MohirDev.uz
16.6K subscribers
1.44K photos
387 videos
2 files
1.32K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
​​Muvaffaqiyat hikoyalari

Qurilishda ishlashdan ketdim...

Ismim Abdulloh, yoshim 23da. 2019-yilda birinchi marotaba rusiyaga bordim. Ishlash joyim stroykada edi. Sharoit juda yomon, mening asosiy maqsadim yoshligimdan o'qimishli bo'lish. Qiynalishdan qutilishning eng yaxshi usuli bu - o'qish.

Men qishloqda tug'ilganman, uyerda sharoitlar, bilasiz juda ham zo'r emas. O'qishga bo'lgan imkon, shaharlarda ko'proq mavjudligi uchun, imkoniyatlardan to'liq foydalanishga imkon bo'lmagan.

Yoshimiz tez o'tib ketdi. O'tgan umrimdan unumli foydalanolmaganimdan bazan o'ylab siqilaman. Ko'p vaqtimni o'yin-kulgi va futbol, shunga o'xshash ko'ngil ochar mashg'ulotlar bilan o'tkazdim.

Hayot juda beshavqat ekan. Menga tushuntirganlaridek oson emas ekan. Har muvaffaqiyat ortida albatta mehnat yotar ekan.

Men osonlikcha ko'p narsaga erisha olsam kerak deb o'yladim. Haqiqiy hayotga kirib, qurilishda ishlay boshlaganimdan keyin tushunib yetdimki, men qattiq mashaqqat ortidan erisha olar ekanman.

Hozirgi voqealarga biz nazar solsak, Ruslar va Ukrainlar o'rtasida bo'layotgan urush iqtisodiyotga juda katta zarar olib keldi. Bu zarar yillar davomida o'z ta'sirini yo'qotmaydi.

Aziz do'stim, men qurilishni bugun tashlashga va kasb - hunar o'rganib iqtisodiy erkinlikga chiqishga yo'lga chiqyabman. Sen men bilanmisan?
Kuchli dasturchi bo'lmoqchimisiz?

"Ha", degan javob bo'lsa, bu videoni ko'rishingizni tavsiya qilamiz👇🏻

https://youtu.be/o8WBvdecFlk

Mohirdev bilan ta'lim oling, o'zgarishlar qiling!

@mohirdev
#mohirdev
DevOps nima?

Nima uchun ushbu mutaxassislarning ahamiyati ortib bormoqda?

O’zbek segmentida ko’p gapirilmagan, lekin dunyo IT sohasidagi o’rni kattalashib borayotgan DevOps haqida quyidagi video orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Videoni ko'rish: https://youtu.be/3ONotomQE9M
Muvaffaqiyat hikoyalari

Navqiron taxi haydovchisi

Ismin Mo'min. Men 22 yoshdaman. Hozirda yandex taxida o'z risqimni terish uchun, erta tongdan yo'lga chiqaman.

Ko'p odamlar bilan muloqotda bo'laman, hamma hayotdan zerikkandek tuyiladi. Nega desam, iqtisodiy muammolar borligida ekan.

Ko'p haydovchilar hurmatsiz deb yurar edim. Unday emas ekan. Odamlar juda shoshqaloq bo'lishganiga sabab ham, ko'p daromad qilmasliklari. Yana o'sha iqtisodiy muammolar.

Men hayotimda yo'l xaritamni o'zgartirishim kerak degan xulosaga keldim. Haydovchilik, bir umrlik kasb emas. Bu qachondir tugaydi. Navqiron yoshligimda, kasbiy xotirjamlikga chiqishim kerak.

Nima qilishni bilmasdan maslahat solgim bor. Internetga ishonmay qo'ydim. Juda ko'p videolar, ortiqcha motivatsiyalar berib yuboryabti.

Men navqiron taxi haydovchisi emas, navqiron muhandis bo'lsam degan xulosaga kelyabman. Siz nima deb o'ylaysiz?
Python Praktikum o'qituvchisi Jahongir Rahmonov yozyapti:

"Mohirdevdagi kursimni tugatgan bir o’quvchining ishi: http://bookgram.pythonanywhere.com/

Kichik bir social network yasalgan, kitob o’qiydiganlar uchun. Social Networkda qanday hususiyatlar bo’lsa deyarli hammasi bor. Like qilish, comment qoldirish, chat qilish, feed, follow qilish, notifications va hokazo.

Deploy ham qilingan. Deyarli barcha qismi Unit Testlar bilan qoplangan.

Eng qizig’i ko’p funksiyalarini men qilib ko’rsatmaganman. O’zi harakat qilib qo’shib qo’ygan."

Siz ham shunday loyihalar qilishni xohlasangiz, python.mohirdev.uz orqali kursimizni xarid qiling

Savollaringizni kommentda qoldirishingiz mumkin

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Hamma narsadan ayb topadigan xalqima 😄

Haqiqiy social network emasku deb yozishibdi. To’g’ri, facebookga yetishiga hali ancha bor 🙃

Registratsiya ishlamayapti deganlar uchun, hozir tekshirdim, ishlayapti. Login qilish username orqali, email emas.

To’g’ri Frontendda va UXda to’g’irlasa bo’ladigan ishlar ko’p, lekin boshlanishi uchun juda zo’r natija deb o’y’layman. Ayniqsa unit testlar bilan qoplanganini, deploy qilinganini hisobga olsak. Men boshlaganimda bu vaqtda unit-test nimaligini ham bilmasdim.

