MohirDev.uz
16.6K subscribers
1.44K photos
369 videos
2 files
1.32K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
🎬 Eng yaxshi dasturlashga oid hujjatli filmlar

@mohirdev - kasbiy xotirtjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from MohirDev.uz
​​Nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Siz uchun boshlang'ich dasturchilarga kerakli maqola va videolarni bir joyga yig'dik.

Qaysi dasturlash tilidan boshlashim kerak? - Jahongir Rahmonov

Juda ko'pchilik til tanlashda qiynalishadi. Sohaga kirmoqchi bo'lganlar uchun o'qilishi shart bo'lgan maqola.

Qaysi dasturlash tilini tanlay? - Anvar Narzullaev

Yuqoridagiga o'xshash savolga endi video ko'rinishda javob olishingiz mumkin.

Qanday kompyuter tanlash kerak? - Anvar Narzullaev

Dasturlash tili yoki yo'nalish tanlangandan keyin, ko'pchilikda bir savol qoladi: qanday kompyuter sotib olishim kerak? Yoki hozirgi noutbukim yetarlimi? Barcha savolga ushbu videoda javob olishinigz mumkin.

Kompyuterni qanday tanlash kerak?

Kompyuter tanlash bo'yicha muhim maslahatlar jamlangan maqola.

Soft skillar nima? Ularni nima uchun egallash kerak? - Andrei Neagoie

Ingliz tilidan yumshoq ko'nikmalar deb tarjima qilinadigan bu "skillar" haqida ko'proq bilib oling. Bularsiz o'z maqsadingizga yetishish qiyinlashadi. Uzun maqola. Uzun maqola o'qib, o'zini rivojlantiradiganlar qatorida bo'ling.

Ishga kirish uchun tajriba kerak. Tajriba uchun ish kerak - Jahongir Rahmonov

Juniorlarning eng og'riqli muammosiga yechim topishga harakat qilingan maqola. Kursni tugatib, ishga kirish harakatida yuribsizmi? Unda bu maqola aynan siz uchun.

Senior dasturchi bo'lish siri - Jahongir Rahmonov

Ko'p ishlab lekin o'zingizni o'smayotgandek xis qilayotgan bo'lsangiz, mana shu maqolani o'qing.

Dasturchi sifatida yaxshi rezyume tayyorlash - Azimjon Po'latov

Bilasizmi, yaqinda e'lon qilingan amaliyot dasturimizni ilk bosqichiga 300 dan ortiq ariza kelib tushdi va ular asosan rezyume va portfoliosiga qarab saralab olindi. Eplab rezyumeni ham to'g'ri to'ldira olmaydigan dasturchiga ishonch pastroq bo'ladi. Shu sabab bunga jiddiy qarang.

Foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz bilan ulashing.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
​​Mohirpooldagi Frontend (React) yo’nalishi haqida

Frontend yo’nalishidagi o’quvchillarga EPAM Systems kompaniyasida Software Engineer sifatida ishlayotgan Umar Umurzokov mentorlik qiladi.

O'quvchilar mentor bilan quyidagi loyihalar ustida ishlashadi:

Shaxsiy loyiha ustida ishlash

Mohirpool’ning birinchi bosqichi, ya’ni “Shaxsiy loyiha ustida ishlash” bosqichida sizdan “toza” JavaScript dasturlash tilida, hech qanday kutubxonalarsiz 2 haftalik loyiha - dunyoga mashhur bo’lgan pomidor metodini tuzish talab etiladi. Bu 2 haftalik bosqichdan maqsad, fundamental JavaScript bilimlarni mustahkamlab, ko’z va qo’llarimizni kodga o’rgatgan holda, katta yo’lga, ya’ni ikkinchi bosqichga tayyor bo’lish.

Jamoaviy loyiha

Ikkinchi bosqichda o’quvchilar jamoalarga bo’linib, haqiqiy loyihalardagidek SCRUM metodogoliyasidan foydalangan holda 12 haftaga mo'ljallangan katta web ilova ustida ish olib boradilar. O’quvchilarning kodlarini doimiy ravishda mentor review qilib, kerakli joylarda yo’nalishlar berib turadi.

Undan so'ng, o'quvchilar quyidagi bosqichlardan o'tishadi:

Ishga tayyorlash — 2 hafta

- Ish qidirish jarayoni (job hunting)
- Rezyume va portfolio tayyorlash.
- Rezyumelarni tahlil qilish.
- Texnik suhbatga tayyorgarlik (dasturlash texnologiyalari, OOP tamoyillari, kod yozish)

Mock suhbatlar — 1 hafta

Bu bosqichda dastavval talabalar oʻzaro suhbat uyushtiradilar. Keyin esa tajribali ustozlar tomonidan ishga kirish jarayonidagi kabi suhbatdan oʻtadilar.

Mohirpool’da qatnashish uchun minimum talablar:

- HTML, CSS, JavaScript
- JavaScript umumiy ma’lumot tuzilmalari (array, object, va hokazo...)’lar bilan tanish bo’lish
- OOP
- Browser APIs, DOM, DOM events
- Asinxron JavaScript
- Git va Github
- React
- Fikrlash qobiliyati. Codewars platformasidagi 7-8 kyu darajasidagi masalalarni yecha olish
- Ingliz tili (kamida pre-intermediate darajasida bilish afzal)

Mohirpoolda oʻqish narxi: oyiga 1.5 mln, 4 oy davom etadi. Bittada to'lansa - 5 mln (1 mln chegirma beriladi)

Roʻyxatdan oʻting 👉 @mohirpool_jbot

Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from Nodirxon C# Darslari (ELBEK)
Kuni kecha Mohirdev platformasi uchun yozayotgan video-kursimning loyihasini Janob Chisto Du Toit tekshirib xalqaro dasturlash Me'yoriga mos kelishini tasdiqladilar.

Bugun Linkedin profillarini titkilab ko'rsam deyarli 30 yil lead dasturchi pozitsiyasida ishlab kelmoqda ekanlar. Hattoki, dunyo bo'yicha standard loyihalarga qo'shgan hissalari bo'yicha ham #1 o'rindalar.

Video yozish jarayonida endi kirib kelayotgan dasturchilar asosan qaysi ko'nikma ustida ko'proq ishlashlari va shunga o'xshash bir qator qiziqarli savollarni berdim. Bundan tashqari o'zlari Junior dasturchilarni ishga olayotganda kurs davomida yaratgan ushbu dasturimizda qamrab olingan mavzular ishga olish ehtimolini oshiradimi yo'qmi shuni ham so'radim (Javobi juda qoniqarli bo'ldi).

Xalqaro tajribaga ega insonlarni jalb qilish va shu orqali kursi xarid qilganlarni ularning darajasiga yetishishini ta'minlashni maqsad qilganman.

Kanalga obuna bo'lib qoying ; )
Yaqinda bundan ham qiziqroq xabar bilan ulashaman!
MohirDev.uz
Photo
Tez kunda - .NET Praktikum kursi

🤩 O'zbek tilida

Mentor: https://t.me/mohirdev/1057

Kuting 😁
💡 Parollaringizni ishonchli saqlang.

Bu bo'yicha tavsiyalar bilan bo'lishamiz.

Post foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz bilan ulashing.

Telegram | Instagram | Youtube
💭 Professional NodeJS kursi o'quvchilaridan birining fikri

Kurs haqida
: https://t.me/mohirdev/1027

Kursni sotib olish

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
🤝 Mohirdev ta'lim platformasi Marifat Jamal bilan eksklyuziv hamkorlikni yo'lga qo'ydi

Hamkorlikdan maqsad - yoshlarni chet el universitetlariga tayyorlashga qaratilgan loyiha tashkil qilish.

Marifat Jamal SAT bo'yicha mentor, bir nechta TOP universitetlarda o'qish uchun grant sohibasi va Full Stack dasturchi hisoblanadi.

@mohirdev - hamma sifatli ta'lim olishga haqli

Telegram | Instagram | Youtube
​​Nima uchun MERN stackni o’rganish kerak?

Full Stack dasturchilar eng talabgir odamlardan biri bo’lib qolmoqda.

Full Stack dasturchilarning boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, ular vaziyatga moslashib, ishlanayotgan loyihaga turli xil yo’l bilan foyda olib kelishadi.

Hammaga ayonki, full stack dasturchi bo’lish uchun turli xil bilim va ko’nikmalarni egallab, frontend va backendniyam birday bilishi kerak bo’ladi.

Agar siz boshlang’ich dasturlash asoslarini bilsangiz, 4-6 oyda full stack dasturchi bo’lishingiz mumkin. Ko’p narsa olayotgan kurslaringiz va tanlagan “stack”ingizga bog’liq bo’ladi (albatta, qattiq harakat bilan).

Bu postda nima uchun MERN stack ko’pchilik uchun ideal tanlov ekanligi haqida gaplashamiz.

Avvalo, “tech stack” nima degani?

Full Stack dasturchi bo’lish uchun birinchi qaysi “stack”da ketishingizni aniqlab olishingiz. Stack deganda, ko’pincha loyihani 0dan oxirgacha bitkazish uchun kerak bo’ladigan texnologiyalar to’plamini tushunishadi.

Har qanday loyiha 2 ta asosiy qism - Frontend & Backenddan iborat. Frontend va backend bilan ishlash uchun bizdan backend va frontendga mos aniq turli xil texnologiyalarni bilish talab qilinadi.

Agar biz bu texnologiyalarni barchasini birlashtirsak, bu “stack”ga aylanadi.

Juda ko’p “stack”lar hozirgi kunga kelib ishlatilayotgan bo’lsada, eng ommalashib, rivojlanib kelayotganlardan biri bu “MERN stack” hisoblanadi.

MERN nimani angalatadi?

M - backend uchun ishlatiladigan MongoDB databazasini;

E - APIlarni yaratish uchun ishlatiladigan ExpressJJS API frameworkini;

R - Facebook tomonidan ishlab chiqilgan, hozirda eng mashhur frontend frameworklardan biri ReactJSni;

N - Javascriptga asoslangan, backend severini yozish uchun ishlatialdigan NodeJSni anglatadi.

Qanday “tech stack”ni to’g’ri tanlash mumkin?

To’g’ri tech stackni tanlash ko’p narsaga bog’liq. Bulardan biri sizning hozirgacha olgan bilimingiz, deyishimiz mumkin. Umumiy masalahat esa qanday tech stackni tanlashdan qat’iy nazar, siz aniq Javascriptni o'rganishingiz kerak.

Chunki juda ko’p kompaniyalar sekin asta frontend uchun Javascriptga asoslangan frontend frameworklariga o’tishmoqda va Javascriptni o’rganishingiz ReactJS, Angular, Vue va boshqa frameworklarni o’rganishni osonlashtiradi.

Yana bir muhim jihat, agar siz Javascriptni o’rgansangiz, bu backend dasturlash uchun ishlatiladigan NodeJSni o’rganishga ham yordam beradi.

Agar siz OOP tillaridan birini va Spring, hibernate kabi mashhur frameworklardan xabaringiz bo’lsa, backend uchun ularni ishlatib, frontend uchun ReactJSni o’rganishingiz mumkin.

MERN nima uchun eng ommalashayotgan stacklardan biri bo’lib qolmoqda?

Buning sabablari ko’p. Ularning bir nechtasini quyida keltirib o’tamiz:

1. Tez kodlash vaqti: MERN stackda dastur yozish uchun juda kam vaqt sarflanishi mumkin.

2. Juda ko’p integratsiya: MERN stack to’liq Javascriptga asoslangan va Javascript juda ko’p kutubxona va integratsiyalarga ega. Shu sabab, qandaydir muammoga duch kelganingizda, juda katta ehtimol bilan sizdan oldin kimdir bu muammoga yechim topib bo’lgan bo’lishi va bu yechimni osongina o’zingizni loyihangiz bilan intergatsiya qilishingiz mumkin.

3. SQLsiz ma’lumotlar bazasi: MERN stackning yana bir muhim jihatlaridan biri MongoDB bo’lib, u eng mashhur SQLga asoslanmagan ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

4. Arzon dasturlash: MERN dagi dasturlarni yozish uchun nisbatan kam vaqt sarflangani, loyihaning harajatlarini ham sezilarli kamaytiradi.

5. Qulay ekosistema: MERNdagi frameworklarning dokumentatsiyasi yuqori darajada va MERnga aloqador savolalringizga osongina javob topishingiz mumkin.

6. Vebdan mobilga: veb dasturlarni mobil dasturlarga o’tkazish ancha qulay (React Native tufayli)

MERN stackni o’rganish uchun bizning 6 oy davom etuvchi praktikumimizga yoziling.

Kurs davomiyligi: 132 soat, 52 daqiqa, 38 soniya.

Ro’yxatdan o’tish: mern.mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
MohirDev.uz
​​Nima uchun MERN stackni o’rganish kerak? Full Stack dasturchilar eng talabgir odamlardan biri bo’lib qolmoqda. Full Stack dasturchilarning boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, ular vaziyatga moslashib, ishlanayotgan loyihaga turli xil yo’l bilan…
🤩 Yaqinda, praktikum tarkibidagi Javascript moduli to'liq yangilandi.

Video sifati yaxshilandi;
Yangi texnologiyalar bo'yicha darslar qo'shildi;
O'quvchilarning fikrlaridan kelib chiqilib, ba'zi xatolar to'g'rilandi.

Har bir praktikum shu tarzda yangilanib boriladi

Kurs sahifasi: mern.mohirdev.uz

Telegram | Instagram | Youtube
Mohirpooldan ro'yxatdan o'tish muddati 1-iyulgacha uzaytirildi.

Mohirpool qanday loyiha? https://t.me/mohirpool/5

Mohirpool 2-qabul haqida: https://t.me/mohirpool/8

Freelance yo'nalishi haqida: https://t.me/mohirpool/11

Python yo'nalishi haqida: https://t.me/mohirpool/13

Frontend yo'nalishi haqida: https://t.me/mohirpool/14

Ko'p beriladigan savollarga javoblar: https://t.me/mohirpool/12

Roʻyxatdan oʻtish 👉 @mohirpool_jbot

Telegram | Instagram | Youtube
​​🤩 Ajoyib yangilik

Mohirdev ta'lim platformasida SMM Design Praktikum kursiga start berildi

Hozirda ko'plab loyiha, bizneslarda SMM ning o'rni rivojlangani sayin kompaniyalarning marketing jamoasiga ham grafik dizaynerlarga talab oshmoqda. Har bir kompaniyaning kamida 1 ta Grafik dizayneri bo'ladi.

Shunga ko'ra, maxsus SMM design praktikum kursi tashkil qilindi.

Ushbu praktikum kursda Facebook, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarining dizaynini tayyorlash va dizayn texnologiyasi o'rgatiladi.

Darslarni siz 6 yillik tajribaga ega, hozirda Socially Design Agency asoschisi va Art direktori Ismoil Safarovdan o'rganasiz.

Kurs o'z ichiga nimalarni oladi?

70 dan ortiq videodarslik;
100 dan ortiq kerakli resurslar;
O'qituvchi bilan zoom meetinglar;
Maxsus Telegram yopiq guruh orqali o'qituvchi bilan savol-javoblar.

SMM design praktikum kursi orqali nimalarga erishasiz?

Ishga topshirish uchun sizda portfolio bo'ladi;
Kreativ fiklash qobiliyatingiz oshadi;
Kompaniya uchun tayyor kadr bo'lib chiqasiz;
Kreativ SMM postlar yarata olasiz.

Kurs 3 oyga mo'ljallangan real amaliyotlar asosida olib boriladi.

Kursning umumiy narxi: 1.5 mln so'm

Kursdan ro'yxatdan o'tish va sotib olish

Telegram | Instagram | Youtube