MohirDev.uz
17.4K subscribers
1.62K photos
423 videos
2 files
1.39K links
Mohirdev — O‘zbekistondagi 1-raqamli onlayn ta’lim platforma.

🚀 Xalqaro tajribaga ega ustozlar
💻 Dasturlashga oid kurslar: 50+
🎯 Jami o‘quvchilar: 70,000+

📨 @mohirdevsales_bot
📞 (78) 113-62-72

Kurslar bilan tanishish: https://mohir.dev/tel
Download Telegram
​​Frontend dasturlash asoslari praktikumiga start berildi 🥳

6 oy davom etuvchi kursda siz amaliy vazifalar asosida frontend dasturlashdagi texnologiyalarni puxta o'rganib chiqib, junior dasturchi bo'lib yetishasiz.

Videokursda quyidagi texnologiyalar o'rgatiladi:
HTML
CSS
Responsive sayt tuzish
Sass
Bootstrap (4 va 5-talqinlari)
JavaScriptning DOM imkoniyatlari

Kurs muallifi: Muhammadjavohir Sur'atov
3 yildan oshiq dars berish tajribasi, YouTubeda 10 mingdan oshiq va Telegram kanalida 4 mingdan oshiq obunachisiga ega frontend dasturchi.

Kursni dasturlash sohasiga to'laqonli yangi bo'lganlar, HTML va CSS bilimlarini mustahkamlab olmoqchi bo'lganlar va kelajakda JavaScript freymvorklaridan birini o'rganib frontend dasturchi bo'lishni niyat qilganlarga tavsiya qilamiz.

Hozirgacha videokursning dastlabki 30 soatdan ortiq qismi platformaga joylangan va har hafta to'ldirib boriladi. Alohida aytib o'tishimiz kerak bo'lgan jihati - bu 30 soatdan ortiq qismi responsive sayt tuzish qismigacha bo'lgan mavzularnigina o'z ichiga oladi.

Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/QuU2LZoBRAAQ6wGr7

@mohirdev bilan dasturlash olamiga ilk qadamingizni qo'ying!
👍44🔥19
MohirDev.uz pinned «​​Frontend dasturlash asoslari praktikumiga start berildi 🥳 6 oy davom etuvchi kursda siz amaliy vazifalar asosida frontend dasturlashdagi texnologiyalarni puxta o'rganib chiqib, junior dasturchi bo'lib yetishasiz. Videokursda quyidagi texnologiyalar o'rgatiladi:…»
Qaysi dasturlash tilidan boshlashim kerak?

Har bir dasturlashni o’rganishni boshlayotgan inson ushbu savolga javob qidiradi. Ular notog’ri tanlov qilib qo’yishdan havotir olishadi. Bu maqolada Python Praktikumi muallifi Jahongir Rahmonov sizga shu qarorni qabul qilishda bir nechta amaliy mulohazalar orqali ko’maklashishga harakat qilib ko'radi.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/qaysi-dasturlash-tilidan-boshlashim-kerak/

Python Praktikum haqida ma'lumot olish: https://youtu.be/qk-6twDKE90

@mohirdev
👍20🔥7🤩1
Mohirdevda yana bir bepul kurs

Kurs nomi:
"MERN orqali Travel Book fullstack application yozamiz"

Ushbu kurs orqali MERN (MongoDB, ExpressJs, ReactJs, NodeJs) steki bilan yaqindan tanishib olishingiz mumkin bo'ladi. Node.js va Reactni qanday qilib bir-biri bilan bog'lab ishlatishni asoslarini o'rganib olasiz.

O'qituvchi: Bexruz Xolmuminov (CLICK Uzbekistan, backend dasturchisi)

Kursda bepul o'qishni boshlang: https://bit.ly/mohirdevtravel

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍24🔥7🤩1
Forwarded from Sariq Dev
Ingliz tilini bilish kerakmi? Dasturlashga yangi kirganlar eng ko'p so'raydigan savol.

