Sardor Sattorov
29 subscribers
404 photos
130 videos
5 files
256 links
Bu kanalda
- dasturlashga oid ma'lumotlar,
- hayotiy tajribalar,
- qiziqarli ma'lumotlar berilib boriladi.

Kanal guruhi @mobileflutter_group

Admin: @sardor_mobile
Download Telegram
Forwarded from Bekzod G‘ayratov (Bekzod G'ayratov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz buyuk dasturchining yaratgan dasturimiz :)

@Bekzod_Gayratov_blog
Google IO 2022 konfrensiyasida Flutter 3.0 release bo'lgani e'lon qilindi

🔴 O'zbek tilidagi Flutter darslarini birinchilardan bo'lib ko'rish uchun Youtube kanalimizga a'zo bo'ling

@flutter_uzbek
#Flutter 3.0 released !!!

Yangiliklar:
1. Barcha 6 ta platformalarni qo'llab-quvvatlash endi stable !
2. MacOS va Linux OS larni qo'llab-quvvatlash uchun Universal Binaries dan foydalanadi
3. Casual Game ToolKit qo'shildi.
4. Firebase bilan integratsiya qilishda yangiliklar
5. Material design da yangiliklar
6. Foldable phone support
.....
Ingliz tilida ushbu maqolani o'qishni tavsiya etaman. Keyinroq bu haqida to'liq o'zbek tilida maqola qilishim ham mumkin .

https://t.me/lazizbek_blog
Forwarded from Nuriddinoff Blog
Kompyuter ham e’tiborga muhtoj

Qaysi dastur foydali yoki qay birini o’chirib tashlash kerakligini bilmayapsizmi?

Agar kompyuterni yaxshi tushunadigan do’stingiz yo’q bo’lsa, Shouldiremoveit.com sayti sizga keraksiz dasturlar to’g’risida ma’lumot beradi va ulardan oson xalos bo’lasiz.

➞ Saytni ochish: Shouldiremoveit.com

👉 @nuriddinoff_blog
Forwarded from Osmondagi bolalar
Dasturlash bilan qaytdik!

Biroz tanaffuslardan so'ng biz yana o'z vazifamizni bajarishga qaytdik. Bu safar zamonaviy kasblardan biri — dasturlash haqida gaplashamiz. 🧑‍💻

⚜️ Loyihamizning 24-soni mehmoni Toshkent shahrida tavallud topib, avval Toshkent Islom universiteti akademik litseyini, so'ngra 2018-yilda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining "Biznes axborot tizimlari" fakultetini tamomlagan, Frontend dasturlash sohasini o'rgatish bo'yicha 3 yildan oshiq tajribaga ega mutaxassis — Muhammadjavohir Sur'atov bo'ldilar.

Spikerimiz hozirda MayoqHub loyihasi asoschisi va Mohirdev.uz onlayn o'quv platformasida ta'lim bo'limining mas'ul xodimi sifatida faoliyat yuritadi.

Ishonamizki, ertaga soat 20:30 da premyerasi bo'lib o'tuvchi suhbat IT sohasiga qiziquvchilar uchun juda ham foydali va qiziqarli bo'ladi. 😊

🔴 YouTube sahifamiz
😂 — бу Ўзбекистонда энг кўп ишлатиладиган эможи экан. КХДР ва Туркманистон бўйича маълумот йўқ (#)
Forwarded from MohirDev.uz
"Hello, world"

Senior yoki middle, hamma "Hello, world" dan boshlagan.

Junior sifatida qiyinchiliklar bormi? Sabr qiling, o'qing, izlaning.

Muhimi harakatdan to'xatamang.

Albatta, siz ham ertami-kechmi mutaxassis bo'lib yetishasiz.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka hamma erisha oladi
Forwarded from 3D World |👨🏻‍💻 (Ravshan3D |👨🏻‍💻)
🔝🔝🔝
🎦 360° Render qilib tayyorlagan xonalarimizni manziliga bosib, kirib baho bering 😄
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchini Buglarni ko'rishga ko'zi yo'q, bu aniq.
Lekin bu buglar Gamingda bo'lsa juda qiziq bo'larkan 😁

https://t.me/lazizbek_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu popolnit schot bo’lishi uchun nechta server, nechta devops, nechta backend developerlar ishlashini bilganingda edi...

Havodanmish, eee kallangga “Doktorskiy”

@Sardoroga_blog
Forwarded from Sariq Dev
Forwarded from Sariq Dev
Kompyuter savodxonligi darsimizning yangi qismida birinchi kompyuterimizni tanlash haqida gaplashamiz.

Ushbu videoda dasturlashga kirib kelayotganlar eng ko'p so'raydigan: "Qanday kompyuter olish kerak?" savoliga javob beramiz va kompyuter tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida juda batafsil gaplashamiz.

LINK 👉 https://youtu.be/0cQjqvCXOkQ

MAVZULAR:
00:00 Kirish
00:11 Desktop yoki Noutbuk?
01:40 Qanday protsessor (CPU) tanlash kerak?
04:20 Operativ xotira qancha bo'lishi kerak?
04:50 Domiy xotira: HDD yoki SSD?
06:56 Ekran hajmi qancha bo'lishi kerak?
08:07 Ekrandagi piksellar soni. HD yoki Full HD?
09:57 Grafik karta kerakmi?
11:18 Tashqi qurilmalar uchun portlar
12:21 Akkumulyator
12:45 Qaysi firma noutbuklarini tavsiya qilaman?
14:46 Windows yoki MacOS?
15:44 Xulosa
Forwarded from Saud Abdulwahed (Saud Abdulwahed)
Jonli efirda Colorado Shtat Universitetiga kirganimni va hozirda talaba ekanligim haqida aytib o'tgandim. Ko'pchilik Amerikada o'qishga harakat qiladi, qiziqadi. Buning uchun sizga inglizcha va grant uchun SAT o'rganishni tavsiya qilgan bo'lardim.

Amerikaga yoki inglizzabon davlatlarga o'qishga kirishni istaydiganlar yoki SAT haqida o'rganmoqchi bo'lganlarga shu kanalni chin ko'ngildan tavsiya qilaman. Kanalda Amerikadagi nufuzli Universitetlardan 100% grant yutgan lekin yanada balandrog'i uchun harakat qilayotgan inson dars va maslahatlar yuklab borayapti.

Obuna bo'lish va qo'llab quvvatlash uchun:

Youtube: https://youtu.be/nQjVRgHg3X0
Telegram: https://t.me/marifatjamal
​​Odamzod tushungan eng oxirgi til

Hech o’ylab ko’rganmisiz — Assembler nima? Nima uchun u mavjud o’zi? Qayerda ishlatiladi va hozir o’rgansa bo’ladimi? Bugun Siz bilan shu “til” haqida gaplashamiz.

Umuman, bu til birinchi bo’lib 1949-yilda birinchi o’ylab topilgan. Bu til raqamli har bir qurilmada ishlaydi va “Low level language” deb yuritiladi, ya’ni bu til “Pastki qatlam tili” deb tan olinadi.

“Pastki qatlam tili” nima degani?
Avvalo, biz qurilma qanday ishlashini bilib olishimiz kerak. Har bir raqamli qurilma kamida bitta markaziy protsessordan tashkil topadi. Bu protsessor 0 va 1’lar qatorini o’ziga qabul qiladi, ya’ni bir deganda bir nechta 0 va 1lar yig’indisi protsessor ichiga kirib boradi, natijada esa boshqa 0 va 1lar yi’gindisi chiqariladi. Qatordagi 0 va 1lar soni 2, 4, 8, 16, 32 yoki 64ta bo’ladi (64, 32bit protsessor degani ham shundan kelib chiqadi).

Bitta 64ta 0/1dan tarkib topgan qator uch xil tipda bo’ladi:
1. Buyuruq (Command — Protsessor nima qilishi kerakligi).
2. Ma’lumot (Data — Buyuruqni bajarishda ishtirok etuchi foydalanuvchi ma’lumoti).
3. Adres (Address — Natija qayerdan/qayerga yozilishi kerakligi).

Demak, protsessor keluvchi ma’lumotga nisbatan o’z ishini boshqara olar ekan. Aynan shu narsa “Eng pastki qatlam tili” deb yurutiladi, chunki aynan 64ta 0/1lar biror ma’noga egadir. Bitta 0 yoki 1 ma’noga ega bo’lmagan ma’lumot birligidir.

Assembly’mi yoki Assembler?
Endi yana ham qizig’i boshlanadi. Biz shu 64ta 0/1larni aniqlashtirib olishimiz protsessor ishlab chiqaruvchisiga bog’liqdir, ya’ni aynan Intel yoki AMD (va boshqalar) protsessorni shu aniq tartiblarni tushunadigan qilib qurilma arxitekturasini ishlab chiqaradilar. Aynan shu narsa Assembly language (o’rnatilish tili) yoki Machine Language deb ataladi, chunki u protsessor ishlab chiqarilganda, qurilmaga bog’lab chiqariladi.

