Digital.uz
12.1K subscribers
20.2K photos
1.14K videos
1 file
7K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
➡️ Toshkentda Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo davlatlar kosmik agentliklari rahbarlarining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🔵 Space Technology Conference 2026 doirasida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston, shuningdek, kuzatuvchi mamlakatlar Vengriya va Turkmaniston vakillari kosmik sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Texnologik sun’iy yo‘ldosh yaratish bo‘yicha qo‘shma loyiha, Yerni masofadan zondlashni rivojlantirish, iqtisodiyotga kosmik texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va xususiy sektorning ishtiroki diqqat markazida bo‘ldi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/147668



➡️ В Ташкенте состоялось 5-е заседание руководителей уполномоченных органов космической отрасли стран Организации тюркских государств

🔵 В рамках Space Technology Conference 2026 представители Узбекистана, Турции, Казахстана, Азербайджана и Кыргызстана, а также стран-наблюдателей Венгрии и Туркменистана обсудили ключевые направления развития космической отрасли.

В центре внимания стали совместный проект по созданию технологического спутника, развитие дистанционного зондирования Земли, внедрение космических технологий в экономику, а также расширение международного сотрудничества и участие частного сектора.

Подробнее: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/147668

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

➡️Joriy yilning 26-27-mart kunlari Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahar “Pichoqchi” MFYdagi “Raqamli texnologiyalar markazi” binosida Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari boshchiligida tizimidagi korxona va tashkilot rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

🤔 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullari, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilot rahbarlari, Marg‘ilon shahar xalq qabulxonasi rahbari hamda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi rahbariyati ishtirok etdi.

O‘tkazilgan sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etib, sohaga oid masalalar yuzasidan o‘zlarining murojaatlari hamda takliflarini bildirdilar.

📌Sayyor qabulda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK direktori M.Yuldashev fuqarolar tomonidan korxona faoliyatiga taalluqli masalalar va xizmatlar yuzasidan qiziqtirgan savollarga javob berib, ko‘tarilgan masalalarni atroflicha oʻrganib, tahlil qilgan holda, yechimga ega masalalarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛰 “Space Technology Conference STC-2026” nomli kosmik texnologiyalari xalqaro konferensiyasi O‘zbekistonda bo'lib o‘tmoqda

O‘zbekiston mintaqadagi kosmik sanoat markaziga aylanmoqda: Space Technology Conference – Central Eurasia (STC) o‘zining 5 yilligini O‘zbekistonda nishonlamoqda.

➡️ Tashkil etilganidan buyon ushbu tadbir mintaqa kosmik sanoati yetakchilari uchun har yili o‘tkaziladigan muhim uchrashuv maydoniga aylandi. U global tijorat tashkilotlariga mintaqaviy hukumatlar bilan hamkorlik qilish, biznes imkoniyatlarini o‘rganish, innovatsiyalarni namoyish etish hamda uzoq muddatli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

🧑‍💻 Buyuk Britaniyaning Dialogue Events kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan va O‘zbekiston Milliy kosmik agentligi — “O‘zbekkosmos” mezbonligida o‘tkazilayotgan nufuzli STC 2026 poytaxtimizdagi InterContinental mehmonxonasida bo‘lib o‘tmoqda. Unda 32 ta davlatdan 24 ta homiy va 400 nafar delegat ishtirok etib, Markaziy Yevrosiyo kosmik ekotizimining rivoji hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/148189

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨🏻‍🚀 Astronavtlar Michael López-Alegría va Alper Gezeravci talabalar bilan uchrashib, haqiqiy kosmik missiyalar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi

🔘 STC 2026 doirasida ular Yangi O‘zbekiston, Turin Polytechnic va CAU universitetlarida ma’ruzalar o‘tkazib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va talabalarning savollariga javob berdilar.

O‘zbekistonning o‘z kosmonavtini tayyorlash rejalari fonida bunday tajriba almashish milliy kadrlar salohiyatini rivojlantirish uchun muhimdir. Bunday uchrashuvlar yosh avlodni ilhomlantirish, ilm-fanga qiziqish uyg‘otish va kosmik sohada bo‘lajak mutaxassislarni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.



👨🏻‍🚀 Астронавты Майкл Лопес-Алегрия и Альпер Гезеравджи встретились со студентами и поделились своим опытом реальных космических миссий

🔘 В рамках STC 2026 они провели лекции в университетах Yangi O‘zbekiston, Turin Polytechnic и CAU, где поделились своим опытом и ответили на вопросы студентов.

На фоне планов Узбекистана по подготовке собственного космонавта подобный обмен опытом становится особенно ценным для развития национального кадрового потенциала. Такие встречи играют важную роль в вдохновении молодого поколения, формировании интереса к науке и развитию будущих специалистов в космической сфере.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM