Iceberg | MOTIVATOR
497 subscribers
15 photos
61 videos
144 links
Bu yerdan yangi va noyob narsalarni topa olmaysiz. Bu yerdan O'zingizni topasiz !

Biz bilan aloqaga chiqish uchun @shopo_manage ga murojaat qilsangiz kifoya )
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv #motivatsiya

🎬 Javob zarba

🎙 Shahobiddin Normamatov

Jeyms Buster Duglas degan boksor bo'lgan. Taysonga qarshi ringga tushib nokdaunga tushadi.
Mayk bilan nokdaundan so'ng jangni davom ettirgan birorta ham boksor bo'lmagan.
Lekin, u ...

@motivator_ice
​​#harakatdabarakat

Mo'jiza

- Siz qanday qilib bunday boyib ketdingiz ?
- Birinchi kun, bozordan arzonga banan olib, ko'chada qimmatroqqa sotdim. Qarasam yaxshi foyda. Ikkinchi kun, ko'proq olib, ko'proq sotdim. Uchinchi kuni, dadamning do'sti meni uchratib qolib, dadamdan olgan qarzini evaziga yurgizgan biznesiga meni teng sherik qilib oldi. Shundan so'ng boyib ketdim.


Mo'jiza ham harakat qilganlarda bo'ladi. Smartfoningiz ekranidan jin chiqib orzularingizni ro'yobga chiqarib berishini, uyda o'tirib boyib ketishni, 24 soat pul kelayotganini tasavvur qilib millionerga aylanishni kutmang.

Hamma gap harakatda, mo'jizaga loyiq bo'lishda !

👉 @motivator_ice
#mulohaza #tarbiya

Allohni unutgan, Otasin unutmasmi ?!

@motivator_ice
Odamlarga yaxshi gaplar ayting

(2:83)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz borliqning qayeridamiz ?

Bu ulkan borliqda biz judaham kichik burchakni egallaymiz. 100 yillik umrimiz esa, borliq uchun juda kichik muddatdir.

Millionlaringiz yo'qligi-yu, bo'yingiz pastligi borliq miqyosida hech narsani o'zgartirmaydi. Ulkan deb hisoblagan muammolaringiz ularga pastdan qaraganingiz uchungina katta ko'rinadi.

Teparoqdan ko'prog'i ko'rinadi !

P.S. 1 yorug'lik yili - 9 460 730 472 580 800 metr

@motivator_ice
#sadaqa

Birodaringning yuziga tabassum bilan boqishing ham sadaqa ...

Hadis
Agar, juda qattiq xohlansa, kosmosga ham uchsa bo'ladi !
#hayot

...u o'lmaydigandek yashadi va yashamagandek o'ldi...
#цитата

Ba'zilar yutkazib qo'ymaslik uchun ehtiyotkorona o'ynashadi.
Ehtiyotkorona o'ynab, Sen aniq yutkazasan.


©Al Kapone
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#motivatsiya

🎬 Muhammad Ali - Buyuk jangchi !
🎙 Shaxobiddin Normamatov

U odamlarga yordam berish uchungina mashhur bo'lmoqchi edi...

Meni kimdir to'xtata olishini aytmang. Meni hech kim to'xtata olmaydi...

@motivator_ice
#antimotivatsiya

Ertaga qilaqol ...
#imkonsizdaimkonbor

​​Sen faqat imkonsizlarni bajar.
Qolgan hammasini boshqalar amalga oshiradi !
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Buyuk narsalar haqida orzu qil !

Bugun abituriyentlar bilan gaplashsak (@Boburbek_developer ga vaʼda bergandim)

Qarshingizda turgan imtihon hayotingizdagi eng katta imtihon emas. Hozir oʼylayotganingizdek, eng muhim vazifa ham emas.

Bu maqsad va Siz maqsadga qanday erishishni oʼrgandingiz. Aniq maqsad qoʼydingiz, Ustoz topdingiz, qadamma-qadam reja tuzdingiz va har kuni tinmay mehnat qildingiz !

Mana shunday maqsadga erishiladi !

Kim jarayondan zavq olgan boʼlsa bu vaqt juda tez oʼtib ketgan boʼlishi kerak. Jarayondan zavq olish maqsadingizga oson erishish kafolati.

Ayrim abituriyentlar talaba boʼlgandan soʼng, tushkunlikka tushib qoladi ? Nega deysizmi, chunki ularda maqsad yoʼqolib qoladi !

Shunday ekan, meni Sizga tilagim, talaba boʼlgan kuningiz oldingizda keyingi buyuk maqsad boʼlsin ! Ustoz, reja va mehnat qilish ishtiyoqi boʼlsin.

@motivator_ice
Tuxum tashqaridan yorilsa bu - o'lim.

Tuxum ichkaridan yorilsa bu - hayot !

#tafakkur
Yaratgan Robbing nomi bilan O'qi

96:1
​​Shunday dardlar borki, tasallisi faqat iymondandir
©Omina Shenliko'g'li "Imomning maneken qizi"

Biz shunchalar o'zimizga ishondik-ki, xuddi bugungi hayotga oʼzimiz erishganday yoki kelajakni oʼzimiz yaratadiganday. Yoʼq.

Shunday holatlarga tushganmizki, hech bir inson, hech qanday mol dunyo yordam bera olmasligini aniq bilganmiz. Oʼsha damlarda, Rabbim Senga shunday yolbordikki, huzuringda qanchalar ojiz ekanimizni sezdik.

Keyin yana "oʼzimizga" kelib, hammasi faqatgina sababiyat qonuniyati bilan boʼlgandek oʼzimizdan kettik. Rabbim Sen bilan oʼrtamizga dunyoni qoʼydik.

Rabbim bizni avf et. Gunohlarni seskanmay qilyapmiz. Gunohimiz bilan maqtanib, oʼzgalarni ham chorladik.
Kechir bizni Gʼaffor Egam, yoʼq, azobdan qoʼrqqanimiz uchunmas, qalbimiz zangalab Seni unutayozganimiz uchun.

Baxtni uzoqdan, kitoblardan, oʼzgalardan qidirdik. Qalbimizga qarab Senga yuzlanmadik. Faqat, chorasiz hollardagina...

Allohim qalbimizni Nuring bilan rizqlantir.

Yuqoridagi asarni oʼqib taʼsirlanib yozdim. "Biz" deb oʼzimni nazarda tutyapman, yana koʼnglingizga kelmasin.
Eng katta tavakkal — hech qachon tavakkal qilmaslik !