MohirDev.uz
18.4K subscribers
1.72K photos
426 videos
2 files
1.42K links
Oʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri

- 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert
- 39 ta dasturlashga oid kurs
- 44 516 ta kurs oʻquvchisi

🌐 https://mohir.dev/tel
📨 @mohirdevsales_bot
📞 55 500 05 07
Download Telegram
🎉 Biz bilan ekanligingizdan xursandmiz!

Mamnuniyat bilan shuni e'lon qilamizki, Instagram sahifamizdagi kuzatuvchilarimiz 10 mingdan oshdi.

O'tgan vaqt davomida Mohirdev jamoasi sizlar uchun ko'plab mavzularda foydali postlar ulashishga harakat qildi. Undan tashqari, yoshlarimiz orasida axborot texnologiyalari sohalarini targ'ib qilish uchun o'z sohasining mutaxassislari bilan bepul vebinarlar tashkillashtirib kelmoqdamiz.

⭐️ Albatta, kuzatuvchilarimizning oshishi yelkamizga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Biz siz uchun harakatdamiz. Bildirilgan ishonch uchun tashakkur!

Telegram | Instagram | Youtube
👍64🔥107👏5🕊4🎉2🤩2🏆2
Muvaffaqiyatli karyera qurishni istaganlar uchun

Agar birinchi ishingizga endigina erishgan bo'lsangiz, keltirilgan maslahatlar sizning foydangizga ishlaydi. Xususan, muvaffaqiyatli karyerani orzu qiladigan har qanday mutaxassis oʻz ishiga sidqidildan yondashishi afzaldir.

Xoʻsh, qanday qilib ishda muvaffaqiyat qozonish mumkin?

1. Ish beruvchining maqsadlarini toʻgʻri tushunish

Kompaniya ichidagi atmosferaga koʻnikishga harakat qiling. Boshliq yoki menejer bilan doimo yaxshi aloqada boʻling. Ularni berilgan topshiriqlarni aʼlo darajada bajarishingizga ishontiring.

2. Yuqori kayfiyat

Ishda hamma narsa boʻlishi mumkin. Qiyin vaziyatlarda, tabiiyki, jamoaning kayfiyatini tushib ketadi. Qolaversa, bu ish surʼatiga ham taʼsir qiladi. Yaxshi xodim nafaqat oʻzini, balki jamoadoshlarini ham oldinga unday oladi.

3. Yakdillik

Kompaniya oʻsishi uchun oʻz shaxsiy manfaatlarini ishdan ustun qoʻymaydigan xodimlardan tashkil topgan boʻlishi kerak. Birdamlikdagi harakat sizni karyerada oʻsishingiz uchun xizmat qiladi.

4. Gʻiybat

Afsuski, jamiyatimizda ildiz otgan bu illat odatiy holga aylanib qoldi. Baʼzi bir odamlar mansab pillapoyalaridan koʻtarilish uchun hamkasblarini boshliqlariga yomonlaydi. Ishoning, mana shu harakat sizning karyerada singaningizni anglatadi. Aqlli boshliq, bu ishingizdan xulosa qiladi, siz esa kompaniya bilan xayrlashaverasiz. Jamoa ham bir oila, undagi sir uning ichida qolishi kerak.

5. Masʼuliyat

Sizga ishonib topshirilgan vazifani chin dildan bajarishga harakat qiling. Komfort hayotga oʻrganib qolmang. Dangasalikdan voz keching. Masʼuliyatli boʻlsangiz, kompaniyada ham hurmat topasiz.

6. Deadline

Biz buni deyarli har yozgan postlarimizda eslatib oʻtamiz. “Bugungi ishni ertaga qoʻyma” degan maqol bekorga aytilmagan. Avval aytib oʻtganimizdek, shaxsiy manfaatlarni ishdan ustun qoʻymang.

Telegram | Instagram | Youtube
👍44🔥84👏3🤩3
Proyekt menejer bo'lish osonmi?

Loyiha boshqaruvida baʼzan bilimlarning oʻzi kamlik qiladi. Avvalgi postlarimizda aytib oʻtilganidek, sizning hayotiy tajribalaringiz ham muhim rol oʻynaydi.

Proyekt menejerlardan kundalik muammolarini hal qilish, shuningdek, javobgarlik, moslashuvchanlik, analitik va strategik fikrlash, qatʼiyatlilik, stressga chidamli shaxsiyat va tavakkal qilishni yaxshi koʻrish talab qilinadi. Ayniqsa muloqotga kirishimli boʻlsangiz, odamlar bilan yaxshi chiqisha olsangiz bu soha aynan siz uchun.

Proyekt menejer sifatida muvaffaqiyat choʻqqilarini zabt etmoqchi boʻlganlar uchun, quyida tajribali mutaxassislarning maslahatlarini keltirdik:

• Biznes va riskni boshqarish jarayonlarini yaxshi tushunish
• Muayyan muammolarga nafaqat texnik bilimlar, balki hayotiy koʻnikmalar orqali toʻgʻri yechim bera olish
• Kuchli liderlik qobiliyati
• Byudjetni toʻgʻri taqsimlay bilish
• Tanqidiy fikrlash
• Bosim ostida toʻgʻri qaror qabul qila olish
• Yaxshi muloqot qilish va muzokara olib borish qobiliyati
• Kuchli ishbilarmonlik
• Kreativ fikrlash
• Analitika

Koʻrib turganingizdek har bir kasbning oʻziga yarasha qiyinchiligi bor. HH.uz saytining maʼlumotlariga koʻra yurtimizda proyekt menejerlar oʻrtacha $200 — $3000 gacha maosh taklif qilinyapti. Oʻzbekistonda bu kasbga boʻlgan talab yuqori boʻlgan, raqobat yoʻq boʻlgan bir paytda dangasalikka chek qoʻyish ayni muddao.

Oʻz maqsadlari yoʻlida hormay-tolmay mehnat qiladiganlar uchun Project Management kursini tavsiya qilamiz. Bizda oʻqishingiz uchun faqatgina internet, kompyuter va kuchli xohish talab qilinadi xolos. Qisqa muddat ichida talabgir soha mutaxassisi boʻlish imkoniyatini qoʻldan boy bermang.

Telegram | Instagram | Youtube
👍24🔥6🏆41
Mohir Podcast #1

Mohir Podcast - erkin tarzda, hech qanday rasmiy qolibga solinmasdan olib boriladigan suhbatlar seriyasi.

Loyihaning birinchi sonida karyeyarni o'zgartirish, chet eldan turib ishlash, loyiha boshqaruvi, Mohirdevning yangi ofisi, o'rganishdagi qiyinchiliklar kabi mavzularda suhbatlashildi.

Ishtirokchilar: Muhammad Xalil (COO, Mohirdev), Abdulla Xaydarov (Proyekt Menejer, Applied Labs) va Ravshanbek Ibrohimov (Proyekt Menejer, Mohirdev)

Suhbatni ko'rish 👉 https://youtu.be/HiARCJkzn5c

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍257🔥2🤩21
MohirDev.uz pinned a photo
🎉 Tabriklaymiz, siz dasturlashni o’rganishga qaror qildingiz.

Lekin bitta muammo bor… qaysi dasturlash tili?

Tanlov ko'pligidan, biror dasturlash tilini tanlash juda qiyin jarayonga aylanadi. Ba'zan esa o'rganuvchilar boshqalarning fikriga asoslanib bir dasturlash tilidan ikkinchisiga sakrab yurishadi va oltinga teng vaqtlarini yo'qotishadi.

Bu jarayonni osonlashtirish uchun boshlang'ich o'rganuvchilar o'zlariga quyidagi savollarni berib, o'zi xohlagan tilni tanlashlari kerak:

Qanday loyihalar qilish mumkin. Qanday loyihalarda ishlamoqchi bo’layotganingizga qarab tilni tanlaganingiz ma’qul.

Talab. Nechta kompaniya bu dasturlash tilida ishlovchi dasturchilarni qidirishmoqda? Ishga joylashish qanchalik qiyin? Ba’zi dasturlash tillariga bo’lgan talab boshqalarga qaraganda baland bo’ladi.

Bu tilni ishlatayotgan dasturchilarning o’rtacha oyligi. Tanlayotgan tilingiz orqali qancha daromad ko’rishingiz mumkin? Qaysi dasturlash tilidagi boshlang’ich dasturchilar eng ko’p topayapti? Tajriba oshishi bilan qaysi dasturlash tilidagi dasturchilarning daromad darajasining o’sish ehtimoli yuqori?

