Digital.uz
12.8K subscribers
16K photos
948 videos
1 file
5.79K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Joriy yilning 23-may kuni, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida navbatdagi “Frilanserlik - bu kelajak kasbi” mavzusidagi forum "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" va Guliston davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🔷 Forumda Upwork platformasida faoliyat yurituvchi mamlakatimizning ikki yetakchi frilanserlari:

▪️No‘monjon Yusupov – Tarjimon;
▪️Ibrohim Isroilov – Ma'lumotlar tahlilchisi

tomonidan 100 ga yaqin Universitet talabalariga qanday qilib frilanserlik platformalarida ro’yxatdan o’tish, birinchi buyurtmani olish hamda faoliyat olib borish yuzasidan ma'lumot berildi.

Yakunda, an’anaga muvofiq qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli talabalarga esdalik sovg’alar topshirildi.

Bizni kuzatib boring va yangi ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

#digital
#mitc
#frilanser

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
🔔 25-may sanasida yurtimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilda yurtimizdagi 10 mingdan ziyod maktablarda oquvchilar qadrdon maktablari, mehribon ustozlari bilan xayrlashmoqda.

Maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlab, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan sizdek yoshlarning oldida kelajakda zamonaviy bilimlarni egallab, Vatanimiz uchun munosib farzand bo‘lishdek vazifa turibdi.

Ana shunday sharafli va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishga bel bog‘lagan Sizdek yosh va navqiron o‘quvchilarga kelgusi o‘qish-ishlaringizga muvaffaqiyat tilaymiz

#digital
#mitc
#muhim_sana

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan yaxshi an’anaga ko‘ra, vazir o’zi tamomlagan maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslariga ko‘ra, bir necha yildan beri so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida barcha vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqdalar.

Ushbu an’anaga ko‘ra, bugun, 25-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘zi tamomlagan maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1713/

#digital
#mitc

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
🇺🇿🇨🇦Raqamli texnologiyalar vaziri Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Kanada elchisi O‘zbekistonda raqamlashtirish, telekommunikatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarni yuqori baholadi.

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, IT-ta'lim, IT-xizmatlar eksporti sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1712/

#digital
#mitc
#uchrashuv
#elchi
#kanada

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз жуда хайрли ташаббус қилиб, барча раҳбарларни "Сўнгги қўнғироқ" тадбирларида ўзлари ўқиган мактабларига боришни ташкил қилган эдилар, ушбу анъанани бугун ҳам давом эттириб, битирувчиларни қўллаб-қувватлаш учун соҳамиздаги барча раҳбарлар мактабларга ташриф буюрдик ва ўзаро ҳамкорлик режаларини ҳам белгилаб олдик.


Бугунги мактаб битирувчиларини мустақил ҳаётга қадам қўйишни бошлаганлари билан табриклайман. Биз мактабни битирган вақт билан ҳозирги вақтдаги ёшлар учун имкониятлар орасида жуда катта фарқ бор. Ҳозирги ёшлар ўзлари бемалол чет тиллари ва янги технологияларни ўрганиши, халқаро даражада рақобатга киришиши мумкин. Шунинг учун ҳеч қандай сунъий тўсиқ билан ўзларини чегаралаб қўймасдан, яхши ният билан доим олға ҳаракатда бўлишингизни тилайман.


Мактабни битиргандан кейин жуда кўп турли йўналишлар бор, жумладан, давлат ишида карьера қилиш, хусусий секторда ишлаш, ўз бизнесига эга бўлиш, илм-фан билан шуғулланиш, нодавлат ташкилотида фаолият юритиш, халқаро ташкилотларда ишлаш ёки бошқа турли касблар билан ўзини-ўзи банд қилиш.


Қайси йўналишни танлашингиздан қатъий назар, энг асосийси яхши инсон бўлиб, бахтли яшаб, жамиятга ва ўзингизга фойдали ҳамда қизиқарли фаолият билан шуғулланишингизни тилаб қоламан!


Шу билан бирга чет тиллари ва ахборот технологияларини ўргансангиз, қайси йўналишда бўлсангиз ҳам, муваффақиятга эришиш имкониятларингиз янада кенгайиши аниқ.


Замонавий технологиялар ўз оиласи билан бирга Ўзбекистонда яшаб, чет элга ўз хизматини интернет орқали кўрсатиб, юқори даромад олиш имкониятини яратади.


Бизни соҳага қизиқувчи ёшларга эса биз янада кўпроқ имкониятлар очишга доим ҳаракат қиламиз, IT Park резидентлари ва улардаги ишчи ўринлари сони кун сайин ошмоқда. Ўзбекистондаги яратилган имкониятларга қизиқиб келаётган чет эллик компаниялар ҳам кўпаймоқда. Фақат билимли ва ҳаракатчан мутахассислар керак.


https://www.facebook.com/watch/?v=927238121889163
“Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–76-son Farmoni imzolandi

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1718/

#digital
#mitc
#farmon

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
O‘z bilim va ko‘nikmalaringiz orqali masofadan turib pul topishni istaysizmi?

Biznesga sarmoya kiritishingiz, kontrakt to‘lashingiz, xalqaro bozorda ishlashingiz va shu kabi rejalaringizni amalga oshirish uchun moliyaviy tomonlama qiynalyapsizmi?

Unda, shoshiling 30 may kuni,
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida soat 9:30 da bo‘lib o‘tadigan forumga taklif etamiz.

Forumda mamlakatimizning yetakchi frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro‘yxatdan o‘tish va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar ko‘rsatib o‘tiladi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, joylar cheklangan!

🔗 Ro‘yxatdan o‘ting: https://shorturl.at/dfhGJ

📍 Manzil: Toshkent sh, Yunusobod tumani, Yangi shahar 9

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99855 501 03 02

#digital
#mitc
#frilanserlik

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube