Sardor Sattorov
27 subscribers
400 photos
130 videos
5 files
256 links
Bu kanalda
- dasturlashga oid ma'lumotlar,
- hayotiy tajribalar,
- qiziqarli ma'lumotlar berilib boriladi.

Kanal guruhi @mobileflutter_group

Admin: @sardor_mobile
Download Telegram
🌸 Assalomu alaykum!
Barchangizni kirib kelgan Navroʻz bayrami bilan chin dildan tabriklayman! 🌿
Yangi kun, yangi umidlar, yangi orzular olib keladigan bu go‘zal ayyom har bir xonadonga quvonch, fayz va baraka olib kelsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, qalblarimiz doimo shod bo‘lsin.
Bahor nafasi sizga yangi kuch, yangi imkoniyatlar olib kelsin! 🌼
Navroʻz muborak bo‘lsin! 🌸
2🔥1
Forwarded from Joʻrabek
🔥1
Forwarded from Unicon Parkent
🔥1
Forwarded from Unicon Parkent
2🔥1
Kichik seminar
🔥41👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
📚 Mutolaada kuniga 5 daqiqa sarf qilib 3 haftalik marra zabt etildi.

Bu vaqt davomida manga yoqqan bir kitob bor bu Puankare, bir insonni yashagan umriga nazari, armonlari haqida. Falsafiy jihatlari ham bor.
🔥3👍1🥰1
Aldanib qolmaylik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Sistem dizayni (System Design)

Bu dasturiy ta'minot yoki IT tizimlarining arxitekturasi, komponentlari, modullari, interfeyslari va ma'lumotlar oqimini belgilangan talablar asosida rejalashtirish jarayonidir. U tizimning qanday ishlashini, qismlar bir-biri bilan qanday aloqa qilishini va umumiy muammoni qanday hal qilishini belgilaydi.


Sistem dizaynining asosiy ustunlari va tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Sistem Dizayn Bosqichlari
Talablarni aniqlash (Requirement Analysis):
- Tizim nima qilishi kerakligini tushunish (funksional talablar) va qanday cheklovlar borligini (non-functional requirements) belgilash.
Yuqori darajadagi dizayn (High-Level Design - HLD):
- Tizimning umumiy arxitekturasi, servislar, ma'lumotlar bazasi va komponentlararo bog'liqlikni loyihalash.
Quyi darajadagi dizayn (Low-Level Design - LLD):
- Modullarning ichki mantiqi, klasslar, ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlarni batafsil loyihalash.


2. Asosiy Arxitutura Tamoyillari
Masshtablanuvchanlik (Scalability):
- Tizim yuklama oshganda ham (foydalanuvchilar soni ko'payganda) ishlash qobiliyatini saqlab qolishi (Vertical/Horizontal scaling).
Ishonchlilik (Reliability):
- Tizim nosozliklar yuz berganda ham to'xtab qolmasligi va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlashi.
Mavjudlik (Availability):
- Tizimning foydalanuvchilar uchun har doim ochiq bo'lishi (masalan, 99.99% vaqt ishlovchi).
Unumdorlik (Performance):
- Tizimning tezkorligi, ya'ni so'rovlarga javob berish vaqti (latency).


3. Komponentlar va Texnologiyalar
Ma'lumotlar bazasi (Database):
- SQL (relyatsion) yoki NoSQL (hujjatli, kalit-qiymat) bazalaridan to'g'risini tanlash.
Kesh (Caching):
- Ma'lumotlarni tezroq qayta ishlash uchun xotirada saqlash (Redis, Memcached).
Yuklamani taqsimlash (Load Balancer):
- So'rovlarni bir nechta serverlarga teng taqsimlash.
Xabarlar navbati (Message Queues):
- Komponentlar o'rtasida asinxron aloqani ta'minlash (Kafka, RabbitMQ).



4. Dizayn Turlari

Monolitik dizayn:
- Barcha funksiyalar bitta katta ilovada birlashtiriladi.
Mikroservislar dizayni:
- Tizim kichik, mustaqil va bir-biri bilan aloqada bo'lgan servislar to'plamiga bo'linadi.

@mobileflutter
1👍1
🌈 Bahorning so‘nggi oyining ilk kuni

Va yana bu kun — muborak Juma!
1🔥1
Console.WriteLine(" 1 dan 10 gacha son kiriting:");
int kirish = int.Parse(Console.ReadLine());

while (kirish < 1 || kirish > 10)
{
Console.WriteLine("Yaroqsiz. Qayata urining.");
Console.WriteLine("1 dan 10 gacha son kiriting; ");
kirish = int.Parse(Console.ReadLine());


}
Console.WriteLine($"kiritingiz: {kirish}");

C #da 1 dan 10 gacha son chiqarish while bilan
for va foreachni ishlatish
https://youtu.be/tA-6NsOyeaU?si=8LT1Sm8zyxnij2ho
Chingiz Aytmatovni "Jamila" buni to'g'risi ichimda juda ko'p savollar borki aynan kitob to'g'risida.
O'zi qaysidir asar o'qiganizdan keyin o'zi haqida qayta qayta o'ylashga majbur qila olsa va turli savollar bilan qoldirsa bu yaxshi asar deb bilaman.

Asar nomi Jamila bo'lgani bilan asosiy qahramon negadir Seit deb bildim. Sababi atrofda bo'layotgan hamma voqelarni aynan Seit orqali eshitasiz.

Urish vaqtidagi odamlarni qanday qiyinchiliklarda yashaganini aynan Jamila asarida ham yana bir bor his qilasiz.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, bu asardagi jamilani shu boricha hech qanday yengiltak degan turli so'zlarsiz shundoq boricha qabul qilish kerak deb bilaman. Buni hozirgi paytdagi har tomonlama tinch hayotda yashayotgan odam sifatida emas o'sha urish paytlarini his qilib o'qish kerak deb bilaman.
2