Digital.uz
12.1K subscribers
20.2K photos
1.14K videos
1 file
6.99K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
⚡️Qarshida “American Makerspace” yangi innovatsion markazi ochildi

Qarshi shahrida tashkil etilgan “American Makerspace” Qarshi markazi o‘z faoliyatini rasman boshladi.

🟢Ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchkarov, AQShning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik, shuningdek, Yevropa va Afrika bo'yicha “Air Products” prezidenti Ivo Bols va Markaziy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha “Air Products” vitse-prezidenti Vatslav Harant ishtirok etdi.

⚡️ Tadbir davomida mehmonlar markazda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy jihozlar hamda yoshlar uchun mo‘ljallangan STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) yo‘nalishlaridagi amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ “American Makerspace” 3D printerlar, lazerli kesish uskunalari, dasturlar, elektronika, kodlash, robototexnika hamda yog‘ochga ishlov berish va boshqa innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, markaz yoshlarning raqamli va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion salohiyatini oshirish hamda bilimga asoslangan iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/123744

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qarshida yangi ish o‘rinlari va AT eksport salohiyati o‘rganildi

Tashrif doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qarshi shahrida joylashgan ikkita korxona – SSMART zavodi hamda Avangard Call Solution MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🫥“SSMART” zavodida zamonaviy texnologiyalar asosida maishiy texnika va elektron mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning bir qismi ichki bozorga, bir qismi eksportga yo‘naltirilgan. Zavodda 240 nafardan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

🫥 “Avangard Call Solution” MCHJ xorijga masofadan IT-call xizmatlari ko‘rsatib, 30 nafardan ortiq yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlamoqda. Tashrif davomida korxonaning ish jarayonlari, infratuzilmasi va masofaviy xizmat tizimi ko‘zdan kechirildi.

🤩 Tashrif yakunida IT-outsourcingni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga AT yechimlarini keng joriy etish, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash va AT eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikrlar almashildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/123897

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📶 Beeline Uzbekistan tarmog‘i uchun yangi monitoring va boshqaruv markazi taqdim etildi

🟢 VEON kompaniyasi Toshkent shahrida Beeline Uzbekistan’ning yangi Tarmoqni monitoring va boshqaruv markazi — Network Operations Center (NOC) faoliyatini rasman taqdim etdi.

🤩 Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, VEON Group bosh direktori Kaan Terzio‘g‘lu, shuningdek, Beeline Uzbekistan kuzatuv kengashi a’zolari va boshqaruv jamoasi ishtirok etdi.
🏪 Toshkent shahrida joylashgan NOC Beeline Uzbekistan’ning raqamli “boshqaruv markazi” sifatida faoliyat yuritib, 24/7 rejimda 5 850 dan ortiq bazaviy stansiyalar ishini uzluksiz monitoring qiladi hamda 7,7 million nafar Beeline Uzbekistan abonentlari uchun barqaror aloqa ta’minlaydi (abonentlar soni 2025-yil sentabr holatiga ko‘ra).


✔️ Markaz proaktiv boshqaruv modeli asosida ishlaydi — ya’ni tarmoq ko‘rsatkichlaridagi og‘ishlar real vaqt rejimida aniqlanib, muhandislar tomonidan tezkor choralar ko‘riladi. Bu esa ko‘plab holatlarda foydalanuvchilar xizmatdagi uzilishlarni sezmasidan oldin muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. NOC tarmoqning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilib, Beeline Uzbekistan mijozlari uchun xizmat sifati va foydalanuvchi tajribasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/123905

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
24-yanvar – Xalqaro ta’lim kuni munosabati bilan yana bir bor barchani ta’lim olish muhimligiga e’tibor qaratishga chaqiramiz!

aileaders.uz orqali sun’iy Intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi kurslarni o‘qib, kelajakka tayyorlaning!

Vaqtingizni zamonaviy bilim olishga, chet tillarini o‘rganishga hamda o‘z startaplaringiz orqali insonlar hayotini yaxshilashga sarflang. Bugun o‘rganishni boshlang, ertaga raqamli kelajakni yaratuvchilardan bo‘ling!
_

On the occasion of January 24 – International Day of Education, we would like to stress the importance of paying more attention to education!

