MohirDev.uz
16.6K subscribers
1.44K photos
376 videos
2 files
1.32K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
Toptalga kirish qiyin(mi?)

TopTal haqidagi postimizdan keyin unga kirish qiyin yoki qiyin emasligi to'grisidagi savollar ko'paydi. Albattada, axir LinkedIn foydalanuvchilarning yozib qoldirgan "qo'rqinchli" fikrlariga to'la. Shuning uchun ham biz TopTalga kirish bosqichlari haqida post tayyorlashga harakat qildik.

Toptal tizimiga ruxsat olish uchun ariza berish uzoq vaqt talab qilishiga qaramay, har oy minglab odamlar sinab ko'rishadi. Toptalda ishga joylashish uchun frilanserlar bir qator imtihonlardan o'tishlari kerak, jumladan, til imtihonlari, ko'nikmalarni ko'rib chiqish, jonli skrining va sinov loyihalari. Toptal tizimiga ruxsat olish uchun ariza berish uzoq vaqt talab qilishiga qaramay, har oy minglab odamlar sinab ko'rishadi.


1-bosqich. Video suhbat

Video suhbati ingliz tilini bilish darajasini, shuningdek tushunish va boshqalar tomonidan tushunilishi qobiliyatini baholash uchun ishlatiladi. Intervyu oluvchi murojaat etuvchining ko'nikmalarini, masalan, suhbatdosh bilan samarali muloqot qilish qobiliyatini baholaydi. Intervyu jarayonida ekspertlar nomzodlarning o'zini tutushi, shaxsiy firklari, haraktlarini ham o'rganishadi.

2-bosqich. Onlayn test

Nomzodga ma'lum bir vaqt oralig'ida (odatda 30 ish soatida) bajarish uchun haqiqiy loyiha namunasi beriladi. Ushbu testdan asosiy maqsad nomzodlarning muammolarga yechim topishda qanday usullardan foydalanishini sinovdan o'tkazishdan iborat. Qisqa qilib aytganda bo'lajak frilanserlarning aqliy darajasini tekshirishdir.

3-bosqich. Kod yozish

Bunda nazoratchilar jonli ravishda sizni kuzatishadi. Ma'lum bir vaqtda bajarishingiz uchun vazifa beriladi. Vazifani qanchalik aniqlik, tezlik bilan hal qilsangiz va muammolarni hal qilishda ijodkorligingizni ishga solsangiz, albatta bu bosqichdan ham o'ta olasiz.

4-bosqich. Real loyiha

Oxirgi bosqichga o'tish, u sinov loyihasini qurishdan iborat. Sinov loyihasi - bu dasturchi sifatida haqiqiy kodlash qobiliyatingizni ko'rsatish imkoniyatidir. Frontend va backend bilimlaringiz qay darajada ekanligini baholovchi imtihon. Bunda asosiysi loyihangizni chiroyli taqdim qila olishdir.

Esingizda bo'lsa Azizbek Jonibekovning TopTal bilan bo'lgan interyusi haqidagi maqolani joylagan edik. O'sha jarayonni his qilmoqchi bo'lsangiz maqolani o'qib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Telegram | Instagram | Youtube
Project Manager vs Product Manager

Bu ikkala kasb egalari odatda birga ishlashsada, ularning vazifalar farqli.

Product Manager (Mahsulot menejer) bir mahsulotni rivojlanishi, o'sishiga to'liq javob bersa, Project Manager (Loyiha menejer) esa bir yoki bir nechta loyihalarni boshlab, uni tugatishga ma'sul bo'ladi. Shu sababdan, product managerlarni strategik fikrlovchi deb, project managerlarni esa ishlarni bajaruvchi deyishimiz mumkin.

Avvalo product (mahsulot) va project (loyiha) ning o'zi nima ekanligini aniqlashtirib olaylik

Product (mahsulot) bu kompaniyalar o'z mijozlariga taqdim etadigan har qanday narsa yoki servisdir. Mahsulot fizik narsalar (misol, kiyimlar) yoki raqamli ko'rinishda (misol, dastur, sayt) bo'lishi mumkin.

Project (loyiha) esa natijaga olib keladigan topshiriqlar jamlanmasidir. Loyihaning maqsadi mahsulot yaratish yoki uni yangilash bo'lishi mumkin. Masalan, uy qurish yoki mobil dastur yangi versiyasini chiqarish.

Loyiha menejerining vazifalari quyidagi vazifalardan iborat:

- Mahsulot bo'yicha ekspert bo'lishi, mijozlarning ehtiyojlarini bilish, iste'molchi uchun qaysi mahsulot qulay bo'lishini tushunish;
- Muammoni raqobatchilar qanday hal qilyapti, va ularni aniqlash;
- Ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish, kerakli ma'lumotlarni to'plash;
- Testlash. Muvaffaqiyatli yechimlarni taklif qilishdan tashqari, ularni qisqa vaqt ichida sinab ko'rish;
- Iste'molchiar mahsulotdan nega voz kechishmoqda, sabablarini aniqlash.

Avvalgi maqolamizda loyiha menejerlarining vazifalariga to'xtalgan edik.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Product va Project Management bo'yicha suhbat

Hozirda talab oshib borayotgan ikki soha haqida suhbat tashkillashtirishga qaror qildik.

Suhbatda Amazon, DHL, xITee, OSON kabi kompaniyalarda ishlagan, hozirda Applied Labs'da Senior Project Manager sifatida faoliyat yuritayotgan Abdulla Xaydarov va hozirda Hamkorbank'da Product Owner lavozimida ishlab kelayotgan Temur Ibroximovlar ishtirok etishadi. Temur Ibroximov Top Contact, Express24 kompaniyalarda ishlagan va Avtoelon.uz saytini O'zbekiston bozoriga kirib kelishida Country Manager sifatida ishtirok etgan.

Jonli ovozli suhbat davomida bu ikki sohaning o'xshash va farqli taraflari, nima uchun biznes uchun muhimligi, qanday qilib o'rganishni boshlash mumkinligi, O'zbekistondagi bu sohalarga talab qanday ekanligi kabi mavzularga to'xtalinadi.

Suhbat @mohirdev telegram kanalida ertaga soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

O'tkazib yubormang
Live stream scheduled for
Product va Project Managerlar nima uchun muhim

Avvalgi postlarda ularning kimligi va vazifalari haqida aytib o'tdik. Bu gal ularning biznesda tutgan o'rni haqida gaplashamiz.

Project manager biznes uchun muhimmi?

- Loyihani real rejalashtirish uchun loyiha menejerlari juda muhim. Ko'pincha tashkilotlar o'zlarini ortiqcha baholab, natijaga tez erishamiz deb o'ylashadi. Mohir loyiha menejeri esa, vaqt, budjet va aniq maqsadlarni hisobga olib jarayonga real yondashadi.

- "Kasalni davolagandan ko'ra, uning oldini olish muhim". Loyihani boshqarish - bu kerakli odamlarga, to'g'ri vaqtda, aniq vazifalarni bajarishda yordam beruvchi faol jarayon. Agar loyiha boshqaruvining aniq belgilangan usuli bo'lmasa, jamoa faolligi tushib ketadi, muammolar paydo bo'lmasidan oldini olish o'rniga, ular paydo bo'lganidan so'ng hal qilishga to'g'ri keladi.

- Sifat nazorati. Jamoa vazifani o'z vaqtida va budjetga asoslanib tugatish uchun bosim ostida shoshilinch ishlaydi. Bu esa sifatga ta'sir qiladi. Shu yerda loyiha menejeri yordamga keladi. Ular sifat standartlari ustidan nazorat qilishadi. Shu jumladan, loyiha menejerlari to'g'ri rejalar tuzish orqali, harajatlarni tejashga yordam berishadi.

Product managerining biznesdagi o'rni

- Mijozlar odatda o'zlari xohlagan narsasini aniq va oson ifoda etisha olmaydi. Mahsulot menejerlari esa turli xil so'rovnomalar yoki tajribalar orqali ularning aynan nima xohlayotganini aniqlashadi. Mahsulotga auditoriyadan kelib chiqib to'g'ri narx belgilashadi.

- Bozor takliflarga to'la bo'lishi mumkin, mahsulot menejeri esa mijozlarni variantlar orasidan biznesning mahsulotini tanlashlari uchun bosh qotiradi.

- U budjet, vaqt va cheklovlarni muvozanatga keltiruvchi aniq strategik rejalarni ishlab chiqadi. Kuchli mahsulot menejerlari muvaffaqiyat haqida aniq tasavvurga va u yerga qaysi yo'l bilan borish haqida amaliy tushunchaga ega. Dunyo shunday mutaxassislarga muhtoj.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
iOS Praktikum kursi chiqishiga 3 kun qoldi

24-oktyabr kuni o'quvchilar kursni xarid qilib o'qishlari mumkin.

Xohlovchilar kursni hoziroq chegirma asosida xarid qilishlari mumkin.

Chegirma narxi: 1,370,000 (ushbu narx 23-oktyabr, 23:59 gacha amal qiladi. Undan so'ng, kurs narxi 1,500,000 ga o'zgaradi)

Kursni xarid qilish 👉 ios.mohirdev.uz/presale

Kurs haqida ko'proq ma'lumot olish
Live stream started
Product va Project Management bo'yicha gaplashimiz: https://t.me/mohirdev?livestream
Live stream finished (2 hours)
Suhbat tugadi.

Tez orada youtube kanalimizga suhbatni yuklaymiz.

Youtube kanalimiz: https://www.youtube.com/c/Mohirdev/

Temur Ibroximov kanali: https://t.me/temur_ibroximov
Nima uchun Android dasturlash?

So'nggi o'n yil ichida smartfonlar bizning dunyomizda texnologik inqilob qildi. Bugunda iste'molchilar smartfonlardan har qachongidan ham ko'proq foydalanmoqda. Statistika ma'lumotlariga qaraganda dunyoda 3 milliardan ortiq faol android qurilmasi mavjud. Ko'rinib turganidek talab oshib borgani sari, android dasturchilariga ham ehtiyoj tobora ko'paymoqda. Avvalgi postimizda bu haqida eslab o'tgan edik.

Xo'sh, ular qanday dasturlash tilidan foydalanishadi?

Dasturlashga qiziquvchilar Kotlin haqida eshitgan bo'lsa kerak. Boshlanishiga kamchilik foydalangan til, 2017-yilda Google Kotlinni qo'llab-quvvatlashini e'lon qilganidan so'ng, mashhurlikka erisha boshladi. O'shandan beri unga qiziqish ortib bordi va ilova ishlab chiquvchilarning 72 foizi Kotlindan foydalanishga o'tdi.

Kotlinning afzallklari

Kotlin mobil ilovalarni ishlab chiqishda kodni o‘qish soddalashtirish xususiyatidan taqdim etishdan tashqari, Java’ga nisbatan (biroz keyinroq chuqurroq gaplashamiz) afzalliklari bilan ajralib turadi.

• Java bilan tez chiqishadi. Kotlinning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, u Java tili sintaksisi bilan toʻliq oʻzaro ishlashga moʻljallangan. Ya'ni, Javada yozilgan mavjud kod bazasi Kotlin bilan to'g'ridan tog'ri moslashadi.

• O'rganish oson. Sintaksisning soddaligi sizga ko'p imkon beradi. Dasturlashni tilini endi o'rganuvchilar uchun Kotlin maslahat beriladi. Bundan tashqari, u ochiq manba bo'lganligi sababli, Kotlin hamjamiyatining qo'llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalinishda muammo bo'lmaydi.

• Vaqtni tejaydi. Kotlinning kuchli tomonlaridan biri shundaki, u ortiqcha kodlardan voz kechadi, shuningdek, ixcham bo'lib, kod yozish jarayonini sezilarli darajada optimallashtiradi va kodlardagi takrorlanishning oldini oladi.

Ushbu postni androidga qizuvchi do'stlaringizga yuborishni unutmang!

Telegram | Instagram | Youtube
Toptal freelance platformasida ishlash bo'yicha gaplashamiz

Mohirdev foydali vebinar va suhbatlar tashkil qilishda davom etadi

Bu gal "Toptalda Android dasturchisi sifatida ishlash" mavzusida suhbatlashamiz.

Suhbatda SSP Maroqand, DataSite Technology, ZuccoTech kompaniyalarida ishlagan va hozirda Toptal platformasida freelancer android dasturchisi sifatida faoliyat ko'rsatayotgan Zohidjon Akbarov qatnashadi.

Jonli efir davomida Toptal haqida, unga kirish jarayoni, Android dasturlash va unga bog'liq mavzular gaplashiladi.

Suhbat bugun soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi.

👉 https://youtu.be/3EcaEYjnYGM

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Telegram Auksion platformasidagi kamchilikni toping va $100,000 gacha yutuq egasi bo'ling

Telegram "Smart Contract Cracking Competition" musobaqasini e'lon qildi

Mukofot jamg'armasi: $100,000 gacha
Oxirgi muddat: 25-oktyabr, 17:00 (TShV)
Kim qatnasha oladi: Barcha

Ishtirokchilar Telegram e'lon qilgan "aqlli shartnomalar" dagi topilgan xatoliklarga qarab $200 dan $50,000 gacha yutuq egasi bo'lishi mumkin.

Musobaqa haqida batafsil ma'lumot bu yerda

Telegram | Instagram | Youtube
Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?

Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq.

Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz?

Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz.
Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz.

Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz.

Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz?

Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz?

iOS dasturchi? Unda Objective C va Swiftni o’rganing.

Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing.

Backend? Unda Python/ Java/ Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing.

Frontend? Unda HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing.

Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++.

Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing.

Bularning barchasi dasturlash/dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni.

Muallif: Jahongir Rahmonov

Orginal post: ingliz tilida

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
Bugun iOS Praktikum taqdimoti bo'lib o'tadi

Uzoq kutilgan praktikum haqida barchasini ushbu taqdimot orqali bilib oling.

Praktikum muallifi Yunusbek Sadullaev Everbestlab kompaniyasida iOS Team Lead sifatida faoliyat yuritgan va hozirda Ansor kompaniyasida iOS dasturchi bo'lib ishlab kelmoqda.

Taqdimot bugun soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi

Apple ekosistemasi va iOS dasturlashga qiziqqan barchani taklif qilib qolamiz

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Bo'lib to'lash orqali xarid qilish mumkinmi?

Juda ko'pchilikdan kelib tushadigan savolga ushbu postda javob olishingiz mumkin.

Biz 3 xil bo'lib to'lash usulini o'quvchilarimizga taklif qilamiz:

1. Zoodpay orqali 4 ga bo'lib to'lash

ZoodPay orqali foydalanuvchilar kurslarimizni foizsiz, 4 ga bo’lib 4 oy davomida xarid qilishlari mumkin.

Batafsil: mohirdev.uz/zoodpay

Zoodpay qo'llab-quvvatlash xizmati: +998712090076

2. 14 kun ichida 2 ga bo’lib to’lash

Hech qanday qo’shimcha to’lovlarsiz foydalanuvchilar kurslarimizni 14 kun ichida 2 ga bo’lib xarid qilishlari mumkin.

- Kurs narxnining teng yarmini to’lagan foydalanuvchiga kurs ochiladi;
- Kurs narxining qolgan teng yarmini foydalanuvchi 14 kun ichida to’lashi shart;

3. 30 kun ichida 2 ga bo’lib to’lash

Foydalanuvchilar 30 kun ichida 2 ga bo’lib to’lash imkoniga egalar.

- Kurs narxnining teng yarmini to’lagan foydalanuvchiga kurs ochiladi.
- Kurs narxining qolgan teng yarmini foydalanuvchi 30 kun ichida to’lashi shart.

*Kurs narxiga qo’shimcha summa qo’shiladi.

Qanday xarid qilinadi?

Zoodpay orqali to'lash uchun praktikum.mohirdev.uz saytimizdan ro'yxatdan o'ting va to'lov usullaridan ZoodPay ni tanlang. To'lovni amalga oshiring va kursda o'qishni boshlang.

14 va 30 kun bo'lib to'lash uchun formani to'ldiring, operatorlarimiz siz bilan bog'lanishadi: Bo'lib to'lash uchun forma

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Siz bu xatolarni qilmang!

Frilanserlikka birinchi marta qadam qoʻyganlar ish topa olmaslik, stress, doimiy charchoq, mijozlar bilan kelisha olmaslik kabi muammolarga duch kelishi mumkin. Ushbu post orqali “Qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin?” degan savolga javob beramiz.

Agar siz “yangi” boʻlsangiz, bu xatolarni qilmang:

1. Juda koʻp ish va mijoz olish.
Haddan tashqari koʻp olingan ishlar frilanser uchun faqatgina zararga ishlaydi.

• Belgilangan vaqtga amal qilmaslik
• ishni chala qilish
• Ishni ortga surish

Bular sizga faqat yomon izohlar qabul qilishingizga olib keladi. Yomon izohlar ishsizlik degani.

2. Ishni arzonga baholash. Odatda yangi frilanserlar ishlarini kam narxga baholaydi va mijozlarni shu yoʻl bilan ushlab qolishga harakat qilishadi. Ha, ular qisman haq. Lekin, uzoqni marrani koʻzlagan boʻlsangiz, kam narx bilan emas, sifatli ish bilan mijozlar koʻngliga yoʻl toping.

3. Sogʻlikdan voz kechish. “Pul jigardan boʻlgan” degan safsataga amal qila koʻrmang. Siz ham insonsiz, salomatligingiz haqida qaygʻurishga haqlisiz. Juda koʻp ishlash doimiy charchoq va stressni keltirib chiqaradi. Har doim ham koʻp ish qilish koʻp daromad keltirmaydi.

• Ish kuningizda kichik tanaffuslar qiling. Sayr qiling, sport bilan shugʻullaning, kayfiyatni koʻtaring.
• Ovqatlanish ratsioniga amal qiling.
• Doimiy kompyuter qarshisida oʻtirishdan chetlaning.

4. Sabr. Ish jarayonida yomon mijozlarga ham duch kelishingiz mumkin. Agar sabrli bo'lsangiz, tabriklaymiz, siz sinovdan o'tdingiz!

5. Sifat nazorati. Vazifalarda eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻyishdan chetlaning. Har qanday ishni, hatto kichik vazifalarni ham, mukammal qilishga harakat qiling. Sifatli ish — yaxshi daromad.

Ushbu maslahatlarga amal qilsangiz, oʻylaymizki, frilanserlikda muvaffaqiyat qozonishingiz oson boʻladi!

Telegram | Instagram | Youtube