Moziy sadolari
22 subscribers
71 photos
23 videos
35 files
180 links
Tarixiy ma'lumotlar, faktlar, qiziqarli vidoelar va abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar ushbu kanalda berib boriladi. Biz bilan birga bo‘ling, aslo yutkazmaysiz!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o'tkazilmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi brifingida ma’lum qilindi.

📋 Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat'iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko'rib chiqiladi.

🗓 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar o'qish javoblari 20-avgustga qadar e'lon qilinadi.

📌 Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

👉 Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati

https://t.me/moziy_sadolari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy oliygohga kirganlar, kelasi yil davlatnikiga perevod qilaman desa imtihonda necha ball to'plashi kerak?

2023-yilda xorijiy davlatlardagi OTMlar, respublikamizdagi nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari.

Joriy yil ham ballar shu atrofida bo'ladi. Tez orada yangilangan ballar e'lon qilinishi kutilmoqda.

https://t.me/moziy_sadolari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Argument: Odam shakarsiz yashay oladimi?

Ko‘plab kasalliklarga olib kelishi aytiladigan shakar aynan qaysi jihati bilan zararli? Uning foydasi ko‘proqmi yoki zarari? Kun.uz'ning «Argument» loyihasida mutaxassislar shakar va shirinliklar atrofida aylanuvchi qator savollarga javob berdi.


https://t.me/moziy_sadolari
Ўша кезлар Ислом Каримов Қашқадарё вилоят партия қўмитасининг биринчи котиби лавозимида фаолият юритган, 1986-89 йиллар.

https://t.me/moziy_sadolari
"Tarix" ta'lim yo'nalishi qaysi OTMlarda bor va oʻtish ballari qanday?

Ushbu yoʻnalish kunduzgi ta'lim shakli, o'zbek tili boʻyicha 14 ta oliygoh mavjud.

1. Andijon davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 159.10 ball | Kontrakt - 125.00 ball

2. Buxoro davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 158.40 ball | Kontrakt - 128.20 ball

3. Chirchiq davlat pedagogika universiteti
📊 Grant - 156.90 ball | Kontrakt - 129.10 ball

4. Guliston davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 145.60 ball | Kontrakt - 113.50 ball

5. Jizzax davlat pedagogika universiteti
📊 Grant - 154.70 ball | Kontrakt - 129.00 ball

6. Namangan davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 152.10 | Kontrakt -118.40 ball

7. Navoiy davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 157.40 ball | Kontrakt - 125.00 ball

8. Nukus davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 135.30 ball | Kontrakt - 118.40 ball

9. Qo‘qon davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 155.00 ball | Kontrakt - 128.80 ball

10. Samarqand davlat universitetining O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
📊 Grant - 155.30 ball | Kontrakt - 129.10 ball

11. Samarqand davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 153.90 ball | Kontrakt - 120.20 ball

12. Termiz davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 152.10 ball | Kontrakt - 113.40 ball

13. Toshkent davlat pedagogika universiteti
📊 Grant - 168.80 ball | Kontrakt - 145.70 ball

14. Urganch davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 139.00 ball | Kontrakt - 117.60 ball

https://t.me/moziy_sadolari
Дунёдаги жойлашувлар сони бўйича энг йирик фаст-фуд ресторанлари тармоқлари:

1. McDonald's ➔ 40 275 🍔
2. Metro ➔ 37 000 🥖
3. Starbucks ➔ 36 170
4. KFC ➔ 26 934 🍗
5. Burger King ➔ 19,247 🍔
6. Pizza Hut ➔ 18 848 🍕
7. Domino's ➔ 18 381 🍕
8. Dunkin' ➔ 11 300 🍩
9. Krispy Kreme ➔ 10,247 🍩
10. Hunt Brothers Pizza ➔ 8000+

https://t.me/moziy_sadolari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻzbek_matbuoti_tarixi

Oʻzbekiston tarixi telekanali "Tarixiy savol" koʻrsatuvining navbatdagi soni "Oʻzbek matbuoti tarixi" mavzusida boʻlib oʻtdi. Unda Tarix instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova va Tarix instituti tayanch doktoranti Daler Mirzayev mavzu boʻyicha fikr bildirdilar.

https://t.me/moziy_sadolari
MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT - O'RTA MAXSUS.pdf
1.7 MB
Madrasalarda imtihonlar 2024-2025 o'quv yilidan ushbu fanlar dasturi asosida  tashkillashtirilishi maqsad qilingan. Mavzular va ma'lumotlar umumiylashtirilgan holatda taqdim etilgan.

https://t.me/moziy_sadolari
O'ZBEKISTON TARIXI - O'RTA MAXSUS.pdf
7 MB
Madrasalarda imtihonlar 2024-2025 o'quv yilidan ushbu fanlar dasturi asosida  tashkillashtirilishi maqsad qilingan. Mavzular va ma'lumotlar umumiylashtirilgan holatda taqdim etilgan.

https://t.me/moziy_sadolari
ARAB TILI - O'RTA MAXSUS.pdf
2.5 MB
Madrasalarda imtihonlar 2024-2025 o'quv yilidan ushbu fanlar dasturi asosida  tashkillashtirilishi maqsad qilingan. Mavzular va ma'lumotlar umumiylashtirilgan holatda taqdim etilgan.

https://t.me/moziy_sadolari
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI.

✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.

Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?

JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi.

Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi.

Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi.

Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi.

Nega qalam talabi qo‘yilgan?

Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak.

Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
Ўқитувчиларга дарс соатлари уларнинг эришган натижалари ва касбий маҳоратига қараб тақсимланади

2020 йилнинг 30 июнида Халқ таълими вазирлиги, Молия вазирлиги ҳамда Соғлиқни сақлаш вазирликларининг қарори билан тасдиқланган "Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида" НИЗОМ Адлия вазирлигида 3271-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилди.

Мазкур Низом билан ўқитувчиларнинг тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби белгиланди.

Эндиликда ўқитувчиларга дарс соатларни тақсимлашда уларнинг эришган натижалари ҳамда касбий маҳоратига қараб устуворлик белгиланди. Бунда ўқитувчлар педагогик фаолияти давомида юқори натижаларга эришган бўлса ва касбий маҳорати юқори бўлса, биринчи навбатда уларга кўпроқ дарс соатларини ажратиш белгилаб қўйилди. Шу ўринда айтиш жоизки, билимли, тажрибали ва ўз устида доимий ишлайдиган ўқитувчига кўпроқ дарс соати ажратилиши мактабларда таълим сифатининг ошишига хизмат қилиб, келгусида ўзининг ижобий самарасини беради.  

Хусусан, ўқитувчиларга дарс соатлари қуйидаги кўрсаткичларнинг устувор кетма-кетлиги асосида тақсимланади:

халқаро олимпиадалар ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;

ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган халқаро олимпиадалар ғолиблари;

чет тили ва STEAM фанларидан мутахассислиги бўйича халқаро сертификатларга эга ўқитувчилар (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 ва ундан юқори, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги томонидан белгиланадиган бошқа сертификатлар);

TOP–1000 университетлар рейтингига кирадиган дунёнинг етакчи университетларини битирган ўқитувчилар;

асосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;

ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган асосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолиблари;

республика босқичидаги кўрик танловларда (йил ўқитувчиси) совринли ўринларга эга бўлган ўқитувчилар;

олий малака тоифасига эга ўқитувчилар;

биринчи малака тоифасига эга ўқитувчилар;

асосий олимпиадаларнинг вилоят ва туман босқичи ғолибларининг ўқитувчилари;

иккинчи малака тоифага эга ўқитувчилар;

педагогик йўналиш бўйича магистр даражасига эга ўқитувчилар;

белгиланган тартибда ўз фанидан ўтказилган назарий ва амалий синовлар натижаси бўйича аъло баҳоларга эга ўқитувчилар;

олий маълумотли тоифасиз ўқитувчилар; 

қайта тайёрлаш бўйича дипломга эга ўқитувчилар;

олий таълим муассасаларининг педагогик йўналиш бўйича битирувчи босқич талабалари;

педагогик йўналиш бўйича хорижий давлатларнинг олийгоҳларини битирган, бироқ дипломи тан олинмаган ўқитувчилар;

олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар ўрта махсус, профессионал маълумотга эга ўқитувчилар;

олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар умумтаълим муассасасининг тегишли мутахассислиги бўйича раҳбар ходимлари.

Ушбу кетма-кетлик асосида ўқитувчиларга дарс соатларининг максимал миқдорлари (бир ярим ставкагача) белгиланиши тавсия этилади. Шу билан бирга максимал дарс соати олиш имкониятига эга бўлган ўқитувчининг ёзма розилиги билан унга ажратилиши мумкин бўлган дарс соатлари бошқа ўқитувчиларга берилиши мумкин бўлди.

Яна бир муҳим жиҳати, айнан бир хил кўрсаткичлар мавжуд бўлган бир нечта ўқитувчилар ўртасида дарс соатлари тенг тақсимланиши белгилаб қўйилди.

Шаффофликни таъминлаш мақсадида дарс соатлари тақсимоти (тарификация рўйхати) Мактабгача ва мактаб таълими (собиқ Халқ таълими) вазирлиги тизимида яратилган электрон дастурга киритилади.

https://t.me/moziy_sadolari