Albatta, har bir 64ta 0/1ni eslab qolish mushkul ish. Shuning uchun yuqorida sanab o’tilgan kompaniyalar shu 0/1larga ekvivalent so’zlarni bog’lab chiqishadi:

10110000 01100001
MOV AL, 61h


Bu osonlashtirilgan so’zlar yig’indisi esa Assembler deb ataladi. Siz shu so’zlarni ishlatganingizda Siz so’ragan buyuruq 0 va 1lar yig’indisiga aylantirilib, protsessor tomonidan ishlatiladi.

Shining uchun ham Assembler tili — odamzod tushunishi mumkin bo’lgan eng oxirgi til hisoblanadi.

Ilm izlashdan to’xtamang!
@app_hbs
Forwarded from IShIFR (Sherzod)
Python, Java, JavaScript, C va C++ dasturlash tillarida yozilgan kodlarni quyidagi platforma(website) vizual holatda har bir qadamini ko'rsatib berar ekan. Menimcha yangi o'rganuvchilarga juda qo'l keladi.

https://pythontutor.com/visualize.html#mode=edit

@ishifr
Forwarded from Najot Ta'lim
«Najot Ta'lim» — zamonaviy kasblar markazidan yil yangiligi

🚀 Ilm va tajriba ulashishni maqsad qilgan ahil jamoamiz bilan birgalikda yana bir xayrli ishga qo'l urdik. Ko'plab taklif va istaklardan kelib chiqqan holda kurslarimizni onlayn formatda ham taqdim etishni niyat qilgandik.

🔥 Uzoq muddatli va tinimsiz mehnatlardan so'ng najottalim.uz onlayn platformasi ishga tushdi.

Hozirda .NET va Dasturlash foundation yo'nalishlari bo'yicha kurslar mavjud va tez orada sizlarga boshqa kurslarni ham taqdim etamiz.

Endilikda siz zamonaviy kasblarni qulay joyda va qulay vaqtda o'rganish imkoniga egasiz. Bir so'z bilan aytganda, ilm yo'lidagi barcha to'siqlar olib tashlandi.

Yorqin va buyuk kelajagingizni biz bilan qurishni xohlaysizmi? Onlayn platformamizda ko'rishguncha.

najottalim.uz — kasbiy ta'lim endi sizning uyingizda!

🧑🏻‍💻 Ma'muriyatga bog'lanish

📞 +998788889888
Forwarded from Dasturlash tillari💻 (O‘tanazarova Yulduz)
Googledan ajoyib qidiruv bo'limlarini sizga havola etamiz 😉

1) askew - google sahifasi qiyshiqroq bo'ladi;
2) do a barrel roll - sahifa 360 ga aylanadi;
3) google gravity - googledagi hamma narsa tusha boshlaydi;
4) google space - googledagi hamma narsa vaznsiz bo'lib qoladi;
5) zerg rush - nol bilan hujum o'yini;
6) atari breakout - rasmlarga o'ting va o'yinni hayratda qoldiring;
7) 241543903 - muzlatgichda boshi bor odamlar;

Ushbu ajoyib qidiruvlardan siz qaysi birini ishlatib ko'rgansiz?

👉 @ITMastersUz
Forwarded from Najot Ta'lim
XXI asr jangi: Onlayn vs oflayn

Texnologiyalar asrida yashar ekanmiz, onlayn ta'limning afzalliklari ko'payib bormoqda. Ammo bu oflayn ta'limdan butunlay voz kechish degani emas.

📌 Bu ikki «raqiblar»ning o'ziga xos jihatlari va qulayliklari mavjud bo'lib, ularning bir nechtasini yuqorida sanab o'tdik.

👉 Ko'rib turganingizdek, ikkala ta'lim shaklining ham afzalliklari bor. Faqatgina siz o'zingizning holatingizdan kelib chiqqan holda ulardan birini tanlashingiz kerak.

🤔 Sizningcha bu jangda qaysi ta'lim shakli g'olib chiqadi?

najottalim.uz – kasbiy ta'lim endi sizning uyingizda!

🧑🏻‍💻 Ma'muriyatga bog'lanish

📞 +998788889888