Mobile Developer Notes
49 subscribers
71 photos
11 videos
12 files
118 links
Mobile Developer Notes

Channel Admin: @mobiledeveloperr
Download Telegram
Forwarded from MobilDasturchi.Uz (Azizbek Asqaraliyev)
Dart 3.8 yangilik! 🚀

Endi Null-aware elements yordamida kolleksiyalarda null tekshiruvini ancha qisqartirish mumkin!

Masalan, quyidagi kod:

Stack(
fit: StackFit.expand,
children: [
const AbsorbPointer(),
if (widget.child != null) widget.child!,
],
)

endi shunday yoziladi:

Stack(
fit: StackFit.expand,
children: [
const AbsorbPointer(),
?widget.child,
],
)

Yuqoridagi ?widget.child yozuvi null bo‘lmagan taqdirda faqat widget.child ni qo‘shadi. Kode ancha ixcham va tushunarli bo‘ldi!

Siz bu "shirin" imkoniyatni kutyapsizmi? 🫠

👍 – Ha, albatta!
👌 – Chiqqanda ko‘ramiz
👎 – Foydasini ko‘rmayapman



@dasturchiMobile
👍5
Forwarded from Techie's Blog
Dasturlash'da o'zi nima qilinadi deganlar uchun qiziqarli animation video

p.s / Dasturlashdan xabari bo'lmaganlar ham ko'rib mazza qiladi ishonavering.
WhenyouInterviewEmployer.pdf
1.7 MB
𝐈𝐬𝐡 𝐒𝐮𝐡𝐛𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫𝐢𝐝𝐚 – 𝐬𝐨‘𝐫𝐚𝐬𝐡𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤 𝐛𝐨‘𝐥𝐠𝐚𝐧 𝟏𝟎 𝐭𝐚 𝐬𝐚𝐯𝐨𝐥!

📌 Obuna bo‘ling va bog‘laning:
🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram
👍1
Forwarded from Swift Academy
Sizni Middle yoki Senior Qiladigan Narsa Nima?
🎯 IT Dasturchi Darajalari: Yillar Emas, Mas’uliyat Muhim!

IT sohasida ko‘p odamlar Middle yoki Senior darajasini yillarga qarab aniqlashadi: “2 yildan keyin Middle, 5 yildan keyin Senior bo‘lasiz!”

Lekin haqiqat boshqacha...
👉 Middle yoki Senior bo‘lish yillarga emas, siz qanchalik mas’uliyatni qabul qilishingiz, muammolarni hal qilishingiz va jamoaga ta’sir ko‘rsatishingizga bog‘liq.

🚀 Ushbu maqolada siz quyidagilar haqida bilib olasiz:

Junior, Middle va Senior darajalarining asl mohiyati.

Ularning noto‘g‘ri tushunchalari va haqiqat.

Har bir darajada kutiladigan ko‘nikmalar va mas’uliyat.

Masalan:
Junior: Bilim oling, savollar bering va o‘z ishonchingizni oshiring. 🧑‍💻

Middle: Mustaqil ishlang, arxitektura qarorlariga hissa qo‘shing, va jamoangizga yordam bering. 🔧

Senior: Strategik fikrlang, mentorlik qiling va loyihani yangi darajaga olib chiqing. 🎯

🎯 Unvon kutmang – unvonga mos rivojlaning!
Bugungi maqolani o‘qib, qaysi darajada ekanligingizni va qanday rivojlanish kerakligini aniqlab oling.

🔗 To‘liq bu yerda yoki kommentda PDF 📄
💬 Fikrlaringizni izohlarda yozing – Sizningcha, Middle yoki Senior bo‘lish uchun yana qanday qobiliyatlar muhim? 🔎

🚀 Men haqimda va iOS App Development bo‘yicha #offline kurs haqida batafsil PDF faylda tanishib chiqishingiz mumkin.

👥 Do‘stlaringiz bilan ulashing va fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 💬

📌 Obuna bo‘ling va bog‘laning:
🔗 YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram
👍1
#Eid al-Fitr Mubarak!
👍5🔥2
Forwarded from Ali Xr
“Container bilan qilinmaydigan 5 narsa”

Flutter o‘rganayotganlar orasida Container — universal vosita, “hamma narsa shu bilan hal bo‘ladi”, degan noto‘g‘ri tushuncha bor.

Lekin aslida, professional UI qilaman desangiz, Containerni faqat zarur joyda ishlatish kerak.
Keling, nima uchunligini 5ta misolda ko‘rib chiqamiz:

⸻

1. Containerda onTap ishlamaydi.

Ko‘pchilik Containerga onTap yozib qo‘yadi va hayron qoladi: “Nega ishlamayapti?”

❌ Noto‘g‘ri:
Container(
onTap: () => print("Tapped"), // bu hech qachon ishlamaydi
)


✅ To‘g‘ri:
InkWell(
onTap: () => print("Tapped"),
child: Container(...),
)

Agar bosilganda animatsiya ko‘rinishini xohlasangiz, InkWell yoki GestureDetector ishlating.

⸻

2. color va BoxDecoration birga ishlamaydi.

Agar Containerda decoration ishlatayotgan bo‘lsangiz, color:ni ishlatmang.
Chunki color:ni decoration: ichida berish kerak.

❌ Noto‘g‘ri:
Container(
color: Colors.red,
decoration: BoxDecoration(
borderRadius: BorderRadius.circular(10),
),
)


✅ To‘g‘ri:
Container(
decoration: BoxDecoration(
color: Colors.red,
borderRadius: BorderRadius.circular(10),
),
)

3. Performance uchun Container har doim yaxshi emas.

Container — bu multi-purpose widget. U padding, margin, color, align, size… hammasini o‘zida jamlagan.
Lekin Flutter’da minimal widget tree ishlatish yaxshi odat.

Masalan:

Padding(child: Text())
ColoredBox(color: ..., child: ...)
Align(alignment: ..., child: ...)
SizedBox(height: ..., width: ...)

Shularni to‘g‘ri joyda ishlatsangiz, build time ham, rebuild time ham kamayadi.

⸻

4. Container ba’zi joylarda infinite size beradi.

Agar parent widget size bermasa, Container “cheksiz” bo‘lib qolishi mumkin.
Bu esa layout error, overflow yoki scroll bug’lariga sabab bo‘ladi.

⸻

5. Ripple effekt ko‘rinmaydi, agar Material bo‘lmasa

Agar siz InkWell ishlatayotgan bo‘lsangiz, lekin bosilganda effekt (splash/ripple) ko‘rinmayotgan bo‘lsa — bu ko‘pincha Material widget yo‘qligidan bo‘ladi.

InkWell faqat Material ichida turganida chiroyli effekt beradi.

Bu holatda GestureDetector yaxshiroq variant bo‘lishi mumkin, lekin unda ripple yo‘q.

⸻

Professional kod yozish — bu kerakli joyda kerakli widget tanlay olish.

Container – yomon emas. Lekin faqat Container – yomon odat.

⸻

Siz ham hozirgacha Containerdan ko‘p foydalangansizmi?
Kommentda Container bilan bog‘liq biron “LOL” holatingiz bo‘lsa, yozib qoldiring!

@alixr
👍2
Forwarded from Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿 (Kocmoc)
iOS va Android dizayn ko'rsatmalari.

Saqlab oling, foydali bo'ladi 📲

@flutterdevuz
👍4
Forwarded from Techie's Blog
Flutter o'zi qanday ishlashi haqida flutter team tomonidan tayyorlanayotkan videolar to'plami:
1. Architecture
2. The three trees
❤4👍1
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchilar uchun biror ish qancha vaqt olishini oldindan aytib berish juda qiyin.

Hamma underestimate qiladi. Odatda 2-3 barobar. 1 hafta oladi deb aytilgan narsa 3 hafta oladi. Va hokazo.

Shuning uchun ham manager sifatida bu narsaga tayyor bo’lish kerak. Dasturchi 1 hafta dedimi demak tahminan 2-3 hafta kerak.

Buni dasturchi ataylab qilmaydi. Shunchaki oldindan hamma narsani bilib bo’lmaydi. Natijada kam vaqt so’raydi.

O’zbekistonda esa biz ataylab kam vaqt aytamiz. “Qanchada kelasan?” degan savolga yarim soat deymiz, 1.5 soat qolgan bo’lsa ham.

Shuning uchun ham manager sifatida bu narsaga tayyor bo’lish kerak. Dasturchi 1 hafta dedimi demak tahminan 2-3 hafta kerak. Agar u O’zbekistonlik bo’lsa esa tahminan 5-6 hafta kerak.

@jakhonrakhmonov
🤣5😁1
Forwarded from Samandar Ahadjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dartdosh #podcast

🤔 O'zbekistonda Rekruiterlarga oson emasmi?

Dartdosh podkastining bugungi sonida tajribali HR Muborak Babayeva bilan suhbat qurdik.

Suhbat davomida:
- Xodim qidirish va topishdagi qiyinchiliklar
- Dasturchilardagi rekruiterlarga nisbatan e'tirozlar
- Ishga topshirishdagi e'tibor qilinishi shart bo'lgan holatlar
- Rezyume va ijtimoiy profilllarni yuritish bo'yicha yo'riqlar
- Ish suhbatidan oson o'tish yo'llari
- Umumiy xatolar, kamchiliklar va yutuqlar

borasida tahliliy va tanqidiy ohangda dardlashdik.

🔗 Podkast uchun havola: https://youtu.be/bOkMgJsh2Ko?si=mmgG9DABRzhjRusn

P.s: Postni tarqatishni va videoga like bosib, izoh yozishni unutmang.

@ahadjonovss
Flutter & Dart ning yangi versiyalari chiqdi


Dart 3.8 - Link

Flutter 3.32 - Link

@mobile_developer_notes
👍5
Forwarded from MobilDasturchi.Uz (Azizbek Asqaraliyev)
Biz xoxlagan yangilanishlar haqida video ham qilishibti.

link
❤‍🔥1👍1
Assalamu alaykum va rohmatulloh!

Barchaga Qurbon hayit bayrami muborak bo'lsin!
❤2👍1🕊1🫡1
Forwarded from Flutter Notes
Endi Microsoft Clarity SDK Flutter uchun ham mavjud.

Bu SDK orqali biz:
1. User sessiyalari va ekrandagi interaksiyalarni kuzatish (screen flows, taps, scrolls).
2. Ekrandagi ko'p va kam bosiladigan yoki tashrif buyuriladigan joylarni aniqlash (heapmaps).
3. UX muammolarini analiz qilish.
4. Muhim malumotlarni yashirish imkoniyati (ClarityMask).

Manbalar:
1. Article: Link
2. SDK doc: Link
3. Package: Link
❤‍🔥1👍1🫡1