Education is the key to sustainable development and a better future. It empowers people, promotes equality, and helps societies grow stronger through knowledge and innovation.

AI&IT skills open the door to high-demand careers, global job markets, and remote work opportunities. With many free online resources available, anyone from Uzbekistan can start learning modern digital skills today at: aileaders.uz

Invest your time in learning IT and foreign languages as well as in developing your startup to improve people’s lives. Start now and become part of the generation shaping the digital future.

We thank our startup founders: Bahodirkhon Khamidov karmon.ai , Sevinch Ismoilova fonuskids.uz and Shakhzod Umirzakov www.tassvision.ai for helping inspire our youth in this day!
📚 24-yanvar — Xalqaro ta’lim kuni!

Bugun — ta’limning beqiyos qadriyat ekanini, uning jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotidagi hal qiluvchi o‘rnini yana bir bor anglash uchun muhim sana. Bu kun ilm olishga bo‘lgan intilish, bilimga sadoqat va kelajakka ishonch ramzi bo‘lib, har bir insonni o‘z ustida ishlashga, yangi marralarni egallashga chorlaydi.

❗️Ta’lim — taraqqiyotning yuragi

Ta’lim — inson huquqi, tinchlikning poydevori va barqaror rivojlanishning asosiy kalitidir. U nafaqat bilim beradi, balki mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va yangi g‘oyalar yaratish qobiliyatini tarbiyalaydi. Ta’lim orqali tengsizlik qisqaradi, iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi, madaniy meros asrab-avaylanadi va global muammolarga yechimlar topiladi.

🖥 Raqamli davrda ta’lim va AT’ning o‘rni

Bugun sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, raqamli platformalar va onlayn ta’lim vositalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Shu bois AT ta’limi endi alohida fan emas, u yangi avlod uchun asosiy ko‘nikmalar manbaidir. Raqamli savodxonlik, dasturlash, kiberxavfsizlik va AI bilan ishlash zamonaviy mehnat bozori, innovatsiyalar va global raqobatbardoshlikning tayanch ustunlaridir.

🗝 Raqamli kelajakka yo‘l

Yurtimizda ta’limni raqamlashtirish, AT ta’limini rivojlantirish va yoshlarni zamonaviy texnologiyalarga o‘rgatish borasida izchil ishlar olib borilmoqda: raqamli platformalar joriy etilmoqda, AT-maktablar ochilmoqda, dasturlash va robototexnika darslari kengaymoqda. Bu — yoshlarimizni kelajak kasblariga puxta tayyorlashning eng samarali yo‘lidir.

🔗 Bugungi raqamli davrda ta’lim faqat bilim olish bilangina cheklanmay, yoshlarning kelajakni shakllantirishdagi faol ishtirokini ham talab etadi. Shu ma’noda sun’iy intellektni o‘rganish — zamonaviy ta’limning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Endi bu yo‘lni “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” aileaders.uz yangi ta’lim platformasi orqali oson va qulay tarzda boshlashingiz mumkin.

Shuningdek, Uzbekcoders.uz, https://it-istedod.uz/online-resources.html va https://100imkoniyat.uz/ saytlari orqali ma’lumotlarga ega bo‘ling hamda ko‘plab bepul kasblarni bepul o‘rganing. Rivojlaning va texnologiyalar dunyosida o‘zingizga yangi imkoniyatlar sari mustahkam qadam qo‘ying!


Sizlarni ushbu muhim sana bilan chin dildan tabriklaymiz! Har bir bilimingiz, har bir loyihangiz va har bir yangi ko‘nikmangiz yurtimizning yorqin kelajagiga xizmat qilsin.

Bilim — nur, ta’lim — qudrat, yoshlar — kelajak!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 TATU “Times Higher Education” fanlar reytingida TOP–1000 talikka kirdi

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education reyting tashkiloti 2026-yil uchun “World University Rankings 2026 by Subject” — fanlar kesimidagi dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingini e’lon qildi.

Mazkur xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab, bir nechta muhim yo‘nalishlar bo‘yicha dunyoning TOP–1000 universitetlari qatoridan joy oldi.

TATU natijalari:
– Ta’lim (Education) yo‘nalishi — 601–800 o‘rinlar;
– Muhandislik fanlari (Engineering) — 801–1000;
– Kompyuter ilmlari va dasturlash (Computer Science) — 1001+.


Bu ko‘rsatkichlar TATUda so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar, muhandislik va IT ta’limini rivojlantirish, zamonaviy o‘quv dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikka berilayotgan alohida e’tiborning amaliy samarasini yaqqol namoyon etadi.

Shuningdek, reytingdan yana uchta O‘zbekiston OTMlari ham o‘rin oldi:

– TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti — tabiiy fanlar va muhandislik yo‘nalishlari;
– O‘zbekiston Milliy universiteti — tabiiy fanlar;
– Toshkent davlat texnika universiteti — tabiiy va muhandislik fanlari.


Ma’lumot uchun:
Times Higher Education reytingi universitetlarni 11 ta asosiy yo‘nalish va 148 ta fan kesimida baholaydi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛂 26-yanvar — Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni

Raqamli texnologiyalar vazirligi 26-yanvar — Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, davlat chegaralarida qonuniylik va tartibni mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha bojxona xodimlarini samimiy tabriklaydi.

Sizlarning mas’uliyatli va sharafli mehnatingiz mamlakatimiz taraqqiyoti, tashqi savdo aloqalarining rivoji hamda davlat manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.

Ushbu kasb bayrami munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yuksak marralar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir necha daqiqadan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Olimpiya kengashi 46-Bosh assambleyasida nutq so‘zlaydi.

Davlatimiz rahbarining nutqini jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining YouTube, Telegram va Facebookdagi rasmiy sahifalari orqali tomosha qiling.

Скоро Президент Шавкат Мирзиёев выступит с речью на 46-й Генеральной ассамблее Олимпийского совета Азии, проходящем в ташкентском Международном конгресс-центре.

Смотрите прямую трансляцию выступления на официальных страницах Пресс-службы Президента в YouTube, Telegram и Facebook.

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
☄️ Kadastr pasportini onlayn rasmiylashtiring!

👨‍💻 Hozirgi kunda kadastr pasportini hech qayerga bormasdan, navbatlarda turmasdan onlayn rasmiylashtirish mumkin.

💁🏻‍♂️ Buning uchun:

🗄 my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
🗄 “Kadastr” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
🗄 kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.

🪪 Ushbu xizmatdan foydalanish uchun qoʻl ostimizda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.

📱 Murojaat koʻrib chiqilgach, talabgorga my.gov.uz orqali elektron shakldagi kadastr pasporti taqdim etiladi.

🏠 Ko'chmas mulk va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog'liq boshqa xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/spheres/2#132

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zTTBRM” DUK“ AI Alliance”ning rasmiy a’zosi bo‘ldi

➡️Mazkur a’zolik “O‘zTTBRM” DUKga Alyansning xalqaro tashabbuslari, dasturlari va loyihalarida ishtirok etish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, joriy etishga hissa qo‘shish imkonini beradi.

🟡Alyans uchun hamkorlik quyidagi muhim imkoniyatlarni beradi:

➡️ "O‘zTTBRM" DUKning real vaqt monitoringi va avtomatlashtirilgan tizimlari sun'iy intellekt algoritmlari bilan integratsiya qilinishi natijasida tarmoq samaradorligini oshirish imkoniyati ishlab chiqish;
➡️sun'iy intellektning korxona faoliyatiga integratsiyalashishi, xizmat sifatini sezilarli darajada yaxshilashi hamda ushbu sohadagi ilg'or AI startaplar bilan samarali hamkorlik o'rnatishni amalga oshirish;


Ushbu muhim qadam "O‘zTTBRM" DUKning innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va global standartlarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi hamda sun’iy intellekt sohasida yangi imkoniyatlar uchun mustahkam asos yaratadi.

Agar siz ham “AI Alliance” a’zoligiga qo‘shilish va sun’iy intellekt sohasida hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishni istasangiz, https://www.ai-alliance.uz/ rasmiy sayti orqali yoki +998933853609 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz, shuningdek, https://t.me/ai_alliance_uz telegram kanali orqali yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM