Sardor Sattorov
28 subscribers
400 photos
130 videos
5 files
256 links
Bu kanalda
- dasturlashga oid ma'lumotlar,
- hayotiy tajribalar,
- qiziqarli ma'lumotlar berilib boriladi.

Kanal guruhi @mobileflutter_group

Admin: @sardor_mobile
Download Telegram
🌈 Bahorning so‘nggi oyining ilk kuni

Va yana bu kun — muborak Juma!
1🔥1
Console.WriteLine(" 1 dan 10 gacha son kiriting:");
int kirish = int.Parse(Console.ReadLine());

while (kirish < 1 || kirish > 10)
{
Console.WriteLine("Yaroqsiz. Qayata urining.");
Console.WriteLine("1 dan 10 gacha son kiriting; ");
kirish = int.Parse(Console.ReadLine());


}
Console.WriteLine($"kiritingiz: {kirish}");

C #da 1 dan 10 gacha son chiqarish while bilan
for va foreachni ishlatish
https://youtu.be/tA-6NsOyeaU?si=8LT1Sm8zyxnij2ho
Chingiz Aytmatovni "Jamila" buni to'g'risi ichimda juda ko'p savollar borki aynan kitob to'g'risida.
O'zi qaysidir asar o'qiganizdan keyin o'zi haqida qayta qayta o'ylashga majbur qila olsa va turli savollar bilan qoldirsa bu yaxshi asar deb bilaman.

Asar nomi Jamila bo'lgani bilan asosiy qahramon negadir Seit deb bildim. Sababi atrofda bo'layotgan hamma voqelarni aynan Seit orqali eshitasiz.

Urish vaqtidagi odamlarni qanday qiyinchiliklarda yashaganini aynan Jamila asarida ham yana bir bor his qilasiz.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, bu asardagi jamilani shu boricha hech qanday yengiltak degan turli so'zlarsiz shundoq boricha qabul qilish kerak deb bilaman. Buni hozirgi paytdagi har tomonlama tinch hayotda yashayotgan odam sifatida emas o'sha urish paytlarini his qilib o'qish kerak deb bilaman.
2
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿
Hurmatli yurtdoshlar!

🕊️ Bugun biz Vatan ozodligi, xalq tinchligi va farovon kelajak yo‘lida jonini fido qilgan, mardlik va jasorat timsoliga aylangan insonlarni chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.

9-may – Xotira va qadrlash kuni!

Ushbu sana – xalqimiz jasoratining, tinchlik va osoyishtalik yo‘lida jonini fido qilgan yurtdoshlarimizning bo‘lganlarning xotirasiga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom timsolidir. Bu kun nafaqat tariximizni yodga olish, balki kelajak avlodni Vatanga sadoqat, tinchlik va barqarorlikni asrash ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim kun sanaladi.

👍 UNICON-SFOT jamoasi nomidan urush va mehnat faxriylariga chuqur minnatdorlik bildirgan holda, har bir oilaga tinchlik, farovonlik va sog‘lik tilaymiz.

⚡️  "Edo.ijro.uz"va E-huquqshunos tizimlari   bo‘yicha barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
https://youtu.be/fsUvx16o6g4?si=RO0unwMC9rqBO2v4

Yaxshi asarni oʻqiganingizdan keyin oʻzida juda koʻp mulohaza va fikrlar qoldiradi. Yuqorida hilol nashrda juda yaxshi suhbat boʻlibdi. Tavsiya ayniqsa Kumushni bosh qahramon sifatida koʻrayotgan odamlarga aslida Zaynab ekanligini isbotlab tushuntirib berishgan
📖 "Er-xotinga nasihat" kitobidan iqtibos:

"Baxtli xonadon — kelishmovchiliklardan butunlay xoli xonadon degani emas. Balki tortishganda ham, arazlashganda ham bir-birining ko‘nglini og‘ritmaydigan er-xotin yashaydigan oila deganidir."
1
id.egov.uz
😁 shu tizimga ishi tushadigan odamlar biladi bugun nima bo'lganini
🌐 Kompyuterning "Internet eshigi" — NIC (network interface card ) nima?

Ko'pchilik internetga ulanish haqida gapirganda faqat router yoki kabelni ko'z oldiga keltiradi. Lekin qurilmangizning ichida shunday bir qism borki, usiz internetga chiqishning iloji yo'q. Bu — Network Interface Card (NIC).

🛑 Sodda qilib aytganda:
NIC — bu kompyuterning "tili va qulog'i". U tarmoqdan kelayotgan signallarni kompyuter tushunadigan tilga o'giradi va aksincha.


📌 U haqida bilishingiz kerak bo'lgan 3 ta muhim fakt:

1️⃣ MAC-manzil: Har bir kartaning dunyoda takrorlanmaydigan o'z "pasport raqami" (MAC-address) bo'ladi. Shu orqali ma'lumotlar aynan sizning kompyuteringizga adashmay yetib keladi.

2️⃣ Turlari:

🔌 Simli (Ethernet): Kabel orqali ulanadi, tezlik juda barqaror bo'ladi.

📶 Simsiz (Wi-Fi): Antenna orqali to'lqinlarni ushlaydi (noutbuk va monobloklarda asosiy qism).

🖥 USB NIC - USB orqali ulanadi. Agar ichki NIC ishlamasa, tashqi variant

3️⃣ Tezlik chegarasi: Agar internetingiz 1000 Mbps bo'lsa-yu, lekin NIC kartangiz eski (100 Mbps) bo'lsa, siz baribir past tezlikda ishlashga majbur bo'lasiz.


🛠 Qayerda joylashgan?
Hozirgi zamonaviy monoblok va noutbuklarda u alohida plata emas, balki ona plataning ichiga o'rnatilgan kichik bir chip ko'rinishida bo'ladi.


🚀 Maslahat: Agar kompyuteringizda internet tezligi kutilganidan past bo'lsa, aybni nafaqat provayderdan, balki NIC drayverlarini yangilashdan ham qidirib ko'ring!
Forwarded from Thinking of LIFE (Bildirur!)
📢 YANGI GURUHGA QABUL BOSHLANDI!

📍 Individ o‘quv markazida tajribali ustoz Shoxrux Xursandboyev tomonidan BEGINNER (boshlang‘ich) darajadagi ingliz tili kursiga yangi guruh ochilmoqda!

🌟 Ingliz tilini noldan, oson va tushunarli uslubda o‘rganishni xohlaysizmi?
Unda bu kurs aynan siz uchun!

📚 Kurs davomida siz:
— Eng kerakli so‘z boyligini o‘zlashtirasiz
— To‘g‘ri gapirish va fikr bildirishni o‘rganasiz
— Grammatika asoslarini sodda tarzda tushunasiz
— O‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirasiz

🗓 Dars kunlari: Seshanba | Payshanba | Shanba
🕔 Vaqti: 17:00

💡 Har bir dars — yangi imkoniyat, har bir qadam — muvaffaqiyat sari!

🚀 Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va ingliz tilidagi ilk yutuqlaringizni boshlang!

📩 Batafsil ma’lumot va yozilish uchun:
👉 +998 99 033 16 23

Orzularingizni ingliz tilida ifoda etish vaqti keldi!
2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📇 Tarmoqning "Pasport stoli" — DHCP nima?

Uyingizda yoki kafeda Wi-Fi parolini terishingiz bilan telefoningiz silliqqina internetga ulanib ketadi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, qurilmangiz tarmoqdagi minglab kompyuterlar orasida qanday qilib o‘z joyini topadi?

Bu yerda asosiy ishni DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) bajaradi.

🛑 Sodda qilib aytganda: DHCP — bu tarmoqning "Pasport stoli" yoki "Mehmonxona registratsiyasi". U tarmoqqa ulangan har bir yangi qurilmaga avtomatik ravishda vaqtinchalik "yashash guvohnomasi", ya’ni IP-manzil tarqatadi.


💡 DHCP bo‘lmaganda nima bo‘lardi? Agar ushbu tizim bo‘lmaganda, har safar yangi joyga borib Wi-Fi’ga ulanmoqchi bo‘lganingizda, telefoningiz sozlamalariga kirib, 192.168.1.X kabi murakkab raqamlarni qo‘lda yozib chiqishingiz kerak bo‘lardi. Agar adashib boshqa birovning IP-manzilini yozib qo‘ysangiz, tarmoqda nizo (IP conflict) kelib chiqib, internetingiz umuman ishlamay qolardi.


⚡️ U qanday ishlaydi? (Mashhur "DORA" qoidasi): Qurilmangiz tarmoqqa ulanayotganda, fonda bir soniyadan kam vaqt ichida 4 ta bosqich yuz beradi:

1️⃣ Discover (Qidiruv) — Telefoningiz tarmoqqa: "Menga IP-manzil bera oladigan bormi?" deb baqiradi.
2️⃣ Offer (Taklif) — Routeringiz: "Menda mana bu bo‘sh IP bor, olasanmi?" deb javob beradi.
3️⃣ Request (So‘rov) — Telefoningiz: "Ajoyib, shu IP-manzilni menga band qilib turing" deydi.
4️⃣ Acknowledge (Tasdiq) — Router: "Kelishdik, mana shu IP-manzil senga falon muddatgacha ijaraga berildi" deb tasdiqlaydi.


🛠 Xulosa: DHCP tufayli biz tarmoq sozlamalari haqida bosh qotirib o‘tirmaymiz. U xavfsiz, tez va eng muhimi — mutlaqo avtomatlashtirilgan tizimdir.

@mobileflutter
🌐 Internetni qutqarib qolgan texnologiya — CIDR nima?

Tarmoq texnologiyalari (IT) sohasiga kirib kelgan har bir kishi IP-manzillar yonida yozilgan g‘alati slesh va raqamlarni ko‘radi, masalan: 192.168.1.0/24.

Xo‘sh, bu sleshdan keyingi /24 yoki /16 niman hisoblaydi? Bu tizim — CIDR (Classless Inter-Domain Routing) deb ataladi.

🛑 Sodda qilib aytganda: CIDR — bu IP-manzillarni isrof qilmasdan, xuddi tortni bo‘laklarga bo‘lgandek, tarmoqni kerakli hajmdagi kichik bo‘laklarga (podsetlarga) tejamkorlik bilan ajratish tizimidir.

🏠 Hayotiy misol: Tasavvur qiling, siz mehmonxona xo‘jayinisiz. Sizga 5 kishilik sayyohlar guruhi keldi.

CIDR-gacha bo‘lgan eski tizimda: Guruh hajmiga qarab, ularga majburlikdan butun boshli 100 ta xonali qavatni berib yuborishardi. Qolgan 95 ta xona bo‘sh va isrof bo‘lib yotardi.

CIDR tizimida (hozirgi kun): Kelgan mehmonga aynan nechta joy kerak bo‘lsa (masalan, 5 ta), aniq o‘shancha xona ajratiladi. Isrofgarchilik nolga tenglashadi

.

⚡️ Sleshdan keyingi raqam nimani bildiradi?
Bu raqam prefiks deb ataladi va tarmoq ichida nechta qurilma (monoblok, telefon, smart-tv) uylana olishini belgilaydi:

📂 /24 — bu tarmoqqa jami 254 ta qurilma ulanishi mumkinligini bildiradi (ko‘p uylarda va ofislarda shu ishlatiladi).
📂 /25 — tarmoqni ikkiga bo‘ladi va faqat 126 ta qurilmaga joy qoldiradi.
📂 /16 — yirik tarmoq bo‘lib, 65,534 ta qurilmani o‘z ichiga ola biladi.


🧠 Qoidasi oddiy:
Sleshdan keyingi raqam qancha katta bo‘lsa tarmoq shuncha kichik bo‘ladi.
Masalan:
/30 → juda kichik
/16 → juda katta


🚀 Nima uchun bu tizim internetni qutqarib qolgan? Agar 1993-yilda CIDR tizimi o‘ylab topilmaganida, dunyodagi barcha IP-manzillar allaqachon (minglab kompaniyalar tomonidan isrof qilinishi natijasida) tugab bo‘lgan va global internet inqirozga uchragan bo‘lar edi.

Ya’ni siz hozir internetga kira olayotgan bo‘lsangiz,
bunga CIDR ham sababchilardan biri 😄

@mobileflutter
👍1🔥1
🕵️‍♂️ MAC-manzilning "Siri" — OUI nima?

Kompyuter, monoblok yoki telefoningiz sozlamalarida MAC-address (fizik manzil) degan yozuvga ko'zingiz tushgan bo'lsa kerak. U odatda mana shunday ko'rinishda bo'ladi: 00:1A:2B:3C:4D:5E.

Ushbu 12 ta harf va raqam shunchaki tasodifiy yozilmagan. Uning dastlabki yarmi OUI (Organizationally Unique Identifier) deb ataladi.

🛑 Sodda qilib aytganda: OUI — bu tarmoq qurilmalari ishlab chiqaruvchilariga (Apple, Samsung, Intel, Realtek) beriladigan dunyo bo'yicha takrorlanmaydigan maxsus brend kodi. Xuddi avtomobil raqamlarining boshidagi viloyat kodiga o'xshaydi.

🛠 U qanday ishlaydi? Har bir qurilmadagi tarmoq kartasining (NIC) manzili teng ikkiga bo'lingan:

🌐 Dastlabki 6 ta belgi (00:1A:2B) — OUI kodi. Bu qismni kompaniyalar IEEE xalqaro tashkilotidan rasman sotib olishadi.
🆔 Oxirgi 6 ta belgi (3C:4D:5E) — Seriya raqami. Buni kompaniya zavodda har bir qurilmaga takrorlanmas qilib o'zi yozadi.


📊 Mashhur brendlarning OUI kodlari: Qurilmangizning MAC-manzili qaysi kod bilan boshlanishiga qarab, u qaysi brendga tegishli ekanini darhol bilib olish mumkin:

🍏 00:17:F2Apple
📱 3C:A6:2F Samsung
🦀 00:E0:4CRealtek (ko'p monoblok va noutbuklardagi tarmoq chiplari)
🌐 00:00:0CCisco

🚀 Nima uchun bu kerak? Tarmoq administratorlari xavfsizlikni ta'minlashda MAC-manzilning boshiga qarab, tarmoqqa aynan qaysi kompaniyaning qurilmasi ulanayotganini darhol aniqlay olishadi va shunga qarab filtrlash o'rnatishadi.

🔎 Kichik interaktiv: Hozir telefoningiz yoki kompyuteringiz sozlamalaridan MAC-manzilingizning dastlabki 6 ta belgisini ko'ring.

@mobileflutter
🔥2
🌙 Qurbon hayiti muborak boʻlsin!


Barchangizni ulugʻ bayram — Qurbon hayiti bilan chin dildan tabriklayman. Ushbu qutlugʻ kunda xonadoningizga tinchlik, oilaviy xotirjamlik va fayz-u baraka tilayman. Qilingan barcha ezgu duolar va ibodatlar qabul boʻlsin.
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolakay, krot tulki va tulpor
🔥2
1:1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥1