Digital.uz
✔
13.2K subscribers
22.7K photos
1.26K videos
1 file
7.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
🏆Zamonaviy kasblar” tanlovi — barcha hududlarda!

🟪Besh tashabbus olimpiadasi yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Zamonaviy kasblar” tanlovi doirasida respublikamizning barcha hududlarida saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda.

📈 Tanlov 3 ta yo‘nalishni qamrab oldi:
- Eng yaxshi mobilografiya ishi
- Eng yaxshi veb-sayt
- Eng yaxshi grafik dizayn


Ishtirokchilar o‘z bilimlari, ijodkorligi va amaliy ko‘nikmalarini tanlov davomida namoyish etishmoqda.

💡Eslatib o’tamiz, 1-o’rin sohiblariga Changan Uni-E avtomobili, 2-o’rin uchun 75 million so’m va 3-o’rin sohiblari uchun 50 million pul yutuqlari ajratilingan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌DataVolt bilan raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov DataVolt kompaniyasining bosh ijrochi direktori Rajit Nanda bilan uchrashuv o‘tkazdi.

➡️Uchrashuvda O‘zbekistonda zamonaviy ma’lumotlar markazlarini rivojlantirish, raqamli infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish hamda hamkorlikning istiqboldagi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

🟢Tomonlar IT Park Uzbekistan hududida qurilayotgan ma’lumotlar markazining joriy holati, qurilish ishlarining yakuniy bosqichi va loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, obyektni foydalanishga topshirish muddatlari, tashkiliy masalalar hamda ochilish marosimini o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/234001
____

📌 Uzbekistan and DataVolt Discuss Further Development of Digital Infrastructure

Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with Rajit Nanda, Chief Executive Officer of DataVolt.

➡️ The meeting focused on the development of modern data centers in Uzbekistan, expanding the country’s digital infrastructure capabilities, and exploring prospective areas for further cooperation.

🟢The parties exchanged views on the current status of the data center under construction at IT Park Uzbekistan, the final stages of construction, and measures to ensure the project is launched within the planned timeframe. They also discussed the timeline for commissioning the facility, organizational matters, and plans for the opening ceremony.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/234001

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💳O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirilgani e’lon qilindi

Samarqand shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH o‘rtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida “Raqamli texnologiyalar” mavzusida panel sessiyasi tashkil etilmoqda.

Sessiya Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH davlat idoralari vakillari, shuningdek, yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi biznes dastur doirasida o‘tkazilmoqda.

🔘Tadbirning muhim yangiliklaridan biri — Google Cloud’ning Davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yoʻnalishi boʻyicha rahbari Marcin Krasuski tomonidan Google Pay xizmatining O‘zbekistonda ishga tushirilgani e’lon qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Samarqandda “C5+1” formatidagi biznes dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri raqamli texnologiyalar bo‘ldi

Samarqandda “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida “Raqamli texnologiyalar” mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

➡️U Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH davlat idoralari vakillari hamda yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi biznes dastur doirasida tashkil etildi.

Muhokamada Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, AQSH Savdo vaziri yordamchisi Devid Fogel, Markaziy Osiyo davlatlari vakillari, shuningdek, Google va boshqa xalqaro texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

🗺Sessiya davomida raqamli transformatsiya, sun’iy intellektni rivojlantirish, texnologik infratuzilmaga investitsiyalar jalb qilish, shuningdek, mintaqa kompaniyalari va amerikalik hamkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

“Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro kompaniyalar uchun qulay biznes muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. 

Biz O‘zbekistonning salohiyatini xalqaro hamkorlik bilan uyg‘unlashtirish orqali yangi investitsiyalarni jalb qilish, AT xizmatlar eksportini kengaytirish va mamlakatimizni global texnologik zanjirlarning faol ishtirokchisiga aylantirishni ko‘zlaymiz.

AQSH kompaniyalari bilan hamkorlik bu borada katta imkoniyatlar ochadi. Biz ularning ilg‘or tajribasi, texnologiyalari va bilimlarini mamlakatimizga olib kirish, mahalliy mutaxassislar salohiyatini rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdormiz. 

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlarini bir-biriga raqobatchi sifatida emas, balki umumiy maqsadlar yo‘lida hamkor sifatida ko‘ramiz.

Mintaqa davlatlarining o‘zaro hamkorligi, tajriba almashinuvi va birgalikdagi tashabbuslari butun Markaziy Osiyoning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Ishonamizki, inson kapitaliga investitsiya kiritish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash orqali O‘zbekiston hamda butun mintaqamiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish mumkin”, – dedi vazir oʻz nutqida.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/234712

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM