Modalar Dunyosi
2.78K subscribers
36.3K photos
4.48K videos
14 files
8.24K links
Har hil moddalar va ajoyib liboslar tanlab oling ozigiz uchun Hurmatli tomoshabinlar


Admin @SaMbeS
kanalimizda reklama ham bera olasizlar

Reklama berish : @sambes


💚💙💚
Download Telegram
#FARZAND_TARBIYASI

Hurmatli ota onalar farzandingizning ojiz tomonlari haqida ularning o'zlariga aytib koyishni bas qiling.

Bu yechim bo'la olmaydi. Buning o'rniga :

• Bolam senga ishonaman
• Bolam bor umidim sendan
• Sen boshqalardan o'zgachasan
• Senda xudoga bergan talant bor
• Sen bu ishni mendan ham yaxshi qilyapsan
• Buni juda yaxshi bajaribsan faqat keyingi safar bu yerini ham bunday qilishni unutma !

Shunday so'zlar bilan uni rag'batlantiring. Kuchli tomonlarini gapiring. O'ziga ishonchini oshiring.

Va shuni unutmanggi har bitta o'rgatgan narsangizga uning yonida qatiiy amal qiling. Bola sizning gaplaringizdan emas bajarayotgan amallaringizdan o'rganadi
👫 #Farzand_tarbiyasi

Psixologlarning ta’kidlashicha, bolaning birinchi yolg’onining paydo bo’lishiga ota-onalarning o’zlari sababchi bo’lar ekan

Taxminan 3-4 yoshgacha bolalar yolg’on gapirishni umuman bilmaydi, bunda ularda ehtiyoj ham bo’lmaydi.
Ota-onadan nimanidir sir saqlash ularning xayollariga ham kelmaydi.

Aynan 4 yoshdan keyin bola u bilan sodir bo’layotgan hodisa va voqealarni tahlil qilib o’ziga savol bera boshlaydi:

«Nega meni jazolashdi?,
«Nima qilib shunday holdan qochib qutulish mumkin?»,
«Nima qilsam oyimni mehrini yanada ko’proq olaman?»,
«Adamning rag’batlantirishiga sazovor bo’laman?»


Ota – onasining barcha «yo’q» va «mumkin emas» larini chetlab o’tish maqsadida u har xil ayyorliklarga boradi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

Bolalarga baqirib nimaga erishasiz?👶🗣

1 .Bola o'z o'rnini topolmaydi.
2.Bolani qo'rquv va duduqlanishga olib keladi.
3. Bola jaxldor, mexrsiz bo'lib boradi.
4. Bolani ruhiyati yomon tomonga o'zgaradi.


Bolangizni baqirgan , urgan bo'lsangiz hoziroq uni xursand qiling. Unutmang hozir farzandingizga nima bersangiz. Qariganizda shuni olasiz...

Bolalaringizga baqirishni bas qiling .👶🗣
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

RAQOBATLASHISH

1. Bolalardagi o'zaro raqobatlashish tuyg'usidan unumli foydalanish.
2. Musobaqalar tashkil qilish orqali foydali narsalarni bolajonlar zehniga singdirish.
3. Bu mavzuga doir hayotiy misollar.
#Farzand_tarbiyasi

FARZANDLARIMIZDAGI QOBILIYAT YO'QOLIShINING BA'ZI SABABLARI:

📌 1. Yuzga urish miyadagi 300-400 hujayrani o'ldiradi.
Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.

📌 2. Elektron o'yinlar ijtimoiy aqlni, lug'aviy ziyraklikni barbod qiladi.

📌 3. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik
natijasida undagi motivatsiya pasayib ketadi.

📌 4. Bolaning yoshligidan u bilan suhbat qurish eshigining yopiqligi.

📌 5. Ta'lim berish davomida suv ichishni kamaytirishi (Miyaning 85% i suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan suv ichish zarur.)

📌 6. O'quvchining qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olmay o'qitish samarali natijaga olib kelmaydi.
#Farzand_tarbiyasi

👶 Farzand tarbiyasida muhim maslahatlar

1⃣ Bir biriga solishtirish.
Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi.

2⃣ Jismoniy qo'pollik, urish yoki qo'pol, uyat so'z ishlatish.
Bular bolaning o'ziga bo'lgan ishonchini barbod qiladi.

3⃣ Masxaralash.
Doim masxara qilingan bola o'zini hurmat qilmaydigan bo'lib qoladi.

4⃣ Ortiqcha erkalatish.
Ko'p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas'uliyatsiz bo'lib qoladi.

5⃣ Ortiqcha tergash.
Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi.

6⃣ Beparvolik.
Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg'usini barbod qiladi.

7⃣ Shijoatlantirmaslik.
Rag'batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo'lib qoladi.
👫 #Farzand_tarbiyasi

Farzandlar bilan aloqani mustahkamlash dasturi:

1. Farzand bilan har kuni 20 daqiqa do‘stona suhbat (maktabi, o‘qishi haqida gapirmay va pand nasihatsiz).

2. Har kuni 5-10 marta ota-ona o‘z farzandlariga mehr-muhabbat hislarini izhor qilishi.

3. Har kuni 5 marta farzandning yaxshi axloqi, chiroyli amaliga maqtov aytish.

4. Har kuni farzandning o‘zini tutishi va ko‘rinishiga maqtov aytish (tabassumi, chiroyli, sog‘lom qadam tashlashi…)

5. Haftada bir marta
farzand bilan uydan tashqaridagi mashg‘ulotni birga bajarish (piyoda yurish, sport bilan shug‘ullanish, avtoulovda sayr qilish…), besh daqiqa bo‘lsa ham.

6. Hayot asoslarini bolada paydo qilish uchun uyqudan oldin har kuni «Falon yaxshi ishni bajarganingda, o‘zimni juda baxtiyor his qildim», “Ukangga qaraganing – juda katta ish”, «Falon kelishuvimizga amal qilganing men uchun faxr» kabilar orqali o‘z rizoligingizni bildirib turing.
#Farzand_tarbiyasi

Farzandingizga gapirishingiz kerak bo'lgan jumlalar:

1.Seni yaxshi ko'raman
2.Kuning qanday o'tdi?
3.Bu holat hammada bo'ladi, yana harakat qilib ko'r.
4.Seni tushunaman...
5.Borliging uchun shukronalar aytaman.
6.Savoling bo'lsa so'ra, gaping bo'lsa ayt.
7.Bu haqda fikring qanday
8.Men senga ishonaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

📹 «KINDIK RISHTASI» nomli qisqa metrajli multiplikatsion film.

Separatsiya haqida.

Farzandini oʻzidan hecham uzoqlashishini istamaydigan ota-onalar uchun maxsus.

Albatta koʻring!

© bola_tarbiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Farzand_tarbiyasi

🧒 Farzandingiz-sizning aksingiz. Ular barbir sizning gap-so'zlaringizga va amallaringizga taqlid qilishadi va kamchiliklaringizni ko'rsatib berishadi.

Aytganingizni emas, ko'rganlarini qiladilar.Shuning uchun ularni koishdan avval o'zingizga boqing, aslida o'zingizga tanbeh berayotgan bo'lasiz.