Mobile Developer Notes
49 subscribers
71 photos
11 videos
12 files
118 links
Mobile Developer Notes

Channel Admin: @mobiledeveloperr
Download Telegram
Forwarded from Flutter Notes
Endi Microsoft Clarity SDK Flutter uchun ham mavjud.

Bu SDK orqali biz:
1. User sessiyalari va ekrandagi interaksiyalarni kuzatish (screen flows, taps, scrolls).
2. Ekrandagi ko'p va kam bosiladigan yoki tashrif buyuriladigan joylarni aniqlash (heapmaps).
3. UX muammolarini analiz qilish.
4. Muhim malumotlarni yashirish imkoniyati (ClarityMask).

Manbalar:
1. Article: Link
2. SDK doc: Link
3. Package: Link
❤‍🔥1👍1🫡1
Forwarded from Flutter Uzbek | Mobil dasturlash (Abbos Bobomurodov)
Endi ishga kirishdan oldin shu komaniya haqida shuyerda ishlab ketgan ishchilarning anonim shaklidagi fikrlarini o'qib kirish yoki kirmaslikni o'ylab ko'rsangiz bo'ladi.

Ishlagan joylaringizga anonim shaklda baho va sharh yozib qo'ysangiz bo'ladi. Agar ichingizda yig'ilgan rahmat va g'azab bo'lsa mana sizga yaxshi joy.

ps: etik qoidalarga amal qilish kerak(izohingiz boshqalarni qaroriga tasir qilishini hisobga oling)

https://ishdex.uz/companies
👍4❤1❤‍🔥1⚡1🔥1👏1
Forwarded from MobilDasturchi.Uz (Azizbek Asqaraliyev)
🎥 0 dan ilova: LIVE coding marafoni
✅ Bloc + Clean Architecture + Firebase bilan real ilova quramiz!

Bu oddiy “bir haftada ilova” emas — tushuntirish, arxitektura, optimizatsiya va 30 ta screen bilan to‘liq production darajadagi loyiha qilamiz. Qancha vaqt olishi muhim emas — sifat birinchi o‘rinda.

🎚️ Nimalar bo‘ladi?

Scope va Clean Architecture asosida folder structure

Bloc pattern bilan state management

Firebase Auth, Firestore, FCM, Crashlytics

30 ta ekran: Auth, dashboard, CRUD, filtering, push bildirishnomalar va boshqalar

Kodni optimallashtirish va scaling uchun tayyor shablon

📣 Format

Har kuni LIVE — vaqtini oldindan e’lon qilaman

Har sessiya: tushuntirish + kod yozish + savollarga javob

Kod — efirdan kayfiyatga qarab beriladi yoki yo'q

⚡️ Kimlar uchun?

Flutterga qiziqadigan hamma uchun.

Arxitektura va real app workflow’ni chuqur o‘rganmoqchi bo‘lganlar

Firebase bilan integratsiya qiladiganlar

🎓 Qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz — koment qoldiring. Do‘stlaringizni ham chaqiring!

#Flutter #Bloc #CleanArchitecture #Firebase #MobileDev #LiveCoding #UzbekDev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍3⚡1❤‍🔥1🔥1🆒1
Forwarded from Techie's Blog
Assalomu alekum hammaga.

Nasib qilsa bugun soat 20:00 da birinchi meetupni online shaklda o'tkazamiz.

Meetupdan asosiy maqsand:
- Flutterdagi yangiliklarni;
- Qimmatli tajribalar;
- Networking;
- Keyingi meetup uchun rejalar;

p.s/ Repost qiling, manfaatli bo'lsa hursandman.

@techiesBlog
Buni AI ga yopishib olgan har bir dasturchiga ishlatish mumkin. Avval ozgina qidirib koʻring maqola oʻqib koʻring miyyada vizuallashtirib olgandan soʻng ishlating.

AI dan soʻrasangiz ham iloji boricha faqat yoʻnalish va mambaa soʻrang. Sababi miyyani sayqallab turish kerak. Borib-borib AI berayotgan javobni oʻqimay qoʻyasiz copy-paster bplib qolasiz shu yerdan boshlab orqaga qarab ketasiz.
Yo'riqnoma.pdf
783.8 KB
👆 Apple Developer Academy uchun xujjat topshirish yo’riqnomasi
❗️Ahamiyat bering: Xujjatni Standard Programga topshirishingiz kerak.

⚠️ Agar sizga xat kelmagan bo'lsa, pochta qutisining Spam papkasini tekshirib ko'ring
Forwarded from SwiftGenius
Birinchi hunarim — qassobchilik edi.
Ko‘pchilik meni jiddiy qabul qilmagan.

“Yoshsan, bu ish senga emas” deyishgan.


Lekin men:

– har kuni ishladim
– mijoz to'pladim
– shogirdlar ham chiqardim

4 yil ichida o‘sha sohada o‘zimni isbotladim.

⸻

Keyin yana o‘zimni sinadim:

📸 Fotograf bo‘ldim — o‘z studiyamni ochdim

💈 Sartaroshlikni o‘rgandim — hatto o‘zimni ham sochimni olaman

🇰🇷 Koreys tilini o‘rgandim — boshqalarga dars berdim (1.3 yil)

Pul topdim. Tajriba oldim.

Lekin ichimda nimadir yetishmasdi.

⸻

Shunda o‘zimga savol berdim:

👉 “10 yildan keyin qayerda bo‘laman?”

Javob yoqmadi.

⸻

Va hammasini o‘zgartirdim.

Toshkentga keldim.
0 dan boshladim.

– 1 yil English
– 1+ yil iOS development

Qiyin bo‘ldi. Juda.
Lekin to‘xtamadim.

⸻

Bugun:

– iOS engineer sifatida ishlayman
– YouTubeda dars beryapman
– Jamoaga bilim ulashyapman
– SwiftGenius loyihasini yurityapman

⸻

Eng katta xulosam:

💡 Talant muhim emas

💡 Start nuqtasi muhim emas

💡 Eng muhimi — davomiylik

⸻

Agar men qassoblikdan iOS engineerlikgacha kela olgan bo‘lsam…

Siz ham o‘zingizni o‘zgartira olasiz.

⸻

👉 Sizni ushlab turgan narsa nima: qo‘rquvmi yoki qulaylik zonasi?

👇 Rostini yozing
Hozirgi vaqtda eyay sabab kup joylarda stress bosim oshyapti dasturchilarga, asosan management bilan muammolar yetarlicha bulyapti, boshliqlarda buni hech kim ishga olmaydi, hozir ish kam keta olmaydi, baribir kunib ishlaydi shu ishda degan tushunchalar paydo bulgan, siz bitta ishni 3 4 soatda qilaman desangiz u kelib eyay ga ayt 1 soatga qolmay qilib beradi degan tushunchalar paydo bulgan, dasturchilarga etibor kamaygan boshliq faqat ish bitishini uylaydigan holatga borgan, bu narsalar asosan kichik va urta ayti kompaniyalarda yuz beryapti, ular ham kuryapti linkedinda instagramda dasturchi bulmaganlar nimalar qilib turganini, agar shunaqa pressure ortib ishingiz yoqmay qolayotgan bulsa hozir aytni ish almashtiradigan, sizni qadrlaydiganlar oldiga ketadigan vaqt, siz qul emassiz, sizni quldek ishlatishlariga, rivojlanishingiz va shaxsiyatingiz, qadryatlaringiz kerak bulmagan odamlar bilan ishlamang.
Uzingni qancha pastga ursang shuncha bosim kuchayaveradi.

Qushimcha sohalarni urganing, sizni qadrlaydiganlar, usishingizni xohlaydiganlar bilan ishlang!

Kechagidan kura +1% bilimliroq buling, kuniga nimadir urganing, faqat prompt berib turgan bulsangiz, ertaga keraksiz odamga aylnib borasiz, bosinglar
👍2
SwiftUI da SwiftData bilan ishlashni o'rganayotgan edim, predicate orqali ma'lumotlarni filterlasa bo'lar ekan.

Faqat muammoli tarafi KeyPath static memberlarga murojaat qila olmas ekan. Shuning uchun structimga aloqasi bo’lmagan 3-tomon enumning valuesini boshqa o’zgaruvchiga olib turib huddi shunchaki string bilan ishlayotgandek qilib ko’rsatish kerak ekan.
git branch --no-merged


Joriy branchga hali birlashtirilmagan ishlarni o'z ichiga olgan branchlarni ko'rsatadi.

@mobile_developer_notes
💡 SwiftUI Maslahati
Bilasizmi, bitta modifier yordamida SwiftUI-da mahalliy tasdiq dialogini ko'rsatishingiz mumkin? 🎯

.confirmationDialog yordamida o'chirish yoki chiqish kabi muhim harakatlarni tasdiqlash uchun foydalanuvchilardan so'rashingiz oson.

✨ Siz nima olasiz:

⚠️ Nativ iOS uslubidagi dialog
🗑 .destructive kabi rollarni qo'llab-quvvatlash
🧩 Qo'shimcha aniqlik uchun ixtiyoriy xabar
🎨 Tizim tomonidan avtomatik uslublashtirilgan
✨ Nega bu foydali:
📱 Tasodifiy harakatlarning oldini oladi
🎯 Foydalanuvchi xavfsizligi va UXni yaxshilaydi
🚀 Toza va minimal amalga oshirish
💡 O'chirish, chiqish yoki qaytarib bo'lmaydigan harakatlar uchun mukammal!

@mobile_developer_notes