarliklar — o‘ldirish va nogiron qilish, bolalarni askar sifatida jalb qilish, jinsiy zo‘ravonlik, o‘g‘irlash hamda maktab va shifoxonalarga qaratilgan hujumlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u Jeneva konventsiyalari, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya va BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari kabi asosiy xalqaro hujjatlarni ko‘rib chiqdi.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

Третьей выступила Якубова Жасмина с презентацией, посвящённой положению детей в условиях вооружённых конфликтов. В своём выступлении она подчеркнула, что дети являются одной из наиболее уязвимых категорий во время войны и сталкиваются с тяжёлыми нарушениями: убийствами, использованием в качестве солдат, сексуальным насилием, похищениями и атаками на школы и больницы. Кроме того, она рассмотрела основные международные документы защиты, включая Женевские конвенции, Конвенцию о правах ребёнка и резолюции Совета Безопасности ООН.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

The third presentation was delivered by Jasmina Yakubova and focused on the situation of children in armed conflicts. She highlighted that children are among the most vulnerable groups during war, facing grave violations such as killing and maiming, recruitment as child soldiers, sexual violence, abductions, and attacks on schools and hospitals. She also reviewed key international protection instruments, including the Geneva Conventions, the Convention on the Rights of the Child, and relevant UN Security Council resolutions.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Taqdimotlar blokini Nortosheva Gavharshod "Huquqiy munosabatlar" mavzusidagi ma’ruzasi bilan yakunladi. U huquqiy munosabatlarni huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar sifatida tushuntirib berdi, ularning asosiy elementlari - subyekt, obyekt, mazmun (subyektiv huquq va yuridik majburiyat) hamda yuridik fakt haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u huquqiy munosabatlarning turli mezonlar bo‘yicha tasnifini keltirib o‘tdi va yuridik faktlarning huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki tugatishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

Завершила блок выступлений Нортошева Гавхаршод с докладом на тему «Правовые отношения». В своём выступлении она раскрыла понятие правовых отношений как регулируемых правом социальных связей, охарактеризовала их основные элементы - субъект, объект, содержание и юридический факт - и представила классификацию правовых отношений по различным критериям. Также она подчеркнула значение юридических фактов как оснований для возникновения, изменения и прекращения правовых отношений.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

The series of presentations concluded with Gavkharshod Nortosheva, who delivered a report on "Legal Relations". She explained legal relations as social relations regulated by legal norms and described their key elements - subject, object, content (rights and obligations), and legal fact. She also presented the classification of legal relations based on various criteria and emphasized the importance of legal facts as grounds for the creation, modification, and termination of legal relations.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!

"Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi tomonidan “Yosh olimlar nigohida zamonaviy xalqaro huquq” mavzusida insholar tanlovini e’lon qilinadi.

Insholar quyidagi xalqaro huquq muammolari doirasida yoziladi:
✔️Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida xalqaro tinchlik va xavfsizlik masalalari;
✔️Xalqaro huquqiy hamkorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar tashabbuslari;
✔️ Raqamlashgan jamiyatda inson huquqlari: muammolar va istiqbollar;
✔️ Iqlim o‘zgarishi, global isish va atrof-muhit ifloslanishi muammolarining xalqaro huquqiy jihatlari;
✔️Axborot xavfsizligi sohasini xalqaro-huquqiy tartibga solish va xalqaro huquqiy hamkorlik;
✔️Zamonaviy xalqaro huquqda BMT “Barqaror rivojlanish maqsadlari” (SDG);
✔️Besh tashabbus: ayollar huquqlarni ta’minlash va gender tengligiga erishda xalqaro huquqiy hamkorlik;
✔️Zamonaviy xalqaro huquq: O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-huquqiy qarashlari va tashabbuslari;
✔️Sun’iy intellekt texnologiyalarni xalqaro-huquqiy tartibga solish masalalari.

Mazkur tanlov “Bakalavriat va magistratura talabalari o‘rtasida eng yaxshi insho” nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkaziladi.

❗️Tanlovda ishtirok etish shartlari:

– Insholar tanlovida JIDUning huquq fakulteti talabalari ishtirok etishlari mumkin;
– Mustaqil ravishda bitta (hammualliflikka yoʻl qoʻyilmaydi) muallif tomonidan chop etilmagan asl materiallar qabul qilinadi;
– Tanlovga taqdim etilgan ishlar mantiqan berilgan mavzuga mos kelishi kerak. Plagiatga yoʻl qoʻyilmaydi;
– Tanlovga har bir ishtirokchidan faqat bitta ish yuborilishi mumkin.

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun insho 2025-yil 25-dekabr soat 23:59 gacha yosholimlarconference@gmail.com elektron manziliga yuborilishi kerak. Tanlov g'oliblari sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari!

🗣 Joriy yilning 23-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yosh olimlar nigohida zamonaviy xalqaro huquq” mavzusidagi universitet miqyosida konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📎 Konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etilishi munosabati bilan mavzuga oid ilmiy maqola va tezislar joriy yilning 25-dekabr kuniga qadar  yosholimlarconference@gmail.com rasmiy elektron pochtasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

👉 Maqola shartlari va konferensiya haqida ma’lumot axborot xatida batafsil berilgan.

📆 23-dekabr 2025-yil
16:00
📍JIDU, Conference hall

🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xalqaro huquq
📆2025-yilning 23-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yosh olimlar nigohida zamonaviy xalqaro huquq” mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, “Besh muhim tashabbus” markazi, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistarantlar, “Xalqaro huquqshunos” klubi a’zo-talabalari ishtirok etdi.

Konferensiya 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli ““Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.02.2022 yildagi 83-sonli “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.07.2022 yildagi PQ-330-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori doirasida tashkil etildi.

🌐Konferensiyada BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, SDG 1-maqsad “O‘ta qashshoqlikka barham berish”, 2-maqsad “Ochlikka barham berish”, 3-maqsad “Sog‘lik va farovonlik”, 5-maqsad “Gender tengligi”, 9-maqsad “Sanoatlashtirish, Innovatsiya va Infrotuzilma”, 10-maqsad “Tengsizlikni kamaytirish”, 13-maqsad “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash”, 14-maqsad “Dengiz ekotizimlarini asrash”, 15-maqsad “Quruqlikdagi ekotizimlarini asrash”, 15-maqsad “Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv” va 17-maqsad “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” maqsadlari doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari taqdim etildi.

🌐Konferensiya davomida xalqaro huquqda yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida xalqaro tinchlik va xavfsizlik masalalari, xalqaro huquqiy hamkorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar tashabbuslari, raqamlashgan jamiyatda inson huquqlari, iqlim o‘zgarishi, global isish va atrof-muhit ifloslanishi muammolarining xalqaro huquqiy jihatlari, zamonaviy xalqaro huquqda BMT “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ning (SDG) ishlash mexanizmlari va natijalari, Besh muhim tashabbus doirasida ayollar huquqlarni ta’minlash va gender tengligiga erishda xalqaro huquqiy hamkorlik masalalari, sun’iy intellekt texnologiyalarni xalqaro-huquqiy tartibga solish masalalari hamda O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-huquqiy qarashlari va tashabbuslari kabi masalalar atroflicha ilmiy muhokama qilindi.


Tadbir yakunida konferensiya ishtirokchilari zamonaviy xalqaro huquq sohasini rivojlantirishda ilmiy xulosalar va ishlab chiqilgan takliflari uchun sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Xalqaro huquq fakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Ассалому алейкум.
Мы рады объявить о новом запуске благотворительной акции к празднику Ид аль-Фитр 🤲🏻
Это очередной уникальный шанс для благотворительности в священный месяц Рамазан.
Ваш небольшой вклад сегодня поможет накрыть праздничный стол для нуждающейся семьи в этот Рамадан Хайит🌙

Ключевые моменты акции:📅 Дата раздачи: Среда, 18 марта 2026 года, 08:00 – 17:00

Как можно поддержать:
Финансовая поддержка.
Волонтеры на автомобилях.
Физическая поддержка при закупке продуктов и раздаче.
Предоставление адресов нуждающихся семей.

Вы можете внести вклад:
1. Перечислив пожертвование на карту 💳
8600 5304 1144 8627
(Nugmanov Abduazim Tilla Sh.)
2. Отсканировав QR-код на изображении выше.


Как и в прошлом благотворительном проекте «Чистая вода» в рамках которого мы построили несколько станций по добыче чистой питьевой воды в Каракалпакстане за каждого кто сделает вклад конечно будет сделано дуа.
Перевод принимается до конца 17 марта.
18 марта будет осуществляться доставка продуктов нуждающимся семьям.
Всё делается адресно и под контролем !
Вся деятельность прозрачна !
Любая сумма - это реальный вклад в добрые дела в священный месяц.
👩‍🎓🧑‍🎓 Hurmatli JIDU talabalari!

🎉“Xalqaro huquqshunos” ilmiy klubi o‘z faoliyatini davom etmoqda va sizlarni 9-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishiga taklif etadi!

📎 Ushbu uchrashuv doirasida xalqaro huquq bilan bog‘liq ma’ruzalar, taqdimotlar va erkin muhokamalar tashkil etiladi.

🎓Agar sizda XH bo‘yicha qiziqarli va dolzarb mavzu bo‘lsa, sizni ma’ruza bilan ishtirok etishga taklif qilamiz. Ma’ruzachilarni qabul qilish davom etmoqda.

📆 Sana: 09.04.2026

📍 Joy: Aniq auditoriya keyin e’lon qilinadi

📌 Murojaat uchun: @UWED_IL_Club

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

👩‍🎓🧑‍🎓 Уважаемые студенты УМЭД!

🎉 Клуб «Юрист-международник» продолжает свою деятельность и приглашает вас на очередное заседание, которое состоится 9 апреля!

📎 В рамках встречи будут представлены доклады, презентации и открытые обсуждения на темы, связанные с международным правом.

🎓 Если у вас есть интересная и актуальная тема по МП, приглашаем вас принять участие и выступить с докладом. Набор докладчиков продолжается.

📆 Дата: 09.04.2026

📍 Место: Точная аудитория будет объявлена позже

📌 Для обращения: @UWED_IL_Club
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
👩‍🎓🧑‍🎓 Hurmatli talabalar!

📎 Ma’ruzachilarni ro‘yxatga olish jarayoni davom etmoqda. Agar siz xalqaro huquq mavzularida ma’ruza qilish istagi va qiziqishiga ega bo‘lsangiz, klubimizning navbatdagi yig‘ilishida taqdimotchi sifatida ishtirok etishingizni taklif qilamiz.

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @UWED_IL_Club

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

👩‍🎓🧑‍🎓 Уважаемые студенты!

📎 Продолжается набор докладчиков. Если у вас есть желание и интерес выступить с докладом на темы международного права, приглашаем вас принять участие в очередном заседании нашего клуба.

📌 Для регистрации: @UWED_IL_Club
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🎓🧑‍🎓 Hurmatli, JIDU talabalari!👋

📢📢 "Xalqaro-huquqshunos" klubining navbatdagi majlisiga oz qoldi!

🔔Sizni uchrashuvimizda ishtirok etishga taklif qilamiz!

🕗 14:30

📆 9-aprel, Payshanba

📍"B" bino, 705-xona

📌 Murojat uchun: @UWED_IL_Club

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

👩‍🎓🧑‍🎓
Уважаемые студенты УМЭД!👋

📢📢 Совсем скоро состоится очередное заседание клуба «Юрист-международник»!

🔔Приглашаем вас принять участие в нашей встрече!

🕗 14:30

📆 9 апреля, Четверг

📍 «Б» корпус, ауд. 705

📌 Для обращений: @UWED_IL_Club
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 9-aprel kuni “Xalqaro huquqshunos ilmiy klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish samarali va faol muhokamalar ruhida tashkil etildi.

Ishtirokchilar Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan sud tizimi va xalqaro tajriba, yoshlar huquqlari, shuningdek, AQShning Lotin Amerika davlatlariga ta’siri va uning xalqaro huquqiy jihatlarini muhokama qildilar.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

9 апреля 2026 года состоялось очередное заседание научного клуба «Юрист-Международник». Встреча прошла в продуктивной и деловой атмосфере.

Участники обсудили обновление судебной системы в Новом Узбекистане с учетом международного опыта, права молодежи, а также влияние США на страны Латинской Америки в контексте международного права.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

On 9 April 2026, the “International Lawyer Scientific Club held its regular meeting. The session was conducted in a productive and engaging atmosphere.

Participants discussed the ongoing reform of the judicial system in New Uzbekistan with reference to international experience, youth rights, as well as the influence of the United States on Latin American countries in the context of international law.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi bo‘lib Turdixujayev Dilmurod “Yangi O‘zbekistonda yangilangan sud tizimi va xalqaro tajribalardan foydalanish” mavzusida ma’ruza bilan chiqdi. U sud-huquq tizimidagi islohotlar, sud mustaqilligi hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish masalalarini yoritdi.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

Первым выступил Турдихужаев Дилмурод с докладом на тему «Обновлённая судебная система в Новом Узбекистане и использование международного опыта». Он рассмотрел реформы судебной системы, вопросы независимости судов и внедрения передовой зарубежной практики.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

The first presentation was delivered by Dilmurod Turdixujayev on “The renewed judicial system in New Uzbekistan and the use of international experience.” He examined judicial reforms, the issue of judicial independence, and the implementation of advanced foreign practices.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Keyingi ma’ruzachi Shokirjonov Yorqin “Bola va yoshlar huquqlari” mavzusida chiqish qildi. U yoshlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari hamda xalqaro huquq normalarining bu sohadagi ahamiyatini tahlil qildi.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

Следующим выступил Шокиржонов Йоркин с докладом на тему «Права ребёнка и молодежи». Он проанализировал механизмы защиты прав молодежи и значение международно-правовых норм в данной сфере.

💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬

The next speaker, Yorkin Shokirjonov, presented on “The rights of children and youth.” He analyzed mechanisms for the protection of youth rights and the importance of international legal norms in this field.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM