MohirDev.uz
16.6K subscribers
1.45K photos
390 videos
2 files
1.32K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
MohirDev.uz pinned «​​Mohirpooldagi frontend yo’nalishi haqida Bir necha kun oldin, Mohirpool loyihasi boshlanganini va qabul Frontend yo’nalishida bo’lishini e’lon qilgandik. Frontend yo’nalishidagi o’quvchillarga EPAM Systems kompaniyasida Software Engineer sifatida ishlayotgan…»
"Endi Mohirpool bilan ishga kirish muammo emas! "

Bir necha kun oldin, Mohirpool loyihasi boshlanganini e'lon qilgan edik.

Mohirpoolning maqsadi ish qidiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasidagi tafovutni yopish.

Gap shundaki, aksar bitiruvchilar ishlash uchun yetarli bilimga ega boʻlsada, real loyihalarda ishlab koʻrmagani uchun yetarli tajribaga ega boʻlmaydilar.

Mohirpool loyihasi bo'yicha barcha savollarga javob berish maqsadida bugun 19:00 da @mohirdev telegram kanalida ovozli suhbat bo'lib o'tadi.

Ovozli suhbatda Anvar Narzullaev, Muhammad Xalil va Ulug'bek Samigjonovlar ishtirok etishadi.

Suhbat davomida loyiha haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Suhbatni o'tkazib yubormang!
MohirDev.uz pinned a photo
Live stream scheduled for
Live stream started
Savollarni shuyerda yozib qoldirishingiz mumkin!
Ovozli suhbatni eshitish: https://t.me/mohirdev?livestream
Live stream finished (1 hour)
​​Nima uchun MERN stackni o’rganish kerak?

Full Stack dasturchilar eng talabgir odamlardan biri bo’lib qolmoqda.

Full Stack dasturchilarning boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, ular vaziyatga moslashib, ishlanayotgan loyihaga turli xil yo’l bilan foyda olib kelishadi.

Hammaga ayonki, full stack dasturchi bo’lish uchun turli xil bilim va ko’nikmalarni egallab, frontend va backendniyam birday bilishi kerak bo’ladi.

Agar siz boshlang’ich dasturlash asoslarini bilsangiz, 4-6 oyda full stack dasturchi bo’lishingiz mumkin. Ko’p narsa olayotgan kurslaringiz va tanlagan “stack”ingizga bog’liq bo’ladi (albatta, qattiq harakat bilan).

Bu postda nima uchun MERN stack ko’pchilik uchun ideal tanlov ekanligi haqida gaplashamiz.

Avvalo, “tech stack” nima degani?

Full Stack dasturchi bo’lish uchun birinchi qaysi “stack”da ketishingizni aniqlab olishingiz. Stack deganda, ko’pincha loyihani 0dan oxirgacha bitkazish uchun kerak bo’ladigan texnologiyalar to’plamini tushunishadi.

Har qanday loyiha 2 ta asosiy qism - Frontend & Backenddan iborat. Frontend va backend bilan ishlash uchun bizdan backend va frontendga mos aniq turli xil texnologiyalarni bilish talab qilinadi.

Agar biz bu texnologiyalarni barchasini birlashtirsak, bu “stack”ga aylanadi.

Juda ko’p “stack”lar hozirgi kunga kelib ishlatilayotgan bo’lsada, eng ommalashib, rivojlanib kelayotganlardan biri bu “MERN stack” hisoblanadi.

MERN nimani angalatadi?

M - backend uchun ishlatiladigan MongoDB databazasini;

E - APIlarni yaratish uchun ishlatiladigan ExpressJJS API frameworkini;

R - Facebook tomonidan ishlab chiqilgan, hozirda eng mashhur frontend frameworklardan biri ReactJSni;

N - Javascriptga asoslangan, backend severini yozish uchun ishlatialdigan NodeJSni anglatadi.

Qanday “tech stack”ni to’g’ri tanlash mumkin?

To’g’ri tech stackni tanlash ko’p narsaga bog’liq. Bulardan biri sizning hozirgacha olgan bilimingiz, deyishimiz mumkin. Umumiy masalahat esa qanday tech stackni tanlashdan qat’iy nazar, siz aniq Javascriptni o'rganishingiz kerak.

Chunki juda ko’p kompaniyalar sekin asta frontend uchun Javascriptga asoslangan frontend frameworklariga o’tishmoqda va Javascriptni o’rganishingiz ReactJS, Angular, Vue va boshqa frameworklarni o’rganishni osonlashtiradi.

Yana bir muhim jihat, agar siz Javascriptni o’rgansangiz, bu backend dasturlash uchun ishlatiladigan NodeJSni o’rganishga ham yordam beradi.

Agar siz OOP tillaridan birini va Spring, hibernate kabi mashhur frameworklardan xabaringiz bo’lsa, backend uchun ularni ishlatib, frontend uchun ReactJSni o’rganishingiz mumkin.

MERN nima uchun eng ommalashayotgan stacklardan biri bo’lib qolmoqda?

Buning sabablari ko’p. Ularning bir nechtasini quyida keltirib o’tamiz:

1. Tez kodlash vaqti: MERN stackda dastur yozish uchun juda kam vaqt sarflanishi mumkin.

2. Juda ko’p integratsiya: MERN stack to’liq Javascriptga asoslangan va Javascript juda ko’p kutubxona va integratsiyalarga ega. Shu sabab, qandaydir muammoga duch kelganingizda, juda katta ehtimol bilan sizdan oldin kimdir bu muammoga yechim topib bo’lgan bo’lishi va bu yechimni osongina o’zingizni loyihangiz bilan intergatsiya qilishingiz mumkin.

3. SQLsiz ma’lumotlar bazasi: MERN stackning yana bir muhim jihatlaridan biri MongoDB bo’lib, u eng mashhur SQLga asoslanmagan ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

4. Arzon dasturlash: MERN dagi dasturlarni yozish uchun nisbatan kam vaqt sarflangani, loyihaning harajatlarini ham sezilarli kamaytiradi.

5. Qulay ekosistema: MERNdagi frameworklarning dokumentatsiyasi yuqori darajada va MERnga aloqador savolalringizga osongina javob topishingiz mumkin.

6. Vebdan mobilga: veb dasturlarni mobil dasturlarga o’tkazish ancha qulay (React Native tufayli)

MERN stackni o’rganish uchun bizning 6 oy davom etuvchi praktikumimizga yoziling.

Kurs davomiyligi: 132 soat, 52 daqiqa, 38 soniya.

Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/AEjc84ZFrsERhk2Z9

Telegram | Instagram | Youtube
Assalomu alaykum Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni Mohirdev jamoasi "Muborak Ramazon" oyi bilan qutlaydi.

Ramazon oylar ichida eng go'zal oy hisoblanadi. Ushbu Muborak Ramazon oyida tutgan ro'zalaringiz, qilgan duolaringiz, qilgan ibodatlaringiz qabul bo'lishini, va olayotgan ilmlaringizni yanada ziyoda bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat ila Mohirdev jamoasi!
Aziz yurtdoshlar!

Ushbu go'zal Muborak Ramazon oyining taqvimini sizlarga taqdim etamiz.

Yana bir bor Ramazon oyi muborak bo'lsin!
🤝 “Mohirpool” va “Novalab” kompaniyasi oʻrtasida memorandum imzolandi

“Mohirpool" va “Novalab” IT kompaniyasi oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

Unga koʻra, “Mohirpool” bitiruvchilari “Novalab” kompaniyasida amaliyot oʻtash va ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Mohirpool loyihasi bilan batafsil tanishish

Telegram | Instagram | Youtube
O'tgan hafta davomida Mohirpool loyihasi Frontend yo'nalishiga 100 dan ortiq talabgorlardan hujjat qabul qilindi. Bu hafta saralash ishlarini boshlaymiz.

Har bir insonga @mohirpool_jbot telegram boti orqali yoki test bosqichiga o'tish, yoki rad javobi yuboriladi. Talabgorlar ko'p, saralash biroz vaqt oladi, sabr qilishingizni so'raymiz. Hafta ichida hammaga xabar boradi. E'tiboringiz uchun rahmat.

