Sardor Sattorov
29 subscribers
404 photos
130 videos
5 files
256 links
Bu kanalda
- dasturlashga oid ma'lumotlar,
- hayotiy tajribalar,
- qiziqarli ma'lumotlar berilib boriladi.

Kanal guruhi @mobileflutter_group

Admin: @sardor_mobile
Download Telegram
Forwarded from Saud Abdulwahed (Saud Abdulwahed)
Bugun bir tanishim shu habarni bildirdi. Kartasidagi bor pulni yechib olishibdi 😢. Bu birinchisi emas. Oldindan aytay bu pulni kim yechganini topa olmaysiz. Bank ham yordam bermaydi.

Bu kanal rasmiymi rasmiy emasmi bilmayman lekin adminlarini ko'zi ko'rligi aniq. Haqiqiy bo'lmagan va o'g'rilarning reklamasini kanalda e'lon qilgan. Bu postni 5000+ kishi ko'ribdi. Shulardan kamida 100tasi bu tuzoqqa tushgan bo'lsa juda katta zarar bu.

Berilgan saytning bosh sahifasi Clickning bosh sahifasi bilan bir xil. Qachonki boshqa tugmalarga bossangiz haqiqiy clickning websahifasiga o'tkazadi. Juda yaxshi clonelashgan.

Qanday qilib hali ham shunaqa habarlarga ishonadi insonlar tushinmayman. Qachon tushinishadi hech kim shunchaki pul berib qo'ymasligini. Kirayotgan saytingizni linkiga e'tibor bering. Sohta saytlarga ishonib siz ham pulingizni o'g'irlatib qo'ymang.

@saudabdulwahed
Forwarded from imhohub
Telegram ortiq xavfsiz emasmi va telegramni qanday arzonroqqa sotib olish mumkin?

https://www.youtube.com/watch?v=DAoCULc_7BA
Forwarded from Sariq Dev
NFT, Web 3.0, Crypto haqida

Iltimos, bu narsalar bilan yoshlarning boshini og'ritmang. Mayli, nimaligini o'rgating, lekin pul va vaqt sarflashga chorlamang.

Yoshlarga maslahatim, uzoq muddat daromad keltiradigan, riski kam va muhimi barqaror kasbni o'rganing. Farqi yo'q, novvoychilikmi, savdomi, dasturlashmi, dizaynerlikmi, marketingmi - bular hammasi sinalgan kasblar. Ish topasiz, ro'zg'or tebratasiz.

NFT, crypto deb jar solayotganlar o'zi ham bilmaydi bu narsalar nimani hisobiga o'sib, nimani hisobiga tushayotganini. Mashhur yulduzlarning tavsiyasiga ham uchmang, ular pulga istalgan narsani reklama qilib beradi. Mana, Amerikada yil boshida cryptoni reklama qilgan bir nechta yulduzlar hozir muhlislaridan qochib yuribdi. Sababi va'da qilgan daromadlari puch bo'lib chiqdi. Crypto bozori esa quladi.

Ertaga boy bo'lib, ortiqcha jamg'armangiz bo'lganida, balki qandaydur tushunarsiz narsalarga pul tikib qo'yarsiz, lekin hozircha maslahatim tayinli ish bilan shug'ullaning.

@sariqdev
Forwarded from idrok.net
-- Bilasizmi? Birinchi kamyuter dasturchisi ayol kishi boʻlgan!
-- 😜 Oʻzimam aytdim nimaga dasturlash buncha qiyin deb😂😂😂

@idrok_net
Forwarded from Co-Learning Center
🔥 Bularning barchasi "Made in Uzbekistan"

Karusel postimizdagi barcha o'yinlar yurtimizda nafaqat mashhur balki ularning barchasi O'zbekistonda ishlab chiqarilgan.

🤔 Aslida bunday o'yinlarning soni ko'p. Biroq ko'plab insonlarga yetib borish uchun, o'yinlar xalqaro tilda va xalqaro darajada ishlab chiqariladi.

🎮 Siz ham aynan shunday o'yinlar yarata olasiz. Buning uchun "Game Development" kursimizga ro'yxatdan o'tib va o'yin ishlab chiquvchi jamoada amaliyot qilish imkoniga ega bo'ling.

💣 Grant uchun ariza: bit.ly/3NeIiVa

@colearninguz
Forwarded from Co-Learning Center
🤔 O'yinlar qaysi texnologiyalarda ishlab chiqariladi?

Siz maroq bilan o'ynaydigan o'yinlar o'zi-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Albatta, buning uchun ma'lum dasturlar kerak bo'ladi. Game devoloping sohasida ularni texnologiya deb atashadi.

Ushbu ro'yxatda dunyodagi mashhur o'yin ishlab chiqarish texnologiyalarini ko'rishingiz mumkin:

🔸 Snowdrop engine
🔸 Anvil engine
🔸 Frostbite engine
🔸 Source engine
🔸 Rockstar Advanced Game engine
🔸 Unreal engine
🔸 Unity engine

Bularning eng orasida ommabopligi bilan Unity ajralib turadi. Yaqinda start berilgan Game Development kursimizda ham Unity texnologiyasi to'liq o'rgatiladi.

🚀 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, grant kursimizga ro'yxatdan o'ting: bit.ly/3NeIiVa

@colearninguz
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Расман: 9 июль Қурбон ҳайити байрами этиб белгиланди

“Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга кўра, 2022 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 9 июль – шанбага тўғри келиши муносабати билан Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади.

Шундай қилиб, ўзбекистонликлар иш ҳафтасининг туридан қатъи назар кетма-кет 4 кун дам олишади.

🗓 Жумладан:

9 июль
– шанба, Қурбон ҳайити байрами;
10 июль – якшанба, дам олиш куни;
11 июль – душанба, Президент Фармонига мувофиқ барча ходимлар учун дам олиш куни;
12 июль – сешанба:
а) беш кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун 16 июль — шанбадан кўчирилган дам олиш куни;
б) олти кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун қўшимча дам олиш куни.


👉 @xushnudbek 👈