Mobile Developer Notes
49 subscribers
71 photos
11 videos
12 files
118 links
Mobile Developer Notes

Channel Admin: @mobiledeveloperr
Download Telegram
Forwarded from Samandar Ahadjonov
Paymeda bir necha kun oldin prodda pushlarni test qilishgan edi. Bugun bu uslubda qilishibti😂

P.s: Rasm Sardor Dushamov kanalidan olindi.

@ahadjonovss
Dartdagi Loop-lar farqi.

Dartda eng keng tarqalgan iteratsiya mexanizmlari:

For Loop: chegara (range) ma'lum bo'lganda boshqariladigan iteratsiya uchun idealdir. Umuman olganda, for sikl Dartda eng tezidir, ayniqsa sikl o'zgaruvchisi sikldan tashqarida e'lon qilingan va qo'lda oshirilganda.

While Loop: Agar takrorlashlar soni oldindan ma'lum bo'lmaganda va holat (condition)-ga qarab boshqarishda ishlatiladi. While sikl For sikl kabi tezdir, ayniqsa iteratsiyalar soni oldindan belgilanmagan sharoitlarda foydalanilganda. Biroq, agar vaziyat murakkab bo'lsa yoki u ko'proq xarajat (overhead)-larni o'z ichiga olsa, ular biroz sekinroq bo'lishi mumkin.

Do-While Loop: while sikliga o'xshaydi, lekin kamida bitta bajarilishni kafolatlaydi, chunki shart sikldan keyin tekshiriladi.

For…in Loop: sikli to'plam (collection)-larni takrorlashning qisqacha usulini taklif qiladi, o'qish oson, lekin unumdorlik (performance)-da potentsial xarajatga ega.

forEach method: Bu metod to'plamlar bo'yicha funksional iteratsiyaga imkon beradi, ko'pincha o'qilishi osonligi uchun maqtovga sazovor. Bu metod For yoki While sikllariga qaraganda sekinroq, chunki u qoʻshimcha xarajatlarni qoʻshadigan funksiya chaqiruvlarini oʻz ichiga oladi.

Map method: Bu metod to'plamdagi har bir elementni o'zgartirib, yangi ro'yxat (List)-ni qaytaradi. Kollektsiyalarni funksional uslubda o'zgartirish uchun ishlatiladi. Bu metod For yoki While sikllariga qaraganda sekinroq, chunki u yangi to'plamlarni yaratadi va qo'shimcha jarayon (processing)-ni o'z ichiga oladi.

source link

Manba : @flutter_notes_bek

#Dart
Forwarded from MobilDasturchi.Uz (Azizbek Asqaraliyev)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Click API: To‘lov Tizimi Integratsiyasini To'liq O‘rganish! →


Foydali video ekan sizga ham ulashgim keldi.

🤩 @dasturchiMobile
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Flutter 3.27 version release boʻldi.


Impeller androidʼda stable va default boʻlibdi .
Cupertino widgetlarida oʻzgarishlar boʻlgan.
Biz odatda koʻp ishlatadigan Column va Row widgetlarga ʼspacingʼ parametri qoʻshilibdi.

To'liqroq ma'lumot olish uchun maqolaga o'ting

#flutter

Manba: @DasturchiMobile
🔥6👍1
#hazil_post

Dasturchi bilishi kerak bo'lgan ko'nikmalar:

Bularsiz jamiyatda u dasturchi sifatida tan olinmaydi
.😁

1. Windows ura olishi kerak (aslida o'rnata olishi kerak deyish kerag-u hamma boshqacha ishlatadida shu atamani)

2. Istalgan modeldagi konditsioner, xolodilnik, elektr pech ana boringki elektr bilan ishlaydigan hamma narsani tuzata olishi kerak

3. Eski xotirasi to'lgan, operativkasi kam, boriyam to'la ishlayotgan telefonlarni ishlashinini tezlashtira olishi kerak


4. Istalgan akkaunt bor platformani telegram bo'ladimi instagrammi farqi yo'q buzib kira olishi kerak. (o'rtoqlar telegram bo'yicha savol berganda javob bermaslikka haqqi yo'q yerni tagidan bo'lsayam javob topib kelishi kerak, jaa bo'lmasa Durovdan so'rab kelsangiz ham bo'ladi)

5. Komputer va uni ehiyot qismlari(zapchastlari) ni narxlari qayerda sotilishi bo'yicha ishonchli manba bo'lishi kerak

6. O'o'o'o'o' necha kilometr naridan telefon qilib telefonim ishlamayabdi to'g'rilab ber deyishganda abadayni shpakayni sup kup deb ishlatib bera olishi kerak

Yana qaysi talablar qolib ketdi😅


@RN_with_Umarbek
😁4
Forwarded from Techie's Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#flutter@techiesBlog

Flutter 3.27 dan boshlab Impeller Android uchun default render engine sifatida ishlatilmoqda lekin bazi android versiyalarda engine yaxshi ishlamay glitch effectda ishlamoqda. Bu narsa men bilan ham yuz berdi 🙁.

Documentationda Impellerni disable qilish yozilgan lekin ish bermadi, 3.27.1 versiyada to'g'irlangan deb yozilgan ekan github issueda lekin u ham ish bermadi. Ohir oqibat versiyani pasaytirishga majbur bo'ldim.

Hozircha 3.26 versiyada stable ishlamoqda.
⚡3
Forwarded from AI | DigiTech
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️GitHub Copilot bepul bo’ldi — endi istagan odam eng yaxshi kod generatoridan bepul foydalanishi mumkin. Buning uchun faqat VS code va Github akkaunt kerak bo’ladi.

Yana qo’shimchasiga GPT-4o va Sonnet 3.5 Pro'ga oyiga 50 ta so’rovni bepul taqdim etishadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
⚡2
Forwarded from MobilDasturchi.Uz (Azizbek Asqaraliyev)
Agar siz 🎵 Yandex musicni clone qilmoqchi bo'lsangiz sizga uning apilarini topishga yordam beraman.

https://www.cherkashin.dev/yandex-music-open-api/

bu apilar orqali yandex musicning mobile qismini o'zingiz uchun moslashtirib olishingiz mumkin.

</happy coding>
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Flutter Notes
Dartda EventLoop haqida.

EventLoop (voqealar sikli).
Bu Flutter ilovalariga bloklanmaydigan operatsiyalarni bajarishga imkon beradi, bu esa UX-ni silliq bo'lishi uchun zarurdir. Masalan, tarmoq soʻrovi tugashini kutayotganda, EventLoop ilovaga foydalanuvchi maʼlumotlarini qayta ishlash va UI yangilanishlarini koʻrsatishni davom ettirish imkonini beradi.

Ps: Dart kodlari yagona/asosiy isolate-da ishga tushadi, lekin istasangiz ko'proq isolate yaratishingiz mumkin. Har bir yangi Isolate o'zining alohida xotirasi va eventloop-ga ega bo'ladi.

Flutter ilovasi ishga tushganda, Dart runtime uning uchun ajratilgan oqim jarayoni (thread process)-ni yaratadi. Bu jarayon 2 ta asosiy navbat (queue)-ni ishga tushiradi: microtask va event.

Har ikkala navbat FIFO (first-in, first-out) asosida ishlaydi. EventLoop doimiy ravishda ushbu queue-larni tekshiradi va vazifa (task)-larni quyidagicha qayta ishlaydi:

Microtask Queue: Bu queue, event queue-ga nisbatan ustunlik qiladi. EventLoop bo'sh turganda, event queue-ga o'tishdan oldin u birinchi navbatda microtask queue-dagi barcha vazifalarni bajaradi.

Event Queue: Barcha microtask-lar qayta ishlangandan so'ng, EventLoop event queue-dagi vazifalarni bajaradi. Bunga User interaksiyalari, timer-lar va boshqa asinxron hodisalar (future, stream etc) kiradi.

Manbalar:
1. Video: Link
2. Medium: Link
3. Article: Link
4. Article: Link
5. Article: Link

#Dart
👍1🔥1
Assalomu alaykum hammaga!

Google Play Console'da Identity Verification bilan muammo bo'lsa yozaversizlar, qo'ldan kelgancha yordam beraman.
🔥1
#design #color

🎨 Mobil ilova dizayni uchun ranglar palitrasi:

#231934
#246bfd
#f79193
#8ec97b

Manba: @webmakon
🔥2
AppStore/Playmarketdagi muqovalar/sarlavhalar ham yuklashlar soniga tasir qiladi desam ishonasizmi?


E'tibor bergan bo'lsangiz Youtubeda ham ohirgi paytlar muqova rasmlariga e'tibor ko'p berishmoqda, demak ko'rish soniga tasir qilyapti.

App sohasida rivojlangan davlatlar muqova, title, descriptionlarga alohida e'tibor berishni boshlagan bizda hali boshlanmadi. Ayniqsa startuperlar uchun muhim.

Manba: @flutter_uzbek
👍1
Forwarded from Samandar Ahadjonov
#flutter #tools #article #experience

👥 Loyihada mehnat qilayotkan dasturchilar soni oshib borar ekan, barcha duch keladigan bir muammo bor. Bu albatta bir loyihada arxitektura va kod yozish uslubdagi rang-barangligining ortib borishidir.

Alifda ham so'nggi vaqtlarda Dartdoshlar soni ko'paydi va yaqin orada jamoa yana kengayishi kutilyapti. Shu sababli ham yuqoridagi muammo kattalashib ketmasidan, biz dasturchilarni maksimal bir uslubga (code style) moslab borishni maqsad qildik.

Bu ishga har qanday mentoring va treninglar bilan erishish ancha mushkul. Sababi dasturchida yillar davomida shakllangan kod yozish uslubini bittada o'zgartirishni imkoniyati yo'q.

💡 Shu sababli ham eng maqbul yechim sifatida kuchaytirilgan linterdan foydalanishni yechim sifatida ko'rdik.

DCM - Flutter va Dart loyihalarida kodni tahlil qilish va tozalashga yordam beruvchi pullik linter xizmatidir.


Barchamiz o'rgangan default va tekin linterlar xizmati biz xohlagan natijani bermasligi bois DCM servisini tanlab oldik va oxirgi ikki kunimda DCMni dokumentatsiyasida berilgan 400ga yaqin rule'larni birma-bir ko'zdan kechirib, o'zimizga keraklilarini terib, filterlab chiqdim.

Postga biriktirilgan suratda esa maksimal toza yozishga harakat qilib, 80%+ kodlar reviewdan o'tib merge bo'lgan super-app loyihamizning DCM o'rnatilganidan keyin yuzaga chiqqan xatolik va ogohlantirishlar soni.

Agar sizni ham jamoangizdan 3 va undan ortiq dasturchi ishlayotkan bo'lsa, loyiha kodlarini sifatliroq chiqarish uchun ushbu xizmat turidan foydalanishni tavsiya beraman.

🔜 Ishlatish jarayonida chiqadigan qiziqarli holatlarni keyingi postlarda yoritib boraman.

@ahadjonovss
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Telba Dasturchi
«Flutterda Keystore yaratish»

Videoga like bosib, comment yozib, qo'ldan kelgancha ulashamiz✊

Videoni ko'rish

Macbook uchun pul:)

Telegram | Youtube | Contact
Forwarded from MobilDasturchi.Uz (Azizbek Asqaraliyev)
Kimdadir playmarketga app qo'ymoqchi bo'lsa va account ochishda muamo bo'layotgan bo'lsa, qonunlarga to'g'ri keladigan va dinimizga to'g'ri keladigan yaxshi ilovalarni tekinga chiqarib beraman. Agar kimgadir qiziq bo'lsa @mobildasturchi_bro ga yozsin.