Server sekin deganlar uchun, server tekin bo’lgani uchun sekin. Keyin DB querylar 100% to’g’ri yozilmagan bo’lishi mumkin. Asosiysi ishlayapti. Aytishadiku: “Make it work, make it fast and then make it better” deb.
🤝 “Mohirpool” va “DataSite” kompaniyasi oʻrtasida memorandum imzolandi

“Mohirpool" kompaniyasi va oʻzbek IT bozorida koʻp yillik tajribaga ega “DataSite” kompaniyasi oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

Unga koʻra, “Mohirpool” bitiruvchilari “DataSite” kompaniyasida amaliyot oʻtash va ishlash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Bundan tashqari, bitiruvchilarni ish va amaliyot bilan taʼminlash boʻyicha bir nechta IT kompaniyalar bilan hamkorlik qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazilmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oldingi postimizda DevOps haqida gaplashgandik

Bu video orqali esa DevOps mutaxassislari qancha daromad qilishlari haqida bilib oling.

O'zbekistonda DevOpschilarga qancha maosh taklif qilishmoqda? HH.UZ
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Yosh dasturchilarga beradigan bitta maslahatim bor

Ertalabdan kechgacha kod yozinglar

Belni va umuman olganda sog’likni ehtiyot qilinglar.

Bizning ishimiz nosog’lom odatlarni kelib chiqarishi tabiiy. Ko’p o’tiramiz. Ko’p o’tirganda ham noto’g’ri o’tiramiz. Ayniqsa laptop bilan ishlasak juda qiyshayib o’tiramiz. Bir kunmas bir kun bu odatlar adabingizni beradi. Ayniqsa bel va bo’yin.

Ikkita ish qilish mumkin buni oldini olish uchun:
1. External monitor bilan ishlash
2. Sport bilan doimiy ravishda shug’illanish

Afsuski yoshlikda bu muammolar umuman bilinmaydi. Shunga qaramasdan jiddiy qarash kerak bu narsaga.
Mohirdevda amaliyot o'tash imkoniyati

Tez suratda rivojlanib kelayotgan "Mohirdev" ta'lim platformasi kengaymoqda.

Shu maqsadda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amaliyotchilar qidirilmoqda:

- Backend (NodeJS)
- Frontend (VueJS/ReactJS)
- Android (Kotlin)
- iOS (Swift)
- Flutter (Dart)
- UX/UI dizayn (Figma va Photoshop)

3 oy davom etuvchi amaliyotda o'zini yaxshi ko'rsatganlar Mohirdevga ishga taklif qilinadi.

*amaliyot offlayn bo'ladi

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang: https://forms.gle/gpPt3CZgVc1kEQBU7
Data Scienceni veb sohasida qanday qo’llash mumkin?

Bu savolga Maryland Universitetida Ma'lumot Tahlilchisi (Data Analyst) sifatida ishlab kelayotgan Bekzod Akramov javob beradi.

Video: https://youtu.be/siy4GGNHZ_o

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
Nima uchun iOS dasturlash sohasi?

Kursimiz: ios.mohirdev.uz
​​"Web sayt kerak emas(mi)?" yohud Google Sheetsning siz bilmagan imkoniyatlari

Oldimizga vazifa qo'yildi - kompaniya ishlarini avtomatlashtirish. Ko'p holatlarda birinchi o'rinda hayolimizga veb ilova tuzish g'oyasi kelishi mumkin: loyihaning texnik talablarini yozish, sayt dizaynini chizish, uni kodga o'tkazish... Bir qator ko'p vaqt oladigan ishlarni boshlab yuborish mumkin.

Loyiha boshida o'ylagan va 100 foiz to'g'ri deb bilgan texnik vazifalarimizni o'zgartirib, loyihani tahrirlashga kelganda esa u kod ko'rinishga kelib bo'lgani uchun ko'p vaqt va pul yo'qotamiz. Ba'zida loyiha tuzilishi cho'zilgani uchun loyihani unutishga ham to'g'ri keladi.

Shu kabi natijaning oldini olish uchun bizga Google Sheets va undagi scriptlar imkoniyatlari bizga yordamga keladi. Ha, to'g'ri o'qidingiz - Google Sheets va undagi skriptlar.

13-mart kuni soat 19:00 da Merit xususiy maktablari va o'quv markazlari loyiha menejeri Abdulloh Shamsutdinovdan Google Sheets yordamida qanday murakkablikdagi loyihalarni tuzish mumkinligi haqida gaplashamiz. Ishoning, hayron qolasiz.

Vebinar Mohirdev youtube kanalida bo'lib o'tadi: https://youtube.com/c/mohirdev

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
iOS dasturlash sohasi bo'yicha suhbatlashamiz!

Bugun soat 19:00 da
Instagram sahifamiz: https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
iOS bo'yicha jonli efirimiz 15 daqiqadan so'ng boshlanadi!

Jonli efirimiz shu yerda bo'ladi👇
https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
Intervyuga tayyorlanish bo'yicha eng yaxshi kitoblar📚

Ma'lumki dasturchilar ishga kirish jarayonida kompaniyalar tomonidan tashkil qilinadigan intervyulardan o'tishlari kerak bo'ladi.

Intervyulardan muvaffaqiyatli o'tish uchun dasturchilarga yuqoridagi foydali kitoblarni o'qishni tavsiya qilamiz!