Digital.uz
12.1K subscribers
20.2K photos
1.14K videos
1 file
6.99K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
☄️ Raqamli transformatsiya: 2025-yilda nechta haydovchi ortiqcha ovoragarchilikdan qutuldi?

🚗 Tahlillarga ko‘ra, haydovchilar orasida my.gov.uz orqali eng ko‘p foydalanilgan xizmat elektron ishonchnoma rasmiylashtirish bo‘ldi. 1,4 mln dan ortiq ishonchnoma masofadan tasdiqlandi.

Bu ko‘rsatkich notarial idoralardagi navbatlarning kamayishiga va fuqarolarning vaqti tejalishiga bevosita xizmat qildi.

📊 Xizmatlar kesimidagi statistika:
🗄 1,4 + mln — elektron ishonchnoma rasmiylashtirildi.
🗄 375,4 + ming — yo'lovchi va yuk tashishga litsenziya.
🗄 333,7 + ming — oynalar tusini o'zgartirishga ruxsatnoma olindi.
🗄 132,3 + ming — sug‘urta polisi rasmiylashtirildi.
🗄 19,6 + ming — gaz uskunasi o‘rnatishga ruxsat olindi.
🗄 16,9 + ming — reklama pasporti rasmiylashdi.
🗄 11,1 + ming — haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirildi.

🔐 Bugun sohadagi davlat xizmatlarining onlaynga ko‘chishi korrupsion xavflarni kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Fargʻona shahrida yangi IT-park majmuasi va “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi, Margʻilon shahrida xalqaro IT oliygohini ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilish avvalida soʻnggi yillarda Fargʻona viloyatida amalga oshirilgan tizimli islohotlarning natijalari tahlil qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/127928

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 “Network Readiness Index–2025” reytingida O‘zbekiston 9 pog‘onaga yuqoriladi

🗒Portulans instituti (AQSh) tomonidan har yili e’lon qilib boriladigan “Network Readiness Index”ning 2025-yilgi navbatdagi hisobot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z o‘rnini 9 pog‘onaga yaxshilab, 72-o‘rinni egalladi.

Mazkur natija mamlakatda raqamli transformatsiya jarayonlari tizimli va barqaror amalga oshirilayotganini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida salmoqli ilgarilash kuzatilayotganini yaqqol namoyon etmoqda.

📈 Reytingning jahon miqyosidagi yetakchi mamlakatlari sifatida AQSh, Finlyandiya, Singapur, Daniya va Shvesiya qayd etilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning “Network Readiness Index” ko‘rsatkichlari izchil o‘sib bormoqda. Mamlakat 2024-yilda 81-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2025-yilga kelib 72-o‘ringa ko‘tarildi.

📤 Bu esa mamlakatda:

– raqamli infratuzilmaning rivojlanishi,
– elektron davlat xizmatlarining kengayishi,
– aholi va biznesda raqamli ko‘nikmalarning ortishi,
– IT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ortib borayotganini ko‘rsatadi.


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔠 Jahon banki bilan raqamli transformatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi

↪️ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Jahon bankining raqamli yo‘nalish menejeri Isabel Neto xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

🌟Uchrashuvda O‘zbekistonda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilinib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, davlat xizmatlarining sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💫Jahon banki vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarni, jumladan, telekommunikatsiya sohasidagi o‘zgarishlarni, shuningdek, AKT infratuzilmasini kengaytirishga investitsiyalarni jalb etish hamda IT ta’limi va malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/128143
_________

🔠Uzbekistan and the World Bank Discuss Expansion of Cooperation in Digital Transformation

↪️ Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held talks with a World Bank delegation led by Mrs. Isabel Neto, Digital Manager for Europe and Central Asia.

🌟The discussions focused on ways to accelerate digital transformation processes in Uzbekistan, with the aim to support the creation of new jobs through the development of the digital economy and further improving the quality and accessibility of public services.

💫 The World Bank officials welcomed the ongoing digital reforms in Uzbekistan, including in the telecommunications sector, as well as measures that the government is putting place to attract investment in expanding ICT infrastructure and in developing IT education and training programs in Uzbekistan.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/128143

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 BAAning Etisalat And kompaniyasi bilan telekommunikatsiya yoʻnalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

📶 Bugun, 5-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirligining 189 million abonentga ega va dunyoning 38 ta davlatida xizmat koʻrsatayotgan e& (Etisalat And) (Emirates Telecommunications Group Company PJSC) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🫥 Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda texnologik va infratuzilmaviy integratsiya imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlik markazi sifatidagi strategik o‘rniga alohida e’tibor qaratdilar.

🤩 Muzokaralar doirasida e& delegatsiyasi kompaniyaning global faoliyati, xalqaro bozorlardagi tajribasi hamda telekommunikatsiya va raqamli xizmatlar sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

Batafsil:👉 https://digital.uz/oz/news/view/128632

_______

🧠 Telecommunications Cooperation Prospects Discussed with UAE’s e& (Etisalat Group)

📶 Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with a delegation of the UAE telecommunications group e& (Emirates Telecommunications Group Company PJSC), which serves around 189 million subscribers and operates in 38 countries worldwide.

🫥 During the meeting, the parties discussed the development of telecommunications infrastructure across Central Asia and the Middle East, as well as opportunities for deeper technological and infrastructure integration. Particular attention was given to Uzbekistan’s strategic position as a platform for regional cooperation.

🤩 The e& delegation presented information on the company’s global operations, international market experience, and priority areas in telecommunications and digital services.

In detail:👉 https://digital.uz/oz/news/view/128632

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 My.gov.uz orqali sug‘urta polislarini masofadan rasmiylashtirish imkoniyati kengaytirildi

☝️ Endilikda fuqarolar sug‘urta polislarini rasmiylashtirish uchun sug‘urta kompaniyalari ofislariga borib vaqt sarflamasdan, “Alskom Sug'urta Kompaniyasi" sug‘urta polislarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali masofadan turib, tez va qulay tarzda rasmiylashtirishlari mumkin.

Hozirda portal orqali quyidagi sug‘urta polislarini onlayn rasmiylashtirish mumkin:
🟢“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish'” (ОСАГО)
🟢 “Baxtsiz hodisalardan yakka tartibda sug'urta qilish”
🟢 “Sportchilarni sug'urta qilish”
🟢“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta gilish”
🟢 “Chet elga chiquvchilarni baxtsiz hodisadan sug'urta qilish”
🟢 “Gaz qurilmasi o'rnatilgan avtotransport vositasini sug'urta qilish”
🟢 “Avtomobillarni kompleks sug'urta qilish”
🟢 “Hujjatlarni sug'urta qilish”
🟢 “Ixtiyoriy tibbiy sug'urta”
🟢 “Ko'chmas mulk sug'urtasi”

📞 Batafsil ma'lumot: +998 71 201 11 00
______

🇺🇿 Расширены возможности дистанционного оформления страховых полисов через My.gov.uz

☝️ Теперь граждане могут оформлять страховые полисы без необходимости тратить время на посещение офисов страховых компаний. Страховые полисы компании «Alskom Sug'urta Kompaniyasi» доступны для оформления в дистанционном, быстром и удобном формате через Единый интерактивный портал государственных услуг — my.gov.uz.

В настоящее время через портал можно онлайн оформить следующие виды страховых полисов:
🟢 «Обязательное страхование автогражданской ответственности» (ОСАГО)
🟢 «Индивидуальное страхование от несчастных случаев»
🟢 «Страхование спортсменов»
🟢 «Оформление обязательного страхования гражданской ответственности перевозчика»
🟢 «Страхование выезжающих за границу»
🟢 «Страхование автотранспортного средства, оснащённого газовым оборудованием»
🟢 «Комплексное автомобильное страхование»
🟢 «Страхование личных документов»
🟢 «Добровольное медицинское страхование»
🟢 «Страхование недвижимого имущества»

📞 Подробнее: +998 71 201 11 00

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🦰 Xotin-qizlarning AT sohasida ta’lim olishi va ish bilan ta’minlanishiga ko‘mak berilmoqda

🌐 Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Infocus” kompaniyasi hamda “GAP” ayollar IT-klubi hamkorligida “Digital Women in Focus” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi.

📌 Mazkur ijtimoiy loyihaning asosiy maqsadi — xotin-qizlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularga professional mentorlik yordamini ko‘rsatish hamda munosib ish o‘rinlariga joylashishlarida amaliy ko‘maklashishdan iborat.


Loyiha doirasida tanlov asosida saralab olingan ishtirokchilar 7 hafta davom etgan maxsus o‘quv dasturida qatnashdilar. Dastur davomida ular “Ma’lumotlar bazasi muhandisligi” (Database Engineering) yo‘nalishi bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy bilimlar va amaliy tajribaga ega bo‘ldilar.

🏆 Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Rizayeva Muslima, Ochildiyeva Jasmina, Xadjiyeva Diana, Rustamova Nozima va Nuriddinova Amina ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.

💼 Dastur yakuniga yetmasidan oldin ishtirokchilarning to‘rt nafari ish bilan ta’minlandi, yana bir ishtirokchi esa kurs tugaganidan so‘ng ishga joylashdi.

Kеlgusida ushbu loyihani yanada kengroq ko‘lamda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/129041

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM