Sardor Sattorov
28 subscribers
400 photos
130 videos
5 files
256 links
Bu kanalda
- dasturlashga oid ma'lumotlar,
- hayotiy tajribalar,
- qiziqarli ma'lumotlar berilib boriladi.

Kanal guruhi @mobileflutter_group

Admin: @sardor_mobile
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️ Yangi kirib kelgan 2026 yil bilan tabriklayman ❄️ 🥳🎉🎊🎂
🔥2
2026 yilning birinchi Juma kuni muborak
🔥1🥰1
Sardor Sattorov
https://youtu.be/eMiG-nFYOeA?si=HAmA5Ut2x7MXlU8J Hozirgi kunda Ko'pchilik insonlar tomonidan oqish tavsiya qilinayotgan kitob. Birgalikda eshitamiz
📗 Tavsiya qilaman.
- Allaqachon oilali boʻlsangiz ham
- Yoki men kabi hali uylanmagan boʻlsangiz ham oʻzingiz uchun kerakli jihatlarni olishingiz mumkin
🔥3
🇺🇿 14-YANVAR — VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha mard va jasur himoyachilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz!
Sizning fidoyiligingiz — yurtimiz faxri va kelajagimiz kafolatidir.

🛡 Mustahkam iroda
🛡 Yuksak mas’uliyat
🛡 Cheksiz sadoqat

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xizmatda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#14Yanvar #VatanHimoyachilariKuni #UniconSoft #Faxr #Vatan
⚡️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichi boshlandi

🇺🇿 2025-yil 15-yanvar kuni soat 00:00 dan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.

📰Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud bo‘lib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega.

📼 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma quyidagi havola orqali taqdim etilgan: https://www.youtube.com/watch?v=emOwotRVK4c&t=224s
👥 Barcha fuqarolarni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!

📢 Raqamli "MAHALLA" platformasi
Bugundan Xatlov boshlanadi
Juma Muborak
2
Forwarded from Kiberxavfsizlik markazi
⚡️Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim davlat axborot tizimlaridan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari tarqalgani haqida xabarlar kuzatilmoqda

🏪Hozirda mazkur holat bo'yicha o‘rganishlar olib borilmoqda va holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Hurmatli fuqarolar!

➡️Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaxslarga oshkor etmang. Davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalaning. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o'z ma’lumotlaringizni kiritishdan saqlanishingizni so‘raymiz.

Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Janob Panda | AI
Aytishlaricha, PHP da qilinmagan ekan. Nega desam, “foydalanuvchilar 15 mln ni tashkil etadi” degan argumentni berishyapti. 1 mln dan katta bo’lgan ma’lumotlarga PHP ni aloqasi yo’q emish. 😂😂 Aybdan qutilib qoldi.

Hazil albatta.
😁1
Forwarded from ИЖРО ИНТИЗОМИ | IJRO INTIZOMI (ℙ𝕒𝕣𝕕𝕒𝕪𝕖𝕧 𝕁𝕒𝕧𝕠𝕙𝕚𝕣)
❗️ OneID: Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi — har doim ustuvor vazifa

🔐 Raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik madaniyati juda muhim. Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rildi hamda shaxsiy ma’lumotlaringizni sizning roziligingiz asosida boshqa tizimlarga taqdim etish yoki cheklash imkoniyati yo‘lga qo‘yildi. Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa tizimlar va tashkilotlarga (bank, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqalar) berishni xohlasangiz, OneID tizimi orqali ularni taqdim etish yoki cheklash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin:

🟢 Kompyuter orqali id.egov.uz saytiga o‘ting.
🟢 Tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, buni bajaring.
🟢 ERI (imzo) yoki Mobile-ID yordamida tizimga kiring.
🟢 "Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish" bo‘limida xizmatni faollashtiring.
🟢 Kerakli tashkilot qarshisidagi qulf belgisini oching yoki yoping.

👉 Maslahat: Agar OneID tizimga QR-kod orqali kirish usulini tanlasangiz, "Shaxsga doir ma'lumotlarni boshqarish" bo‘limi avtomatik faollashadi:

🗄 Mobil qurilmangizga GooglePlay yoki AppStore’dan OneID ilovasini yuklab oling.
🗄 Mobile-ID yoki MyID orqali tezkor avtorizatsiyadan o‘ting.
🗄 Ilovaning quyi qismidagi skanerlash tugmasini bosing va kompyuteringiz ekranidagi QR-kodni skanerlang.

❗️Hurmatli foydalanuvchilar!
Ma’lumotlarga kirishni cheklash — bu ortiqcha ovoragarchilik emas, balki kiberjinoyatchilikdan himoyalanishning eng samarali usulidir. O‘z xavfsizligingizga mas’uliyat bilan yondashing.

💻Sizning ma’lumotlaringiz — o‘z nazoratingizda!

✈️ " @ijrogov " tizimi  bo‘yicha barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi

📝1483-yil 14-fevralda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo (taxallusi “Bobur”) tavallud topgan kun.

Bobur Mirzoning mashhur “Boburnoma” asari dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan. Unda Movarounnahr, Xuroson, Hindiston xalqlari tarixi, urf-odat va anʼanalari, tarixiy shaxslari, mamlakat iqtisodiy masalalari aks ettirgan.
Create a caricature of me and
my job based on everything you know about me

Shu promt orqali chiqqan natija 😄
1🔥1
Agar tarixda Amir Temur o‘rnida men bo‘lganimda hozirgi kunda meni qanday tasvirlashardi:
🧠 Zamonaviy strateg lider
⚔️ Harbiy emas, texnologik kuch
🌍 Global ta’sirga ega shaxs

Bu nega motivatsiyaviy koʻrinyapti 😄

Bu albatta hazil post
2🔥1
❗️RASMAN: 2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri keladi.

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti asosida Prezident qarori qabul qilindi.
Forwarded from Kiberxavfsizlik markazi
Xavfsizlink.uz — kiberfiribgarlikka qarshi ishonchli himoya!

🛡 Xavfsizlink.uz foydalanuvchilarga internetdagi ilovalar va veb-saytlardan yanada ishonchli, xavfsiz foydalanish imkonini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

➡️Platformaga shubhali havola yoki faylni yuborish orqali uning xavflilik darajasini qisqa vaqt ichida bilib olishingiz mumkin.

➡️Havola turli qora ro‘yxatlarda mavjud yoki mavjud emasligi haqida tezkor ma’lumot taqdim etiladi.

➡️Agar shubhali sayt foydalanuvchi bilmagan holda kamera, lokatsiya yoki mikrofonga ruxsat so‘rasa, Xavfsizlink.uz bu xavf haqida darhol ogohlantiradi.

➡️Havolaga kirganda avtomatik fayl yuklansa, Xavfsizlink.uz uni tekshirib zararli yoki zararsizligi haqida ma'lumot beradi.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥1