MohirDev.uz
16.6K subscribers
1.45K photos
390 videos
2 files
1.32K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
.NET dasturchisi bo'ling

Kurs davomida siz xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lgan, juda tez sur'atda o'sib takomillashib borayotgan, C# dasturlash tilini o'rganasiz.

Kurs yakunida Toshkent shahriga kelgan mehmonlarga shinam xonadon topadigan “Sheenam” deb nomlangan loyihaga bag’ishlangan 9 soatlik video darslar davomida, g’oyadan birinchi dastur funksiyanaligacha yozishni o’rganasiz.

Kurs haqida qisqacha:

100 ga yaqin videodarslar
3 ta loyiha qilish imkoniyati
Har bir modulda dars topshiriqlari
O’qituvchi bilan Zoom uchrashuvlar
Kursni boshlash uchun boshlang’ich bilim talab qilinmaydi

Darslar 3 yildan ortiq tajribaga ega, hozirda xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida .NET dasturchi sifatida faoliyat olib borayotgan Elbek Normurodov tomonidan o'tiladi.

Kursni xarid qilish: mohirdev.uz/net

Konsultatsiya olish

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
MohirDev.uz pinned a video
Data Science va Sun'iy Intellekt praktikumda Google, IBM va Kaggle kompaniyalari o’quv dasturlari asosida tuzilgan eng mukammal kurslarda tahsil oling.

Praktikum 30 hafta va 8 ta kursdan iborat.

Kurs sahifasi 👉 ai.mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
Loyiha boshqaruvi (Project Management) bo'yicha praktikum kursi yozilishi boshlandi

Tez orada kurs chiqish sanasini e'lon qilamiz.

O'rganamizmi? 🤓

Telegram | Instagram | Youtube
Nima uchun .NET?

Microsoft kompaniyasi 2016-yilda ommaga .NET (avval .NET Core nomi bilan tanilgan) freymvorkini taqdim qildi. U juda qulay, moslanuvchan muhitga egadir. Undan mobil ilovalar, o'yinlar, veb ilovalar dasturlashda qo'llash mumkin. Qolaversa, sun'iy intellekt ishtirok etgan loyihalarda ham bemalol foydalana olasiz.

Taqdim qilinganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, .NET dasturchilarning mehrini qozondi. Quyida uning afzalliklarini sanab o'tamiz:

1. Imkoniyati keng.Har qanday ilova, har qanday platformalar bilan ishlay olishingiz mumkin. Dasturchilar tayyor kodlarni qayta ishlata olishadi. Bu ularga kamroq vaqt va mablag’ sarflab, yuqori natijalarga erishishiga yordam beradi.

2. Sevimli. .NET ketma-ket uch yil davomida (2019, 2020 va 2021) Stack Overflow Developer Survey 'da eng sevimli freymvork sifatida qayd etilgan.

3. Qulaylik. TechEmpower tomonidan o’tkazilgan sinovga ko’ra .NET boshqa mashhur freymvorklarga qaraganda tezroq ekanligi isbotlangan.

Boshqa ko'plab imkoniyatlarini sanab o'tardik-u, yaxshisi .NET Praktikumda o'qib so'zimizning rost ekanligiga o'zingiz guvoh bo'lishingizni istadik!

Kurs haqida batafsil 👉 mohirdev.uz/net

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
Dasturchilar haqida miflar (afsonalar)

Ko'pchilik kino va seriallar, memlar ta'sirida dasturchi yoki dasturlash haqida notog'ri tushunchaga ega bo'lib qolishgan.

Bugungi blogda shu haqida gaplashamiz

Maqola 👉 https://mohirdev.uz/dasturchilar-miflar/

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
Kurs sahifasi 👉 java.mohirdev.uz

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Data Science va Sun'iy Intellekt kursi uchun qanday kompyuter kerak?

Bu savolga javobni videodan bilib oling

Kurs 👉 mohirdev.uz/ds
Toptal bilan bo'lgan intervyu jarayoni haqida

Yashirmayman, ish intervyular har doim qo’rqinchli tuyilgan. Ayniqsa, Toptal bilan bo’ladigan intervyu yomon tushdek edi, chunki hamma barcha intervyu jarayonlaridan o’tish juda qiyinligini aytishgan. Lekin bir necha hafta oldin, uyqusiz tunlarning birida men Toptalga topshirishga qaror qildim. Nimaga topshirmasligim kerak axir? Yo’qotadigan narsam bo’lmasa.

Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak, Toptal bu top muhandislar bilan top xaridorlarni bir biriga bog’laydigan eng yetakchi freelance platformalaridan biri hisoblanadi. Unga qo’shilish boshqa platformalaridan keskin farq qiladi. Intervyu jarayonlari 4 bosqichga bo’lingan: pre-screening, online coding challenge, intervyu oluvchi bilan jonli dasturlash va test loyiha (test project)

In shaa Allah, top 3% frontend dasturchi bo’lish yo’lidagi intervyu jarayonlari hammaga manfaatli bo’ladi.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/toptal-intervyu/

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
Python tezroqmi yoki PHPmi?

Bu savolga javob berish maqsadida keling faqat Web Applicationlar haqida gaplashaylik chunki ko'pchilik aynan shu ish bilan shug'illanadi.

Batafsil: https://mohirdev.uz/python-tezroqmi-yoki-phpmi/

@mohirdev bilan kasbiy xotirjamlikka erishing
​​Nima uchun MERN stackni o’rganish kerak?

Full Stack dasturchilar eng talabgir odamlardan biri bo’lib qolmoqda.

Full Stack dasturchilarning boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, ular vaziyatga moslashib, ishlanayotgan loyihaga turli xil yo’l bilan foyda olib kelishadi.

Hammaga ayonki, full stack dasturchi bo’lish uchun turli xil bilim va ko’nikmalarni egallab, frontend va backendniyam birday bilishi kerak bo’ladi.

Agar siz boshlang’ich dasturlash asoslarini bilsangiz, 4-6 oyda full stack dasturchi bo’lishingiz mumkin. Ko’p narsa olayotgan kurslaringiz va tanlagan “stack”ingizga bog’liq bo’ladi (albatta, qattiq harakat bilan).

Bu postda nima uchun MERN stack ko’pchilik uchun ideal tanlov ekanligi haqida gaplashamiz.

Avvalo, “tech stack” nima degani?

Full Stack dasturchi bo’lish uchun birinchi qaysi “stack”da ketishingizni aniqlab olishingiz. Stack deganda, ko’pincha loyihani 0dan oxirgacha bitkazish uchun kerak bo’ladigan texnologiyalar to’plamini tushunishadi.

Har qanday loyiha 2 ta asosiy qism - Frontend & Backenddan iborat. Frontend va backend bilan ishlash uchun bizdan backend va frontendga mos aniq turli xil texnologiyalarni bilish talab qilinadi.

Agar biz bu texnologiyalarni barchasini birlashtirsak, bu “stack”ga aylanadi.

Juda ko’p “stack”lar hozirgi kunga kelib ishlatilayotgan bo’lsada, eng ommalashib, rivojlanib kelayotganlardan biri bu “MERN stack” hisoblanadi.

MERN nimani angalatadi?

M - backend uchun ishlatiladigan MongoDB databazasini;

E - APIlarni yaratish uchun ishlatiladigan ExpressJJS API frameworkini;

R - Facebook tomonidan ishlab chiqilgan, hozirda eng mashhur frontend frameworklardan biri ReactJSni;

N - Javascriptga asoslangan, backend severini yozish uchun ishlatialdigan NodeJSni anglatadi.

Qanday “tech stack”ni to’g’ri tanlash mumkin?

To’g’ri tech stackni tanlash ko’p narsaga bog’liq. Bulardan biri sizning hozirgacha olgan bilimingiz, deyishimiz mumkin. Umumiy masalahat esa qanday tech stackni tanlashdan qat’iy nazar, siz aniq Javascriptni o'rganishingiz kerak.

Chunki juda ko’p kompaniyalar sekin asta frontend uchun Javascriptga asoslangan frontend frameworklariga o’tishmoqda va Javascriptni o’rganishingiz ReactJS, Angular, Vue va boshqa frameworklarni o’rganishni osonlashtiradi.

Yana bir muhim jihat, agar siz Javascriptni o’rgansangiz, bu backend dasturlash uchun ishlatiladigan NodeJSni o’rganishga ham yordam beradi.

Agar siz OOP tillaridan birini va Spring, hibernate kabi mashhur frameworklardan xabaringiz bo’lsa, backend uchun ularni ishlatib, frontend uchun ReactJSni o’rganishingiz mumkin.

MERN nima uchun eng ommalashayotgan stacklardan biri bo’lib qolmoqda?

Buning sabablari ko’p. Ularning bir nechtasini quyida keltirib o’tamiz:

1. Tez kodlash vaqti: MERN stackda dastur yozish uchun juda kam vaqt sarflanishi mumkin.

2. Juda ko’p integratsiya: MERN stack to’liq Javascriptga asoslangan va Javascript juda ko’p kutubxona va integratsiyalarga ega. Shu sabab, qandaydir muammoga duch kelganingizda, juda katta ehtimol bilan sizdan oldin kimdir bu muammoga yechim topib bo’lgan bo’lishi va bu yechimni osongina o’zingizni loyihangiz bilan intergatsiya qilishingiz mumkin.

3. SQLsiz ma’lumotlar bazasi: MERN stackning yana bir muhim jihatlaridan biri MongoDB bo’lib, u eng mashhur SQLga asoslanmagan ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

4. Arzon dasturlash: MERN dagi dasturlarni yozish uchun nisbatan kam vaqt sarflangani, loyihaning harajatlarini ham sezilarli kamaytiradi.

5. Qulay ekosistema: MERNdagi frameworklarning dokumentatsiyasi yuqori darajada va MERnga aloqador savolalringizga osongina javob topishingiz mumkin.

6. Vebdan mobilga: veb dasturlarni mobil dasturlarga o’tkazish ancha qulay (React Native tufayli)

MERN stackni o’rganish uchun bizning 6 oy davom etuvchi praktikumimizga yoziling.

Kurs davomiyligi: 132 soat, 52 daqiqa, 38 soniya.

Ro’yxatdan o’tish: mern.mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 O'zbekistonda turib, Amerikaga dasturchi sifatida ishga ketish yo'llari.

🎯 Bugungi kunda dunyoning yetakchi IT kompaniyalari AQSHda joylashganligini va o'z sohasining yetakchi mutaxassislari o'sha kompaniyalarda ishlab kelayotganligini yaxshi bilasiz.
🤔Amerikada dasturchi bo'lib ishlash uchun nimalar qilish kerak?

🎙 Nodir Nazarovdan muhim tavsiyalar.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
Algoritmlar va Ma'lumotlar tuzilmasini o'rganish uchun 7 sabab

Har xil murakkab algoritmlarni o’rganish Developer uchun kerakmi degan savol ko’pchilik yangi dasturchilarni o’ylantirsa kerak. Biz o’z Algoritmlar va Ma’lumotlar tuzilmalari online darslarimizni boshlashdan oldin istalgan dasturchi algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalarini o’rganish va dasturlash olimpiadalariga qatnashishdan ko’radigan 7 ta foydasini keltirib o’tmoqchiman.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/algoritmlar-7sabab/

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Introduction to Django infrastructure

Dasturlashda biror texnologiyani o'rganishdan oldin o'sha texnologiyaning o'zi qanday ishlashi, qanday qismlardan tashkil topganini tushunib olish o'sha texnologiyani o'rganish jarayonini ancha osonlashtiradi.

Ko'pchilik djangoni yaqinda o'rganishni boshlagan dasturchilar avval boshda ancha qiynalishadi.Bunga sabab, django qiyin(hard)ligida emas, balki murakkab(complex) ekanligida.

Bu maqolada djangodagi bir qancha eng asosiy va eng ko'p ishlatiladigan componentlar va ularning bir-biriga qanday bog'langanligini ko'rib chiqamiz.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/intro-django

Muallif: Bobosher Musurmonov

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

#python #django

💬 Telegram | 📹 Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi semestrni "5" ga yopishning oson formulasi (universitetga yangi kirgan talabalar uchun tavsiyalar)

Universitetdagi 8 ta semestrni ham (deyarli) pulsiz 5 ga yopganman va o'rtacha foiz 90% bo'lgan. Guruhimizdan 15-20 ta bola har semestrni 5 ga yopar edi. Shu sababli tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi semestrni qanchalik yaxshi bahoga yopsang, uyog'iga ishing shunchalik oson bo'ladi.

"5"ga yopish haqida ba'zi haqiqatlar
— "5" ga yopgan ham, zo'rg'a "3" ga yopgan ham aslida bir xil "yuguradi". Faqat birinchisi vaqtida, o'zi xohlab, ikkinchisi kech bo'lganda majburlikdan
"5" ga yopish tobora osonlashadi, "3" ga yopish tobora qiyinlashib borishi mumkin
Bahoning ahamiyati bor, agar senga chetda o'qish qiziq bo'lsa
— "5" ga yopishning hech qanday oson formulasi yo'q, faqat yordam berishi mumkin narsalar bor.

Quyida shulardan 3 tasini keltiraman. Hammasi bir-biriga bog'liq va bir birini talab qiladi.

1. O'qituvchilarda yaxshi taassurot qoldir

— O'qituvchida ilk taassurotni qanday qoldirishing, deyarli 50% ishingni hal qiladi (bu haqida asta-sekin)

— Yaxshi taassurot qoldiraman deb hovliqib, shoshilib ketma

— O'qituvchilar ko'p gapirganni emas, vaqtida kerakli gaplarni gapirganlarni hurmat qiladi

— Gapirishdan oldin nima deyishing haqida o'ylab ol, rasmiylik va tabiiylik o'rtasida gapir

— Sening gapirishingdan tashqari ko'rinishing ham katta ahamiyat kasb etadi — doim tartibli, hushbichim bo'lib yurishga harakat qil

— Sen endi yosh bola emassan, har bir ishingda o'zingni shunga munosib tut — bu eng muhimi

2. O'qituvchini va uning darsini hurmat qil

— O'qituvchini hurmat qilish faqat og'izda bo'lmaydi

— O'qituvchilarda dars uchun reja bo'ladi. Shuni ulardan so'ra, rasmga tushurib ol. Darslarga oldindan tayyorlanishga harakat qil.

Dars oldidan o'tgan darsni esla, bugungi mavzuga ko'z yugurtir. Savollarga tayyor tur.

Ixtiyoriy tarzda javob ber! Faqatgina jurnaldan familiyangga yetib kelingan paytda emas, oldinroq javob berishga harakat qil. Buni juda qadrlashadi.

Agar tayyor bo'lmasang, ixtiyoriy tarzda javob berma! Undan ko'ra navbating kelguncha tayyorlan

— O'qituvchi ism-sharifi va dars nomini esda saqla

— Ko'cha ko'yda ko'rganingda o'qituvchiga e'tibor bilan, ism-sharifini aytib salom ber

— Mustaqil ishlarni muddatidan oldin tayyorla
!
Sessiya payti o'qituvchilar oldiga kirib bo'lmay qoladi, soatlab vaqt yo'qotasan. Shu sababli ham ularni iloji boricha erta tayyorlab topshir

— Yana bir marta: o'qituvchi oldida, ayniqsa individual tarzda bo'lganda, o'zingni kattalardek tut (o'zi shundoq ham kattasan aslida)

3. Guruh bo'lib harakat qil

— Guruhdoshlaring bilan baho borasida raqobatchi emas, hamkor bo'l

To'g'ri yetakchi (starosta) tanlash juda muhim! Guruhda eng aqlli yoki eng yoshi katta talabani starosta qilish noto'g'ri!

— Starosta guruh uchun jon kuydiriadigan, o'z vaqtini ayamaydigan (ayniqsa sessiya payti), mas'uliyatli, odamlar bilan kirishuvchan, uddaburon va hammani teng ko'radigan bo'lishi kerak.

— Eng yaqin, ishongan do'stlaring bilan vazifalarni bo'lishib bajar. Hamma bilan bu ishni qilib bo'lmaydi

Guruhning umumiy sifati o'shishi sen uchun ham foydali. Shu sababli buni xohlamasang ham orqada qolayotganlarga yordam ber

Bahoni guruhdoshlaring bilan munosabatdan ustun qo'yma

— Baholar stipendiyaga ta'sir qilmay qo'ygani - bu sening yutug'ing

Qo'shimcha

— Bularni bajarsang, sehrli tarzda 5 olib qolmaysan. Reallikda hammasi qiyinroq bo'lishi mumkin.

— Sendan maksimum harakat, lekin natija Yaratganning qo'lida ekanini unutma

P.S: Uy topish masalasida yordam bera olmayman lekin 😐

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

Telegram | Instagram | Youtube
Muhim e'lonlar

1. Qisqa kurslarga kirish va ro'yxatdan o'tish vaqtinchalik quyidagi link orqali olib boriladi.

👉 mohirdev.uz/my-account

Bosh sahifadagi kirish va ro'yxatdan o'tish sidebari vaqtinchalik ishlamaydi.

2. Mohirdev.uz da CLICK va Payme to'lov tizimlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Xatoliklar tuzatilish bilan kanalda e'lon qilamiz.

*bu e'lonlar faqat mohirdev.uz ga tegishli. Praktikum kurslari muammosiz stabil ishlamoqda.

Mohirdev jamoasi
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!

Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan Mohirdev jamoasi barcha yurtdoshlarimizni chin yurakdan tabriklaydi.

🇺🇿Mustaqilligimiz doimo abadiy bo'lsin!
Payme va CLICK to'lov tizimlari bilan bog'liq muammo bartaraf etildi.

Mohirdev.uz dagi kurslarni Payme, CLICK, Visa, Mastercard va Zoodpay orqali xarid qilishingiz mumkin.

Mohirdev jamoasi