Visual Capitalist portali Internetdagi 10 million web saytlarni tahlil qilib, rasmdagi reytingni tuzibdi.

Sahifalarning 60.4% Ingliz tilida, 2-o'rinda turgan Rus tilidagi sahifalar esa bor-yog'i 8.5% ni tashkil qilgan.

O'zbek tilini gapirmasa ham bo'ladi.

Demak, yangiliklardan xabardor bo'lib turaman desangiz, albatta Ingliz tilini o'rganing.

@sariqdev
👍34🔥5🤩4
Forwarded from MohirDev.uz
Qisqa satrlarda Javascript

JavaScript yetakchi dasturlash tillaridan biri. Hozirda ushbu til brauzerdan tashqarida ham keng qoʻllanilmoqda. Soʻngi yillarda Node.js ning yaratilishi esa Java, Ruby, Python va PHP kabi anʼanaviy server tillarining hukmronligiga chek qoʻydi. Shu jihatlarni inobatga olib biz sizga Javascript haqida “Qisqa satrlarda JavaScript” turkum maqolalarini taqdim etmoqdamiz. Maqolalarni yaratishda mashhur dasturchi, blogger Flavio Copes tomonidan yaratilgan qo’llanmani asosiy manba sifatida foydalandik. Qoʻllanmada 80/20 qoidasiga rioya qilingan, yaʼni vaqtingizning 20% ini sarflab, materialning 80% ini oʻrganishingiz mumkin. Shu jihati meni o’ziga rom etdi desam ham bo’ladi.

1-qism: https://mohirdev.uz/qisqa-satrlarda-javascript-kirish/

2-qism: https://mohirdev.uz/js-leksik-tuzilishi/

3-qism: https://mohirdev.uz/js-ozgaruvchi/

Muallif: Nuriddin Kamardinov

Bizni kuzatishda davom eting!

@Mohirdev
👍18🔥4
Forwarded from Sariq Dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Data Science va Sun'iy Intellekt praktikumning tarkibidagi Machine Learning kursi haqida.

00:00 Sun'iy Intellekt nima?
01:35 Machine Learning nima?
03:57 Nima uchun ML?
06:47 ML turlari
07:14 Supervised Learning
11:38 Unsupervised Learning
16:22 Semi-supervised Learning
17:40 Reinforcement Learning
21:20 ML o'qitish usullari
22:43 Qiyinchiliklar
25:56 Test & Validation
30:03 Kurs tarkibi
👍30🔥4
- Qanday qilib dasturlashga kirib kelish mumkin?

- Muvoffaqiyatli dasturchi bo'lish uchun qanday ko'nikmalar kerak?

🎙"Mohirdev Meet Up" 2-sonida Ulug'bek Samigjonov yuqoridagi mavzular bo'yicha so'zga chiqqan edi

Videoni ko'rish: https://youtu.be/pNycy8lW7zA

Ulug'bek Samigjanov haqida:

5 yildan ortiq tajribaga ega Full-Stack dasturchi. Hozirda AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi hamda Toptal Freelance platformasi a’zosi. Stanford Code In Place va RSSchool maktabi mentori. Mohirdev hamjamiyati a'zosi

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍19🔥4
Forwarded from MohirDev.uz
Siz juda uzoq vaqtdan beri junior yoki middle darajadagi dasturchisiz. O'zingizni ko'proq narsaga loyiqdek his qila boshlagansiz va hayotingizni butunlay qo'lga olib, karyera zinalaridan yuqoriga intilmoqdasiz.

Xo'sh, tabriklayman! Omadingizga, bu blog postda men qanday qilib Senior Dasturchi bo'lishning sirli ingredientini oshkor qilaman. Bu noyob va har kim ham bilmaydigan ingredient bo'lib, karyerangizni qisqa vaqt ichida rivojlantirishingizga yordam beradi. Lekin ogohlantirib qo'yay. Buni uddalash oson emas. Tayyormisiz? Qani ketdik.

Maqolani o'qish: https://bit.ly/2XVpwyi

Muallif: Jahongir Rahmonov

Bizni kuzatishda davom eting!

@Mohirdev
👍17🔥6
MERN Praktikum, Javascript va ReactJS kurslari ustozi Samar Badriddinov yozayapti:

"MERN Stack shogirdlarimiz ishlarga kirishni sekin boshlab yuborishdi Alhamdulillah.

MERN Stack praktikumni yaxshi tarafi shundaki, siz xohlasangiz Front-End yoki Back-End dasturchi bo'lishingiz yoki hech bo'lmaganda, Full-Stack dasturchi bo’lib ishlashingiz mumkin. Faqat HTML, CSS, Bootstrap texnalogiyalarni bilsangiz, 6 oy ichida MERN stack dasturchi bo’lib, o’z yo'lingizni topib ketasiz InshaAlloh"

Siz ham Mohirdev bilan dasturlash olamiga o'z sayohatingizni boshlang

Kurs sahifasi: https://mern.mohirdev.uz/courses/mern-praktikum/

Kurs narxi: 6 oy uchun 1,500,000 so'm

Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/EpLW5aXctpD2dBnU7

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍31🔥6🤩4
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturchi bo’lmang!

Odamlar menga dasturlash sohasiga oid bo’lgan ko’plab savollar berishadi. Menimcha, ular ahamiyatli savollar emas. Biror kompaniyaga ishga kirishim uchun nechta tilni o’rganishim kerak, ularning orasida qaysi biri eng yaxshi, qaysi biri ko’proq daromad keltiradi, qaysidir darajaga yetishishim uchun nimalar qilishim kerak, rezyumega qo’shishim uchun qanday dasturlarni yaratishim kerak va shu kabi savollar…

Xo’sh, bu savollar menga nega yoqmaydi?

Batafsil: https://bit.ly/bolmang

@Mohirdev
👍28😁3🔥1
19 yoshda qanday IT sohani o'rgangan yaxshi? Anvar Narzullaev

Link:
https://youtu.be/qpVX0ajOjB0

@mohirdev
🔥25👍9
- Qanday qilib dasturlashni to'g'ri o'rganish mumkin?

- Hamma narsani ustoz o'rgatadimi?

- Dasturlashni o'rganishni boshlaganda nimalarga tayyor turish kerak?

🎙"Mohirdev Meet Up" 2-sonida Muhammadjavohir Sur'atov "Dasturlashni o'rganishdagi qoidalar" mavzusida so'zga chiqqan edi.

Videoni ko'rish: https://youtu.be/eXnMkm_SKj0

Muhammadjavohir Sur'atov haqida:

- Mayoquz loyihasi muallifi, Mohirdev hamjamiyati a'zosi, maslahatchisi.
-Westminster universiteti bitiruvchisi;
- 3 yildan oshiq dars berish tajribasi;
- 10 mingdan oshiq obunachisi bor YouTube kanal muallifi;
-
Mohirdev.uz (https://mohirdev.uz/) saytida 800 dan ortiq o'quvchi yozilgan kurs muallifi.

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍22🔥4
Kuchli dasturchi bo'lishda TATUning va umuman universitetning o'rni haqida| Anvar Narzullaev

Link:
https://youtu.be/VSMQaYCUc1Y

@mohirdev
👍25🔥7😁1🤩1
Foydali videolarni o'tkazib yubormaslik uchun youtube kanalimizga obuna bo'ling 👉 Obuna bo'lish
👍16🔥2😁1
Oliygoh, o'quv markaz, onlayn kurslarni tamomlagandan so'ng eng qiyini bu birinchi ishingizni topish. Bu ham katta sinovning bir qismi deb biling. Siqilmang. Bu bosqichdan o'tmaydigan odamni o'zi yo'q.

Siz tanigan, bilgan har bir mutaxassis shu bosqichdan o'tadi. Bugun senior dasturchi bo'lib, 1000-2000$ maoshni mensimay yurganlar, bor yo'g'i 3-4-5 yil avval huddi sizga o'xshab o'zini boshi berk ko'chalarda yurgandek his qilgan. O'zim ham 2012-yilda Malayziyada birinchi ishimni topgunga qadar 100ga yaqin joyga hujjat yuborganman.

Yaxshi tarafi shundaki, agar kuchli mutaxassis bo'lsangiz bu bosqichdan faqat bir marta o'tasiz. Keyingi ishlaringiz sizni o'zi topadi. Bu faqat dasturchilikka emas, istalgan sohaga tegishli. Muhimi, doimo o'zingizni ustingizda ishlashdan to'xtamang.

Birinchi ishini qidirib yurganlarga esa mohirdev ustozlaridan biri Ulug'bek Samigjonov bilan o'tkazilgan suhbatni diqqat bilan tinglashni tavsiya qilaman.

LINK: https://youtu.be/HiPOAqfvnMM

Anvar Narzullaev
👍46🔥11👎2🤩2
Fullstack Python praktikumimiz hali davom etayotgan bo'lsada, kurs o'quvchilari o'z ishlarini topishni boshlashdi

Siz ham dasturlash olamiga @Mohirdev bilan qadam qo'yib, yuqori daromadli kasb egasiga aylaning

Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/PGJB983z98LCp8Q88

Kurs sahifasi: python.mohirdev.uz
👍35🔥10🤩3
Tez kunlarda yangi chiqadigan .NET kursimizning o'qituvchisi Elbek Normurodov yozyapti:

"Assalomu alaykum, bugun ustozimiz Hassan Habib bilan suhbat bo'lib o'tdi. U kishi hozirda Microsoft kompaniyasida Senior Software Engineering Manager lavozimida ishlaydi.

Bu insonni haqiqiy ehson egasi deb ta'riflashim mumkin. YouTube kanallaridan nafaqat dasturlash tillari, balki umumiy dasturchi xulqi haqida ko'plab bilim va ko'nikmalar o'rganganman.

https://www.youtube.com/watch?v=Zc0Dh72Tjfo&list=PLan3SCnsISTRcTaJqxxHLMqOX8LPPB0IW&index=2

Ushbu videoda aynan o'zbek dasturchilari va ularning istiqboli haqida gapirgan bo'ldik. Ayniqsa, dot-net.uz va mohirdev.uz platformalari borligi o'zbek dasturchilari orasida haqiqiy himmat egalari borligini ko'rsatib berdi.

Hammangizga qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat.
"

Bizni kuzatishda davom eting va biz bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍43🔥8😁3🤩3
Suhbatga qanday tayyorlanaman?

Bu savolni juda ko'pchilik o'ziga bergan. Oliygoh, o'quv markaz, onlayn kurslarni tamomlagandan so'ng eng qiyini bu - birinchi ishni topish.

Shu muammoni yechish maqsadida Mohirdev platformasi EPAM System kompaniyasida Middle dasturchisi va shu bilan birga ko'pchilikka foydasi tegayotgan telegram kanal muallifi Umar Sa'dullayev bilan vebinar tashkil qilmoqda.

"Ishga joylashish suhbatida nimalarga tayyor bo'lish kerak?" mavzusida bo'lib o'tadigan vebinarda ishga kirish bo'yicha muhim tavsiyalar, resume tayyorlash bo'yicha yo'l-yo'riq va suhbatga tayyorlanishda nimalarga e'tibor berilishi kerakligi haqida to'xtalib o'tiladi.

Suhbat 23-yanvar, soat 18:00da Mohirdev youtube kanalida bo'lib o'tadi.

LINK: https://www.youtube.com/c/Mohirdev
👍13🔥6🤩3
Sun'iy intellekt rivojlansa, ishsizlik ko'payadimi?

LINK: https://youtu.be/cLwAB3ErIHU

@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling!
👍14🔥4