Digital.uz
12.1K subscribers
20.2K photos
1.14K videos
1 file
6.99K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
🛡 “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi bo‘lib o‘tdi

🟪So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari global miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Yetakchi davlatlar sun’iy intellektni innovatsion texnologiya bilan bir qatorda milliy raqobatbardoshlik va inson kapitalini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi sifatida ko‘rmoqda. O‘zbekistonda ham raqamli transformatsiya jarayonlari doirasida sun’iy intellekt salohiyatidan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2025-yil 28-noyabr kuni sun’iy intellekt bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro forum doirasida “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berilgan edi.

➡️Bugun, 29-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum talaba-yoshlarni loyiha doirasida keng qamrab olish, Prezident tashabbuslarini yoshlar orasida targ‘ib etish hamda “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasining “talabalar karvoni”ga rasmiy start berish maqsadida tashkil etildi.

💬 Forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov talaba-yoshlar yaratgan sun’iy intellektga asoslangan innovatsion ishlanmalar, startap loyihalar hamda zamonaviy raqamli yechimlar bilan tanishdi. Vazir ishlanmalarni ko‘zdan kechirib, yoshlarning tashabbuskorligi, ilmiy-amaliy yondashuvi va innovatsion g‘oyalarini yuqori baholadi. Shuningdek, loyihalarni yanada takomillashtirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda tijoratlashtirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar berildi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/125831

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Toshkent axborot texnologiyalari universitetida boʻlib oʻtgan “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumidan videolavha

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Raqamli texnologiyalar sohasidagi lider xotin-qizlarni izlayapmiz!

🌐 Raqamli texnologiyalar vazirligi “GAP” Ayollar IT-klubi bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab AT sohasida faol, tashabbuskor va o‘z hududi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarni aniqlashni boshladi.

Agar siz:

🟢 o‘z hududingizda yangi AT loyihalarni amalga oshirishni istasangiz,

🟢 raqamli texnologiyalar sohasida xotin-qizlar ulushini oshirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz,

🟢 liderlik salohiyatingiz va tashabbuslaringiz bilan jamoani ortingizdan ergashtira olsangiz,


unda biz sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

🔗 Quyidagi havola orqali ma’lumotlaringizni qoldiring. Hududingizga tashrifimiz davomida siz bilan albatta bog‘lanamiz.

👉 HAVOLA: https://forms.gle/tuEGhLk3EEtJymsW6

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 IT Park Uzbekistan “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasi doirasida auditorlik va konsalting kompaniyalarini tanlash boshlanganini e’lon qildi. Tanlangan kompaniyalar Zero Risk rag‘batlantirish dasturi doirasida moliyaviy audit va to‘lovlar uchun topshirilgan arizalarni tekshiradi.

🤝 Auditorlik va konsalting xizmatlarida tajribaga ega kompaniyalar ishtirok etishi mumkin.

Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 12-fevral, soat 18:00

📖 Batafsil ma’lumot uchun maqolani to‘liq o‘qing: https://digital.uz/oz/news/view/126955



🟢 IT Park Uzbekistan has announced the launch of a selection process for auditing and consulting companies within the Digital Inclusion in Uzbekistan project. Selected companies will conduct financial audits and review applications for incentive payments under the Zero Risk program.

🤝 Qualified auditing and consulting firms with relevant experience are invited to apply.

Application deadline: February 12, 2026, 6:00 PM.

📖 Read the full article to learn more: https://digital.uz/oz/news/view/126955

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 UZINFOCOMda IT-mutaxassislar uchun vakansiyalar ochildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz mutaxassislarni raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirishda ishtirok etishga taklif etadi.

💡 Portal jamoasida ishlash - bu millionlab fuqarolar har kuni foydalanadigan davlat xizmatlarini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash loyihalarida ishtirok etish, shuningdek, yirik milliy IT tashabbuslari doirasida kasbiy o‘sish imkoniyatidir.

Bo‘sh o‘rinlar:
➡️ Middle+/Senior PHP-dasturchisi
➡️ Middle+/Senior Go-dasturchi
➡️ Analitik tizim/biznes tahlilchisi
➡️ AI Engineer

🔘 Biz natijaga yo‘naltirilgan, raqamli yechimlar sifati uchun mas’uliyatni baham ko‘radigan va davlat IT xizmatlarini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan nomzodlarni izlayapmiz.

❗️ Rezyumeni quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin: shaxzoda.nosirova@uzinfocom.uz



🖥 Открыты вакансии для IT-специалистов в UZINFOCOM

Единый портал интерактивных государственных услуг my.gov.uz приглашает специалистов к участию в развитии цифровых государственных сервисов.

💡 Работа в команде портала — это участие в проектах по внедрению и сопровождению государственных услуг, которыми ежедневно пользуются миллионы граждан, а также возможность профессионального роста в рамках крупных национальных IT-инициатив.

Вакансии:
➡️ Middle+/Senior PHP-разработчик
➡️ Middle+/Senior Go-разработчик
➡️ Системный аналитик/бизнес аналитик
➡️ AI Engineer

🔘 Мы ищем кандидатов, ориентированных на результат, разделяющих ответственность за качество цифровых решений и заинтересованных в развитии государственных IT-сервисов.

❗️Направлять резюме можно на электронную почту: shaxzoda.nosirova@uzinfocom.uz

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kiberxavfsizlik markazi
⚡️Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim davlat axborot tizimlaridan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari tarqalgani haqida xabarlar kuzatilmoqda

🏪Hozirda mazkur holat bo'yicha o‘rganishlar olib borilmoqda va holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Hurmatli fuqarolar!

➡️Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaxslarga oshkor etmang. Davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalaning. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o'z ma’lumotlaringizni kiritishdan saqlanishingizni so‘raymiz.

Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️ Raqamli transformatsiya: 2025-yilda nechta haydovchi ortiqcha ovoragarchilikdan qutuldi?

🚗 Tahlillarga ko‘ra, haydovchilar orasida my.gov.uz orqali eng ko‘p foydalanilgan xizmat elektron ishonchnoma rasmiylashtirish bo‘ldi. 1,4 mln dan ortiq ishonchnoma masofadan tasdiqlandi.

Bu ko‘rsatkich notarial idoralardagi navbatlarning kamayishiga va fuqarolarning vaqti tejalishiga bevosita xizmat qildi.

📊 Xizmatlar kesimidagi statistika:
🗄 1,4 + mln — elektron ishonchnoma rasmiylashtirildi.
🗄 375,4 + ming — yo'lovchi va yuk tashishga litsenziya.
🗄 333,7 + ming — oynalar tusini o'zgartirishga ruxsatnoma olindi.
🗄 132,3 + ming — sug‘urta polisi rasmiylashtirildi.
🗄 19,6 + ming — gaz uskunasi o‘rnatishga ruxsat olindi.
🗄 16,9 + ming — reklama pasporti rasmiylashdi.
🗄 11,1 + ming — haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirildi.

🔐 Bugun sohadagi davlat xizmatlarining onlaynga ko‘chishi korrupsion xavflarni kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Fargʻona shahrida yangi IT-park majmuasi va “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi, Margʻilon shahrida xalqaro IT oliygohini ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilish avvalida soʻnggi yillarda Fargʻona viloyatida amalga oshirilgan tizimli islohotlarning natijalari tahlil qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/127928

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM