Digital.uz
✔
13.3K subscribers
22.8K photos
1.27K videos
1 file
7.76K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligida ilk bor xotin-qizlar uchun axborot burchagi tashkil etildi

✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” AKT haftaligi doirasida GAP | Women IT Club loyihalariga bag‘ishlangan “GAP bilan yangi imkoniyatlar sari” seminari bo‘lib o‘tdi. Unda 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

✅ Ushbu hamjamiyat Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’lim, karyera, tadbirkorlik, yetakchilik va mentorlik yo‘nalishlarida 10 dan ortiq loyiha va tashabbusni amalga oshirmoqda.

📊 Seminar davomida xotin-qizlarni AT va raqamli texnologiyalar sohasiga jalb qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy o‘sishi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: 2022-yildan buyon 40 ga yaqin tadbir orqali 10 mingdan ziyod xotin-qiz qamrab olindi, hududlarda esa raqamli savodxonlikka oid tadbirlarda 2 mingdan ortiq ayol ishtirok etdi. AT sohasidagi xotin-qizlar uchun ilk milliy mukofot – “Yulduz Tech Awards” bilan jami 39 nafar xotin-qiz taqdirlangan bo‘lsa, “IT Drivers of Uzbekistan” loyihasidagi “12 ta muvaffaqiyat” hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda 50 mingga yaqin ko‘rilgan.


📱 Shuningdek, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida tashkil etilgan axborot burchagida my.gov.uz portali bo‘yicha statistik ma’lumotlar taqdim etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ AWS Community Day Central Asia bo‘lib o‘tmoqda!

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi AWS Community Day Central Asia Toshkentda o‘z ishini boshladi. Tadbirda bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt, DevOps, kiberxavfsizlik va zamonaviy IT-infratuzilmalar bo‘yicha texnik sessiyalar o‘tkazilmoqda.

Tadbirda 15 dan ortiq spiker va 500 dan ziyod dasturchi, bulutli texnologiyalar mutaxassisi hamda texnologiya ixlosmandlari ishtirok etmoqda. Asosiy spikerlar qatorida Amazon Web Services vitse-prezidenti va Chief Evangelist Jeff Barr ham bor.

📲 Tadbirni quyidagi havolalar orqali kuzatishingiz mumkin:

🎬 YouTube
📱 Facebook
✈️ Telegram

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔘 Marhamat tumanida AT va BPO faoliyati o‘rganildi

💡 Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Marhamat tumanida bo‘lib, hududda AT va BPO yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, IT Park rezidenti – “Ershi Logistics” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

⚜️ Kompaniya tomonidan Marhamat tumanida zamonaviy “Ershi Logistics Center” markazi barpo etilgan bo‘lib, bu yerda 350 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda. Ular AQSh bozoridagi kompaniyalarga xizmat ko‘rsatib, o‘zlari istiqomat qilayotgan tumanining o‘zida xalqaro bozor bilan ishlash va munosib daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/224193

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠IGNYTE AI Challenge 2026 bo‘lib o‘tmoqda!

🟢 ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasidagi IGNYTE AI Challenge 2026 xalqaro texnologik loyihalarni Toshkentda bir maydonga jamladi. Tadbirda sun’iy intellektdan kiberxavfsizlik va ta’lim sohalarida foydalanishga qaratilgan yechimlar taqdim etilmoqda.

Ishtirokchilar o‘z loyihalarini soha mutaxassislariga taqdim etib, ekspertlar fikrini olish, mahalliy hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

🔻Tadbirni quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

🎬YouTube
📱Facebook

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026 — AKT haftaligi davom etmoqda!

🟡 Toshkentda o‘tayotgan ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida texnologiyalar va innovatsiyalar olamini bir joyga jamlagan ICT EXPO 2026 xalqaro ko‘rgazmasi davom etmoqda.

Ko‘rgazmada mahalliy va xalqaro kompaniyalar o‘zining eng yangi texnologik mahsulotlari, raqamli yechimlari va innovatsion loyihalarini namoyish etmoqda.

Tashrif buyuruvchilar AT, telekommunikatsiya, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va boshqa yo‘nalishlardagi so‘nggi ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega.

Ko‘rgazma hududidagi muhim voqealar, qiziqarli taqdimotlar va texnologik yangiliklarni biz bilan birga onlayn tomosha qiling.

🔻 Jonli efirni hoziroq tomosha qiling!

🇺🇦Youtube

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM