MohirDev.uz
17.4K subscribers
1.62K photos
423 videos
2 files
1.39K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
Avvalo, takrorlab olamiz, Array bu bir nechta har xil qiymatlardan tashkil topgan ma’lum bir ketma ketlikda joylashgan obyekt. Misol uchun, [1, 2, “Josh”, true] kabi.

Demak darsimizni o’zimiz uchun bitta array yaratib olishdan boshlaymiz.

let arr = [1,2,3,4];

Endi bugungi darsda o’rganadigan metodlar bilan qisqacha tanishib o’tamiz.

- push(…items)
- pop()
- shift()
- unshift(…items)
- slice(start, end)
- 1.push(…items)...

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/javascriptda-array-metodlari/
👍13🔥6🤩2
Forwarded from Sariq Dev
Har kuni o'nlab-yuzlab talabalar "Dasturim ishlamayapti" deb xabar yuboradi. Kodiga qarayman, ba'zan xatoni birdan ko'raman, lekin ko'rsatmayman.

Gapni uzoqdan boshlayman, "string nimaligini bilasizmi?", ".update() metodi qanday qiymatlar qabul qiladi?" yoki "Falon mavzuni o'qiganmisiz?" kabi savollar bilan qiynayman.

Bitta savolga javob bersa, keyingisiga olib o'taman. Mavhum lekin yo'naltiruvchi javoblar beraman.

Tushunaman, bu talabaning asabini oʻynaydi, huddi battar chalkashib ketgandek tuyuladi. Keyin esa kutilmaganda 💡yoqiladida, miya ishlab ketadi. "Rahmat ustoz, xatoni topdim" deydi.

Mening maqsadim sizni asabingizni o'ynash emas. Maqsad sizga xatolar ustida mustaqil ishlashga oʻrgatish. Axir kelajakda, ishga kirganingizda doim ham ustoz tepangizda turmaydi. Qolaversa bu usul bilan, ming azobda toʻgʻrilangan xato miyangizga muhrlanib qoladi va keyingi safar bu xatoni takrorlamaysiz.

@sariqdev
👍122🔥29🤩8😁21🤔1
Spot.uz nashri biz haqimizda maqola tayyorladi

Mohirdev g'oyasi qanday paydo bo'lgan? Keyingi rejalar qanday? Mohirdev Universiteti qaysi chet eldagi universitet bilan hamkorlikda ochiladi? kabi savollarga ushbu maqolada javob toping.

Maqolani o'qish (rus tilida): https://www.spot.uz/ru/2022/02/01/mohirdev/
🔥39👍20🤩4
Data Science dasturchi bo'lish uchun matematikani bilish kerakmi?

Video 👉 https://youtube.com/shorts/417pc5fApWY

Data Science va Sun'iy Intellekt praktikum: https://ai.mohirdev.uz/courses/ds/
👍12🔥3😁2🤩2
Qanday kompyuter tanlash kerak?

"Dasturlashni boshlamoqchiman, qanaqa kompyuter olsam bo'ladi?" deb so'rashadi. Lekin negadir shu savolni juda kech berishadi. Eng yaxshi holatlarda bozorga chiqishdan 1 kun oldin, bo'lmasa o'sha kuni 1-2 soat oldin so'rab qolishadi. Bunday bo'lishi kerak emas o'zi aslida. Odamlar kompyuterni bir kun, ikki kun yoki bitta proyektga olishmaydi. Shunday ekan, kamchiligi qancha kam bo'lsa va u qancha ko'zga ko'rinmasa shuncha yaxshi. Shu sababli bu postda bir nechta tavsiyalar berib o'tmoqchiman. Gapni indallosiga o'tishdan oldin, bu postda faqat laptop (noutbuk) lar haqida so'z borishini aytib o'tishim lozim!

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/kompyuter-tanlash/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍25🔥5
Forwarded from Sariq Dev
Assalomu alaykum, @sariqdev yoki @mohirdev kurslarida oʻqib, ishga kirganlar, yoki ish faoliyatida bizning kurslarimiz asqotganlar men bilan aloqaga chiqing, iltimos.

Fikringizni bilaylik, balki bir suhbat ham qilardik.

Aloqa uchun: @sariqdevadmin
👍40🔥11🤩3
Forwarded from MM "MUFEED MOLIYA" (Hondamir)
https://azon.uz/content/views/mohirdev-platformasi-500-000-investiciy
"Dev"ning birinchi katta o'ljasi to'g'risida

@chiroylimoliya CHIROYLI SUHBATga qo'shiling va ulashing
👍21🔥2🤩1
Forwarded from Sariq Dev
Ko'pincha Data Science (ma'lumotlar muhandisligi) va Sun'iy Intellekt o'rtasida qanday bog'liqlik bor deb so'rashadi.

Tushunarli bo'lishi uchun, grafikka ahamiyat bering, AI muhandislarining 80% dan ortiq vaqti aynan ma'lumotlarga ishlov berishdan iborat bo'ladi.

Faqatgina 9% vaqt bevosita Machine Learning va 4% ML algoritmni sozlashga ketadi.

Shuning uchun bizning Data Science va Sun'iy Intellekt praktikumimiz yuqoridagilarning barchasini qamrab oladi.

LINK: ai.mohirdev.uz
👍24🤩4
Ish topish haqidagi vebinarlar davom etadi

Bu galgi suhbatda intervyugacha bo'lgan jarayonlar: rezyume yozish, Linkedin yuritish va ishni qanday topish haqida gaplashamiz.

"Intervyuga yetib olish" mavzusida bo'lib o'tadigan vebinarda Abutech kompaniyasida frontend dasturchi va Najot Ta'lim markazida ustoz Ilhomjon Shamidinov va Frontend Praktikum o'qituvchisi va "Mohirdev" maslahatchisi Muhammadjavohir Sur'atov qatnashishadi.

Vebinar 6-fevral, soat 18:00 da Mohirdev youtube kanalida bo'lib o'tadi.

- To'gri rezyume qanday bo'ladi?
- Linkedinni qanday yurtigan yaxshi, o'zbek tilida yoki ingliz/rus tilida?
- ish topishning qanday yo'llari bor?
- kursni bitirib, yaxshi ishga qanday joylashish mumkin? kabi savollarga vebinarda javob olasiz.

LINK: https://www.youtube.com/c/mohirdev
👍16🔥7
Data Science kim uchun? Uni qanday sohalarda ishlatish mumkin?

Videoda bu savollarga javob oling 👉 https://youtu.be/bvw7YtyBRPA

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍16🔥1
Javascriptda "data types"

JavaScriptda har bir qiymat o’zining ma’lum bir tipiga ega bo’ladi.

Misol uchun let age = 19; bu holatda age ning tipi number, ya’ni raqam turiga mansub. agar biz 19 qiymatini “19” ga almashtirsak, age ning tipi nimaga teng bo’ladi ?

Ha, string ga teng bo’ladi. Keling endi barcha “data type” lar bilan yaqinroq tanishamiz.

Maqolani o'qish: http://mohirdev.uz/data-types/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍16🔥2
Turkiyadagi yoshlar uchun grant!

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamda Mohirdev.uz platformasi yangi loyiha e'lon qiladi.

"Kelajak kasblari" deb nomlangan grant dasturiga Turkiyada ta'lim olayotgan va mehnat faoliyatini yuritayotgan O'zbekistonlik yoshlari topshirishi mumkin.

Grant g'oliblari Mohirdev.uz platformasidagi kurslarni bepul o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi:

- Data Science
- Frontend dasturlash
- Go dasturlash
- Fullstack Python
- Fullstack Java
- Fullstack Javascript (MERN)
- Android dasturlash
- iOS dasturlash
- Digital Marketing


Grantda TURKIYAdagi yoshlar qatnashishi mumkin

👉 Ushbu link orqali ro'yxatdan o'ting: https://bit.ly/3LhJYNI

Loyiha O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi homiyligida amalga oshirilmoqda.
👍38🔥2
Object type haqida siz bilgan va bilmagan ma’lumotlar

Xo’sh, data type lar haqidagi maqolamni bir ko’rib chiqdim va Object haqida yaxshi ma’lumotlarni bermagan ekanman. Demak bugun Non-primitive sinfining yagona a’zosi , Object tipi haqida gaplashamiz.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/object-type-haqida/

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍12🔥2😁1
​​Data Science bo'yicha yana bir suhbat

Mohridev platformasi o'z o'quvchi va kuzatuvchilariga foydali vebinarlar tashkil qilishda davom etadi.

"Data Science hammaga kerak" mavzusida bo'lib o'tadigan suhbatda Data Science Praktikum o'qituvchisi, Sains Islam Malaysia Universiteti yetakchi mutaxassisi Anvar Narzullaev va Maryland Universitetida Ma'lumot Tahlilchisi (Data Analyst) Bekzod Akramovlar qatnashishadi.

Vebinarda Data Science bilan qanday loyihalar qilish mumkinligi, Sun'iy Intellektni qo'llagan holda qaysi sohalarda tez rivojlanishga chiqib olish mumkinligi haqida so'z boradi. Bundan tashqari, Bekzod Akramov hozirda o'zi ishtirok etayotgan loyihalar haqida gapirib beradi.

Bekzod Akramov haqida:

AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlarida axborot texnologiyalari, tadqiqot, taʼlim, suv, turizm, xalqara rivojlanish va sog’liqni saqlash sektorlarida ko’plab loyihalar ustida ishlagan tajribali monitoring, evaluation, va data science mutahassisi.

Ma'lumotlarni tahlil qilish, biznes tahlili, loyihalarni boshqarish, monitoring va baholash, statistik modellashtirish, bozor tadqiqoti va siyosat tahlili bo'yicha oliy malakaga ega (University of Maryland, AQSH; Williams College, AQSH).

Maʼlumotlardan eng qimmatli va mazmunli tushunchalarni aniqlash, haqiqiy ijtimoiy va biznes muammolarga amaliy ko'rsatmalar va dalillarga asoslangan echimlarni taqdim etish uchun, har hil tashkilotlar va kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

Vebinar 13-fevral, soat 18:00 da Mohirdev youtube kanalida bo'lib o'tadi.

Data Science sohasiga qiziquvchi barchani suhbatga taklif qilib qolamiz.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍22🔥6🤩1
Foydali so'rovnoma

Quyidagi so'rovnomada ishtirok eting. Sizga sovg'amiz bor.

Yaqin kunlarda e'lon qilamiz 😊
🤩21👍14🔥7
❗️❗️❗️

Telegramdagi so'rovnomada 10 tadan ortiq variant qo'shib bo'lmaydi. Shu sabab, hududlarni ikkiga bo'lib, 7 tadan chiqardik.

Negativ qidirmasligingizni so'rardik!

Mohirdev jamoasi
👍85🔥14😁8
Bu so'rovnoma Mohirdev jamiyati auditoriyasini o'rganish uchun tashkil qilindi.

Iltimos, kim o'zarga o'ynab, boshqa guruhlarga ovoz berish uchun tarqatmang.

So'rovnoma natijasi biz uchun muhim ahamiyatga ega.

Mohirdev jamoasi
👍66😁12🔥9🤩3