KIMYO "MMS" Muzrabot-Med-Study
175 subscribers
1.04K photos
870 videos
903 files
670 links
🧪 Kimyoni 0 dan órganuvchilar uchun manfaatli kanal
⚡️" MMS "--- MUZRABOT - MED - STUDY
🌏 Surxandaryo vil.Muzrabot tumani


Bizning shior : Bandasidan xarakat, Robbisidan barokat.
https://t.me/mmsstudy
Download Telegram
Forwarded from Sohibjon BOBOYEV | KIMYO (Sohibjon BOBOYEV)
⚠️⚠️ Bepul Onlayn kurs ⚠️⚠️

🧑‍🔬Kimyo fanining Yozma ish qismidan yuqoridagidek 75 ball olishni istagan o’quvchilar va o’qituvchilar diqqatiga ‼️

👉1 oylik bepul yozma ish kursimizga start berdik

⚫️Kurs haqida:
✅ Har dars 2 ta (41,42,43) variant ishlanadi va jonli tahlil qilinadi
✅ dars jonli tarzda telegram yopiq kanalda bo’ladi
✅Dars tartibi yopiq kanalda tushuntiriladi

🗓Dars kunlari: Dush/Chor/Juma
⏰Dars vaqti: 22:00

📈Kursda qatnashish shartlari
📱 @Kimyo_ESS va @kimyo_ess_test_natijalari kanaliga obuna bo’lish
📱 Instagram saxifamizga obuna bo’lish : Legendary_academy
📱 shu xabarni 2 ta kimyo yoki biologiya guruhiga jo’natish

👆Yuqoridagilarni bajarib skrinshotini @sukhrobjon_ergashev ga yuboring joylar soni cheklangan❗️

📌1-dars: 4-sentabr 22:00 da

➡️Batafsil: @kimyo_ESS
➡️Batafsil: @kimyo_ESS
➡️Batafsil: @kimyo_ESS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maxmudov Azamat uzmobile
USTOZDAN KELAJAK SHIFOKORLARIGA MUROJAAT!
Aziz o‘quvchilarim! Kelajak shifokorlari!
Bugun sizlarga oddiy dars haqida emas, KELAJAGINGIZ haqida gapirmoqchiman.
Sizlarning ko‘pchiligingizning qalbingizda bitta katta orzu bor:
“MEN SHIFOKOR BO‘LAMAN!”
Bu juda chiroyli orzu. Lekin bir narsani hozirdanoq anglab oling:
SHIFOKOR BO‘LISHNI ORZU QILISH BOSHQA,
SHIFOKOR BO‘LISHGA MUNOSIB BO‘LIB YETISHISH — BUTUNLAY BOSHQA!

Bugun oldingizda turgan kimyo masalasi sizga qiyin tuyulishi mumkin. Biologiyadagi mavzular ko‘pligidan charchashingiz mumkin. Ba’zan bitta masalani qayta-qayta ishlab ham tushunmasligingiz mumkin. Ana shunday paytda sizning haqiqiy sinovingiz boshlanadi.
Kuchli o‘quvchi hamma narsani birdan tushunadigan o‘quvchi emas. Kuchli o‘quvchi — tushunmasa ham tashlab ketmaydigan o‘quvchi!
Yiqilsa — turadigan!  Xato qilsa — tuzatadigan!  Bilmasa — o‘rganadigan!  Charchasa — biroz dam olib, yana davom etadigan!  Boshqalar taslim bo‘lganda ham maqsadidan voz kechmaydigan o‘quvchi!
Farzandlarim... Har yili minglab yoshlar: “Men shifokor bo‘laman!” — deb yo‘lga chiqadi. Lekin ularning hammasi ham manzilga yetib bormaydi...
Kimdir telefonini qo‘lidan qo‘ya olmaydi. Kimdir bugungi vazifasini ertaga qoldiradi. Kimdir birinchi qiyinchilikdayoq: “Men eplay olmayman shekilli...” — deb ortga qaytadi. Kimdir bir necha oy harakat qiladi, natija tez kelmagach maqsadini almashtiradi.
Vaqt o‘tib, bir paytlar bir xil orzu bilan yo‘lga chiqqan o‘quvchilarning orasidan eng sabrli, eng intizomli va eng mehnatkashlarigina oxirigacha yetib boradi.
SHIFOKORLIK TASLIM BO‘LADIGANLAR UCHUN EMAS!
Bir narsani tasavvur qiling... Yillar o‘tadi. Siz ulg‘ayasiz. Bir kuni ustingizda oppoq shifokor xalati bo‘ladi. Qarshingizda esa sizdan yordam kutayotgan inson turadi. U sizga umid bilan qaraydi. Balki uning onasi: “Doktor, farzandimni asrab qoling...” — deb sizdan yordam so‘raydi.
Ana o‘sha kuni sizdan hech kim: “Maktabda kimyodan necha baho olarding?” — deb so‘ramaydi. Sizdan BILIM kerak bo‘ladi. Sizdan MAS’ULIYAT kerak bo‘ladi. Sizdan TO‘G‘RI QAROR kerak bo‘ladi. Chunki o‘sha paytda sizning qaroringiz ortida INSON HAYOTI turishi mumkin!
Shuning uchun bugun o‘rganayotgan oddiy mavzularingizga ham befarq qaramang. Bugun yodlay olmayotgan karra jadvalingizdan boshlang! Kimyo va biologiyani mukammal o‘rganish uchun matematik savodxonligingizni mustahkamlang.
Men sizlarga yuborgan video darslarni shunchaki ko‘rib chiqmang! DAFTARINGIZNI OCHING! YOZING! FIKRLANG! TUSHUNMAGAN JOYINGIZNI QAYTA KO‘RING! SAVOL BERISHDAN UYALMANG!
Bugun sizdan hech kim buyuk natija talab qilmayapti. Lekin sizdan HAR KUNI KECHAGIDAN BIR QADAM OLDINGA YURISH talab qilinadi.
Bir kun 10 ta masala. Keyingi kun yana 10 ta. Bir mavzu... Yana bir mavzu... Bir oy... Bir yil... Shunday kunlarning yig‘indisi bir kuni sizni katta maqsadingizga olib boradi.
KATTA G‘ALABALAR BIR KUNDA QO‘LGA KIRITILMAYDI. ULAR HAR KUNI QILINGAN KICHIK MEHNATLARDAN QURILADI!
Shunday kunlar ham keladiki, charchaysiz. Natijangizdan ko‘nglingiz qoladi. Balki atrofingizdagilar sizga ishonmay qo‘yishi ham mumkin. Lekin o‘sha paytda bitta inson sizga ishonishi shart. U — O‘ZINGIZ!
Maqsadingizni eslang! Ota-onangizning sizga bildirgan umidini eslang! Va bir kun kelib ustingizga kiyadigan oppoq shifokor xalatingizni ko‘z oldingizga keltiring!
Bugungi uyqudan voz kechilgan bir soat... Bugungi yechilgan o‘nta masala... Bugungi o‘rganilgan bitta mavzu... ERTAGA SIZNING TAQDIRINGIZNI O‘ZGARTIRISHI MUMKIN!
SHIFOKOR BO‘LISH — HAR KIMGA HAM EMAS!
Shifokorlik — sabr qiladiganlarga! Shifokorlik — mehnatdan qochmaydiganlarga! Shifokorlik — vaqtini qadrlaydiganlarga! Shifokorlik — yiqilganda yana turadiganlarga! Shifokorlik — maqsadini bahona va dangasalikka almashtirmaydiganlarga!
Va eng muhimi... SHIFOKORLIK — INSON HAYOTIGA MAS’UL BO‘LISHGA TAYYOR INSONLARGA!
Aziz o‘quvchim! Agar haqiqatan ham shifokor bo‘lishni istasang, BUGUNDAN BOSHLА! Dushanbadan emas. Keyingi oydan emas. Yangi o‘quv yilidan emas. BUGUNDAN! HOZIRDAN!
Forwarded from Maxmudov Azamat uzmobile
Daftaringni och. Karra jadvalini takrorla. Video darslarni yozib ol. Kimyoni o‘rgan. Biologiyani o‘rgan. Tushunmaguningcha harakat qil. VA HECH QACHON MAQSADINGDAN VOZ KECHMA!
Chunki bir kun kelib sening oldingga bir bemor kiradi... U seni “Doktor...” deb chaqiradi. Ana o‘sha birgina so‘z ortida bugundan boshlab qilgan minglab soatlik mehnating turadi.
Va o‘sha kuni sen bugungi kunlaringni eslab: “YAXSHIYAMKI, O‘SHA PAYTDA TASLIM BO‘LMAGAN EKANMAN...” — deysan.
Alloh ilm yo‘lingizni ochsin, mehnatingizga baraka bersin. InshaaAlloh, bugun partada katta orzu bilan o‘tirgan sizlarning orangizdan ertaga insonlar hayotini saqlab qoladigan, bilimli, halol, iymon-e’tiqodli va yetuk SHIFOKORLAR yetishib chiqsin!
MEN SIZLARGA ISHONAMAN. Endi navbat — SIZDA!
MAQSAD — SHIFOKORLIK!   •   QUROL — ILM!   •   YO‘L — MEHNAT!
SHIOR — HECH QACHON TASLIM BO‘LMA!
👏4
Forwarded from METODIK TOMCHI
🔵 1-sentabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

​Yangi oydan yurtdoshlarimiz hayoti va hamyonida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda? Sizlar uchun eng muhim yangiliklarni bitta joyga jamladik:

Bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 so‘m

Milliy sertifikat to'lovi — 594 000 so‘m

Attestatsiya to'lovi — 185 400 so‘m

​📈 Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 360 000 so‘m etib belgilanmoqda.

​💰 Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalarning stipendiyalari 7% ga ko‘tariladi.

@metodik_tomchi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Kimyo va Biologiya || Diyorbek Norov || BLOG (Diyorbek |NOROV)
yozma ish - 4.pdf
249 KB
🫥Kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar va endi yozma ish yozishni o'rganayotganlar uchun maxsus

Xalq mazza qilsina


👨‍🏫Tuzuvchi : Diyorbek Norov

🪙Zar qadrini - zargar biladi.

Obuna buling🔽
🚀Telegram | 📹YouTube | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sohibjon BOBOYEV | KIMYO (Sohibjon BOBOYEV)
🔥Bugun soat 20:00 da KIMYODAN MOCK TEST bo’lib o’tadi.

👉 @atomonlinebot bot orqali ro’yhatdan o’tasiz.
📊Natijalar RASCH modelida tekshiriladi.

Natijalar test tugagandanoq chiqadi!

Xullas, bugungi test umuman boshqacha bo’ladi!

✈️ Do’stlaringiz bilan ulashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Maxmudov Azamat
❤6👍4🔥3💯1
Forwarded from Maxmudov Azamat
❤2
Forwarded from Kenjayev Nuriddin Kimyo Kursi (𝑲𝒆𝒏𝒋𝒂𝒚𝒆𝒗 𝑵𝒖𝒓𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: إن الله هو الحكم)
Savollarda asosan sizdan cho'kma rangi, metal ion, oksidlar ranglari so'ralishi mumkin.
Esda qolarli bo'lishi uchun:

Metall ionlari va tuzlar
🟡 Na⁺, K⁺ – rangsiz
🟠 Ca²⁺ – rangsiz
🟡 Mg²⁺ – rangsiz
🔵 Cu²⁺ – ko‘k (CuSO₄ → ko‘k)
🟩 Fe²⁺ – yashil
🟫 Fe³⁺ – jigarrang
🟣 MnO₄⁻ (permanganat) – binafsha
🟪 MnO₂ – qo‘ng‘ir-qora
💚 Cr³⁺ – yashil
💚 Cr₂O₇²⁻ – to‘q to‘q sariq
🟠 CrO₄²⁻ – sariq
⚫ Ag₂O – qora
⚪ AgCl – oq
🟡 AgBr – sarg‘ish-oq
🟡 AgI – sariq
⚪ BaSO₄ – oq
⚪ CaCO₃ – oq
⚪ Mg(OH)₂ – oq


2) Oksidlar ranglari
⚪ ZnO – oq (qizdirilganda sarg‘ayadi)
⚪ Al₂O₃ – oq
⚫ CuO – qora
🟤 Fe₂O₃ – jigarrang
⚫ Fe₃O₄ – qora
⚫ MnO₂ – qora
⚪ PbO₂ – to‘q jigarrang
🟡 PbO – sariq


3) Cho‘kmalar (reaksiyalarda ko‘p uchraydigan)
⚫ CuS – qora
⚫ PbS – qora
⚫ FeS – qora
🟡 CdS – to‘q sariq
🟡 As₂S₃ – sariq
🟠 Sb₂S₃ – to‘q-to‘q sariq
⚪ Ca(OH)₂ – oq
⚪ BaCO₃ – oq
⚪ Zn(OH)₂ – oq
🟤 Fe(OH)₃ – jigarrang
🟩 Fe(OH)₂ – yashil

4) Komplekslar
💙 [Cu(NH₃)₄]²⁺ – to‘q ko‘k
💚 [Cr(OH)₆]³⁻ – yashil
💛 [Ag(NH₃)₂]⁺ – rangsiz
❤3
Forwarded from METODIK TOMCHI
Yil oʻqituvchisi.pdf
194.5 KB
❗️“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi. 208 nafar o’qituvchiga jami 128 mlrd so’m beriladi

Joriy yilda ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida respublika bo‘yicha 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi. Yakunda 208 nafar o‘qituvchi tuman va shaharlar kesimida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

💰 Tanlovda tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biri 616 million so‘m (BHMning 1 400 baravari) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👉 @metodik_tomchi
❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ORGANIK_KIMYO_BIR_ATOMLI_SPIRTLAR_KISLOROD_ORGANIK_BIRIKMALAR
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ORGANIK_KIMYO_IKKI_VA_KO'P_ATOMLI_SPIRTLAR_KISLORODLI_ORGANIK_BIRIKMALAR
❤1