O’rganish qiyinlik darajasi. Agar bu dasturlash tilini o’rganishga kirishsangiz, o’rganish jarayoni yoqimli bo’lishiga ko’zingiz yetadimi yoki teskarisi? Bu tilni o’rganishni boshlash osonmi yoki yetarlicha boshlang’ich talab qilinadimi?

Dasturchilarning fikri. Boshqa dasturchilar bu til bilan ishlab mazza qilishayaptimi yoki boshqa dasturlash tiliga o’tish niyatidami?

Kelajakda ham aktual bo’lishi. Bu dasturlashga 5 yildan keyin ham talab bo’ladimi? O’rganishga 6 oy yoki 1 yil sarflaganingizdan keyin bu til trendda bo’ladimi?

Post foydali bo'lgan bo'lsa, dasturlashni o'rganish niyatidagi yaqinlaringiz bilan ulashing.

Telegram | Instagram | Youtube
👍78🏆8🔥43
Ayollar IT sohasida qanday muvaffaqiyatlarga erisha oladi?

Navbatdagi mehmonimiz Women in Tech hamda TFAS grantlari sohibasi Ummatoy Yo'ldosheva bo'ladi.

Ummatoy Yo'ldosheva bugungi kunda ALULASTRA kompaniyasida Product Owner bo'lib faoliyat yuritmoqda.

Suhbatimiz davomida qizlar uchun IT sohasidagi imkoniyatlar, qanday qilib StartUp loyihangizni amalga oshirish va muvaffaqiyat omillari haqida gaplashamiz.

Jonli efir ertaga soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
👍37🔥53🤩3
Ish suhbatidan o'tish bo'yicha tavsiyalar

🧑‍💻 Ko'pincha dasturchilar ishga kirish uchun 3 bosqichli suhbat jarayonidan o’tishlari kerak bo’ladi:

- HR bilan intervyu;
- texnik intervyu;
- menejer bilan intervyu.

Xo'sh, intervyular qanday o’tkaziladi va unga tayyorgarlik jarayonida nimalarga e’tibor berish kerak?

Videoda bunga batafsil javob oling

👉 https://youtu.be/e4sClkLPPKg

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍17🔥3🎉1🤩1💯1🏆1
🔴 Bugun 19:00 da jonli uchrashuv bo'lib o'tadi

👉 https://youtu.be/mWq_bLex16I

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍17
Mohirdev va Raqamli texnologiyalar markazi memorandumi

🤝 Kuni kecha Mohirdev ta'lim platformasi hamda Raqamli texnologiyalar markazi oʻrtasida kelishuv Memorandumi imzolandi.

📄 Memorandumga asosan oʻzaro malaka almashinuv hamda yoshlarni birgalikda qoʻllab quvvatlashga kelishib olindi.

Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan va ayrim toifadagi yoshlarga Mohirdev platformasidagi kurslarda o'qish uchun 50% dan 100% gacha bo'lgan chegirma va imtiyozlar taqdim etiladi.

Qolaversa, tuman hamda shahar umumtaʼlim maktablarining informatika oʻqituvchilari ham ushbu imtiyozlardan toʻlaqonli foydalanishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Youtube
👍27👏54🤩4🎉2
⚡️ Android Praktikum kursini oldindan chegirma asosida xarid qiling

Ko'pchilik kutgan Android Praktikum kursi uchun oldindan qabul boshlandi.

Barcha video, matnli materiallari va testlar o'qishga tayyor. Platformaga joylash jarayoni ketmoqda.

29-noyabr kuni o'quvchilar kursni xarid qilib, o'qishni boshlashlari mumkin.

Hoziroq chegirma asosida xarid qilishingiz mumkin.

Chegirma narxi: 1,370,000 (ushbu narx 28-noyabr, 23:59 gacha amal qiladi. Undan so'ng, kurs narxi 1,500,000 ga o'zgaradi)

Kurs muallifi: Mahmudjon Qalandarov (dasturchi, Ansor)

Kursni xarid qilish 👉 android.mohirdev.uz/presale

Kurs haqida ko'proq ma'lumot olish

Telegram | Instagram | Youtube
👍243🔥1🎉1
Ish qidirishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar

Ish qidirishdagi koʻplab xatolar nomzodlarning ishga joylashish imkoniyatlarini cheklaydi. Bundan tashqari, ishga kirish boʻyicha arizangizni koʻrib chiquvchi mutaxassislar juda band kishilar boʻlganligi uchun, odatda, baʼzi rezyumelarni eʼtiborsiz qoldirishadi. Uning ustiga ular bilan suhbat jarayonida yaxshi fikr uygʻota olmasangiz ishga kirishingiz ancha qiyin kechadi.

Ushbu xatolar ish topa olmaslikka sabab boʻladi:

1. Maqsadning noaniqligi

Koʻplar yoʻl qoʻyadigan xato ham shu. Yaʼni siz duch kelgan kompaniyaga rezyume joʻnata olmaysiz. Maqsadi aniq kishilar qaysi kompaniyada, qancha muddatda, qaysi lavozimgacha borishi haqida aniq qoʻllanma tuzib olishadi.

2. Qidiruvni yirik kompaniyalar bilan cheklash

Yirik kompaniyalarni odatda sohaga endi kirib kelganlar qiziqtirmaydi. Katta kompaniyaga ishga kira olmagan yangilar esa ruhan choʻkib qoladi. Startap, kichik kompaniyalar bu sizning imkoniyatingiz. Eng katta tajribalaringizni birinchi ishingizdan olasiz. Kichik kompaniyalar esa tajribangizni oshirish uchun laboratoriyadir. Siz kompaniya bilan birga rivojlanasiz.

3. ijtimoiy tarmoqda akkaunt boʻlmasligi

Oʻzingiz IT bilan shugʻullanasiz-u, qanday qilib ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaysiz? Bugungi globallashuv jarayonida ish beruvchilar hatto akkauntlaringizni ham chetda qoldirishmaydi. Qolaversa, sizni tarmoqda qanchalik koʻp odam tanisa, shunchalik tez ish topishingiz osonlashadi.

4. Oʻzbekchilik ham ish berishi mumkin

Bizda tanish-bilishchilik yaxshi rivojlangan. Yangi boʻlsangiz yaqin qarindoshlaringizdan ish soʻrab koʻring, agar ularda boʻlmasa, doʻstlaridan soʻrab koʻrishlarini ayting. Shunday qilib ham birinchi ishingizga erishishingiz ham mumkin.

5. Qoʻrquv

Kursni bitirib, ish topish vaqti kelganda, negadir ular qoʻrqishni boshlashadi. Masʼuliyat yuklansa “Buni qila olmasam-chi?” degan ikkilanishlar ortadi. Oʻzingizning imkoniyatlaringizni past baholamang, shunchaki ulardan foydalaning!

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍40🔥7👏31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Aksiya

Praktikum kurslaridan birini bir martalik to'lov orqali xarid qiling va sovg'a sifatida English for IT kursini bepul oling.

Batafsil ma'lumot 👉 mohirdev.uz/noyabr-aksiya

Oxirgi muddat: 1-dekabr, 23:59

😊 Aksiya boshlanishdan oldin praktikum kursini xarid qilganlarga English for IT kursi uchun 50% chegirma taqdim etamiz.

Telegram | Instagram | Youtube
👍287🔥6👏3🤩1
Linkedin: chet elni orzu qilganlar uchun

LinkedIn — bu bizneslar uchun maxsus ishlab chiqilgan ijtimoiy tarmoq hisoblanib, saytning maqsadi professionallarni bir yerda jamlash, shu orqali mutaxassislardan iborat muhitni shakllantirishdir.

Bugunda kompaniyaning 875 million foydalanuvchisi bor va sayt 200dan ortiq davlatda faoliyat yuritadi.

Human Resource Management jamiyati tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, ish beruvchilarning 94 foizi ishchi yollashda aynan Linkedin ʼdan foydalanishar ekan.

Quyida chet elda ishlashni orzu qilganlar uchun Linkedin sahifangizni toʻgʻri sozlash sirlarini yozib qoldirdik:

1. Batafsil maʼlumot

Oʻzingiz haqingizda toʻliqroq maʼlumot berishga harakat qiling. Qanday yutuqlarga erishgansiz, boshqalardan ajralib turadigan jihatingiz, sohangiz boʻyicha bilim va koʻnikmalaringiz ish beruvchilar uchun muhim.

2. Sarlavha va profil dizayni

Tarmoqda shu darajada mutaxassislar koʻpki, ularning har biri turli usullar orqali eʼtiborni jalb qilishga harakat qiladi. Sahifangiz uchun rasm tanlashda zerikarli va bir xil uslubdagi suratlardan chetlaning. Jilmayib tushgan rasmlaringiz odamlarda yaxshi taassurot uygʻotadi.

Sarlavha — sizning qanday mutaxassis ekanligingizni koʻrsatadi. Qaysi ishda faoliyat yuritsangiz oʻsha ish boʻyicha kalit soʻzlarni kiritib ketishingiz kerak boʻladi ( Masalan: marketolog boʻlsangiz “marketer, SEO, Content writer” singari soʻzlar).

3. Guruhlar

Mutaxassisligingiz boʻyicha guruhlarga aʼzo boʻling. Biror bir masaladagi oʻz fikrlaringizni kasbdoshlaringiz bilan boʻlishing, faol tarzda ijtimoiy tarmoqdan foydalaning. Bu sizga tezroq tanilishingizga yordam beradi.

4. Post

Odamlar sizni sohangizdagi yetakchilardan deb bilishlarini istaysizmi? Unda sahifangizga davomiy ravishda post joylab borishni unutmang. Ayniqsa, ishdagi duch kelgan muammolaringiz va ularga qanday yechim topganingiz ular uchun qiziqarli!

5. Yutuqlar

Har bir erishgan yutuqlaringiz aks etgan video, rasm, postlar ish beruvchilarning sizga boʻlgan ishonchini oshiradi. Asosiysi, bu ishlarni davomiy ravishda qiling, Qachonki, bir ishni qilishdan choʻchimasangiz, siz buni uddalay olasiz!

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍44🕊9🔥5🤩2
MohirDev.uz pinned a video
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy kasblarni o'rganish imkoniyati barchada bor!

❇️ 23-noyabr kuni Farg'ona viloyati imkoniyati cheklangan shaxslar kasb-hunar maktabi o'quvchilariga IT sohasi vakillari tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda, o'quvchilarga zamonaviy kasblar, ularning imkoniyatlari va afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berildi.

O'quvchilarning qiziqishlari ularning berayotgan savollari va har bir spikerni diqqat bilan tinglashlaridan yaqqol bilinib turdi.

🎓 O'quvchilarga Mohirdev ta'lim platformasining onlayn kurslari va RTM, Codial, ITeach, Zed IT, Ali dizayn akademiyalarining oflayn kurslari uchun vaucherlar hamda esdalik sovg'alar topshirildi.

⚡️ O'ylaymizki, ushbu imkoniyatlar orqali bu yoshlar zamonaviy kasblarni o'rganib kelajakda o'z o'rinlarini topishda yordam beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍354🏆2
@mohirdev bilan o'zingizga qulay vaqtda, istalgan joyda, chegarasiz ta'lim oling

Platformamizdagi bepul kurslar: mohirdev.uz/bepul-kurslar

Backend, frontend, mobil dasturlash asoslarini bepul kurslar orqali o'rganishingiz mumkin
👍383🔥3🤩3
👍😁😃😉😇 Ertaga Samarqandda uchrashuv bo'lib o'tadi

Mohirfest 22 festivali doirasida Samarqand shahrida offlayn uchrashuv tashkil qilinmoqda

Uchrashuvda bir qator mutaxassislar axborot texnologiyalari va ta'lim bo'yicha so'zga chiqadilar

📅 Tadbir 27-noyabr, 10:00 da Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti binosida bo'lib o'tadi

Uchrashuvda ishtirok etish mutlaqo bepul

Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/AigqPpX1q8fBCDHV9

Telegram | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🔥41
Chegirma bilan Android kursini xarid qilishga ulgurib qoling

Android praktikum kursi ertaga to'liq platformaga yuklanadi. Bugun 23:59 gacha kursni xarid qilanglarga, chegirma qilinadi.

Chegirma narxi: 1,370,000 (ushbu narx 28-noyabr, 23:59 gacha amal qiladi. Undan so'ng, kurs narxi 1,500,000 ga o'zgaradi)

Kursni xarid qilish 👉 android.mohirdev.uz/presale

Kurs haqida ko'proq ma'lumot olish

Telegram | Instagram | Youtube
👍17🤩6🔥21👏1
Ertaga Android praktikum taqdimoti bo'lib o'tadi

Uzoq kutilgan praktikum haqida barchasini ushbu taqdimot orqali bilib oling.

Taqdimot ertaga soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi

Android dasturlashga qiziqqan barchani taklif qilib qolamiz

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍22🔥4🎉1