MOBILE UZ
8 subscribers
30 photos
4 videos
1 file
38 links
Mobil ilovalar,
dasturlash va texnologiyalar haqidagi foydali ma'lumotlar va yangiliklar.

Aloqa: @a_toshmatov
Download Telegram
Assalomu alaykum!
Bu shaxsiy blog yaratishimdan maqsad dasturlash olamidagi yangiliklar bundan tashqari Android sohasidagi qiziqarli ma'lumotlar va yangi bilimlar bilan sizdek dasturlashga qiziquvchan yoshlarni habardor etish.
Bizni kuzatishda davom eting, biz unda boshladik

@mobi_dev_uz
obuna bo'lishni unutmang!👆
👍2
👩‍💻 Android o'zi nima?

Android hozirgi kunda 🌐dunyoda yetakchi bo'lgan Operatsion tizim hisoblanadi.

Android 🤓Linux operatsion yadrosining o'zgartirilgan versiyasiga va boshqa ochiq kodli dasturiy ta'minotga asoslangan Mobil Operatsion Tizim bo'lib,asosan smartfon va planshetlar (SMART TV) kabi sensorli mobil qurulmalar uchun mo'ljallangan.

Android Open Handset Alliance deb nomlanuvchi dasturchilar konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan va 🕸Google tomonidan tijoriy homiylik qilingan .

Shu yerda qiziq savol kelishi mumkin 🤔 Konsorsiumi o'zi nima? (Konsorsium (lot. consortium -shirkat, ishtirok etish)— tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi).

Ha mavzudan sal chetlashib kettik😃

Qayerga kelgan edik ha esladim 🕸Google tamonidan homiylik qilingan ha albatta shunday. U 2007 yil noyabr oyida taqdim etilgan bo'lib, birinchi tijorat Android qurilmasi 👩‍💻HTC Dream 2008 yil sentyabr oyida taqdim etilgan.

Android smartfonlarining 70% dan ortig'i 🕸Google ekotizimida ishlaydi. Bazilari sotuvchi tomonidan moslashtirilgan foydalanuvchi interfeysi va dasturiy ta'minot toplamiga ega.
Masalan:TouchWiz va keyinchalik Samsung tomonidan One UI va HTC Sense .....

👩‍💻 Android 2011-yildan beri smartfonlar va 2013-yildan beri planshetlar boʻyicha dunyo boʻylab eng koʻp sotilgan OS boʻlib kelmoqda.
2021-yil may holatiga koʻra uning oylik uch milliarddan ortiq faol 👤foydalanuvchisi bor,bu har qanday operatsion tizimning eng katta oʻrnatilgan bazasi va 2021-yil yanvar holatiga koʻra
🛒Google Play do'konida 3 milliondan ortiq ilovalar mavjud.

Android operatsion tizimi uchun qanday dastur yaratiladi?
Hammada shunday savol paydo bo'lgandir. Bu savolga qisqa javob berib ketaman albatta.

Android ilovalar asosan ⚙️Java va 👩‍💻Kotlin dasturlash tillarida yoziladi. Muhit sifatida esa ⚙️Android Studio va ⚙️ Intellij Idea dasturlaridan foydalaniladi.

📢@mobi_dev_uz
obuna bo'lishni unutmang!👆
🔥2
👩‍💻Java dasturash tili.

⚙️ Java yuqori darajali,sinflarga asoslangan,O'byektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib,u iloji boricha kamroq amal bajarish uchun mo'ljallangan.

Java - 1995 yilda Sun Microsystems (hozirda Oracle sho'ba korxonasi) tomonidan ishlab chiqilgan. Jeyms Gosling Java tilining otasi sifatida tanilgan. Javadan oldin uning nomi Oak edi . Oak allaqachon ro'yxatdan o'tgan kompaniya bo'lganligi sababli, Jeyms Gosling va uning jamoasi nomi Oakdan Javaga o'zgartirildi.

⚙️ Bu umumiy maqsadli dasturlash tili bo'lib, dasturchilarga bir marta yozish, istalgan joyda ishlatish imkonini beradi. Kompilyatsiya qilingan Java kodi Java - ni qo'lllab quvatlaydigan barcha platformalarda qayta kompilyatsiya qilishini talab qilmasdan ishlashi mumkinligini anglatadi.

Java tarixi juda qiziq. Java dastlab interaktiv televideniya uchun mo'ljallangan edi, lekin u o'sha paytda raqamli kabel televideniyasi sanoati uchun juda ilg'or texnalogiya edi.Java dasturlashni yaratish tamoyillari "Oddiy, mustahkam, portativ, platformadan mustaqil, himoyalangan, yuqori unumdorlik, ko'p tarmoqli, arxitektura neytral, ob'ektga yo'naltirilgan, sharhlangan va dinamik" edi. Java tilini Java tilining otasi sifatida tanilgan Jeyms Gosling 1995 - yilda ishlab chiqqan. Jeyms Gosling va uning jamoa aʼzolari loyihani 90-yillarning boshida boshlagan.

Hozirda Java 🌐internet dasturlashda, 📱mobil qurilmalarda, 🎮 o'yinlarda, elektron biznes yechimlarida va hokazolarda qo'llaniladi.

Jeyms Gosling , Mayk Sheridan va Patrik Naughton 1991-yil iyun oyida Java tili loyihasini boshladilar. Sun Microsystems muhandislarining kichik jamoasi Green Team deb nomlangan. Dastlab u pristavkalar kabi elektron qurilmalardagi kichik, o'rnatilgan tizimlar uchun mo'ljallangan. Birinchidan, u Jeyms Gosling tomonidan "Greentalk" deb nomlangan va fayl kengaytmasi .gt edi. Shundan so'ng, u Eman deb nomlangan va Yashil loyihaning bir qismi sifatida ishlab chiqilgan.

🤔Nima uchun eman? Eman kuch-quvvat ramzi bo'lib, AQSh, Frantsiya, Germaniya, Ruminiya va boshqalar kabi ko'plab mamlakatlarning milliy daraxti sifatida tanlangan. 1995 yilda Oak "Java" deb o'zgartirildi.

Nega ular Java tili uchun Java nomini tanladilar? Jamoa yangi nom tanlash uchun yig'ildi. Tavsiya etilgan so'zlar "Dynamic", "Revolutionary", "Silk", "Jolt", "DNA" va boshqalar edi. Ular texnologiyaning mohiyatini aks ettiruvchi narsani xohlashdi: revolutionary, dynamic, lively, cool, unique, va easy. Jeyms Goslingning so'zlariga ko'ra, "Java Silk bilan birga eng yaxshi tanlovlardan biri edi ". Java juda noyob bo'lganligi sababli, jamoa a'zolarining aksariyati boshqa nomlardan ko'ra Java-ni afzal ko'rdilar.

Java - Indoneziyadagi orol, u erda birinchi kofe ishlab chiqarilgan (Java kofesi deb ataladi). Bu espresso loviyasining bir turi. Java nomini Jeyms Gosling o'z ofisida bir chashka qahva ichayotganda tanlagan.

JDK 1.0 1996-yil 23-yanvarda chiqarildi. Java-ning birinchi versiyasidan so'ng tilga ko'plab qo'shimcha funktsiyalar qo'shildi. Endi Java Windows ilovalari, veb-ilovalar, korporativ ilovalar, mobil ilovalar, kartalar va hokazolarda qo'llanilmoqda. Har bir yangi versiya Java-ga yangi xususiyatlarni qo'shadi.

📢@mobi_dev_uz
obuna bo'lishni unutmang!👆
👍3
#2023yil

Kirib kelgan 2023 - yil muborak boʻlsin.
Yangi yil barokatli boʻlsin.

@mobi_dev_uz
🏝 Kotlin?

Kotlin ochiq manbali,statik tarzda yozilgan dasturlash tili bo'lib, u ham Obektga yo'naltirilgan, ham funktsional dasturlashni qo'lllab-quvatlaydigan dasturlash tili. Kotlin 🥬Android uchun 🌐 Google tomonidan rasman qo'llab quvatlanadi.

2011 - yil iyul oyida 👩‍💻JetBrains JVM uchun yangi til bo'lgan 👩‍💻Kotlinni taqdim etadi. Kotlin nomining kelib chiqishi Rassiyada joylashgan Kotlin oroliga kelib taqaldi.
Kotlin (rus. Koʻtlin) (shvedcha: Reitskär) — Boltiq dengizida, Sankt-Peterburgdan 32 km gʻarbda, Finlyandiya koʻrfazining boshiga yaqin joylashgan rus oroli.

👩‍💻Kotlin 2016 - yil 15 - fevralda chiqarildi.Bu birinchi barqoror versiyasi hisoblanadi. 🌐 Google I/O 2017 ko'rgazmasida Google Android uchun Kotlin birinchi darajali yordamchi til sifatida e'lon qilindi. 2019 - yilda Kotlin dasturlash tili endi Android ilovalarini ishlab chiquvchilar uchun afzal qilingan til ekanligi e'lon qilindi.

👩‍💻Kotlin va java juda o'xshash ikkita tildir. Kotlin Java bilan 100% o'zaro ishlay olash qobilyatiga ega. Siz Java va Kotlin kodlarini bitta loyihada qollay olishingiz mumkin va ular mukammal tarzda kompilyatsiya qilinadi. Kotlin boshqa tillardan ustunlikka ega. Uning tilida Obektga yo'naltirilgan hamda funktsional konstruktsiyalar mavjud.

👩‍💻Kotlin albatta server tamonlama rivojlantirish uchun ham ishlatiladi.Java ga asoslangan texnalogiya steklari bilan to'liq moslikni saqlab, Kotlin bilan server tamonini rivojlantirish mumkin.
Masalan: Spring,Vert.x, Ktor, Kotlinx.html va boshqalar misol bo'la oladi.

Barcha mavjud Java Framework va kutubxonalardan Kotlin dasturlari foydalana oladi. Kotlin - bu oson integratsiya qilinadigan til hisoblanadi. Siz uni Gradle,Mawen boshqa build tizimlari bilan osongina integratsiya qila olasiz.

👩‍💻Kotlin haqida yozamiz desak juda kop ma'lumotlar bor. Bularni bosqichma bosqich ko'rib chiqamiz Insha Allah.

📢@mobiletech_uz
obuna bo'lishni unutmang!👆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Hayit muborak
👍7
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchilarning kelajagi qanaqa? Ishsiz qolasizmi?
Yohud “Layofflar, ChatGPT va boshqalar haqida”

Katta katta korxonalar minglab ishchilarini haydab yuborishyapti. Undan tashqari ChatGPT va boshqa AI loyihalar shiddat bilan rivojlanmoqda. Huddi 3-4 yil ichida dasturchilarga talab qolmaydigandek. Keling shu haqida ozgina fikrlashamiz.

Amazon bu yili 27000 ishchisini ishdan ketqizdi. Meta o’tgan yili Noyabrda 11 mingtani ketqizgan, yaqinda yana 10 mingtani. Google 12mingta ishchisini ketqizgan. Bu raqamlar kichik raqamlar emas. Ahvol qo’rqinchiliga o’xshaydi. Rostdan shundaymi? Bunga nima sabab? Menimcha buning sababi 2ta:

- Covid
- Dunyodagi makroekonomik xolat (Ukrainadagi urush)

Covid boshlanganda odamlar asosan uyda vaqtlarini sarflashni boshlashdi va internet hizmatlariga bo’lgan talab kutilmaganda juda katta tezlikda o’sishni boshladi. Talab ko’paydi degani ish ko’paydi degani. Shu talabni qoniqtirish uchun yani ko’proq pul topish uchun kompaniyalar ham kutilgandan ancha ko’proq ishchilarni tezroq ishga olishni boshlashdi. Masalan Amazon 2021da 310000ta ishchi, 2020da esa yarim million ishchi olgan. 2021 ohirida Amazonda 1.6 million ishchi bo’lgan, ularning 300000tasi ofis ishchilari (dasturchilar va hokazo).