Hurmat bilan Anvar Narzullaev (@sariqdev)
​​Ishga kirmoqchi bo'lsangiz, bu xatolarni takrorlamang

Ishga kirish jarayonidagi eng muhim qismlaridan biri rezyume yozish hisoblanadi.

Tadqiqotlarga qaraganda, juda ko'p rezyumlarda umumiy takrorlanuvchi xatolar mavjud.

Ushbu maqola orqali o’sha xatolarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz.

1. Ortiqcha ma’lumotlar berish

Rezyumeni yozish jarayonida diqqatliroq bo’ling. Juda ko’p ma’lumotlarni berib yuborishga shoshilmang. Faqatgina ish beruvchini qiziqtiruvchi ma’lumotlarni bering. Sizning qaysi maktabda o’qiganingiz yoki qaysi suzish musobaqasini yutganingiz ish beruvchiga katta ehtimol bilan umuman qiziq emas.
Bir betdan oshmasligi kerak rezyumengiz.

2. O’qilishi qiyin qilib tayyorlash

Har doim o’qilishi oson qilib ma’lumotlaringizni joylashtiring.
Yaxshi yozilgan rezyumelarda dasturchining eng oxirigi ishlari va shu ishlarda u nima vazifalarni bajarganligi bo’ladi. Yana, u yerda bajargan shaxsiy va tijoriy loyihalarga link ham berib ketilgan.
Masalahat: Ism, bog’lanish uchun ma’lumot, linklar (shaxsiy sayt, GitHub v,h,k), oxirgi ishlaringiz va nima vazifa bajarganingiz

3. Faqat texnik bilimlarni ko’rsatish

Ko’pchilik dasturchilarning rezyumelarida uchraydigan xatolardan biri bu faqat texnik ko’nikmalari (hard skills)ni ko’rsatishga bo’lgan urunishdir. Hozirgi kunda ish beruvchi kompaniyalar sizning “ yumshoq ko’nikmalaringiz” (soft skills) ga alohida e’tibor berishadi, chunki sizning texnik bilmlaringiz bilan bir qatorda jamoa bilan ishlay olishingiz, sabrli ekanligingiz, muammolarga yechim bera olish kabi ko’nikmalaringiz bo’lishi ular uchun muhim hisoblanadi. Shunday ekan o’zingizning soft skillaringizni ham aniqroq yoritib o’tishga harakat qiling.

Yumshoq ko’nikmalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun bosing

4. Bajargan loyihalari haqida yuzaki ma’lumot berish

Esda tutish kerak bo'lgan yana bir muhim jihatlardan biri bu portfolioni aniq va soda qilib tushuntirib yozishdir.

Mutaxassislar fikricha ko’plab rezyume to’ldirgan dasturchilar bajargan loyihalarini yoritishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yib kelishmoqda. Ya’ni bajargan loyihalarining qaysi qismida qatnashganliklarini va qaysi texnalogiyalardan foydalanib ishni bajarganliklarini kamdan kam hollarda keltirib o’tishar ekan.

Qanday loyihalarni bajarganligingizni va foydalanayotgan texnologiyalaringizni yoritishda iloji boricha aniqroq yoritib bering.

Agar siz bir nechta jamoalar bilan yirik loyihalar ustida ishlagan bo’lsangiz, loyihaning qaysi qismida ishlaganingizni aniq yozing

Masalan: X - O'zbekistonda ishlatiladigan, yetkazib berish xizmati. 10 kishilik jamoada, 2 ta iOS dasturchisidan biri bo'lganman va asosan xaydovchilarning dasturi ustida ularga eng yaxshi foydalanuvchi tajribasini berish uchun ishlaganman. Yana, men umumiy arxitekturaga ham xissa qo'shganman.

Erishgan yutuqlarim/natijalarim:


5. Muammaoni hal qilish ko’nikmasi (Problem-solving skills) ni ko’rsatmaslik

Strategik fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingiz borligini ko'rsatish juda muhimdir. HRlar dasturchilar rezyumelarini ko’rishayotganda ularning asosan muammolarga qanday yechim bera olishlarini bilishni xohlashadi. Shunday ekan ushbu jihatlarga e’tibor qarating. Ular siz duch kelgan eng katta texnik muammolar va ularga qanday yechim berganingiz bilishni xohlashadi.

6. Har bir ishlagan joyning tagida texnik bo’lim yo’qligi

Qanday tilar va kutubxonalardan foydalanishingizni aniq yozib qo’ying. HRlar eng oxirgi texnologiyalarni ishlatib, o’zini “update” qilib yuradigan dasturchilarni izlashadi.

Shu sabab, ishlagan vazifalaringizni har birida texnologik bo’lim yozib keting.

Masalan:

“XZY” koxoronasi, Mobil dasturchi - 2022-24
Texnologiya: Java, Kotlin, MVVM, MVP, Clean Architecture, RxJaava, Retrofit, Room, Mockito

Yuqoridagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qiling. Zero siz yaxshi rezyume to’ldirish orqali ishga kirish uchun katta qadam tashlagan bo’lasiz.

Dasturlash kurslariga ro'yxatdan o'ting: app.mohirdev.uz
​​Ko'p beriladigan savollar

Ba'zi takrorlanuvchi savollarga javob beramiz.

Mohirdev o'zi nima?

Mohirdev
ning maqsadi dunyoning istalgan chekkasidagi o'zbek tilida muloqot qiladigan o'quvchilarga bilim berish. Mohirdev eng katta 2 ta muammoga yechim taklif qiladi: kurslarning qimmatligi va real loyihalarda tajribasi bor o'qituvchilarning kamligi.

Hozir 20 dan ortiq bepul va pullik qisqa kurslar platfdormamizda mavjud. Bundan tashqari, kasbga yo'naltirigan 9 ta Praktikum kurslarimiz mavjud.

Barcha pullik qisqa va praktikum kurslarimiz bilan tanishing

Mohirpool qanday loyiha?

Mohirpool
- ishga joylashishga yordam beruvchi platforma. Mohirpool bozordagi eng og'riqli muammo - ishsizlikka yechim sifatida tashki qilindi. Mohirpool orqali kurs bitiruvchilari, universitet bitiruvchilari yoki mustaqil o'rganuvchilar o'z ishlarini topishlari mumkin. Mohirpool 4 oy davomida ishga kirishga kerak bo'ladigan barcha bilim va tajribani beradi.

Mohirpool haqida batafsil o'qish

Qanday ro'yxatdan o'taman?

Mohirdev.uz orqali ro'yxatdan o'tib, bepul va pullik qisqa kurslarimizda o'qishingiz mumkin. 0 dan ish junior darajaga chiqishga mo'ljallangan Praktikum kurslarimiz uchun ro'yxatdan o'tish uchun @mohirdevsales bilan bog'lanishingiz mumkin.

Mohirpoolga @mohirpool_jbot orqali ro'yxatdan o'tib, ariza topshirishingiz mumkin.

Qanday to'lov qilaman?

Saytimizda to'g'ridan to'g'ri Payme va CLICK orqali kurslarimizni xarid qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, Payme va CLICK ilovasida "Mohirdev" tashkilot sifatida ochilgan. Qiyinchiliksiz praktikum kurslarimizni sotib olishingiz mumkin.

Chet elda bo'lsangiz, @mohirdevsales bilan bog'lanib, xarid qilishingiz mumkin.

English for IT, Cyber Security va .NET kurslari qachon chiqadi?

English for ITning beginner qismi yozib tugatilay deb qolgan, yaqin bir yoki bir yarim oy ichida yangilangan ko'rinishda chiqadi. .NET kursining boshlang'ich qismlari yozilishi boshlangan, yozning o'rtalariga chiqishi mumkin. Cyber Security kursining tahminiy chiqish sanasi yo'q.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
Mohirpool loyihasiga hujjat yuborgan barcha talabgorlarga javob yuborildi (rad yoki testni ishlash).

Kimdan-kim javob olmagan bo'lsa @mohirpool_jbot orqali biz bilan aloqaga chiqishi mumkin.

Hurmat bilan Anvar Narzullaev.
​​NFT haqida: u nima, nima uchun mashhur va uning ortida turgan millionlar

NFT - o’zaro o’zgarmas token degan ma’noni bildiradi. Uni o’zgartirib yoki alashtirib bo’lmaydi.

Xususiyatlari:

Raqamli aktiv (buyum) - blockchain texnologiyasi asosida ishlaydigan, musiqa, san'at asarlar va o'yinlar kabi yig'ish imkoniga ega tokenlardir.

Yagona - uni soxtalashtirish yoki boshqa yo'l bilan o'zgartirish mumkin emas.

Almashish - NFTni almasish uchun mahsus birjalar mavjud va unda kriptovalyutalarda savdo qilinadi.

NFT qanday ishlaydi?

NFTning asosiy qismi Ethereum kriptovalyutasining blockchainida joylashgan

NFT - individual token bo’lib, o’zida qimmatli ma’lumotlarni saqlaydi.

Talab va taklif hisobiga bozorda uning narxi bor bo’lgani uchun uni oddiy buyumlardek sotish yoki xarid qilish mumkin.

NFTning yagona ma’lumotga egaligi unining haqiqiyligini aniqlash va egasini tasdiqlash va o’zaro shaxslar o’rtasida almashishni osonlashtiradi.

NFT nima uchu ishlatiladi?

Crypto-birja va san’at asarlarini yig’ishga qiziqadigan odamlar ko’pincha NFTdan foydalanishadi. Bundan tashqari, yana quyidagicha ishlatish mumkin:

Raqamli kontent - NFTlardan juda ko’p raqamli ijodkorlar foydalanib kelishmoqda.

O'yin buyumlari - NFTlar o'yin ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg'otgan. NFTs o'yinchilarga juda ko'p foyda keltirishi mumkin. Odatda, onlayn o'yinda siz o'zingizning o’yin qahramoningiz uchun qo’shimcha narsalar sotib olasiz va bo’ldi u siz bilan qoladi. NFTlar bilan siz narsalarni sotib olganingizdan so'ng ularni sotish orqali pulingizni qoplashingiz mumkin.

Domen nomlari - NFTlar domeningizni eslab qolish osonroq bo'lgan nom bilan ta'minlaydi. Bu veb-sayt domen nomi kabi ishlaydi, uning IP manzilini esda qolarli va qimmatli qiladi, odatda uzunligi va dolzarbligiga asoslanadi.

Basketboldagi videolar orqasidan millionlab dollar

Oxirgi paytda mashhur bo’layotgan NFTlardan bu NBA Top Shot kolleksiyasidir. Bu NFTlar Dapper Labs (CryptoKitties o'yinini ishlab chiqaruvchilar) va Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) o'rtasidagi hamkorligi asosida yaratilgan. NBA basketbol tarixidagi eng mashhur va eng muhim voqealar muxirlangan qisqa videolarni litsenziya asosida Dapper Labsga beradi, u esa videolarni raqamlashtiradi va xaridorlarga sotadi. Bu NFTlar kollektsiyasidan allaqachon 230 million dollar ishlab olishgan.

Eng qimmatga sotilgan qisqa videolar:

LeBron James “Cosmic” Dunk: $208,000

Zion Williamson “Holo MMXX” Block: $100,000

LeBron James “From the Top” Block: $100,000

LeBron James “Throwdowns” Dunk: $100,000

LeBron James “Holo MMXX” Dunk: $99,999

Nima uchun NFTlar mashhur bo’lib ketti?

NFTs aslida 2015 yildan beri mavjud, biroq ular hozirda bir necha omillar tufayli mashhurlik oshib bormoqda. Birinchisi va eng muhimi bu blockchain va kriptovalyutalarning keng ishlatilib, mashhurlikka erishgani. Bundan tashqari, muxlislik qilish va tanqislik qonuni birgalashib yana bir sababni keltiriib chiqargan. Chunki xaridorlarning barchasi noyob raqamli kontentga ega bo'lish va ularni investitsiya turi sifatida saqlash imkoniyatidan foydalanishni xohlaydi.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube