MohirDev.uz
18.5K subscribers
1.74K photos
427 videos
2 files
1.43K links
Oʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri

- 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert
- 39 ta dasturlashga oid kurs
- 44 516 ta kurs oʻquvchisi

🌐 https://mohir.dev/tel
📨 @mohirdevsales_bot
📞 55 500 05 07
Download Telegram
Mohirpool loyihasiga hujjat yuborgan barcha talabgorlarga javob yuborildi (rad yoki testni ishlash).

Kimdan-kim javob olmagan bo'lsa @mohirpool_jbot orqali biz bilan aloqaga chiqishi mumkin.

Hurmat bilan Anvar Narzullaev.
👍8🤯1
​​NFT haqida: u nima, nima uchun mashhur va uning ortida turgan millionlar

NFT - o’zaro o’zgarmas token degan ma’noni bildiradi. Uni o’zgartirib yoki alashtirib bo’lmaydi.

Xususiyatlari:

Raqamli aktiv (buyum) - blockchain texnologiyasi asosida ishlaydigan, musiqa, san'at asarlar va o'yinlar kabi yig'ish imkoniga ega tokenlardir.

Yagona - uni soxtalashtirish yoki boshqa yo'l bilan o'zgartirish mumkin emas.

Almashish - NFTni almasish uchun mahsus birjalar mavjud va unda kriptovalyutalarda savdo qilinadi.

NFT qanday ishlaydi?

NFTning asosiy qismi Ethereum kriptovalyutasining blockchainida joylashgan

NFT - individual token bo’lib, o’zida qimmatli ma’lumotlarni saqlaydi.

Talab va taklif hisobiga bozorda uning narxi bor bo’lgani uchun uni oddiy buyumlardek sotish yoki xarid qilish mumkin.

NFTning yagona ma’lumotga egaligi unining haqiqiyligini aniqlash va egasini tasdiqlash va o’zaro shaxslar o’rtasida almashishni osonlashtiradi.

NFT nima uchu ishlatiladi?

Crypto-birja va san’at asarlarini yig’ishga qiziqadigan odamlar ko’pincha NFTdan foydalanishadi. Bundan tashqari, yana quyidagicha ishlatish mumkin:

Raqamli kontent - NFTlardan juda ko’p raqamli ijodkorlar foydalanib kelishmoqda.

O'yin buyumlari - NFTlar o'yin ishlab chiquvchilarda katta qiziqish uyg'otgan. NFTs o'yinchilarga juda ko'p foyda keltirishi mumkin. Odatda, onlayn o'yinda siz o'zingizning o’yin qahramoningiz uchun qo’shimcha narsalar sotib olasiz va bo’ldi u siz bilan qoladi. NFTlar bilan siz narsalarni sotib olganingizdan so'ng ularni sotish orqali pulingizni qoplashingiz mumkin.

Domen nomlari - NFTlar domeningizni eslab qolish osonroq bo'lgan nom bilan ta'minlaydi. Bu veb-sayt domen nomi kabi ishlaydi, uning IP manzilini esda qolarli va qimmatli qiladi, odatda uzunligi va dolzarbligiga asoslanadi.

Basketboldagi videolar orqasidan millionlab dollar

Oxirgi paytda mashhur bo’layotgan NFTlardan bu NBA Top Shot kolleksiyasidir. Bu NFTlar Dapper Labs (CryptoKitties o'yinini ishlab chiqaruvchilar) va Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) o'rtasidagi hamkorligi asosida yaratilgan. NBA basketbol tarixidagi eng mashhur va eng muhim voqealar muxirlangan qisqa videolarni litsenziya asosida Dapper Labsga beradi, u esa videolarni raqamlashtiradi va xaridorlarga sotadi. Bu NFTlar kollektsiyasidan allaqachon 230 million dollar ishlab olishgan.

Eng qimmatga sotilgan qisqa videolar:

LeBron James “Cosmic” Dunk: $208,000

Zion Williamson “Holo MMXX” Block: $100,000

LeBron James “From the Top” Block: $100,000

LeBron James “Throwdowns” Dunk: $100,000

LeBron James “Holo MMXX” Dunk: $99,999

Nima uchun NFTlar mashhur bo’lib ketti?

NFTs aslida 2015 yildan beri mavjud, biroq ular hozirda bir necha omillar tufayli mashhurlik oshib bormoqda. Birinchisi va eng muhimi bu blockchain va kriptovalyutalarning keng ishlatilib, mashhurlikka erishgani. Bundan tashqari, muxlislik qilish va tanqislik qonuni birgalashib yana bir sababni keltiriib chiqargan. Chunki xaridorlarning barchasi noyob raqamli kontentga ega bo'lish va ularni investitsiya turi sifatida saqlash imkoniyatidan foydalanishni xohlaydi.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍46🔥5
​​Shaxsiy ma’lumotlaringizni yo’qotmay desangiz, bu maqolani o’qing

Kecha “Siz qanday usulda parollaringizni saqlaysiz?” nomli so’rovnoma o’tkazgan edik. Unda 1400 dan ortiq foydalanuvchi ishtirok etdi.

Unda qatnashganlarning 60%i bir xil parol ishlatishini, 28%i esa brovserning parol saqlovchi qismiga ishonishlarini belgilashgan. 
 
Avvalo, ozgina statistika. Balki buni kutmagandirsiz.

Parollaringiz qay darajada xavfsiz ekanligini bilmaslik va berilgan tavsiyalarga amal qilmaslik quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:

- Har 10 ta odamdan 4 tasining shaxsiy ma’lumotlari o’girlangan. (Google, 2019)

- 2020-yilda 240,000 dan ortiq fishing holatlari aniqlangan. (FBI, 2020)

- 80% ma’lumotlar o’g’irlanishi parollar bilan bog’liq. (Verizon, 2020)

- 63% foydalanuvchilar o’zlarining ma’lumotlari o’girlangligidan xavfsirashadi. (Norton, 2021) 

- 59% AQShlik xaridorlar kiber hujumga uchragan bizneslardan boshqa foydalanmasliklarini bildirishgan. (Arcserve, 2020)

- 57% kompaniyalar mobil fishingga duch kelgan. (Wandera, 2020)

- 68% biznes egalari kiberxujumga uchrashdan xavfsirashadi. (Accenture, 2019)

Fishing - turli xil saytlarning kloni va linklari orqali foydalanuvchilarning login va parollarini olishga harakat qiluvchi qalloblik usuli. Masalan, hozir bizda keng tarqalgan OLX bilan bog’liq vaziyat bunga yorqin misol bo’la oladi. 

Bunday firibgarlar tuzog’iga tushmaslik uchun doim linklarga e’tiborli bo’ling.
 
Shu maslahatlarga amal qiling va xafsizligizni kafolatlang
 
- Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanmang: ism, tug’ilgan kun, manzil yoki telefon raqamlarni parolda ishlatish xakkerlarning oson o’ljasi bo’lishga olib kelishi mumkin.

- Tasodifiy joylashuv: xarf, son va belgilarni tasodifiy va tartibsiz joylashtirish kiberxujumlardan sizni himoya qilishi mumkin. 

- Bitta parolni hech qachon ikkinchi marotaba ishlatmang: ko’p marta bir xil parol ishlatish, akkountlaringizni xavf ostiga qo’yishi mumkin.

- Doim uzun parol o’ylab toping:Parol qancha uzun bo’lsa, shunchalik uni buzish qiyin bo’ladi. Odatda, 16 ta belgidan iborat bo’lishi tavsiya etiladi.

- Hech qachon parolingizni bo’lishmang: parolingizni do’stlaringiz yoki oila a’zolaringiz bilan ulashish shaxsiy ma’lumotlaringizni xavf ostiga qo’yishi mumkin.

- Parolda raqamlar, xarflar va maxsus belgilardan foydalaning: Bunday murakkab kombinatsiyali parollarni buzish oson bo’lmaydi. 

- Ishonchli parol saqlovchi maxsus dasturlardan foydalaning: bunday dasturlar parollarini eslab qolishga qiynaladigan odamlar uchun ideal qurol hisoblanadi. 

- Vaqti-vaqti bilan parollarni o’zgartirib turing: parollaringizni o’zgartirib turish, ma’lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaydi.

Eng yaxshi parol saqlovchi dastur qaysi?

Bitwarden - parol saqlovchi bepul dastur. U bilan siz parollaringizni ishonchli saqlashingiz, uning xavfsizlik darajasini tekshirishingiz va parollaringiz internetda “sizib” chiqmaganiga ishonch xosil qilishingiz mumkin. Telefon va desktop uchun ishlab chiqarilgan.
 
Bonus. Eng ko’p ishlatiladigan parollarni bilasizmi?

Bular:
123456
123456789
qwerty
password
12345
 
Keyingi maqolada ishonchli brovserlar va Chrome ishlatmaslik sabablari haqida gaplashamiz.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
👍62🤯6👏4🔥3
​​Siz uchun eng yaxshi dasturlashga oid hujjatli filmlarni bir joyga jamladik 

Ishoning, bu filmlar “Stiv Jobs” yoki “Ijtimoiy tarmoq” kabi hamma ko’rib ulgurgan va badiiylik aralashgan kinolardan yaxshiroq. 

1. The Internet’s Own Boy (2014)

Ushbu hujjatli film Reddit asoschisi, yirik internet-axborot faoli va dasturlash vunderkindi Aaron Swartzning internet erkinligi yo’lidagi harakatlari va uning hayotini tasvirlaydi.

Filmda siz Swartzning Sillikon Vodiysidagi tadbirkorlikdan boshlab, o’limidan oldingi onlayn aktivistlikkacha bo’lgan yo’lini ko’rishingiz mumkin.

Ta’lim tekin va barcha uchun ochiq bo’lishi kerak degan maqsadda, Aaron MIT Universitetning ma’lumotlar bazasiga kirib, juda katta hajmdagi ilmiy maqolalarni yuklab oladi va tez orada qo’lga olinadi. 

“Yillar davomida kitoblar va jurnallarda chop etilgan ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bilim katta xususiy korporatsiyalar tomonidan “raqamli format”ga o’tkazilib, o’zlarida saqlanmoqda. (*ommaning undan foydalanishi cheklangan)”

2. Terms and Conditions May Apply (2013)

Sevimli veb saytingiz yoki xizmatingizning foydalanuvchi shartnomalarini oxirgi marta qachon o'qigansiz? 

Hech qachon. Deyarli hamma “Roziman” tugmasini bosib yuborib, saytlardan foydalanishda davom etadi.

Kinorejissyor Cullen Hoback ushbu hujjatli filmda qanday qilib 
yirik korporatsiyalar sizning roziligingiz bilan eng shaxsiy maʼlumotlaringizni butun dunyo bo’yicha toʻplashi va boshqa kompaniyalar bilan ulashishini o’rganib chiqadi,

Ushbu hujjatli filmda keltirilgan faktlar sizni Facebook, Google va YouTube kabi sevimli xizmatlaringizdan foydalanish shartnomalarini o’qishga majbur etishi mumkin.

3. We are Legion (2012)

Anonymous guruhi haqida eshitganmisiz? 

Bu film aynan shu guruh haqida. 

Kinorejissyor Brian Knappenberger bu hakkerlar guruhiga kirib borib, ularning kelib chiqishi va guruhning maqsadi haqida bilishga harakat qiladi. 

4. Indie Game: The Movie (2012)

Video o'yinlar yosh dasturchilar uchun asosiy qiziqishlardan birii bo'lib kelgan. Ba'zilar uchun bu dasturlash sohasiga kirishi uchun debocha bo'lsa, boshqalar uchun bu sevimli mashg'ulot hisoblanadi.

Bu hujjatli film sizga barcha narsasini tikib, orzusidagi o’yinni ishlab chiqarishga tirishayotgan to'rtta ijodkorning hayotini kuzatish va indie o'yinlarini ishlab chiqish jarayonini yaqindan tanishish imkonini beradi.

*Indie o’yin - odatda, bir yoki bir nechta dasturchilar tomonidan yaratiladigan, juda kichik yoki umuman mablag’ ajratilmaydigan o’yinlardir. 

5. Code Rush (2000)

Hech loyihani tugatish uchun tuni bilan kod yozib chiqqanmisiz? Agar bu jarayon sizga tanish bo’lsa, siz yolg’iz emassiz. Bu hujjatli film stressli deadline haqida.

Netscape kompaniyasi dasturchilariga kompaniya AOL tomonidan sotib olingunga qadar Mozilla manba kodini 1988-yil, 31-martgacha yakunlash vazifasi qo’yiladi. Biroq, 25-mart bo’lishiga qaramay, dasturchilar test ham qilib ko’rishmagan. Haqiqiy, drama.

Ushbu film orqali ofisda yashab, kompaniyani qutqarish uchun tunu kun ishlayotgan dasturchilar va 90-yillar dasturlash muhiti bilan tanishishingiz mumkin.

Bu filmlar qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan do'stlaringiz bilan ulashing.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi.

Telegram | Instagram | Youtube
👍38🔥7👏1
Dasturlash bo'yicha o'z savolingizni yo'llang!

Savolingizga Agrobank va Getir kompaniyalarida Senior dasturchi hamda Mohirdev platformasi mentori Saud Abdulwahed javob beradi.

Savollarga 13-aprel, soat 17:00 da, @mohirdev Instagram jonli efirida javob beradilar.

Mohirdev Instagram sahifasi:
https://instagram.com/mohirdev?igshid=YmMyMTA2M2Y=

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍31🔥2🤔2🤩2👏1🎉1
Ishga kirish bo'yicha mif: Agar ish beruvchi yozgan barcha talablarga 100% to'g'ri kelmasangiz, ishga topshirmasligingiz kerak.

Kompaniyalar 100% ishga to'g'ri kelmaydigan odamlarni ishga olib kelishadi.

Ba'zan kompaniyalarning o'zlari aniq kimni qidirayotganligini bilmaydi. Ba'zan esa ish talablari moslashuvchan bo'ladi. Undan tashqari, dasturlash haqida yetarlicha bilmaydigan HR ish bo'yicha talablarni yozgan bo'lishi ham mumkin.

Agar siz junior bo'lsangiz, middle pozitsiyasiga topshirib ko'ring va sizda bu pozitsiyada ishlash uchun yetarlicha bilim va ko'nikma borligini aniqlashni kompaniyani o'ziga qoldiring.

Ammo realist bo'ling. 6 oylik tajribaga ega bo'lib turib, lead pozitsiyasiga topshirish yaxshi fikr emas.

Muallif: Jahongir Rahmonov (ingliz tilidan tarjima qilindi | Orginal post)

Telegram | Instagram | Youtube
👍55😁8🔥5👏2🤩1
iOS dasturlashda birinchi ishni topish bo'yicha suhbatlashamiz!

Bugun soat 16:30 da Mohirdev instagram sahifasida

Mohirdev instagram sahifasi: https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
👍15🔥1😢1
iOS bo'yicha jonli efirimiz 10 daqiqadan so'ng boshlanadi!

Jonli efirimiz shu yerda bo'ladi👇
https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
👍1
Googledan PROlardek foydalaning

Google orqali deyarli barcha ma'lumotni topish mumkin, to'g'ri qidirishni bilsangiz bas.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍56🔥13👏42
MohirDev.uz pinned «​​Ko'p beriladigan savollar Ba'zi takrorlanuvchi savollarga javob beramiz. Mohirdev o'zi nima? Mohirdevning maqsadi dunyoning istalgan chekkasidagi o'zbek tilida muloqot qiladigan o'quvchilarga bilim berish. Mohirdev eng katta 2 ta muammoga yechim taklif…»
Birinchi ishga kirayotganingizda ushbu xatolarni qilmang!

Ko'plab boshlang'ich dasturchilar birinchi ishga kirayotganlarida bazi xatolarga yo'l qo'yadi. Natijada dasturlash sohasida o'saolishmaydi yoki oxirigacha boraolmaydilar.

Ushbu xatolarni qilmasdan, berilgan maslahatlarga amal qilsangiz birinchi ishga kirish jarayoningiz osonlashadi va IT sohasida tezroq o'sishni boshlaysiz.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!

Telegram | Instagram | Youtube
👍49🔥9👏2