Hozirgi kunda esa Covid chegarali 100% olib tashlangan. Natijada odamlar uyda kamroq vaqt sarflashyapti va internet xizmatlaridan kamroq foydalanishyapti. U degani kompaniyalar xizmatlariga talab kamaygan. Uning ustiga Ukraindagi urush dunyodagi makroekonomik xolatga ancha tasir o’tkazyapti. Natijada kompaniyalarda foyda kutilgandan ancha kamaygan. Shuning uchun ham eng katta harajatlardan biri bo’lgan ishchilarni ketkazib yuborishyapti.

Bundan 2ta xuloasa qilish mumkin. Ohirgi yilni emas, ohirgi 2-3 yilni oladigan bo’lsak kompaniyalar yaxshigina o’sgan, pasaymagan. Qachondir dunyodagi holat sal yaxshilanishni boshlaganda bu kompaniyalar yana ishchi olishda va yanada ko’proq o’sishda davom etadi. Agar dunyoda holat yaxshilanmasa nafaqat dasturchilar, nafaqat bu kompaniyalar, boshqa kompaniyalar ham, boshqa ishchilar ham qiynalishadi.

ChatGPT va dasturchilarning ishsiz qolishiga keladigan bo’lsak. Mening bu sohada bilimim kam, shuning uchun tajribaliroq tanishlardan so’rab ko’rdim. Bir hamkasbimda Zurichning ETH universitetida (Einstein o’qigan) Machine Learning bilan shug’illanidagn PhD o’rtog’i bor ekan. Uning aytishi bo’yicha hozirgi modellar “dogshit” emish, yani yumshoq qilib aytadigan bo’lsak “ishga uncha yaramaydi”. Dasturlash kontekstida berayotgan javoblari juda ham noaniq. Ayniqsa savollar qiyinlashgan sari. Hali uni qiyin sistemalar quradigan darajaga olib kelish uchun ko’p vaqt va ish kerak ekan. Bu vaqtlar kelgan taqdirda ham dasturchilarga talab kamaymaydi. Dasturchilar uchun bu AI sistemalar yordamchi bo’ladi. Dasturchilar ishsiz qolmaydi, ular qilayotgan ishlar o’zgaradi.

@jakhonrakhmonov
#hayrli_tong

Hammaga hayrli tong.
Bugungi kun hammaga haryli bo’lsin ilohim.

@mobi_dev_uz
👍5
Mezzada baribir

@mobi_dev_uz
4
#coffee

Issiq kunda sovuqqina kofe yaxshi ketar ekan…

@mobi_dev_uz
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#android_kmm

🧑‍💻 3 kunlik izlanishlarim mevasi....
Hali bu boshlanishi.

P.s: Ha aytgancha bu videoni olganimga 2 haftacha bo'ldi, negadir endi joylagim keldi.

Dam olish kuningiz maroqli o'tsin

@mobi_dev_uz
🤔4
Foydali bo'ladi deb o'ylayman...

@mobi_dev_uz
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Dasturlashga qo'l urgan, lekin nimadan boshlashni bilmaydiganlar uchun 3-5 yillik plan:

— Nerd rejimiga o'ting: kuniga kamida 6 soat dasturlash bilan band bo'ling
— Computer Science mavzularini chuqur o'rganing
— Muntazam algoritmik masalalarni yeching (codewars, leetcode, va hokazo)
— Bitta dasturlash tilini mukammal o'rganing
— Web, mobil, yoki desktop development uchun kerak bo'lgan texnologiyalarni o'rganing
— O’zingizni pet proyektlaringizni yarating
— Har kuni ko'p kod yozing
— Tez-tez interview qiling (ishingiz bo'lsa ham)
— Vaqtida uxlang, ovqatlaning, va sport bilan shug'ullaning

Qolgani (ish, daromad, va xurmat) o'zi keladi. Natija darxol ko'rinmaydi, lekin albatta keladi - haqiqiy yutuqlar vaqt talab qiladi.

Jarayondan zavq oling!

#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT