MohirDev.uz
18.4K subscribers
1.72K photos
426 videos
2 files
1.42K links
Oʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri

- 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert
- 39 ta dasturlashga oid kurs
- 44 516 ta kurs oʻquvchisi

🌐 https://mohir.dev/tel
📨 @mohirdevsales_bot
📞 55 500 05 07
Download Telegram
​​Dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni oshirishga yordam beruvchi 5 ta maslahat.

Mantiqiy fikrlash — yaxshi dasturchining eng asosiy quroli hisoblanadi.

1. Har kuni yangi masalalarni yeching.

Muammolarga yechim topishni odat qilganingizdan keyin, yangi masala va muammolarni yechish uchun kamroq vaqt sarflashni boshlaysiz. Miyangiz tayyor boʻlib turadi bunga. Real hayotga oid masalalarni ishlash, haqiqiy loyihalarda chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni tezda yechishingizga yordam beradi.

Dasturlashga doir masalalar yechish uchun baʼzi saytlar:

- LeetCode
- Codewars
- Exercism

2. Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlarni oʻrganing

Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar mantiqiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar nafaqat dasturchi sifatida yaxshi mantiqiy fikrlashni shakllantiradi, balki muammolarga yechim topish koʻnikmasini ham yaxshilaydi. Agar siz u bilan muntazam ravishda shugʻullansangiz, bu sizning muammolarga yechim topish koʻnikmangizni va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni oshiradi.

3. Bosqichma-bosqich oʻting

Birinchi oson masalalar bilan mashq qiling. Ularni yechib boʻlgach, keyingisiga oʻting.

4. Masalalarni kichik boʻlaklarga boʻlib oling

- Birinchi, masalaning mohiyatini tushunishga harakat qiling.
- Qogʻoz va ruchka olib, masalani yechish uchun kerak boʻladigan taxminiy qadamlarni yozib chiqing
- Barcha holatlar, qadamlar, inpu va oʻzgaruvchilarni oʻylab koʻring.
- Yechim bo'lishi mumkin bo'lgan algoritm yozishga vaqt ajrating va undan soʻng, kod yozishga kirishing.

5. Boshqalarni kodlaridan oʻrganing

- GitHub, Stackoverflow dagi boshqa dasturchilar yozgan kodlarini oʻqib, ulardan oʻrganishga harakat qiling.
- Boshqalarning kodini oʻqib, bir muammoga turli xil rakursdan qarashga oʻrganasiz.

6. Loyihalar qiling

- Haqiqiy loyihalar qilish dasturlashda yaxshiroq boʻlishga yordam beradi.
- Xohlang, kalkulyator, elektron tijorat yoki portfolio sayt, farqi yoʻq.
- Biror loyihani qilayotganingizda, juda koʻp qiyinchilik va buglarga duch kelasiz. Bularni yechish davomida dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni shakllantirib borasiz.

Bonus

- "Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar" bepul kursini o'rganing
- "Algoritmlar: Leetcode da masala yechish" kursini bepul o'qing

Va hech qachon motivatsiyani yoʻqotmang. Siz ishlolmaydigan masala yoki muammoga duch kelganingizda, ruhingiz choʻkmasin, aksincha bu sizni yangi bilimlar egallashga ruhlantirsin, oldinga undasin.

Asosiysi, oʻrganishdan toʻxtamang.

Telegram | Instagram | Youtube
👍64🔥13👏4🤩4🕊4💯211
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talab oshib borayotgan sohani egallab, .NET (dotNET) dasturchisi bo'ling

Kurs davomida siz xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lgan, juda tez sur'atda o'sib takomillashib borayotgan, C# dasturlash tilini o'rganasiz.

Kurs yakunida Toshkent shahriga kelgan mehmonlarga shinam xonadon topadigan “Sheenam” deb nomlangan loyihaga bag’ishlangan 9 soatlik video darslar davomida, g’oyadan birinchi dastur funksiyanaligacha yozishni o’rganasiz.

Kurs haqida qisqacha:

100 ga yaqin videodarslar
3 ta loyiha qilish imkoniyati
O’qituvchi bilan Zoom uchrashuvlar
Kursni boshlash uchun boshlang’ich bilim talab qilinmaydi

Darslar 3 yildan ortiq tajribaga ega, hozirda xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida .NET dasturchi sifatida faoliyat olib borayotgan Elbek Normurodov tomonidan o'tiladi.

Kursni xarid qilish: mohirdev.uz/net

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
🤩117👍5🏆3🔥2
Mac foydalanuvchilari uchun maxsus

Windows uchun chiqargan postimizdan so'ng, Mac foydalanuvchilarining istaklarini inobatga olib, bizning "to'polonchilar" uchun ham post qilishga kirishdik.

Ko'pchilik Mac foydalanuvchilari Command-C nusxa ko'chirish va Command-V tugmalaridan foydalanishni bilishiga ishonchimiz komil, ammo ularning hayotini ancha osonlashtiradigan boshqa foydaliroq tugmalar ham mavjud.

Shu maqsadda sizlarga foydali ma'lumotlarni ulashishda da'vom etamiz:

Control–Shift–Power button = Displeyni uyqu rejimiga tushirish
Control-Command-Q = Ekranni qulflash
Shift-Command-C = Displeyni ishga tushirish
Command-D = Tanlangan faylni nusxalash
Shift-Command-N = Yangi fayl hosil qilish
Command–Control– ↑ = Faylni yangi ish stolida ochish
Command-Delete = Belgilangan faylni o'chirib tashlash
Shift-Command-Delete = "Korzinka" ni tozalash
Option-Command-Esc = Istalgan dasturdan chiqib ketish
Command-Z = Bitta oldingi amalga qaytarish
Shift-Command-Z = Command-Z orqali qilingan xatoni tog'irlasangiz bo'ladi
Option-Command-F = Izlash bo'limiga o'tish

Telegram | Instagram | Youtube
👍255🔥3👏3🤩1
🤩 .NET bilan yaqindan tanishmoqchi bo'layotganlar uchun vebinar

Mohirdev foydali vebinar va suhbatlar tashkil qilishda davom etadi

Bu gal xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida ishlab kelayotgan Elbek Normurodov bilan NET (dotNET) haqida suhbatlashamiz

Vebinar mavzusi "Loyihalar misolida .NET bilan tanishuv" bo'lib, vebinar davomida .NET o'zi nima ekanligi, unga bo'lgan talab, o'rganish jarayoni ma'lumot beriladi va bir necha kichik loyihalar qilib ko'rsatiladi

📅 Vebinar bugun soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi

👉 https://youtu.be/8p9YURNy2Ds

.NETni o'rganishga ikkilanayotganlar yoki unga qiziqqan barchani taklif qilib qolamiz

Telegram | Instagram | Youtube
👍21🤩7
⚡️Yoshlar uchun IT sohasida bepul ta'lim olish va mukofot jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonga start berilmoqda

Yoshlar ishlari agentligi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi hamkorligida MohirFest 2022 festivaliga start berilmoqda.

Festival davomida siz bepul onlayn ta'lim olasiz. Shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etishingiz, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g'olibi bo'lishingiz mumkin.

Festival 2 bosqichda bo'lib o'tadi:

1-bosqich: Raqamli oromgoh.
Ishtirokchilar 1 oy davomida dasturlash va zamonaviy texnologiyalarni bepul onlayn o'rganadilar.

2-bosqich: Xakaton.
Darslarni muvoffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar sovrin jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadilar.

Xakatonda ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlab, o'z loyihalarini namoyish qilishlari kerak bo'ladi:

- Ta'lim
- Ayollar huquqlari
- Ekologiya
- Turizm

🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha birinchi uch o'rinlarni egallagan jamoalarning har bir a'zosi quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadi:

1-o'rin: Noutbuk
2-o'rin: Planshet
3-o'rin: eReader

Bundan tashqari, xakaton qatnashuvchilariga Mohirdev kurslari uchun turli xil chegirma va kuponlar taqdim etiladi

Festival 12-noyabr kuni start oladi.

Qatnashish bepul.
Ro'yxatdan o'tish uchun:
mohirdev.uz/mohirfest

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🎉42🔥1🤩1
Festival haqidagi yangilik va ma'lumotlar bosqicha-bosqich @mohirfest kanali orqali e'lon qilinib boriladi

Loyiha ko'proq odamlarga yetib borishi uchun do'stlaringiz va yaqinlaringiz bilan ulashing

Qiziqtirgan savollaringizga guruhimizda javob topishingiz mumkin

Mohirfest guruhi: @mohirfest22_group

Bizni kuzatib boring:

@mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev
👍19🔥2💯1
Nima uchun .NET?

Microsoft kompaniyasi 2016-yilda ommaga .NET (avval .NET Core nomi bilan tanilgan) freymvorkini taqdim qildi. U juda qulay, moslanuvchan muhitga egadir. Undan mobil ilovalar, o'yinlar, veb ilovalar dasturlashda qo'llash mumkin. Qolaversa, sun'iy intellekt ishtirok etgan loyihalarda ham bemalol foydalana olasiz.

Taqdim qilinganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, .NET dasturchilarning mehrini qozondi. Quyida uning afzalliklarini sanab o'tamiz:

1. Imkoniyati keng.Har qanday ilova, har qanday platformalar bilan ishlay olishingiz mumkin. Dasturchilar tayyor kodlarni qayta ishlata olishadi. Bu ularga kamroq vaqt va mablag’ sarflab, yuqori natijalarga erishishiga yordam beradi.

2. Sevimli. .NET ketma-ket uch yil davomida (2019, 2020 va 2021) Stack Overflow Developer Survey 'da eng sevimli freymvork sifatida qayd etilgan.

3. Qulaylik. TechEmpower tomonidan o’tkazilgan sinovga ko’ra .NET boshqa mashhur freymvorklarga qaraganda tezroq ekanligi isbotlangan.

Boshqa ko'plab imkoniyatlarini sanab o'tardik-u, yaxshisi .NET Praktikumda o'qib so'zimizning rost ekanligiga o'zingiz guvoh bo'lishingizni istadik!

Kurs haqida batafsil 👉 mohirdev.uz/net

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍17🤩6🔥21🕊1🏆1
Rezyume uchun foydali servislar

Ish beruvchilar va nomzodlar orasidagi ilk suhbat bu rezyumedir. Rezyume sizning eng kuchli qobiliyat va yutuqlaringiz bilan tanishtiradi, lavozim yoki loyihaga qanchalik mos ekanligingizni ko'rsatadi va eng muhimi, sizga intervyudan muvaffaqiyatli o'tishingizga ko'maklashadi.

Rezyume qilish uchun alohida grafik dizayner yollashingiz shart emas. Quyida sizlarga o'z xizmatlarini taklif qiluvchi servislarni keltirdik:

❇️ Myresume.ru

• Xizmatlardan bepul va cheksiz foydalaning
• 8 xil kreativ va klassik ko'rinishdagi shablonlar
• Bepul tahrirlash imkoniyati
• Infografik elementlar to'plami
• O'z yo'nalishingizdagi mutaxassislarning rezyumelarini tadqiq qilish

❇️ icanchoose.ru

• 20 turdagi bepul dizaynlar
• Foydali va interaktiv maslahatlar
• Tayyor rezyumeni Headhunter 'ga yuklash imkoniyati

* agar tajribangiz 4 yildan kam bo'lsa, rezyumeni bepul yuklab olishingiz mumkin.

❇️ Cakeresume.com

• Turli sohalarga oid ko'plab bepul shablonlar
• Bepul tahrirlash imkoniyati
• Dizaynga oid bepul resurslar

❇️ Cvmaker.com

• Klassik ko'rinishdagi rezyumelar makoni
• 8 turdagi minimalistik dizaynlar
• Tayyor rezyumeni PDF formatda yuklab olish imkoniyati

* saytdan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tishingiz talab qilinadi.


Telegram | Instagram | Youtube
🔥19👍13👏1🤩1
Onlayn taʼlimning 8ta foydasi

Onlayn va oflayn taʼlim qarama-qarshiligi yaqin 3yil ichida odamlarning qarashlarini butunlay oʻzgartirib yubordi. Virus sababli insoniyatning imkoniyatlari cheklanib qoldi, shundan soʻng istar-istamas onlayn taʼlimga katta urgʻu berila boshlandi. Ilgari odamlar uni vaqt va pulning isrofi deya qaragan boʻlsa, bugunga kelib onlayn taʼlimning ustun jihatlari yaqqol sezila boshlandi.

Shunday boʻlsa ham oramizda ikkilanib turgan kuzatuvchilarimiz yoʻq emas. Navbatdagi keltiradigan faktlarimiz stereotiplar zanjirini parchalab tashlaydi:

1. Darsga borish uchun 5km yoʻl bosishingiz shart emas. Oʻzingizga mos kun rejasini tuzib oling. Qarabsizki, darsga ham kech qolmaysiz, asab tolalaringizni ham asrab qolgan boʻlasiz.

2. Transport uchun yoʻl haqi toʻlashga hojat yoʻq. Uyingizda, sevimli dars stolingiz oldida hatirjam ilm olish imkoniyati turganda, qoʻshimcha xarajat kimga ham kerak.

3. Dunyoning istalgan yeridan turib taʼlim olish imkoniyati. Xohlasangiz Garvardda, xohlasangiz Stenfordda oʻqing. Ha,darslarda ishtirok etish uchun rasmiy kiyim talab qilinmaydi.

4. Oʻzingiz istagan mutaxassisning darslarida qatnashish imkoniyati. Bundan tashqari ularni oʻzingiz tanlab, saralay olasiz.

5. Oʻqish uchun ishdan boʻshashingiz shart emas. Endi siz ish va taʼlimni bir xilda olib keta olasiz.

6. Dunyo kutubxonalarining noyob kitoblaridan foydalanish imkoniyati. Gohida biz qidirgan kitoblarni topish qiyin boʻlib qoladi, top universitetlar esa kutubxonasidan bepul foydalanishga ruxsat beradi.

7. Darslarni tushunmay qolsangiz, saqlab qoʻyilgan nusxasidan qaytadan koʻrib oʻzlashtirib olsangiz boʻladi. Bu esa bilimlaringizni yaxshigina mustahkamlaydi.

8. Oflayn kurslarga qaraganda onlayn kurslarning narxi hamyonbopdir. Shuning uchun ham bugunga kelib koʻpchilik onlayn taʼlimni afzal koʻrmoqda.

Telegram | Instagram | Youtube
👍35155🔥5🤩3🏆1
Muhim o'zgarish

Mohirdev onlayn ta'lim platformasining bog'lanish raqami o'zgardi.

Yangi telefon raqamimiz: 78-113-13-10

Kurs bo'yicha savollaringiz bo'lsa, ushbu raqamga qo'ng'iroq qilib batafsil ma'lumot olishingiz mumkin

Telegram | Instagram | Youtube
👍53💯42🔥2🤩2🕊2🏆1
🔥 Bu maslahatlarga amal qilsangiz, onlayn kurslardan maksimal foyda olasiz

Koʻpchilik onlayn kurslar sotib olib, baʼzi bir sabablarga koʻra kursni oxirigacha tugata olmay, darslarni keyinga surishadi. Sabab diqqatni oʻqishga jamlash oson emas. Chalgʻituvchi narsalar juda koʻp, ijtimoiy tarmoqlar, tugʻilgan kun, uchrashuvlar, uyqu... Bularning hammasi darslarni keyinga surishga sabab boʻladi. Agar sizda ham shunday muammo boʻlsa, siz mutlaqo yolgʻiz emassiz va bu postni diqqat bilan oʻqishingiz kerak!

Onlayn kurslardan qanday qilib maksimal darajada samarali foydalanish mumkin?

1. Maqsadingizni aniqlab oling

Maqsadingiz jiddiymi oʻzi? Nimaga erishmoqchisiz? Yarim yoʻlda ortga qaytasizmi yoki maqsadingizga erishguningizcha toʻxtash yoʻqmi? Shu haqida oʻylash uchun alohida vaqt ajrating va maqsadlaringiz roʻyxatini tuzib chiqib, unga kuniga bir-ikki marta koʻz yugurtiring. Bu sizga eng katta motivatsiya boʻlsin! Unutmang, motivatsiya ichingizda boʻlsin, uni tashqaridan izlamang.

2. Oʻzingiz uchun alohida oʻquv maydoni ajrating

Oʻqish uchun alohida boʻsh xonangiz boʻlmasa ham, siz uyning televizor, shovqindan uzoq boʻlgan sokin qismida dars qilish uchun joy yarating. Bu aynan dars qiladigan joyingiz boʻlsin. Alohida oʻquv maydoniga ega boʻlishning yana bir afzalligi sizda dars qilish ongi paydo boʻladi. Xuddi oshxonani koʻrsangiz tamaddi qilgingiz, yotoqxonada uhlagingiz kelganidek, oʻquv maydonida dars qilish koʻnikmasiga ega boʻlasiz.

3. Kechiktirishga “YOʻQ” deb javob bering

Odatda onlayn kurslar tayyor holatda va koʻrish uchun chegaralanmagan boʻladi. Shunda siz “Dushanbadan boshlayman, buni xohlagan vaqtim koʻrishim mumkin, ertalab soat 5:00da turib “svejiy kallaga” dars qilaman, hozir ishlar koʻp, “ kabi yod boʻlib ketgan “vaʼdalarga” aldanishingiz mumkin. Intizomli boʻling, oʻquv rejasini tuzib chiqing. Chalgʻituvchi narsalarni cheklab qoʻying.

4. Oʻquv guruhlarida, meeting, ovozli chatlarda faol boʻling

Kursdoshlaringiz bilan suhbatlashing, balki uchrashib, birga oʻrganishingiz mumkindir. Muammolaringizni ular bilan birga baham koʻring va hamkorlikda oʻrganishga harakat qiling, yolgʻiz emasligingizni his qiling. Guruhlarda boshqalarga yordam berish bilan ham bilimingizni mustahkamlaysiz, ham hurmat-eʼtiborga sazovor boʻlasiz. Ijobiy suhbatlar qurish, sizni xavotir va stressdan qutqaradi.

5. Tanaffus qilish esingizdan chiqmasin!

Oʻqish davomida tanaffus qilish juda muhim. Bunda ozgina yurish, sayr, toza havodan nafas olish sezilarli yordam beradi. Agar ijtimoiy tarmoqlar, gadjetlar, televizor koʻrishga oʻtirsangiz bu sizni battar charchatishi mumkinligini unutmang.

Siz onlayn kurslardan foydalanishda qanday metodlardan foydalanasiz? izohlarda ulashishni unutmang 😉

Kurslarga ro'yxatdan o'tish

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍678💯7🔥52🎉1🤩1
🔎 QA ya'ni Sifat Nazorati mutaxassislari detektivlarga o'xshaydi - ularning vazifasi xatolarni topish va ularni to’g’irlashga yordam berish

Keling, nima uchun QA muhandisligi IT’da karyera boshlash uchun eng yaxshi tanlovlaridan biri ekanligini ko'rib chiqaylik.

1. Raqobatdoshi ish haqqi
QA muhandisligi - IT sohasidagi yaxshi haq to'lanadigan mutaxassisliklardan biri. Head Hunter’ga ko’ra QA muhandislariga $300 dan - $2500 maoshgacha ish e’lonlari joylangan. Tajribangiz, va o’zingizni ko’rsata olish qobiliyatlaringizga qarab daromadingiz ham oshib boraveradi.

2. O'rganish ko'p vaqt talab qilmaydi
Haftasiga 10 soatdan vaqt ajratgan holatda, o'rtacha 3-4 oy ichida soha asoslarini egallagab, o'z karyeyrangizni boshlashingiz mumkin. Agar ish beruvchi kompaniya tomonidan qo'yilgan talablarga javob bera olsangiz ish topish ham muammo bo'lmaydi.

3. Nisbatan toliqishlarsiz va stressli emas
QA muhandisi mahsulot sifatini yaxshilash, sinovdan o'tkazish, rejalashtirish va natijalarni tahlil qilishga javobgar. Boshqa ITdagi kasblar bilan solishtirganda, nisbatan bu sohada stressli holatlar kam uchraganligi kuzatilgan. (1)

4. Tanlov imkoniyati
QA muhandisi bo'lib ishlab, tajriba orrtirganingizdan so'ng, siz keyingi bosqichga, masalan, QA automation'da o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Bu bosqichda sizdan endi ko'proq ko'nikma va texnik bilimlar talab qilinadi.

5. Siz bu istiqbolli sohani Mohirdev'da "Quality Assurance" (Sifat Nazroati) praktikumida o'rganishingiz mumkin! Kurs davomida sizga QA sohasi asoslaridan boshlagan holda, ish davomida qo’llanadigan barcha kerakli ko'nikmalar o'rgatiladi.

Kurs haqida batafsil: mohirdev.uz/qa

P/S: Yuqoridagi ma’lumotlar Manual QA'ni o’rganmoqchi bo’layotganlar uchun.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍183🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soha tanlashga qiynalyapsizmi? Bepul konsultatsiya oling

Quyidagi link orqali o'ting va ma'lumotlaringizni qoldiring. Biz siz bilan bog'lanamiz.

👉 mohirdev.uz/consultation

Telegram | Instagram | Youtube
👍38🔥3👏3
👍27🎉211
Mukammal Telegram bot kursi orqali 700 dan ortiq o'quvchilar birinchi botlarini yasashdi

Ularning ba'zilari yuqoridagi skrinshotlarda ko'rsatilgan.

Kurs davomida har bir mavzu uchun tayyor shablon-kodlarga ega bo'lasiz va bir zumda o'zingizning birinchi botingizni ishga tushira olasiz.

Kurs narxi: 247,000

Xarid qilish 👉 https://mohirdev.uz/courses/telegram/

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube
👍52🔥1310🕊4🎉3🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda davom etayotgan Mohirfest22 ochilish marosimidan lavhalar

Bizni kuzatib boring:

@mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev
👍5512🔥6🤩4👏2🏆1