Digital.uz
12.8K subscribers
21.3K photos
1.17K videos
1 file
7.28K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
😉 Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

🟢O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

🌟 Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, 300 ga yaqin tadbirkorlar hamda yoshlar ishtirok etdilar.

⚡️ Ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro ta’lim olgan iqtidorli yoshlar bilan mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, innovatsion g‘oyalar va zamonaviy bilimlarni mamlakat iqtisodiyoti hamda biznes rivojiga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/187730

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟪 Jizzax Milliy AI Hackathon bo‘lib o‘tdi

🗣Jizzax shahrida yosh dasturchilar, startapchilar va sun’iy intellekt sohasi mutaxassislari uchun O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi eng yirik loyihalaridan biri – Milliy AI Hackathon tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🟣 Tanlov yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

Sog‘liqni saqlash yo‘nalishida:

1-o‘rin: Cardiomate jamoasi
2-o‘rin Avicenna jamoasi
3- o‘rin Alfa jamoasi.

Ta’lim yo‘nalishida:

1-o‘rin: Beatles Liverpool jamoasi
2-o‘rin Studyspark jamoasi
3- o‘rin TTPREP jamoasi.

Tadbirkorlik yo‘nalishida:

1-o‘rin: Yosh Tadbirkorlar jamoasi
2-o‘rin Aletis jamoasi
3- o‘rin Recore jamoasi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/187858

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔒 Group-IB bilan kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi

➡️Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi Group-IB kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚜️Uchrashuvda O‘zbekistonda kiberxavfsizlik tizimini yanada takomillashtirish, davlat va xususiy sektorning kiberbarqarorligini oshirish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, raqamli gigiyena madaniyatini shakllantirish hamda mazkur yo‘nalishda kadrlar salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

🟢Uchrashuv davomida Group-IB mutaxassislari kiberxavflar, moliya sohasiga qaratilgan hujumlar hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Batafsil:
👉 https://digital.uz/oz/news/view/187887
____

🔒 Рассмотрены вопросы расширения сотрудничества с Group-IB в сфере кибербезопасности

➡️ Министр цифровых технологий Шерзод Шерматов провел встречу с руководством компании Group-IB, специализирующейся в области кибербезопасности.

⚜️ В ходе встречи были обсуждены вопросы дальнейшего совершенствования системы кибербезопасности в Узбекистане, повышения киберустойчивости государственного и частного сектора, противодействия киберпреступности, формирования культуры цифровой гигиены, а также развития кадрового потенциала в данной сфере.

Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/187887

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎮 O‘zbekistonda GameDev va animatsiya ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

🎮 Toshkent shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Uzbekistan Creative Association (UZCA) hamkorligida GameDev va animatsiya ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir IT Park Uzbekistan va "Mirzo Ulug‘bek vorislari" o‘quv kurslari ishtirokida tashkil etildi.

📌 Davra suhbatida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, GameDev, animatsiya, VFX va dizayn yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan studiyalar, IT kompaniyalari, ta’lim muassasalari va kreativ industriya vakillari qatnashdi.

👉 Davra suhbati davomida O‘zbekistonda GameDev va animatsiya sohalarining bugungi holati hamda istiqbollari, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, malakali kadrlar tayyorlash, studiyalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro bozorlarga chiqish, investitsiyalarni jalb etish hamda davlat va xususiy sektor hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🗒 Dastlab vazir o‘z so‘zida iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda GameDev va animatsiya yo‘nalishlarini iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlaridan biriga aylantirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda xalqaro tajribani joriy etish, eksport salohiyatini oshirish va zamonaviy ekotizimni shakllantirish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilishini qayd etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/188229

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️ INHA FOUNDATION DASTURI ORQALI YEVROPADA TA'LIM OLISH IMKONI

Toshkent shahridagi Inha Universiteti CIRPS (Interuniversity Research Centre for Sustainable Development) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Foundation dasturiga qabul boshlanganini e'lon qiladi. Ushbu bir yillik dastur Boloniya ta'lim tizimi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Yevropaning 48ta davlatida qabul qilinadi.

🌐 Dastur Italiya va Yevropadagi universitetlarda ta'limni davom ettirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan.
🎓 Dastur oliy ta'limning 1-kursiga tenglashtirilgan bo‘lib, unda 11-sinf o‘quvchilari hamda maktab va akademik litsey bitiruvchilari tahsil olishlari mumkin.
📈 Ta'lim ingliz tilida olib boriladi

Qabul ochiq!

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish
🔗 Qabul tartibi
➡️ Murojaat uchun telefon: 71 289 99 94 @admissioniut @askinhabot
____________

▫️ OPPORTUNITY TO STUDY IN EUROPE WITH FOUNDATION PROGRAM OF INHA

Inha University in Tashkent is launching Foundation Program in partnership with CIRPS (Interuniversity Research Centre for Sustainable Development). This is one-year program developed in accordance with the principles of the Bologna Process and is recognized in 48 European countries.

🌐 Designed for applicants planning to continue their studies at universities in Italy and across Europe
🎓 The program is equivalent to the first year of higher education and is open to 11th-grade students, as well as graduates of high schools and academic lyceums.
📈 The program is taught in English

Admissions are now open!

➡️ Registration link
🔗 Admission rules
✈️ For more information: 71 289 99 94 @admissioniut @askinhabot
____________

▫️ ВОЗМОЖНОСТЬ ОБУЧЕНИЯ В ЕВРОПЕ ЧЕРЕЗ ПРОГРАММУ FOUNDATION УНИВЕРСИТЕТА INHA

Университет Инха в Ташкенте объявляет набор на программу Foundation, реализуемую совместно с CIRPS (Interuniversity Research Centre for Sustainable Development). Это годичная программа, разработанная в соответствии с принципами Болонского процесса и признаваемая в 48 странах Европы.

🌐 Предназначена для абитуриентов, планирующих продолжить обучение в университетах Италии и других стран Европы
🎓 Программа приравнивается к первому курсу высшего образования и предназначена для учащихся 11-х классов, а также выпускников школ и академических лицеев.
📈 Обучение ведется на английском языке

Прием открыт!

➡️ Ссылка для регистрации
🔗 Правила приема
✈️ Тел. для справок: 71 289 99 94 @admissioniut @askinhabot

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 “Uzbekistan’s IT Drivers” ruknining navbatdagi qahramoni — Nodira Tillayeva

🟣 Bugungi kunda o‘zbekistonlik yosh olimlar sun’iy intellekt, kosmik texnologiyalar va geofazoviy tahlil yo‘nalishlarida xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Navbatdagi ruknimiz GeoAI, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va kosmik texnologiyalar orqali ekologik muammolarni o‘rganayotgan yosh olima Nodira Tillayevaga bag‘ishlanadi.

📌 Raqamli texnologiyalar vazirligi ilm-fan, sun’iy intellekt va kosmik texnologiyalar yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini hamda ularning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

🟢 Hozirda Yaponiyaning Nagoya universiteti magistratura bosqichida tahsil olayotgan Nodira yaqinda Xalqaro Astronavtika Federatsiyasi (IAF) tomonidan O‘zbekistondan "Emerging Space Leader" ("Kosmik sohaning istiqbolli yetakchisi") sifatida e’tirof etildi va IAC 2026 Butunjahon astronavtika kongressida ma’ruza qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

👉 Shuningdek, u "30DayMapChallenge Uzbekistan" tashabbusi orqali ekologik ma’lumotlarni ochiq xaritalashtirish loyihalarini rivojlantirib kelmoqda hamda qariyb yetti yildan buyon xotin-qizlarni STEM yo‘nalishlariga jalb etish va mentorlik qilish bo‘yicha faol tashabbuslar muallifi hisoblanadi.

🚀 Qahramonimizning ilmiy faoliyati, xalqaro yutuqlari hamda kosmik texnologiyalar sohasidagi loyihalari bilan karusel orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

❗️Siz ham "Uzbekistan's IT Drivers" ruknida ishtirok etishni istasangiz yoki shunday ilhomlantiruvchi mutaxassislarni tanisangiz, quyidagi manzil orqali bog‘lanishingiz mumkin:
📧 o.raximova@it-park.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM