Digital.uz
12.8K subscribers
21.3K photos
1.17K videos
1 file
7.28K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
💻 “Uzbekistan’s IT Drivers” ruknining navbatdagi qahramoni — Nodira Tillayeva

🟣 Bugungi kunda o‘zbekistonlik yosh olimlar sun’iy intellekt, kosmik texnologiyalar va geofazoviy tahlil yo‘nalishlarida xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Navbatdagi ruknimiz GeoAI, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va kosmik texnologiyalar orqali ekologik muammolarni o‘rganayotgan yosh olima Nodira Tillayevaga bag‘ishlanadi.

📌 Raqamli texnologiyalar vazirligi ilm-fan, sun’iy intellekt va kosmik texnologiyalar yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini hamda ularning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

🟢 Hozirda Yaponiyaning Nagoya universiteti magistratura bosqichida tahsil olayotgan Nodira yaqinda Xalqaro Astronavtika Federatsiyasi (IAF) tomonidan O‘zbekistondan "Emerging Space Leader" ("Kosmik sohaning istiqbolli yetakchisi") sifatida e’tirof etildi va IAC 2026 Butunjahon astronavtika kongressida ma’ruza qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

👉 Shuningdek, u "30DayMapChallenge Uzbekistan" tashabbusi orqali ekologik ma’lumotlarni ochiq xaritalashtirish loyihalarini rivojlantirib kelmoqda hamda qariyb yetti yildan buyon xotin-qizlarni STEM yo‘nalishlariga jalb etish va mentorlik qilish bo‘yicha faol tashabbuslar muallifi hisoblanadi.

🚀 Qahramonimizning ilmiy faoliyati, xalqaro yutuqlari hamda kosmik texnologiyalar sohasidagi loyihalari bilan karusel orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

❗️Siz ham "Uzbekistan's IT Drivers" ruknida ishtirok etishni istasangiz yoki shunday ilhomlantiruvchi mutaxassislarni tanisangiz, quyidagi manzil orqali bog‘lanishingiz mumkin:
📧 o.raximova@it-park.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish hamda telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по внедрению единой интегрированной цифровой платформы государственного управления, развитию экосистемы стартапов и улучшению бизнес-среды в сфере телекоммуникаций.

#Mirziyoyev #taqdimot #raqamlashtirish #telekommunikatsiyalar

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IOI2026 #Uzbekistan

🔊 Yana bir tarixiy voqea: O'zbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi!

Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi - maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir.

📈 Raqamlarda:

➡️ 97+ davlatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi;
➡️ Delegatlar, hakamlar va kuzatuvchilar soni 900 nafardan oshdi.

2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor!

🔜 9-16-avgust
📍CAEx ko'rgazmalar markazi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇯🇵 Yaponiya biznes federatsiyasi bilan raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi

➡️ Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Yaponiya biznes federatsiyasi (Keidanren) huzuridagi Yaponiya va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligi qo‘mitasi raisi Takeshi Hashimoto boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚫️ Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🌎 Xususan, Yaponiyada axborot texnologiyalari mutaxassislariga bo‘lgan yuqori talabni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar tayyorlash, ularning salohiyatini xalqaro mehnat bozoriga yo‘naltirish hamda Yaponiyaga AT xizmatlari eksportini kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🔗 Shuningdek, delegatsiyaga O‘zbekistonda ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari (Data Center)ni tashkil etish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va yirik texnologik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli iqtisodiyot, AT xizmatlari eksporti, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda inson kapitalini yuksaltirish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔖O‘zbekistonning sun’iy intellekt sohasidagi tajribasi Jenevada taqdim qilindi

😉Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 5–6-iyul kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilgan Sun’iy intellektni boshqarish bo‘yicha Global muloqot (Global Dialogue on AI Governance) tadbirida ishtirok etdi.

BMT tizimi doirasida ilk bor tashkil etilgan mazkur muloqot xalqaro tashkilotlar, 170 dan ortiq davlat delegatsiyalari, yetakchi olimlar, texnologik kompaniyalar, investorlar hamda fuqarolik jamiyati vakillarini bir maydonga jamladi.

📌Tadbirning asosiy maqsadi sun’iy intellekt sohasida samarali global boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish, texnologiyalardan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanishni ta’minlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/189450

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM