Sardor Sattorov
27 subscribers
400 photos
130 videos
5 files
256 links
Bu kanalda
- dasturlashga oid ma'lumotlar,
- hayotiy tajribalar,
- qiziqarli ma'lumotlar berilib boriladi.

Kanal guruhi @mobileflutter_group

Admin: @sardor_mobile
Download Telegram
Forwarded from Alohida mavzu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'ring, toki oilalar baxt qo'rg'oniga aylansin!

"Alohida mavzu"ning ushbu sonida Ikrom Sharif, Shavkat Hasan va Jamoliddin Muhammadjon bilan oilaviy baxtga erishish sirlari haqida ko'rsatuv tayyorladik.

Suhbat davomida siz:
Erkaklar aslida nimani xohlaydi?
Ayollarni qanday qilib baxtli qilish mumkin?
Xotirjamlik erkakning kayfiyatiga bog'liqmi?
Qanday qilib oilaviy xotirjamlikni ta'minlash mumkin?
Oiladagi qaysi holat muammolarni keltirib chiqaradi?
Nega erkaklar ayoliga sevishini aytmaydi?
Nega erkaklar dag'alroq bo'lishi kerak?
Qachon turmushdan baxtli bo'lish mumkin?
Shu va boshqa savollarga javob olasiz!


📌 Agar siz ham oilangizni baxt qo'rg'oniga aylantirmoqchi bo'lsangiz, bu suhbatni albatta ko'ring: https://youtu.be/kjDeUjtU74E

@alohidamavzu
1
foydali tavsiya qilaman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
МАҲЗУНЛИК

Кетмоқда жимгина буюк рамазон,
Унинг кўзларига тикилмоқ қийин.
Кимдир пичирлайди жудаям арзон:
"Қайтади барибир бир йилдан кейин..."

Ҳа, олғир ҳаётнинг қоидалари
Ютиб юборади яна бизларни.
Овчидек эргашиб юрганимиз сари,
У секин йўқотиб борар изларин...

Гўё дил юртидан қувилган сургун
Ичга тўкажакмиз кўз ёшларимиз,
У бизни қучоқлаб олади бир кун --
Тугаб битганида бардошларимиз...

Ҳа, шунда топамиз армуғон кучин:
"Эй юрак, оч қолсанг, ғамингни ейман!"
Тириклик шарафин сақламоқ учун
Рамазон бир йиллик қувватми, дейман.

Алвидо сўзидан ясамам таскин,
Ахир, қайлардадир мангудир баҳор --
Рамазон тақвимдан кетиши мумкин,
Аммо юракларда қолмоғи ҳам бор.

Ул юрак юртида дарё бесоҳил,
Рисолат чашмаси тутқазар пайғом --
Шарафли зотларнинг уйида бир йил
Айём давом этар, илоҳий айём!!!

@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
2🔥1
🌙 Assalomu alaykum!

Barchangizni kirib kelgan muborak Hayit bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! 🤍

Alloh qilgan ibodatlaringizni, tutgan ro‘zangizni qabul qilsin. Har bir xonadonga tinchlik, baraka va quvonch olib kelsin. Yaqinlaringiz bilan birga sog‘-salomat, baxtiyor hayit ayyomini o‘tkazishingizni tilayman.

Hayit muborak bo‘lsin! 🌙
2👍1🔥1
🌸 Assalomu alaykum!
Barchangizni kirib kelgan Navroʻz bayrami bilan chin dildan tabriklayman! 🌿
Yangi kun, yangi umidlar, yangi orzular olib keladigan bu go‘zal ayyom har bir xonadonga quvonch, fayz va baraka olib kelsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, qalblarimiz doimo shod bo‘lsin.
Bahor nafasi sizga yangi kuch, yangi imkoniyatlar olib kelsin! 🌼
Navroʻz muborak bo‘lsin! 🌸
2🔥1
Forwarded from Joʻrabek
🔥1
Forwarded from Unicon Parkent
🔥1
Forwarded from Unicon Parkent
2🔥1
Kichik seminar
🔥41👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
📚 Mutolaada kuniga 5 daqiqa sarf qilib 3 haftalik marra zabt etildi.

Bu vaqt davomida manga yoqqan bir kitob bor bu Puankare, bir insonni yashagan umriga nazari, armonlari haqida. Falsafiy jihatlari ham bor.
🔥3👍1🥰1
Aldanib qolmaylik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Sistem dizayni (System Design)

Bu dasturiy ta'minot yoki IT tizimlarining arxitekturasi, komponentlari, modullari, interfeyslari va ma'lumotlar oqimini belgilangan talablar asosida rejalashtirish jarayonidir. U tizimning qanday ishlashini, qismlar bir-biri bilan qanday aloqa qilishini va umumiy muammoni qanday hal qilishini belgilaydi.


Sistem dizaynining asosiy ustunlari va tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Sistem Dizayn Bosqichlari
Talablarni aniqlash (Requirement Analysis):
- Tizim nima qilishi kerakligini tushunish (funksional talablar) va qanday cheklovlar borligini (non-functional requirements) belgilash.
Yuqori darajadagi dizayn (High-Level Design - HLD):
- Tizimning umumiy arxitekturasi, servislar, ma'lumotlar bazasi va komponentlararo bog'liqlikni loyihalash.
Quyi darajadagi dizayn (Low-Level Design - LLD):
- Modullarning ichki mantiqi, klasslar, ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlarni batafsil loyihalash.


2. Asosiy Arxitutura Tamoyillari
Masshtablanuvchanlik (Scalability):
- Tizim yuklama oshganda ham (foydalanuvchilar soni ko'payganda) ishlash qobiliyatini saqlab qolishi (Vertical/Horizontal scaling).
Ishonchlilik (Reliability):
- Tizim nosozliklar yuz berganda ham to'xtab qolmasligi va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlashi.
Mavjudlik (Availability):
- Tizimning foydalanuvchilar uchun har doim ochiq bo'lishi (masalan, 99.99% vaqt ishlovchi).
Unumdorlik (Performance):
- Tizimning tezkorligi, ya'ni so'rovlarga javob berish vaqti (latency).


3. Komponentlar va Texnologiyalar
Ma'lumotlar bazasi (Database):
- SQL (relyatsion) yoki NoSQL (hujjatli, kalit-qiymat) bazalaridan to'g'risini tanlash.
Kesh (Caching):
- Ma'lumotlarni tezroq qayta ishlash uchun xotirada saqlash (Redis, Memcached).
Yuklamani taqsimlash (Load Balancer):
- So'rovlarni bir nechta serverlarga teng taqsimlash.
Xabarlar navbati (Message Queues):
- Komponentlar o'rtasida asinxron aloqani ta'minlash (Kafka, RabbitMQ).



4. Dizayn Turlari

Monolitik dizayn:
- Barcha funksiyalar bitta katta ilovada birlashtiriladi.
Mikroservislar dizayni:
- Tizim kichik, mustaqil va bir-biri bilan aloqada bo'lgan servislar to'plamiga bo'linadi.

@mobileflutter
1👍1